23.12.2000 yildagi 496-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 15.11.2017 01 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YER MONITORINGI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer fondidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash uchun uning holatini kuzatib borish, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish, davlat yer kadastri yuritilishini, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati amalga oshirilishini axborot bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasida Yer monitoringi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi 2001-yilda va undan keyingi yillarda davlat budjetidan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan yer monitoringini amalga oshirish xarajatlarini qoplash uchun zarur mablagʻlar ajratishni nazarda tutsinlar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2000-yil 23-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
496-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-dekabrdagi 496-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida Yer monitoringi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yer monitoringi yer fondidagi oʻzgarishlarni oʻz vaqtida aniqlash, yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatlarini tugatish maqsadida uning holatini kuzatib borish tizimidan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasining barcha yerlari, ularning huquqiy rejimi, foydalanilish maqsadi va xarakteridan qatʼi nazar, monitoring obyekti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Monitoring yerlardan foydalanish maqsadini hisobga olgan holda olib boriladi va yer fondi toifalariga muvofiq boʻlgan quyidagi kichik tizimlarga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xoʻjaligi maqsadidagi yerlar monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi punktlari yerlari monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlardagi yerlar monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsion maqsadlardagi yerlar monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarixiy-madaniy maqsadlardagi yerlar monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlari monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suv fondi yerlari monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira yerlar monitoringi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi yer monitoringining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer fondi holati oʻzgarishlarini oʻz vaqtida aniqlash ustidan kuzatishlar tizimini tashkil etish va amalga oshirish, ularni baholash, salbiy jarayonlarni prognozlash hamda ularning oldini olish va bartaraf etish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat yer kadastri yuritilishini, yerdan foydalanishni, yer tuzishni, yer fondidan maqsadli va oqilona foydalanish, yerlarni muhofaza qilish va yer resurslarini davlat tomonidan boshqarishga doir boshqa funksiyalar ustidan davlat nazoratini axborot bilan taʼminlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Hududiy qamrab olinishiga koʻra yerlarning respublika, mintaqaviy va mahalliy monitoringi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika monitoringi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mintaqaviy monitoring fizik-geografik, maʼmuriy va boshqa chegaralar bilan chegaralangan hududlarni qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy monitoring alohida yer uchastkalari va manzara-ekologiya komplekslarini qamrab oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Yer monitoringi mazmuni yer fondi holatini maxsus tashkil etilgan muntazam kuzatishlar (suratga olish, tekshirish va qidiruv)dan, quyidagilar oʻzgarishlarini aniqlash, baholash va prognozlashdan iborat boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerga egalik qilish, yerdan foydalanish, ekinzorlar, dalalar, uchastkalar, manzara-ekologiya komplekslarining holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerlar unumdorligining oʻzgarishiga, ularning tanazzuli va destruksiyasi (aridizatsiya va choʻllanishi, suv, irrigatsiya va shamol eroziyasi, chirindi miqdori oʻzgarishi, tuproq tarkibining oʻzgarishi, ohakliligi, begona oʻt bosganligi, shoʻrlanganligi, qishloq xoʻjaligi yerlarining oʻt bosganligi, yerlarning pestitsidlar, ogʻir metallar, radionuklidlar va boshqa toksik moddalar, sanoat, maishiy va boshqa chiqindilar bilan ifloslanishi)ga taʼsir qiluvchi jarayonlar (omillar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy ozuqabop oʻtlar qoplami holatining oʻzgarishi (oʻsimliklar tarkibi, tuzilishi, hosildorligi, sifati va toʻyimliligining oʻzgarishi) bilan bogʻliq jarayonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryolar qirgʻoqlarining, Orol dengizi, koʻllar, suv omborlari, irrigatsiya va gidrotexnika inshootlarining holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jarliklar va oʻpqonlar, oʻpirilishlar, sel oqimlari, zilzilalar, suv toshqinlari, “degishlar”, karst, yer choʻkishi, boshqa ekzogen va endogen jarayonlar va antropotexnogen hodisalar tufayli paydo boʻlgan jarayonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi yashash joylari, neft va gaz qazib olish, tozalash inshootlari, goʻngxonalar, axlatxonalar, yonilgʻi-moylash materiallari, oʻgʻitlar, zaharli ximikatlar omborlari, toksik sanoat chiqindilari va radioaktiv materiallar koʻmilgan joylar, shuningdek boshqa sanoat obyektlari yerlarining holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Yerlarning holati oʻzgarishlarning yoʻnalishi va jadalligiga oid bir qancha izchil kuzatishlarni (davriy, mavsumiy, sutkalik) tahlil qilish, olingan koʻrsatkichlarni yerlarning sifat holati normativlari bilan taqqoslash orqali baholanadi. Yer holatini baholash koʻrsatkichlari muayyan davr yoki sana uchun ham absolyut, ham nisbiy koʻrsatkichlarda (oʻlchov birligida) ifodalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Yerlar holatini baholash natijalariga koʻra tezkor maʼlumotlar, axborotlar, prognozlar va tavsiyanomalar tuziladi, ularga oʻzgarishlar, ayniqsa salbiy oʻzgarishlarning dinamikasini, ularning yoʻnalishini va jadalligini tavsiflovchi mavzuli xaritalar, kartogrammalar, jadvallar va diagrammalar ilova qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Yer monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari ishtirokida amalga oshiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish, yer monitoringi maʼlumotlarini umumlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yer monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi tomonidan manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar ishtirokida ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan yagona uslub boʻyicha olib boriladi, bu uslub yerlarning holatini, tezkor va muntazam kuzatish ishlarini amalga oshiruvchi, tadqiqotlar, tekshirishlar oʻtkazuvchi yoki xaritalovchi barcha korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy hisoblanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, yerlarni mavzuli xaritalovchi va ularning holatini kuzatuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlar yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlariga ularning vakolatlari doirasida yerlarning miqdori va sifati boʻyicha holati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yer monitoringi va davlat yer kadastri boʻyicha axborotlar (hisobotlar)ga kiritish uchun koʻrsatilgan ishlar boʻyicha materiallarning nusxalarini tekin beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻz navbatida yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari ham yerlarni mavzuli xaritalovchi va ularning holatini kuzatuvchi korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga ularning soʻroviga binoan zarur materiallarni tekin beradilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktabrdagi 483-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 42-son, 446-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Yer monitoringi yagona klassifikatorlar, kodlar, metrik birlik tizimi, maʼlumotlarning standart formatlari va meyoʼriy-texnik baza, koordinatlar va balandliklar davlat tizimiga asoslangan turli xil maʼlumotlarning bir-biriga mosligi prinsipiga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Yer monitoringini oʻtkazishda zarur axborotlarni olish uchun quyidagilar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masofadan turib zondlash (aerokosmik suratga olish va kuzatishlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yerda suratga olish va kuzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fond materiallari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Muddatlari va davriyligiga koʻra yerlarning holatini uchta guruhda kuzatishlar amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy (yer monitoringini yuritishning dastlabki bosqichida kuzatish obyektlarining haqiqiy holatini qayd etuvchi boshlangʻich) kuzatishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davriy (yillik va tabiiy tusdagi davrlar boʻyicha) kuzatishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tezkor (joriy oʻzgarishlarni qayd qiluvchi), bir yildan kam oraliq davrda muntazam yoki bir yoʻla bajariladigan kuzatishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekin maydonlari, dalalar, uchastkalar, manzara-ekologiya komplekslari holatini bevosita kuzatishda olingan bazaviy (boshlangʻich) maʼlumotlar tumanlar, shaharlar, qoʻrgʻonlar, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va umuman Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha, shuningdek alohida tabiiy komplekslar boʻyicha umumlashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida yerlarning bazaviy va davriy monitoringi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Yerlarning tezkor (navbatchi) monitoringi tumanlar va shaharlardagi bazaviy va davriy monitoring maʼlumotlaridan foydalangan holda — tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri boʻlimlari tomonidan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari Davlat ekologiya qoʻmitasining hududiy organlari bilan birgalikda har yili 1-fevraldan kechiktirmay mahalliy davlat hokimiyati organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasiga, Davlat ekologiya qoʻmitasiga mintaqadagi yerlarning holati toʻgʻrisida axborotlar (hisobotlar) taqdim etadilar, oʻta xavfli va yoʻl qoʻyilishi cheklangan jarayonlar aniqlanganda tezkor maʼlumotlar yuboradilar.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-noyabrdagi 915-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.11.2017-y., 09/17/915/0259-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va jismoniy shaxslar yer monitoringi maʼlumotlaridan belgilangan tartibda haq toʻlagan holda foydalanadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Yer monitoringini yuritish boʻyicha ishlar davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yer monitoringi boʻyicha davlatlararo va xalqaro dasturlarni mablagʻ bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasining boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzadigan bitimlari va shartnomalarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.