O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrug‘i
Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 22-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3015-1]
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2026-yil 22-yanvardagi 323-sonli ““Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3015-3, 30.01.2026-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 15-maydagi 186-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3015, 2018-yil 21-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 21-son, 444-modda) bilan tasdiqlangan Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-mart,
37-son
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 37-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Maxsus axborot portali operatorining davlat xaridlarini tashkil etish hamda o‘tkazish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi)” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (bundan buyon matnda Moliya vazirligi deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 2-bandning ikkinchi xatboshisidagi va 11-banddagi “Agentlik” degan so‘z “Moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 4, 6-bandlardagi va 7-bandning birinchi xatboshisidagi “Agentlik” degan so‘z “Moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4. 5-banddagi “Agentlikka” degan so‘z “Moliya vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Operator kelishuvni bekor qilish haqida Moliya vazirligiga kamida besh oy oldin xabarnoma yuborgan holda o‘z tashabbusi bilan Operatorlik funksiyalarini bajarishdan voz kechishga haqli.”.
6. 10-banddagi “Agentlik” degan so‘z “Moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7. 12-bandning yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zinjiniring” respublika loyihalashtirish instituti va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikni amalga oshiradi;”.
8. 13-bandda:
o‘ninchi va o‘n birinchi xatboshilardagi “Agentlikni” va “Agentlikka” degan so‘zlar tegishli ravishda “Moliya vazirligini” va “Moliya vazirligiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“portalni uzluksiz ishlashini ta’minlash;”;
o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi xatboshilar tegishli ravishda o‘n beshinchi va o‘n oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.
9. 15-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “shartnomada” degan so‘z “kelishuvda” degan so‘z bilan almashtirilsin.
10. 17-banddan “O‘zbekiston Respublikasi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
12. 35-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“35. Moliya vazirligi budjet buyurtmachilarining hisob-kitoblarini tashkil etish, shartnoma bo‘yicha majburiyatlarini bajarilishi hisobini yuritish va ta’minlash maqsadida Operator uchun Moliya vazirligining axborot tizimida maxsus shaxsiy hisobvaraqlar ochadi va unga ushbu hisobraqamlardagi pul mablag‘larini boshqarish uchun ruxsat beradi.”.
13. Quyidagi mazmundagi 351-band bilan to‘ldirilsin:
“351. Budjet buyurtmachilar elektron davlat xaridlarida ishtirok etish uchun o‘zlarining HKKPdagi hisobraqamlariga operatorning vositachilik yig‘imini o‘tkazadilar.”.
14. 36-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“36. Budjet buyurtmachisi tomonidan shaxsiy kabinet orqali elektron auksion o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon (bundan buyon matnda e’lon deb ataladi) joylashtirilgandan yoki elektron do‘konda ishtirokchining ofertasi tanlangandan (bundan buyon matnda oferta deb ataladi) so‘ng, portal xarajat moddasini ko‘rsatgan holda, e’lon yoki ofertaning summasini shakllantiradi va uni Operator va Moliya vazirligi o‘rtasida elektron axborot almashinuvi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.
Axborot olingandan so‘ng, Moliya vazirligining davlat moliyasini boshqarish axborot tizimi (bundan buyon matnda DMBAT deb ataladi) elektron davlat xaridlari yakunlariga ko‘ra tuzilgan shartnomaviy majburiyatlarni bajarish uchun, moliyalashtirish manbalarini inobatga olgan holda, kerakli summaga band qo‘yadi.
Portal, ma’lumotlar bazalari elektron hamkorligi orqali e’lon yoki oferta bo‘yicha band qo‘yilgan summa to‘g‘risidagi tasdiqlovchi ma’lumotni qabul qilgandan so‘ng, budjet buyurtmachisi tomonidan joylashtirilgan e’lon yoki tanlangan oferta bo‘yicha narxlar so‘rovi mexanizmini aktivlashtiradi.”.
15. 37-banddagi “Buyurtmachilar” degan so‘z “Korporativ buyurtmachilar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
16. Quyidagi mazmundagi 371-band bilan to‘ldirilsin:
“371. Budjet buyurtmachilari e’lon yoki oferta bo‘yicha DMBAT tomonidan band qo‘yilgan summasining, shuningdek ularning HKKPdagi hisobraqamlarida operatorning vositachilik yig‘imi summasining yetarli miqdori mavjud bo‘lgan taqdirda, elektron davlat xaridlarida ishtirok etadilar.”.
17. 38-bandning uchinchi xatboshisidagi “buyurtmachilari” degan so‘z “korporativ buyurtmachilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18. 40-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“40. Operator tuzilgan shartnomalar bo‘yicha axborotni Moliya vazirligi va Operatorning ma’lumotlar bazalari elektron hamkorligi orqali Moliya vazirligiga yuboradi.”.
19. 41-bandda:
“qonunchilikda belgilangan tartibda hisobga oladi” degan so‘zlar “hisobga oladi va shartnoma summasini HKKPga o‘tkazib beradi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Bunda oldindan to‘lov shartlari shartnomada nazarda tutiladi.”.
20. 42-banddagi “o‘n kun” degan so‘zlar “besh ish kuni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
21. 44-banddagi “buyurtmachi” degan so‘z “korporativ buyurtmachi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
22. 50-bandning beshinchi xatboshisidagi “buyurtmachining” degan so‘z “korporativ buyurtmachining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
23. 51-banddagi “, vakolatli organ va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligini (budjet buyurtmachilari bo‘yicha)” degan so‘zlar “va Moliya vazirligini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
24. 52 va 53-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“52. Buyurtmachi tomonidan shartnoma bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berilganligi haqidagi ma’lumot taqdim qilinmaganda, HKKP shartnoma bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib berish muddati tugagach uch ish kunidan so‘ng:
budjet buyurtmachilarning shartnoma bo‘yicha pul mablag‘lariga sud yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki u bekor qilingunga qadar band qo‘yadi;
korporativ buyurtmachi tomonidan shartnoma bo‘yicha kiritilgan mablag‘lardan, zakalatdan tashqari, bandni bekor qiladi;
korporativ buyurtmachi va ijrochining zakalatiga sud yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiyaning tegishli qarori qabul qilinguniga yoki u bekor qilingunga qadar band qo‘yadi;
bajarilmagan shartnomalar bo‘yicha ma’lumotlarni Moliya vazirligiga yuboradi.
53. HKKP sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya qarori asosida zakalatni banddan yechishni va/yoki tegishli hisob raqamga o‘tkazishni amalga oshiradi.
Bunda, HKKP ijrochining zakalati jarima sifatida budjet buyurtmachisiga o‘tkazilishi to‘g‘risidagi sudning qonuniy kuchga kirgan qarori yoki davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha komissiya qarori asosida zakalatni budjet buyurtmachisining budjetdan tashqari tegishli hisob raqamiga o‘tkazishni amalga oshiradi.”.
25. 57-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57. Buyurtmachilar va ishtirokchilar Operatorga taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va o‘z vaqtida taqdim etish uchun javobgar bo‘ladi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.04.2019-y., 1019/3015-1/2982-son)