Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
“Tovar va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvi xamda ularni bojxona koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek, unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2714-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2015-yil 5-avgustdagi 01-02/12-34-son “Tovar va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvi hamda ularni bojxona koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2714, 2015-yil 11-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 36-son, 482-modda);
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-son “Tovar va transport vositalarini davlat bojxona xizmati organi xodimlari tomonidan koʻzdan kechirish hamda bojxona koʻrigidan oʻtkazish boʻyicha yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 2714-1, 2016-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 15-son, 158-modda).
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-fevral,
01-02/12-6-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 10/19/2714-2/2973-son)