O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
“Tovar va transport vositalarini davlat bojxona xizmati organi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirish hamda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 14-aprelda 2714-1-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 20-fevraldagi 01-02/12-6-sonli “Tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi xamda ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek, unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2714-2, 19.04.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladi:
1. “Tovar va transport vositalarini davlat bojxona xizmati organi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirish hamda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga (ro‘yxat raqami 2714, 2015-yil 11-sentabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 36-son, 482-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror 2016-yil 21-apreldan e’tiboran kuchga kiradi.
Rais Z. DUSANOV
Toshkent sh.,
2016-yil 1-aprel,
01-02/12-14-son
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Tovar va transport vositalarini davlat bojxona xizmati organi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirish hamda bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Qarorda:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”;
b) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“1. Tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.”.
2. Yo‘riqnomada:
a) nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha
YO‘RIQNOMA”;
YO‘RIQNOMA”;
b) muqaddimadagi “davlat bojxona xizmati organi (bundan buyon matnda bojxona organi deb ataladi) xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirish” degan so‘zlar “bojxona ko‘zdan kechiruvidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
v) 1-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bojxona ko‘zdan kechiruvi — bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining bo‘limlarini, tovarlarning o‘rov-idishini ochmagan, ko‘zdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini bo‘laklarga ajratmagan va boshqa yo‘llar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik jo‘natmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek yuk ortilgan idishlarni, konteynerlarni, bojxona identifikatsiyalash vositalarining tashqi ko‘rinishini ko‘zdan kechirish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining shakli;
bojxona ko‘rigi — qo‘yilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalarini buzgan xolda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini bo‘laklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yo‘llar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning o‘ramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan bo‘limini yoxud idishlarini, konteynerlarni va tovarlar bo‘lgan yoki bo‘lishi ehtimoli bo‘lgan boshqa joylarni ochish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining shakli;”;
g) 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. Bojxona ko‘zdan kechiruvi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, tovarlarda, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining bo‘limlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Bojxona ko‘rigi tovarlar, transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishning qonuniyligini aniqlash, ularni hisobga olish, boj, soliqlar, yig‘imlar undirish, shuningdek olib kirish, olib chiqish hamda tranzit qilish taqiqlangan tovarlarni bojxona chegarasi orqali o‘tishining oldini olish uchun amalga oshiriladi.”;
d) quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:
“21. Bojxona ko‘zdan kechiruvi vakolatli shaxslar ishtirokisiz o‘tkazilishi mumkin, bundan mazkur shaxslar bojxona ko‘zdan kechiruvida hozir bo‘lish istagini bildirgan hollar mustasno.
Bojxona organi xodimining talabiga ko‘ra vakolatli shaxslar tovarlarning va transport vositalarining bojxona ko‘rigi o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishi va ularga zarur ko‘mak ko‘rsatishi shart. Vakolatli shaxslar bo‘lmaganda ko‘rikdan o‘tkazilayotgan transport vositasini boshqarayotgan jismoniy shaxs vakolatli shaxs hisoblanadi.
Bojxona organi xodimi bojxona ko‘rigini Bojxona kodeksining 195-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan holatlarda vakolatli shaxslar ishtirokisiz, ikki nafar xolis hozirligida o‘tkazishga haqli.”;
e) 3 va 11-bandlardagi “Bojxona organi xodimi tomonidan ko‘zdan kechirish” degan so‘zlar “Bojxona ko‘zdan kechiruvi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
j) 4-banddagi “Ko‘zdan kechirish” degan so‘zlar va “53” raqami tegishincha “Bojxona ko‘zdan kechiruvi” degan so‘zlar va “202” raqami bilan almashtirilsin;
z) quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41. Bojxona ko‘zdan kechiruvi natijalariga ko‘ra:
to‘g‘ri deklaratsiyalangan taqdirda — tegishli tovarning kuzatuv hujjatlari rasmiylashtiriladi;
tovarning noto‘g‘ri deklaratsiyalanganligi fakti aniqlangan taqdirda — bojxona ko‘rigi amalga oshiriladi.”;
i) 6 va 14-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
k) 7-banddagi “bojxona organi xodimi tomonidan ko‘zdan kechirish” degan so‘zlar “yoki ushbu transport vositasiga tovarlar qayta yuklanayotganda bojxona ko‘zdan kechiruvi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
l) 2-bobning nomidagi “ko‘zdan kechirish” degan so‘zlar “bojxona ko‘zdan kechiruvi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
m) 8-bandning birinchi xatboshisidan “bojxona organi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirish va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
n) 9-banddagi “bojxona organi xodimlari tomonidan ko‘zdan kechirilishi” degan so‘zlar “bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazilishi” degan so‘zlari bilan almashtirilsin;
o) 10-bandning yettinchi xatboshisidagi “ko‘zdan kechirish” degan so‘zlar “bojxona ko‘rigi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
p) 12 va 13-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Transport vositalarining bojxona chegarasi orqali harakatlanishida bojxona ko‘zdan kechiruvi hamkorlikdagi texnologik sxemalarda belgilangan vaqtdan oshmasligi lozim.
Fuqarolar qo‘l yuklari va bagajlarining bojxona ko‘zdan kechiruvi ularga tegishli hujjatlar bojxona organi xodimiga taqdim qilingan vaqtda o‘tkaziladi.
13. Transport vositalarini bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazishda transport vositasining tashqi tomoni hamda yuk joylashtirilishi mumkin bo‘lgan bo‘limlari va qismlari bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkaziladi.”;
r) 16 — 18-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Bojxona ko‘rigi natijalari bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 8-bandida ko‘rsatilgan holatlar aniqlanmasa transport vositasining harakatini davom ettirish uchun tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati rasmiylashtiriladi (nazoratdan chiqariladi).
17. Chegara bojxona postida bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi natijalari bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 8-bandida ko‘rsatilgan holatlar bilan bog‘liq bojxona qoidabuzarligi aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan choralar ko‘riladi. Boshqa holatlarda bojxona ko‘zdan kechiruvidan yoki bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan tovarlar va transport vositalari manzil bojxona postiga yuboriladi.
18. Davlat bojxona qo‘mitasining “Temir yo‘l” yoki “Avto” yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimiga tovarni yetkazib berishning nazorat hujjatini rasmiylashtirgan bojxona xodimi tomonidan transport vositasini bojxona ko‘zdan kechiruvidan o‘tkazgan bojxona organi xodimining familiyasi, ismi va otasining ismi to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritiladi.”;
s) ilova belgisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Tovar va transport vositalarining bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda ularni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish bo‘yicha yo‘riqnomaga ilova”.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 15-son, 158-modda)