17.04.2019 yildagi 327-son
Hujjat 18.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Mas’ul ijrochilar

Sholichilik sohasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlar olib borish

1.

Xorazm viloyatida sholichilikni rivojlantirish, uning seleksiyasi, urug‘chiligi va sholi yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirishga doir dolzarb muammolar bo‘yicha respublikada o‘tkaziladigan amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok etish.

2019 ― 2021-yillarda sholichilikdagi ustuvor ilmiy yo‘nalishlarni aniqlash. Amaliy tadqiqotlar ham�a innovatsion loyihalar tayyorlash. Ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish.

2019 ― 2021-yillar

Davlat ilmiy texnik dasturlariga ajratilgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari

Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

2.

Sholichilik sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning jahon andozalari asosida o‘tkazilishini ta’minlash choralarini ko‘rish.

1. Sholichilik sohasida yetakchi xorijiy davlatlarning ilmiy muassasalarida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar tendensiyalari va natijalarini tahlil qilish hamda tahlil natijalari bo‘yicha filial ilmiy-tadqiqot mavzulari va yo‘nalishlarini yangilab va takomillashtirib borish.

2. Soha bo‘yicha yetuk xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, video-konferensiyalar tashkil etish.

2019 ― 2021-yillar

Xalqaro tashkilotlar grantlari, xo‘jalik shartnomalari doirasida ajratiladiga� mablag‘lar

Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi

3.

Xorazm viloyatining tuproq va iqlim sharoitlariga mos sho‘rga chidamli sholi navlarini yaratish, xorijiy davlatlardan keltiriladigan sholi navlarini iqlimlashtirish, resurstejamkor yuqori samarali sholi yetishtirish agrotexnologiyalarini yaratish, sholi ekinida uchraydigan begona o‘t, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va innovatsion izlanishlarini olib borish.

Sholining yangi navlarini yaratish, xorijiy davlatlardan keltiriladigan navlarini o‘rganish, iqlimlashtirish, tanlash bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Hududning tuproq-iqlim sharoitlarida sholidan yuqori hosil olishning agrotexnologiyasini va kasalliklarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va innovatsion izlanishlarini natijalari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

2019-2020-yillar

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida ajratiladigan mablag‘lar, xalqaro tashkilotlar grantlari, xo‘jalik shartnomalari doirasida ajratiladigan mablag‘lar

Fanlar akademiyasi Qi�loq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi

II. Sholichilik sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish

4.

Viloyatdagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va mustaqil-izlanuvchilari hamda magistrlarini sholichilik sohasi bo‘yicha amaliy va innovatsiya loyihalarini bajarilishiga jalb etish.

Ilmiy hisobotlar.

Hamkor ijodiy guruhlarini shakllantirish, ularni ilmiy va innovatsiya loyihalari tanlovlarida ishtirok etishini ta’minlash.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali va oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda laboratoriya bazalaridan samarali foydalanish uchun barcha sharoitlarni yaratib berish.

2019-yil

Xalqaro tashkilotlar grantlari, xo‘jalik shartnomalari doirasida ajratiladigan mablag‘lar

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

Xorazm Ma’mun akademiyasi

5.

Sholichilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar markazlaridan olimlarni jalb etish, yetakchi ilmiy-tadqiqot institut va markazlarida kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish.

Hamkorlik shartnomalari.

Soha yo‘nalishlari bo‘yicha dunyoning yetakchi ilmiy muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatish.

Har yili yetakchi xorijiy ilmiy muassasalarda kadrlar malakasini oshirish uchun qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar tashkil etish, ularni xalqaro anjumanlar va seminarlarga yuborish.

Sholichilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar markazlaridan olimlarni jalb etish orqali kadrlar malakasini oshirish uchun fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari uchun o‘quv darslari, seminarlar va treninglar tashkil etish.

2019-2020-yillar

Xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

III. Filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

6.

Sholichilik sohasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlashda mahalliy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish.

Mahalliy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

2019-yil

Investitsiya mablag‘lari

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi,

Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

7.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filialida tayyorlanadigan sholi va dukkakli ekinlarni urug‘larini saqlash, saralash va me’yorlarga keltirish maqsadida donni saqlash va saralash majmuasini qurish va yangi samarali texnologiyalarni o‘rnatish.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filialida sig‘imi 250 tonna bo‘lgan donni saqlash omborxonalari qurish, 1 ta quritish va 2 ta donni saralash uskunasini sotib olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda shartnomalar tuzish.

2019-yil

Xo‘jalik shartnomalaridan tushgan mablag‘lar hisobiga

Fanlar akademiyasi,
Qurilish vazirligi,
Xorazm viloyati hokimligi

IV. Filial xodimlarini ijtimoiy himoya qilish

8.

Sholichilik sohasida malakali kadrlar tayyorlashda yosh olimlarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini amalga oshirish.

Kadrlar qo‘nimsizligini oldini olish maqsadida mutaxassislarni belgilangan tartibda uy-joy bilan ta’minlash.

2019 ― 2021-yillar

Bank kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi,

Fanlar akademiyasi

9.

Filialning ilmiy xodimlariga ustama haq belgilash.

Filialda ilmiy salohiyatni oshirish yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida ilmiy xodimlarga ustama haq to‘lash tizimini joriy qilish.

2019 ― 2021-yillar

Davlat budjeti va xo‘jalik shartnomalaridan tushgan mablag‘lar

Fanlar akademiyasi,

Moliya vazirligi

Keyingi tahrirga qarang.