17.04.2019 yildagi 327-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.04.2022 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini tashkil etish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sholichilik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada kengaytirish, sholining yangi raqobatbardosh, shuningdek, Xorazm vohasining tabiiy-iqlim sharoitlariga mos, serhosil navlarini yaratish va yetishtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Xorazm viloyati hokimligining Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi negizida Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filialini (keyingi oʻrinlarda filial deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar filialning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududning tuproq-iqlim sharoitlariga mos, yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli, guruchining yuqori sifat koʻrsatkichlari boʻyicha ajralib turuvchi sholi navlari va duragaylarini yaratish boʻyicha tadqiqotlarni kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi va istiqbolli sholi navlarining birlamchi urugʻchiligini tashkil etish, urugʻchilikning ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sholi yetishtirishda zamonaviy resurstejamkor va suv tejovchi texnologiyalarni yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet el ilgʻor tajribalarini qoʻllagan holda hosildorlikni oshirish hamda yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sholi ekinidagi kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashda atrof-muhitning ekologik muvozanatiga taʼsir etmaydigan usullarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sholi ekinini yetishtirishdagi asosiy agrotexnik tadbirlarni innovatsion texnologiyalar asosida mexanizatsiyalashni joriy etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sohaning yetakchi xorijiy ilmiy muassasalari bilan qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, sholichilikni rivojlantirish muammolariga bagʻishlangan loyiha va investitsiyalarni jalb qilish, tajriba almashish, konferensiyalar, simpoziumlar va seminarlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sholi va dukkakli don ekinlarini yetishtirishni rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, ilmiy xodimlarning kasbiy darajasini doimiy oshirish va takomillashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, filial ilmiy muassasa shaklidagi yuridik shaxs boʻlib, u Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filiali tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 ― 2021-yillarda Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filialini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktoriga, zarur hollarda, filial tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 274-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda bir oy muddatda filialning ustavini tasdiqlasin hamda uning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar filialni moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlar;
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xoʻjalik faoliyatidan tushadigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(6-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xorazm viloyati hokimligi Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda filialga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Gurlan tumani, Sholikor qishlogʻi, “Chinobod” muqobil mashina traktor parki hududidagi 1800 m2 boʻsh turgan yer maydonini — bino va inshootlar qurish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi 82 gektar sugʻoriladigan yer maydonlarini — doimiy foydalanish huquqi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari uchun ajratilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev, Xorazm viloyati hokimi F.Oʻ. Ermanov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Telekommunikatsiyalar, IT-texnologiyalar va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, axborot xavfsizligini taʼminlash masalalari kotibiyatiga yuklansin.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-oktabrdagi 874-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
327-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 327-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filiali
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni — 17 nafar, shu jumladan ilmiy xodimlar soni — 9 nafar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yordamchi xodimlar soni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amaldagi normativlariga asosan aniqlanadi. Ilmiy loyihalarni bajarish uchun shartnoma asosida ilmiy va texnik xodimlar jalb qilinishi mumkin.
(1-ilova izoh qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* xoʻjalik mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 327-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019 ― 2021-yillarda Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filialini rivojlantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DASTURI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

Sholichilik sohasini rivojlantirish boʻyicha amaliy tadqiqotlar, innovatsion ishlar olib borish

1.

Xorazm viloyatida sholichilikni rivojlantirish, uning seleksiyasi, urugʻchiligi va sholi yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirishga doir dolzarb muammolar boʻyicha respublikada oʻtkaziladigan amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalar tanlovida ishtirok etish.

2019 ― 2021-yillarda sholichilikdagi ustuvor ilmiy yoʻnalishlarni aniqlash. Amaliy tadqiqotlar hamda innovatsion loyihalar tayyorlash. Ilmiy tadqiqotlarni oʻtkazish va natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq etish.

2019 ― 2021-yillar

Davlat ilmiy dasturlariga ajratilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari

Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

2.

Sholichilik sohasida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlarning jahon andozalari asosida oʻtkazilishini taʼminlash choralarini koʻrish.

1. Sholichilik sohasida yetakchi xorijiy davlatlarning ilmiy muassasalarida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqotlar tendensiyalari va natijalarini tahlil qilish hamda tahlil natijalari boʻyicha filial ilmiy-tadqiqot mavzulari va yoʻnalishlarini yangilab va takomillashtirib borish.

2. Soha boʻyicha yetuk xorijiy mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish, video-konferensiyalar tashkil etish.

2019 ― 2021-yillar

Xalqaro tashkilotlar grantlari, xoʻjalik shartnomalari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

3.

Xorazm viloyatining tuproq va iqlim sharoitlariga mos shoʻrga chidamli sholi navlarini yaratish, xorijiy davlatlardan keltiriladigan sholi navlarini iqlimlashtirish, resurstejamkor yuqori samarali sholi yetishtirish agrotexnologiyalarini yaratish, sholi ekinida uchraydigan begona oʻt, kasallik va zararkunandalarga qarshi kurashish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va innovatsion izlanishlarini olib borish.

Sholining yangi navlarini yaratish, xorijiy davlatlardan keltiriladigan navlarini oʻrganish, iqlimlashtirish, tanlash boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yuzasidan amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Hududning tuproq-iqlim sharoitlarida sholidan yuqori hosil olishning agrotexnologiyasini va kasalliklarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʻyicha ilmiy-tadqiqot va innovatsion izlanishlarini natijalari boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

2019-2020-yillar

Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida ajratiladigan mablagʻlar, xalqaro tashkilotlar grantlari, xoʻjalik shartnomalari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi

II. Sholichilik sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish

4.

Viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va mustaqil-izlanuvchilari hamda magistrlarini sholichilik sohasi boʻyicha amaliy va innovatsiya loyihalarini bajarilishiga jalb etish.

Ilmiy hisobotlar.

Hamkor ijodiy guruhlarini shakllantirish, ularni ilmiy va innovatsiya loyihalari tanlovlarida ishtirok etishini taʼminlash.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm filiali va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda laboratoriya bazalaridan samarali foydalanish uchun barcha sharoitlarni yaratib berish.

2019-yil

Xalqaro tashkilotlar grantlari, xoʻjalik shartnomalari doirasida ajratiladigan mablagʻlar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi,

Xorazm Maʼmun akademiyasi

5.

Sholichilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar markazlaridan olimlarni jalb etish, yetakchi ilmiy-tadqiqot institut va markazlarida kadrlar malakasini oshirishni tashkil etish.

Hamkorlik shartnomalari.

Soha yoʻnalishlari boʻyicha dunyoning yetakchi ilmiy muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini oʻrnatish.

Har yili yetakchi xorijiy ilmiy muassasalarda kadrlar malakasini oshirish uchun qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar tashkil etish, ularni xalqaro anjumanlar va seminarlarga yuborish.

Sholichilik sohasi rivojlangan xorijiy davlatlar markazlaridan olimlarni jalb etish orqali kadrlar malakasini oshirish uchun fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mutaxassislari uchun oʻquv darslari, seminarlar va treninglar tashkil etish.

2019-2020-yillar

Xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari

Fanlar akademiyasi Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat taʼminoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi,
Innovatsion rivojlanish vazirligi,

Qishloq xoʻjaligi vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

III. Filialning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash

6.

Sholichilik sohasining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlashda mahalliy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish.

Mahalliy hamda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

2019-yil

Investitsiya mablagʻlari

Investitsiyalar
va tashqi savdo vazirligi,

Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi

7.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filialida tayyorlanadigan sholi va dukkakli ekinlarni urugʻlarini saqlash, saralash va meʼyorlarga keltirish maqsadida donni saqlash va saralash majmuasini qurish va yangi samarali texnologiyalarni oʻrnatish.

Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining Xorazm filialida sigʻimi 250 tonna boʻlgan donni saqlash omborxonalari qurish, 1 ta quritish va 2 ta donni saralash uskunasini sotib olish boʻyicha takliflar ishlab chiqish hamda shartnomalar tuzish.

2019-yil

Xoʻjalik shartnomalaridan tushgan mablagʻlar hisobiga

Fanlar akademiyasi,
Qurilish vazirligi,
Xorazm viloyati hokimligi

IV. Filial xodimlarini ijtimoiy himoya qilish

8.

Sholichilik sohasida malakali kadrlar tayyorlashda yosh olimlarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmlarini amalga oshirish.

Kadrlar qoʻnimsizligini oldini olish maqsadida mutaxassislarni belgilangan tartibda uy-joy bilan taʼminlash.

2019 ― 2021-yillar

Bank kreditlari

Xorazm viloyati hokimligi,

Fanlar akademiyasi

9.

Filialning ilmiy xodimlariga ustama haq belgilash.

Filialda ilmiy salohiyatni oshirish yuzasidan amaldagi qonunchilik asosida ilmiy xodimlarga ustama haq toʻlash tizimini joriy qilish.

2019 ― 2021-yillar

Davlat budjeti va xoʻjalik shartnomalaridan tushgan mablagʻlar

Fanlar akademiyasi,

Moliya vazirligi

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.04.2019-y., 09/19/327/2968-son; 16.10.2019-y., 09/19/874/3919-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2021-y., 09/21/274/0414-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 15.02.2025-y., 09/25/67/0145-son)