Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-apreldagi 180-sonli “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 1-son, 5-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi J.K. Akramov zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-aprel,
335-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-apreldagi 335-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish sohasidagi faoliyatni amalga oshirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-yanvardagi 10-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 1-ilovaning 4-bandi sakkizinchi xatboshisiga “har yili” soʻzlaridan keyin “kamida ikki marta” soʻzlari qoʻshilsin.
2. 2-ilovada:
a) 8-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“nashr etilishi rejalashtirilgan material haqidagi maʼlumot, jumladan, materialning nashrdan chiqariladigan adadi, foydalanilgan manbalarning roʻyxati (adabiyotni tayyorlashda bir nechta manbalardan foydalanilganda), material tarjima qilingan taqdirda, uning qaysi adabiyotdan tarjima qilingani, qayerda chop qilingani va toʻliq nomi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
“nashrga tayyorlashga moʻljallangan material muallifi yoki tarjimon diniy maʼlumotga ega boʻlsa, uning diniy maʼlumotga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi (bunday hujjatga ega boʻlmagan taqdirda, bu haqda vakolatli organga kiritiladigan xat yoki arizada koʻrsatiladi)”;
“b” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
b) 13-bandning ikkinchi xatboshisidan “ijobiy” soʻzi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 09/19/335/2971-son)