Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.11.2019 16.04.2019 yildagi 319-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.11.2019
Hujjat 17.04.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-noyabrdagi 918-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taʼminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi hamda Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda davlat xizmatlari koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti (keyingi oʻrinlarda maʼmuriy reglament deb ataladi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentga muvofiq koʻrsatiladigan davlat xizmatidan foydalanish uchun jismoniy shaxslar faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmati koʻrsatish uchun zarur hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda bir oy muddatda tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining YIDXPga ulanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentni amalda qoʻllashning samaradorligi va amalda qoʻllanilishi natijadorligi darajasini oshirishga yoʻnaltirilgan oʻquv seminarlar tashkil etilishi va oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda YIDXPda davlat xizmatlari koʻrsatilishining har bir bosqichida murojaatlarning koʻrib chiqilishini kuzatib borish tartibini joriy etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishining belgilangan tartibi bajarilishi yuzasidan ular faoliyati boʻyicha, shu jumladan, YIDXP orqali doimiy nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu qaror bilan tasdiqlangan maʼmuriy reglamentning talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy jazolarni qoʻllasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2012-y., 7-son, 53-modda) bilan tasdiqlangan Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduxakimov, Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov hamda Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri D.X. Nabiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 16-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-son qaroriga
1-ILOVA

Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
MAʼMURIY REGLAMENTI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Maʼmuriy reglament jismoniy shaxslarga (keyingi oʻrinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmati (keyingi oʻrinlarda davlat xizmati deb ataladi) koʻrsatish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi oʻrinlarda YIDXP deb ataladi) orqali Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha respublika komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Komissiya deb ataladi) tomonidan attestatsiya oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Sertifikatlashtirish va kompyuterlashtirish markazi (keyingi oʻrinlarda vakolatli organ deb ataladi) Komissiyaning ishchi organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-iyuldagi 214-son qarori bilan tasdiqlangan Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asosan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻrtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi oʻrinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qoʻllash orqali faqat idoralararo oʻzaro elektron bogʻlanish yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat xizmati koʻrsatish mazkur Maʼmuriy reglamentga 1-ilovadagi sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Davlat xizmati koʻrsatish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda roʻyxatdan oʻtadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa ariza beruvchining oʻzi ushbu Maʼmuriy reglamentning 2-ilovasiga asosan, tegishli sport turi faoliyatini tanlagan holda tegishli shakldagi arizalardan birini toʻldiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza beruvchi sportning ikkinchi va undan koʻproq turi boʻyicha ruxsatnoma olish uchun murojaat qilgan taqdirda, bu haqda arizada koʻrsatadi (amal qiluvchi ruxsatnoma berilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, ariza beruvchi sport turi boʻyicha trener-instruktor sifatida faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsatnomaga ega boʻlgan taqdirda sportning aynan shu turi boʻyicha trener yoki trener-oʻqituvchi sifatida faoliyatni amalga oshirish uchun bu haqda arizada koʻrsatadi (amal qiluvchi ruxsatnoma berilgan kundan boshlab 8 oy mobaynida).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza toʻldirilgandan soʻng arizachi uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzi kelib murojaat etgan taqdirda arizani ERIsi bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan holatlarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan tasdiqlashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza toʻldirilgandan soʻng Davlat xizmatlari markazi xodimi arizani rasmiylashtiradi va ariza beruvchiga taqdim etadi. Ariza beruvchi maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirib, arizani oʻz imzosi bilan tasdiqlaydi. Arizaning toʻgʻriligi va haqiqiyligi boʻyicha barcha javobgarlik ariza beruvchining zimmasida boʻladi, bundan arizalarga ilova qilinayotgan tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan hujjatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat xizmatlari koʻrsatganlik uchun quyidagi yigʻimlar undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani qabul qilish va koʻrib chiqish uchun — toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqining 1 (bir) baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Maʼmuriy reglamentning 7-bandida koʻzda tutilgan hollarda toʻlov kunidagi eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” yoki “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sport ustozi” unvoniga, jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy darajaga ega boʻlgan shaxslar attestatsiyadan oʻtmasdan va attestatsiyadan oʻtganlik uchun haq toʻlamasdan trenerlik faoliyati bilan muddatsiz shugʻullanishga ruxsatnoma oladilar. Davlat unvonlari va xalqaro unvonlarga va/yoki mukofotlarga ega boʻlgan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida trenerlik faoliyatini rivojlantirishga salmoqli hissa qoʻshgan shaxslar sport turi boʻyicha tegishli respublika federatsiyasi (assotsiatsiyasi)ning iltimosnomasi boʻyicha Komissiyaning qarori bilan attestatsiyadan oʻtishdan va attestatsiya oʻtkazilganligi uchun haq toʻlashdan ozod qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmati koʻrsatilgani uchun yigʻim toʻlanganligini tasdiqlash axborot-kommunikatsiya tizimlari orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat xizmatini olish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, mazkur Maʼmuriy reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan yigʻimlar toʻlanadigan summadan 90 foiz miqdorida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Yigʻim summalari quyidagicha taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizani qabul qilish va koʻrib chiqish uchun yigʻim summasining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasi shaxsiy hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining maxsus hisob raqamiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70 foizi — Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyadan oʻtkazish uchun yigʻim toʻliq miqdorda vakolatli organning hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat xizmati YIDXP orqali koʻrsatilganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamgʻarmasiga arizani qabul qilish va koʻrib chiqish uchun yigʻim summasining yoʻnaltiriladigan qismi 20 foizdan 10 foizga kamaytiriladi va boʻshaydigan mablagʻlar qolgan oluvchilar orasida mutanosib ravishda taqsimlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ariza beruvchi tomonidan arizada haqiqiy boʻlmagan, soxta va notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilishi, shuningdek, davlat xizmatlari koʻrsatish uchun yigʻimni toʻlamaslik davlat xizmati koʻrsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi, bundan murojaat taqdim etilgan vaqtda maʼlumotlar qayta toʻgʻrilangan holatlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xizmatlari koʻrsatishni boshqa asoslar boʻyicha rad etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanishni rad etgan taqdirda uning arizasi koʻrib chiqilmaydi. Bunda arizani qabul qilish va koʻrib chiqish uchun yigʻim summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ariza beruvchi belgilangan attestatsiyaning birinchi bosqichiga qadar attestatsiyadan oʻtishdan voz kechsa, attestatsiyadan oʻtkazish uchun toʻlangan yigʻim summasi ariza beruvchining yozma murojaatiga asosan toʻliqligicha vakolatli organ tomonidan arizachiga qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi attestatsiyaning birinchi va (yoki) ikkinchi boschqichlaridan muvaffaqiyatli oʻta olmagan holatda yigʻimlar summasi qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ariza beruvchi maʼlumotlarni tekshirib, arizani oʻz imzosi bilan tasdiqlagandan soʻng, Davlat xizmatlari markazi xodimi arizani oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, 10 daqiqa mobaynida vakolatli organga elektron shaklda yuboradi. YIDXP orqali murojaat qilinganda esa, ariza avtomatik tarzda vakolatli organga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Vakolatli organ ariza tushgan kundan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xizmatlari markazi yoki YIDXPdan yuborilgan ariza va ilova qilingan hujjatlar nusxalarini olib, 10 ish kunida attestatsiyaning birinchi bosqichi oʻtadigan sana va joy toʻgʻrisida yoki attestatsiyadan oʻtkazishning rad etilishi haqida qaror qabul qiladi va bu haqda ariza beruvchini Davlat xizmatlari markazlari (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali yoxud oʻzi oʻrnatilgan tartibda xabardor qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyaning birinchi bosqichini 20 ish kuni mobaynida oʻtkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyaning birinchi bosqichidan ijobiy oʻtgan ariza beruvchilarning hujjatlarini 3 ish kunida tegishli sport turlari boʻyicha respublika (mintaqa) tashkilotlariga (federatsiyalar, uyushmalar va boshqalarga) yuboradi va bu haqda ariza beruvchini Davlat xizmatlari markazlari (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali yoxud oʻzi oʻrnatilgan tartibda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Sport turlari boʻyicha respublika (mintaqa) tashkilotlari 15 ish kunidan oshmaydigan muddatda attestatsiyaning birinchi bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtgan ariza beruvchilarni belgilangan sport turlaridan nazariy va amaliy bilimlari boʻyicha attetatsiyaning ikkinchi bosqichini oʻtkazadi va sinov yakunlari boʻyicha xulosani vakolatli organga yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Vakolatli organ 5 ish kunida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlari yakunlari boʻyicha taklifni koʻrib chiqadi va trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan ruxsatnoma berish yoki ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Komissiyaga kiritadi va Komissiya qarorini tayyorlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar ruxsatnoma berishning rad etilishi uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
attestatsiyaning birinchi va (yoki) ikkinchi bosqichlaridan oʻta olmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari ijtimoiy xavfli, ogʻir va alohida ogʻir jinoyatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berilishini boshqa asoslarga binoan rad etish qatʼiyan taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Komissiya qarori qabul qilingandan soʻng vakolatli organ 3 ish kunida ruxsatnomani yoki asoslantirilgan rad javobini rasmiylashtirgan kuni ularni ERIsi bilan tasdiqlaydi va Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi kelgan holda murojaat qilinganda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat qilinganda) YIDXP orqali elektron tarzda yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan soʻng 10 daqiqa mobaynida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va ariza beruvchini bu haqda axborot-kommunikatsiya tizimi orqali xabardor qiladi. Davlat xizmatlari markazi ariza beruvchi oʻzi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining soʻroviga asosan, unga maʼlumotnomani elektron shaklda yoki qogʻoz shaklida muhrini bosib, masʼul xodimning imzosini qoʻyib berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ oʻz faoliyatini amalga oshirishi natijasida olingan maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi, uning hududiy boshqarmalari va Davlat xizmatlari markazlari ushbu Maʼmuriy reglament talablari ijrosi boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyati yuzasidan doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ariza beruvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Mazkur Maʼmuriy reglamentning 10 va 12-bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat xizmatlari koʻrsatish milliy tizimini yanada kompleks rivojlantirish choralari haqida” 2019-yil 15-fevraldagi PQ-4193-son qaroriga muvofiq 2019-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Mazkur Maʼmuriy reglament talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga

Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish ishlarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

1-ShAKL

__________________
(sana)

__________________
(raqam)

Trener-instruktor faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish uchun
ARIZA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):

3. Yashash manzili:

4. Elektron manzili va telefon raqami (mavjud boʻlsa):

5. Ilgari ijtimoiy xavfli, ogʻir va alohida ogʻir jinoyatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqida maʼlumot:

Ha yoki yoʻq*

6. Ariza beruvchining sport turi

Sport turlari roʻyxati**

7. Sportning ikkinchi va undan koʻproq turi boʻyicha ruxsatnoma olish

Ha yoki yoʻq

8. Sport turi boʻyicha trener-instruktor sifatida faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslar sportning aynan shu turi boʻyicha trener yoki trener-oʻqituvchi sifatida faoliyatni amalga oshirish

Ha yoki yoʻq

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi tibbiyot (psixiatriya, narkologiya) muassasalarining maʼlumotnomalari

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmalarining tavsiyasi***

3. 3x4 hajmdagi rangli fotosurat (elektron tarzda)

Ariza beruvchining
__________________________imzosi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* zarurat boʻlgan taqdirda hujjatlar oʻrganish uchun vakolatli organlarga yuborilishi mumkin.

** futbol boʻyicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan nomzodlar uchun: Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan berilgan sertifikat (diplom) nusxasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan trenerlik litsenziyasi yoki Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan “S” toifali litsenziya hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining nomzodni attestatsiyaning birinchi bosqichiga yuborish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi.

*** ushbu hujjat faqat umumtaʼlim maktablarining jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari uchun trener-instruktorlik ruxsatnomasini olish uchun talab qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

2-ShAKL

__________________
(sana)

__________________
(raqam)

Trener-oʻqituvchi faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish uchun
ARIZA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):

3. Yashash manzili:

4. Elektron manzili va telefon raqami (mavjud boʻlsa):

5. Ilgari ijtimoiy xavfli, ogʻir va alohida ogʻir jinoyatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqida maʼlumot:

Ha yoki yoʻq*

6. Ariza beruvchining sport turi:

Sport turlari roʻyxati**

7. Sportning ikkinchi va undan koʻproq turi boʻyicha ruxsatnoma olish:

Ha yoki yoʻq

8. Sport turi boʻyicha trener-instruktor sifatida faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslar sportning aynan shu turi boʻyicha trener yoki trener-oʻqituvchi sifatida faoliyatni amalga oshirish :

Ha yoki yoʻq

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi tibbiyot (psixiatriya, narkologiya) muassasalarining maʼlumotnomalari

2. Oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy jismoniy tarbiya maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi***

3. 3x4 hajmdagi rangli fotosurat (elektron tarzda)

Ariza beruvchining
___________________________imzosi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* zarurat boʻlgan taqdirda hujjatlar oʻrganish uchun vakolatli organlarga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** futbol boʻyicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan nomzodlar uchun: Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan berilgan sertifikat (diplom) nusxasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan trenerlik litsenziyasi yoki Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan “S” toifali litsenziya hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining nomzodni attestatsiyaning birinchi bosqichiga yuborish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishi talab etilmaydigan sport turlari uchun oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.

3-ShAKL

________________
(sana)

__________________
(raqam)

Sport turi boʻyicha trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berish uchun
ARIZA

I. Ariza beruvchi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

1. Familiyasi, ismi, otasining ismi:

2. Pasport maʼlumotlari (seriyasi, raqami, sanasi, kim tomonidan berilgan):

3. Yashash manzili:

4. Elektron manzili va telefon raqami (mavjud boʻlsa):

5. Ilgari ijtimoiy xavfli, ogʻir va alohida ogʻir jinoyatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga qarshi qaratilgan jinoyatlari uchun jinoiy javobgarlikka tortilganligi haqida maʼlumot:

Ha yoki yoʻq*

6. Ariza beruvchining sport turi

Sport turlari roʻyxati**

7. Sportning ikkinchi va undan koʻproq turi boʻyicha ruxsatnoma olish

Ha yoki yoʻq

8. Sport turi boʻyicha trener-instruktor sifatida faoliyat bilan shugʻullanishga ruxsatnomaga ega boʻlgan shaxslar sportning aynan shu turi boʻyicha trener yoki trener-oʻqituvchi sifatida faoliyatni amalga oshirish

Ha yoki yoʻq

II. Ilova qilinadigan hujjatlar:

1. Sogʻligʻining holati toʻgʻrisidagi tibbiyot (psixiatriya, narkologiya) muassasalarining maʼlumotnomalari

2. Oliy yoki oʻrta maxsus, kasbiy jismoniy tarbiya maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi***

3. 3x4 hajmdagi rangli fotosurat (elektron tarzda)

Ariza beruvchining
_______________imzosi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* zarurat boʻlgan taqdirda hujjatlar oʻrganish uchun vakolatli organlarga yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
** futbol boʻyicha trenerlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan nomzodlar uchun: Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan berilgan sertifikat (diplom) nusxasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan trenerlik litsenziyasi yoki Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan “S” toifali litsenziya hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining nomzodni attestatsiyaning birinchi bosqichiga yuborish toʻgʻrisidagi taqdimnomasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
*** jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlishi talab etilmaydigan sport turlari uchun oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumoti toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-apreldagi 319-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Trenerlik faoliyati bilan shugʻullanish yuzasidan attestatsiya oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 13-bandning sakkizinchi xatboshisidan “, shuningdek ularning dublikatlarini beradi” soʻzlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 17 — 19-bandlar, 20-bandning birinchi xatboshisi, 22 va 33-bandlar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. 371-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“371. Sportning olimpiya va paralimpiya turlari hamda Osiyo oʻyinlari dasturiga kiritilgan sport turlari boʻyicha Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari, Osiyo oʻyinlari, jahon va Osiyo chempionatlari musobaqalarining gʻolib va sovrindor sportchilari tegishli sport federatsiyalari (uyushmalari) tavsiyalari asosida attestatsiyaning birinchi va ikkinchi bosqichlaridan oʻtmasdan, sport maktablarida trener sifatida ishlash uchun trenerlik faoliyati bilan shugʻullanishga belgilangan tartibda tegishli ruxsatnoma oladilar”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. 373-bandning uchinchi xatboshisi va 375-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. 1 va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2019-y., 09/19/319/2957-son)