O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA XALQARO TURIZMNING ZAMONAVIY INFRASTRUKTURASINI BARPO ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekiston Respublikasining ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro turizmni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-2-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
3. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik kompaniyasi, Davlat soliq qo‘mitasi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
bir oy muddatda turistlarni avia va temir yo‘l transporti orqali tashishda imtiyozlar berish, shuningdek respublika ichidagi hamda xalqaro liniyalarda turistik guruhlarning yurishlari qiymatidan chegirmalar tartibini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
uch oy muddatda Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganch shaharlaridagi aeroportlarda, temir yo‘l vokzallarida, shuningdek chegaradagi temir yo‘l stansiyalarida turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus bojxona zonalari tashkil etsinlar, ularni zamonaviy nazorat texnikasi bilan jihozlasinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 26-dekabrdagi 475-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
6. “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni, “O‘zavtotrans” davlat korporatsiyasi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “O‘zdavneftmahsulot” davlat-aksionerlik birlashmasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda turistlarga xizmat ko‘rsatish uchun Toshkent—Samarqand—Buxoro—Urganch—Xiva avtomobil yo‘nalishida yo‘llarni obodonlashtirish, ulardan sifatli foydalanish hamda servis xizmatlari tashkil etish bo‘yicha 1995 — 1998-yillarga mo‘ljallangan kompleks dasturni ishlab chiqsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
9. “Mahalliy sanoat” davlat korporatsiyasi, “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi, O‘zbekbirlashuv, Madaniyat ishlari vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda turistlar bo‘ladigan joylarda amaliy va tasviriy san’at, xalq ijodkorligi buyumlarini, reklama mahsulotlarini tayyorlash hamda sotish bo‘yicha korxonalar va ixtisoslashtirilgan markazlar shoxobchalarini tashkil etsinlar.
10. Sog‘liqni saylash vazirligi:
“O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda shartnoma asosida turistlarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishini ta’minlasin;
Moliya vazirligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda bir oy muddatda mamlakatimiz turistlarini va xorijiy turistlarni tibbiy sug‘urta qilish bo‘yicha taklif kiritsin.
11. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “O‘zbek-turizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda shartnoma asosida xalqaro turizm sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun “Xalqaro turizm” o‘quv-ishlab chiqarish markazi ochsin.
12. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo yo‘llariga ega bo‘lgan mamlakatlarda turistik vakolatxonalar ochsin.
13. Davlat matbuot qo‘mitasi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda budjetdan tashqari mablag‘lar hisobiga “Ipak yo‘li” xalqaro turistik-reklama-axborot nashri chop etilishini tashkil etsin.
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Mutalov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1995-yil 3-iyun,
210-son
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-martdagi 101-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 1995-y., 6-son, 20-modda; O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 30-son, 346-modda)