Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining
Qarori
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 16-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2981-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-avgustdagi PF-5519-son “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi hamda Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87, 20-son qarori (roʻyxat raqami 2981, 2018-yil 15-mart) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2018-y., 10/18/2981/0900-son) bilan tasdiqlangan Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oliy sud raisi K. KAMILOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-mart,
11-24 qq-son
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-mart,
26 qq-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Ichki ishlar vazirligining 2019-yil 20-martdagi 11-24 qq, 26 qq-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 141-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“141. Advokat oʻz professional faoliyatini amalga oshirishi uchun, Oʻzbekiston Respublikasining protsessual kodekslariga qatʼiy rioya etgan holda, sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini moneliksiz olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda qayd etilgan qurilmalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini oʻtkazish tartibini buzmasligi kerak.”.
2. 25-bandning uchinchi xatboshisidagi “devonining” degan soʻz “Administratsiyasining” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. Mazkur oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi A. ERNAZAROV
2019-yil 20-mart
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/2981-2/2946-son)