O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
buyrug‘i
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 15-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 3013-1]
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining 2018-yil 1-maydagi 180-son buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3013, 2018-yil 14-may) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2018-y., 20-son, 427-modda) bilan tasdiqlangan Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-mart,
35-son
O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 11-martdagi 35-son buyrug‘iga
ILOVA
ILOVA
Davlat xaridlari sohasidagi shikoyatlarni ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. 14-bandda:
quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Komissiyaning qarori asosida ijrochilarni Insofsiz ijrochilarning yagona reyestriga kiritadi;”;
yettinchi xatboshi sakkizinchi xatboshi deb hisoblansin.
3. 16-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Anonim murojaatlar Komissiya tomonidan ko‘rib chiqilmaydi.”.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.04.2019-y., 10/19/3013-1/2943-son)