Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq baʼzi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasi harbiylashtirilgan tuzilmalar faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik taʼminlash boʻlimiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 14-aprel,
313-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-apreldagi 313-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar va qoʻshimcha
1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 95-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari toʻgʻrisidagi Nizomda:
a) 5-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi vakili reabilitatsiya markaziga moneliksiz kirish huquqiga ega”.
b) 79-bandning oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“reabilitatsiya markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi vakilining moneliksiz kirishini va ularning xavfsizligini taʼminlash”.
2. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 26-apreldagi 180-F-son farmoyishiga oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-apreldagi 313-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 13-noyabrdagi 399-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 32-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 11-dekabrdagi 326-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 12-son, 91-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 09/19/313/2938-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)