10.04.2019 yildagi 295-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmonini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchilari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi Hukumat apparati tarkibiy boʻlinmalari, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — transport vaziri A.J. Ramatov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi R.V. Abduqodirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 10-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-apreldagi 295-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son Farmoniga va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi oʻrinlarda Vazirlar Mahkamasi/Hukumat deb ataladi) hududlardagi mavzuli sayyor majlislarini tayyorlash va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining hududlardagi mavzuli sayyor majlislari (keyingi oʻrinlarda sayyor majlislar deb ataladi) joylarda aniq sohalar va yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonining samaradorligini oʻrganish borasida Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etish shakli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar sayyor majlislarni oʻtkazishda Vazirlar Mahkamasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 ― 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish davlat dasturlarini, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarini, shuningdek, hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va maʼmuriy islohotlarni oʻz vaqtida va toʻliq hajmda amalga oshirish choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi respublika budjetining, viloyatlar viloyat budjetlarining va Toshkent shahri shahar budjetining, tumanlar va shaharlar budjetlarining maqsadli ijrosini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni, eng avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotgan qishloq tumanlari va shaharlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini samarali hal etish boʻyicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining muvofiqlashtirilgan ishini taʼminlash choralarini koʻrish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarining kompleks tahlilini, shu jumladan hududlarni kompleks rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarida bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish, aholi bandligi va turmush darajasini izchil oshirish boʻyicha islohotlarni amalga oshirish jarayonining monitoringini oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va hududning eksport salohiyatni oshirish holatini oʻrganish, mamlakatni rivojlantirishning strategik maqsadlaridan va uning iqtisodiy xavfsizligidan kelib chiqib hududlarning investitsiyaviy jozibadorligini yanada yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan majlislar bayonnomalari, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ijrosi ustidan tizimli va taʼsirchan nazoratni taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining hududiy boʻlinmalari, boshqa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining, barcha darajadagi hokimlar faoliyatini baholash, zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali va natijador bajarilishi, shuningdek, Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va boshqa davlat boshqaruvi organlari faoliyati samaradorligini hamda maqsadli vazifalarga erishishlarini baholashning asosiy mezonlarida koʻrsatilgan maqsadli vazifalarga erishilishi uchun ularning shaxsiy javobgarligi masalalarini koʻrib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududlarning iqtisodiy barqarorligini taʼminlovchi eng muhim vazifalar, iqtisodiyotning aniq tarmoqlari va sohalaridagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, hududlarning iqtisodiy koʻrsatkichlarini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sayyor majlislarni tashkillashtirish va oʻtkazish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sayyor majlislarni tashkillashtirish va oʻtkazish mazkur Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Sayyor majlislar tizimli asosda, qoida tariqasida, har chorakda oʻtkaziladi. Sayyor majlislar sanasi hamda ularga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish boʻyicha tadbirlar (reja-jadval) Vazirlar Mahkamasining Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayyor majlislar zarur hollarda videoselektor yigʻilishi shaklida oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Sayyor majlislar quyidagilardan kelib chiqib rejalashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi holatni tanqidiy tahlil qilish va maqsadli vazifalarni amalga oshirish boʻyicha talablari va topshiriqlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish davlat dasturlarini, davlat va hududiy rivojlantirish dasturlarini, shuningdek, hududlarda iqtisodiy, ijtimoiy va maʼmuriy islohotlarni oʻz vaqtida hamda toʻliq hajmda amalga oshirish holatining tanqidiy va tizimli tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining respublika hududlariga tashriflari yakunlari boʻyicha tasdiqlangan bayonnomalar, oliy va yuqori darajalardagi tashriflar yakunlari boʻyicha amaliy tadbirlar rejalari (“yoʻl xaritalari”) ijrosi jarayonining monitoringi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlar jarayonlariga toʻsqinlik qilayotgan sabab va muammolarning tizimli tahlili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash holatining monitoringi hamda tahlili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Sayyor majlislarda “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida, ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan masalalar, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (keyingi oʻrinlarda Bosh vazir deb ataladi) topshiriqlariga va Vazirlar Mahkamasi Rayosati qarorlariga muvofiq boshqa masalalar koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sayyor majlislarda Bosh vazir raislik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayyor majlislarda raislik qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bosh vazirning topshirigʻiga asosan Bosh vazirning oʻrinbosari yoki maslahatchisi vakolatlari sohasiga bevosita kiruvchi masalalar boʻyicha sayyor majlislar Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari yoki maslahatchisi raisligida oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Sayyor majlislarga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishni axborot-tahliliy va tashkiliy taʼminlash Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq sayyor majlis oʻtkazilishi sanasidan kamida yigirma kun oldin Vazirlar Mahkamasiga kun tartibi, kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish tartibi loyihalarini, tegishli tahliliy materiallarni, shuningdek, sayyor majlis bayonnomasi loyihasini kiritadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa masʼul tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklarining vakillarini jalb qilgan holda, sayyor majlis sanasidan kamida oʻn kun oldin kiritilgan materiallarni puxta ishlaydi hamda sayyor majlisni oʻtkazish boʻyicha zarur maʼlumotnoma, axborot-tahliliy, taqdimot va boshqa materiallarni tayyorlaydi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati quyidagilarni Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi bilan kelishadi:
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilardan iborat hujjatlar toʻplamini:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarga faksogramma (kuzatuv xati, topshiriq) loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibi va kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish tartibi loyihalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobot beruvchilar va sayyor majlisda ishtirok etuvchi shaxslar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kun tartibidagi hisobotlar boʻyicha maʼlumotnoma-obyektivkalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosiy maʼruza loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyor majlis bayonnomasi loyihasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborot-tahliliy va taqdimot materiallari, sayyor majlis anonsi va boshqalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) quyidagilarni oʻz ichiga olgan tashkiliy masalalarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyor majlisni oʻtkazish sanasi, joyi va shakli (ochiq, yopiq, videoselektor);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyor majlis ishtirokchilarini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi va joylashtirish sxemasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik vositalardan (telefonlar, radioaloqa, shuningdek, audio- va video qayd etish hamda axborotni qayta ishlash vositalari) foydalanish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyor majlis bayonnomasini va stenogrammasini yuritish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sayyor majlis ishtirokchilarini joylashtirish, transport taʼminoti tartibi va boshqalar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sayyor majlislar oʻtkazishni sifatli va barvaqt tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi yoki uning Rayosati tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati mudiri, Bosh vazir protokol xizmati mudiri, Bosh vazir matbuot kotibi, Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari va mutaxassislari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Milliy statistika qoʻmitasi, Soliq qoʻmitasi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, boshqa vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklarining vakillaridan iborat tarkibda doimiy faoliyat yurituvchi ishchi guruh tashkil etiladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi sayyor majlisni oʻtkazish sanasidan yetti kun oldin sayyor majlisni oʻtkazish uchun tayyorlangan hujjatlar toʻplami va tashkiliy masalalar boʻyicha Bosh vazirga axborot beradi va Vazirlar Mahkamasining Rayosatiga koʻrib chiqish uchun kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar va mudofaa sanoati masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa masʼul tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda bir kun ichida Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan koʻrib chiqilgan materiallarni Vazirlar Mahkamasi Rayosati aʼzolari tomonidan bildirilgan eʼtirozlardan kelib chiqib qayta ishlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Qayta ishlangan materiallar sayyor majlisni oʻtkazish sanasidan besh kun oldin Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi tomonidan kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati masʼul xodimlari Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining huquqiy ekspertiza masalalari boʻyicha oʻrinbosari va Vazirlar Mahkamasi apparati tarkibiy boʻlinmalarining boshqa masʼul xodimlari bilan birgalikda majlisni oʻtkazish sanasidan uch kun oldin sayyor majlisga barvaqt va sifatli tayyorgarlik koʻrish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik va boshqa masalalarni hal etish uchun sayyor majlis oʻtkaziladigan joyga (hududga) tashrif buyuradi.
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayyor majlisga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni muvofiqlashtirish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Mansabdor shaxslarning sayyor majlislarga ishtirok etishi Vazirlar Mahkamasi apparatining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan taʼminlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Sayyor majlislarda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, hududiy davlat boshqaruvi organlari rahbarlari ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sayyor majlislarga zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillari taklif etilishi mumkin. Boshqa mansabdor shaxslar sayyor majlislarga faqat vakolatlariga kiradigan masalalar boʻyicha taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Sayyor majlisda Bosh vazirning majlis mavzusiga bevosita tegishli boʻlgan ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa obyektlarga tashrifi ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlari Bosh vazirning obyektlarga tashrifi davomida materiallarning taqdimotini taʼminlaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosh vazirning obyektlarga tashrifini tashkillashtirish Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa masʼul tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda manfaatdor vazirlik va idoralar, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar (shaharlar) hokimliklari vakillarini jalb qilgan holda amalga oshiriladi.
(21-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Sayyor majlislarda masalalarning muhokamasi, qoida tariqasida, ochiq va oshkora oʻtkaziladi. Sayyor majlislarni ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik vakillari taklif etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Sayyor majlislarda Bosh vazir oʻrinbosarlari va maslahatchilarining, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, boshqa davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning hududiy boʻlinmalari rahbarlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, tegishli viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlarining, Hukumat apparati tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining hisobotlari eshitiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Sayyor majlislarda qarorlar Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Sayyor majlislarda qabul qilingan qarorlar bayonnoma koʻrinishida rasmiylashtiriladi. Sayyor majlis bayonnomasi zarurat boʻlganda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Sayyor majlis bayonnomasi loyihasi sayyor majlis oʻtkazilganidan keyin uch kun ichida Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati tomonidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy boʻlinmalari bilan birgalikda rasmiylashtiriladi hamda keyinchalik Bosh vazirga axborot berish uchun Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga taqdim etiladi.
(26-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida oʻtkazilgan sayyor majlis bayonnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga imzolashga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Bosh vazir raisligida oʻtkazilgan sayyor majlis bayonnomasi imzolashga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Adminisratsiyasiga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati Vazirlar Mahkamasi apparatining Umumiy boʻlimi bilan birgalikda imzolangan sayyor majlis bayonnomasini tarqatishni taʼminlaydi.
(29-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Sayyor majlislarni ommaviy axborot vositalarida yoritish, shuningdek, koʻrib chiqiladigan masalalarning muhokamasiga jamoatchilikni jalb qilish Bosh vazir Matbuot xizmati tomonidan tashkillashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Bosh vazir matbuot xizmati sayyor majlisda muhokama qilinishi rejalashtirilayotgan masalalar toʻgʻrisida eʼlon berish va ularni koʻrib chiqish natijalarini yoritishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Sayyor majlislar yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Sayyor majlislar yakunlari boʻyicha qabul qilingan qarorlar ijrosi ustidan nazorat Vazirlar Mahkamasi apparati tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Bosh vazir oʻrinbosarlari, Bosh vazir maslahatchilari, Hududlarni kompleks rivojlantirish, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyati, Vazirlar Mahkamasi apparatining masʼul tarkibiy boʻlinmalari sayyor majlislarning bayonnoma topshiriqlari bajarilishining tizimli nazorati va tahlilini taʼminlaydi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Vazirlar Mahkamasi apparatining Nazorat va ijro intizomi boʻlimi tomonidan tizimli asosda sayyor majlislarning bayonnoma topshiriqlari bajarilishi jarayonining monitoringi amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Sayyor majlislar bayonnoma topshiriqlari ijrosini tashkillashtirish va amalga oshirilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hududlarda mavzuli sayyor majlislarini tashkillashtirish va oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 26-iyundagi 411-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 09/19/295/2921-son; 27.06.2020-y., 09/20/411/1000-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)