Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
MULKChILIKNING BARChA ShAKLIDAGI KORXONALAR (TAShKILOTLAR), ShU JUMLADAN ChET EL KORXONALARI VA QOʻShMA KORXONALAR FAQAT MAXSUS RUXSATNOMA (LITSENZIYA) ASOSIDAGINA ShUGʻULLANIShGA HAQLI BOʻLGAN FAOLIYAT TURLARINING ROʻYXATIGA OʻZGARTIShLAR VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining roʻyxati toʻgʻrisida”gi 222-II-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 4, 182-modda) Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining Roʻyxatiga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifi yangi tahrirdagi ilovaga muvofiq qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 18-aprel,
1034-XII-son
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi
qaroriga ilova (Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Kengashi
Rayosatining 1994-yil 18-apreldagi
1034-XII-sonli qarori bilan
tasdiqlangan tahrirda)
Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi
qaroriga ilova (Oʻzbekiston
Respublikasi Oliy Kengashi
Rayosatining 1994-yil 18-apreldagi
1034-XII-sonli qarori bilan
tasdiqlangan tahrirda)
Mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalar (tashkilotlar), shu jumladan chet el korxonalari va qoʻshma korxonalar faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) asosidagina shugʻullanishga haqli boʻlgan faoliyat turlarining
ROʻYXATI
Qurol-aslahalar va ularning oʻq-dorilari, himoya vositalari, harbiy texnika, agar boshqa tarmoqlarda ishlatilmasa, ularning ehtiyot qismlari, butlovchi qismlari va asboblar, shuningdek ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va maxsus uskunalar yaratish, ishlab chiqarish, ularni taʼmirlash va sotish.
Portlovchi va zaharli moddalar hamda bunday moddalarni qoʻllagan holda boshqa buyumlar yaratish, ishlab chiqarish, ularni tashish va sotish.
Zaharlovchi jangovar moddalar hamda ulardan himoyalanish vositalarini ishlab chiqarish va sotish.
Raketa-kosmik komplekslar, aloqa tizimlari va ularni boshqarish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, taʼmirlash va sotish.
Uran va boshqa parchalanuvchi materiallarni qazib chiqarish, shuningdek ularni va ulardan yasalgan mahsulotlarni ishlab chiqarish, tashish, qayta ishlash, koʻmib tashlash va sotish.
Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi hosil qilish.
Boʻshatib olinayotgan harbiy-texnikaviy vositalarni tugatish (yoʻq qilib tashlash, ulardan xomashyo sifatida boshqa ishlarda foydalanish, ularni koʻmib tashlash) va qayta ishlash.
Harbiy mahsulotni namoyish va targʻib qilish.
Ov va sportga moʻljallangan oʻqotar qurolni va uning oʻqdorilarini, shuningdek tigʻli qurollar (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ularni taʼmirlash va sotish.
Neft va gaz qazib chiqarish, ularni qayta ishlash va sotish.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish.
Tarkibida qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar boʻlgan ikkilamchi resurslar va chiqitlarni tayyorlash hamda qayta ishlash.
Radioaktiv moddalar va izotoplardan foydalangan holda asboblar va uskunalar yaratish, ishlab chiqarish hamda ularni sotish.
Atom energetikasi obyektlari, magistral truboprovodlar, koʻpriklar, tonellar, shuningdek mudofaa obyektlarini (qurilmalari, uskunalari, tizimlari va asboblarini) loyihalash, bunday obyektlarda qurilish-montaj ishlarini bajarish, ularni ishlatish va taʼmirlash.
Tavakkalchilik darajasi yuqori boʻlgan obyektlarni hamda xavf-xatar tugʻdiradigan ishlab chiqarishlarni qurish va ishlatish, ular uchun uskunalar, nazorat va avariyaga qarshi himoya tizimlarini tayyorlash.
Xazina va bank biletlari, tangalar, qimmatli qogʻozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va h. k.), ordenlar va medallar, pochta toʻlovi belgilari ishlab chiqarish.
Tibbiy yordam koʻrsatish.
Tarkibida giyovand moddalar boʻlgan ekinlarni ekish, yetishtirish va sotish.
Giyovand moddalar ishlab chiqarish va sotish.
Farmakologiya preparatlari ishlab chiqarish.
Keyingi tahrirga qarang.
Qimorxonalar tashkil etish, lotereyalar va shunga oʻxshash tadbirlar oʻtkazish.
Yongʻinga qarshi avtomatika vositalarini, qoʻriqlash signalizatsiyalarini, yongʻindan darak beruvchi va yongʻindan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalash, taʼmirlash, montaj qilish, sozlash, ularga texnika xizmati koʻrsatish.
Temir yoʻl, havo, dengiz va avtomobil transportida yuklar va yoʻlovchilar tashish.
Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kino va video filmlar hamda dasturlar yaratish.
Kino va video dasturlarni koʻpaytirish, tarjima qilish, sotish.
Kino va video mahsulotlarni ijaraga berish.
Kino va videoga olish hamda shu faoliyatning boshqa turlarini tashkil etish yuzasidan xizmatlar koʻrsatish, shu jumladan vositachilik xizmatlari koʻrsatish.
Fuqarolar va yuridik shaxslarga huquqiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Magistral va xalqaro aloqa liniyalarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish.
Shifrlovchi texnikani ishlab chiqarish, taʼmirlash, sotish va undan foydalanish.
Metrologiya uskunalarini ishlab chiqarish va sotish.
Topografiya-geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirish.
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsion institut sifatida faoliyat koʻrsatish.
Qurilish loyihalarining ekspertizasini oʻtkazish.
Balandliklarda sanoat alpinizmi uslublarida taʼmirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish.
Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish.
Auditorlik faoliyati.
Ishlab chiqarish, uy-joy va fuqarolik hamda qishloq xoʻjalik ahamiyatidagi binolar qurilishini loyihalash hamda shu qurilishlar uchun muhandislik-texnik izlanishlar yuritish.
Davlatga qarashli boʻlmagan taʼlim muassasalarining va diniy taʼlim muassasalarining faoliyati.
Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash.
Parfyumeriya va kosmetika buyumlari, roʻzgʻorda ishlatiladigan kimyoviy mollar tayyorlash.
Turizm sohasidagi faoliyat.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 4-son, 109-modda; 8-9-son, 244-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 2-son, 56-modda; 9-son, 241-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-y., 2-son, 14-modda)