Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi”ga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2375-2]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2012-yil 28-maydagi 44-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2375, 2012-yil 28-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 26-27-son, 299-modda) bilan tasdiqlangan Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi”ga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-mart,
40-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 18-martdagi 40-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Soliq maslahati milliy standarti (2-sonli SMMS) “Soliq maslahati boʻyicha hisobot va soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini tuzish va mijozga (ishonch bildiruvchiga) taqdim etish tartibi”ga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Hisobotning har bir beti soliq maslahatini amalga oshirgan soliq maslahatchisi tomonidan imzolanadi, shuningdek hisobot soliq maslahatchilari tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”.
2. 124-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“124. Xulosa soliq maslahatchisi (soliq maslahatchilari) va soliq maslahatchilari tashkilotining rahbari tomonidan imzolanishi kerak.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/2375-2/2905-son)