O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
qarori
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 8-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 1728-3]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 27-iyundagi 15/9-sonli “Nobank kredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 3263, 27.06.2020-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi Qonuniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007-yil 8-sentabrdagi 23/1-son qarori (ro‘yxat raqami 1728, 2007-yil 12-oktabr) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 41-42-son, 426-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi M. NURMURATOV
Toshkent sh.,
2019-yil 16-mart,
5/9-son
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2019-yil 16-martdagi 5/9-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Mikrokredit tashkilotlarida buxgalteriya hisobini yuritish to‘g‘risida yo‘riqnomaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 16-bandning ikkinchi xatboshisi va 88-banddagi “muhri” degan so‘z “shtampi” degan so‘z bilan almashtirilsin.
2. 170-banddagi “memorial hujjatlar bilan birga kassa hisobvarag‘i bilan o‘tkazilgan korrespondensiyalashgan va orderlarni” degan so‘zlar “kassa hisobvarag‘i bilan korrespondensiyalashgan va kassa orderlarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3. 173-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“173. Quyidagi hujjatlar kassada, omborda yoki yonmaydigan shkaflarda saqlanishi shart:
yillik hisobotning tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan nusxasi hamda oylik (chorak) balans uning barcha ilovalari bilan;
oxirgi o‘n ikki oy uchun kassa hujjatlari;
yordamchi kitoblar.”.
4. 174-banddan “o‘tgan oylar uchun memorial hujjatlar va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
5. 2-ilovaning 3-bandidagi “(muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar “(muhr iziga bo‘lgan talab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6. 4 — 12 va 19-ilovalardan “M.O‘.” degan qisqartma chiqarib tashlansin.
7. 15-ilova o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.
8. 16-ilovadan “Muhr o‘rni (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.04.2019-y., 10/19/1728-3/2896-son)