ILOVA
ILOVA
|
Bosqichlar |
|
Subyektlar |
|
Tadbirlar |
|
Bajarish muddatlari |
|
|
|
| ||||
|
|
|
|
|
|||
|
1-bosqich |
Tahlikali-tahlil va kameral nazorat boʻlimi |
Tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash zaruriyatidan kelib chiqib xronometraj koʻzdan kechirish tayinlanadigan soliq toʻlovchilarning roʻyxati shakllantiriladi. |
Doimiy | |||
|
2-bosqich |
Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi |
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi. |
Xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazishdan 1 kun oldin | |||
|
3-bosqich |
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari |
Davlat soliq xizmati organi soliq toʻlovchining boshqa hududlardagi obyektlarida xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish yuzasidan obyekt joylashgan hududiy davlat soliq xizmati organiga rejalashtirilgan xronometraj koʻzdan kechirishning aniq sanasini koʻrsatgan holda xronometraj koʻzdan kechirish boshlanishidan 3 kun oldin yozma xabarnoma yuboradi. |
Xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazishdan 3 kun oldin | |||
|
4-bosqich |
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari |
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish uchun birinchi navbatda soliq toʻlovchiga yoki uning vakiliga xizmat guvohnomasi asosida oʻzini tanishtirib, soliq toʻlovchini davlat soliq xizmati organining xronometraj koʻzdan kechirish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishtiradi va nusxasini taqdim etadi. |
Xronometraj koʻzdan kechirish boshlashdan oldin | |||
|
5-bosqich |
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari |
Soliq toʻlovchi tomonidan xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyruq bilan tanishishdan boʻyin tovlanganda yoki koʻzdan kechirish oʻtkazishga toʻsqinlik qilinganda, shuningdek xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazish jarayonida nazorat-kassa mashinasining yaroqsizligi yoki boshqa subyektga tegishli nazorat-kassa mashinasi va toʻlov terminalidan foydalanilayotganligi aniqlangan taqdirda aniqlangan holat boʻyicha maʼlumotnoma rasmiylashtirib vakolatli organni xabardor qilish tartibida tekshiruv tashkil etish uchun davlat soliq xizmati organining rahbariga taklif kiritadi. |
Xronometraj koʻzdan kechirish oʻtkazishni boshlashdan oldin yoki jarayonida | |||
|
6-bosqich |
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari |
Xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish muddati yetti kalendar kundan ortiq boʻlmagan holda, soliq toʻlovchining belgilangan ish rejimi va faoliyat turidan kelib chiqib oʻtkaziladi. Xronometraj koʻzdan kechirishni oʻtkazish muddati dam olish kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda, dam olish kunlari hisobiga oʻtkazib yuborilgan muddat keyingi ish kunidan boshlab hisoblanadi. Bunda, xronometraj koʻzdan kechirish soliq toʻlovchining kunlik ish vaqtini toʻliq qamrab olgan holda, joylashgan joyidan qatʼiy nazar barcha obyektlarida bir vaqtning oʻzida oʻtkaziladi. |
1 kundan 7 kalendar kunigacha boʻlgan muddatda | |||
|
7-bosqich |
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari |
Xronometraj koʻzdan kechirish yakunida kassadagi mavjud kunlik naqd pul tushumi bilan, nazorat kassa mashinasining “Z” hisoboti maʼlumoti va qayd etish varaqasidagi tushumlar miqdorini solishtirib chiqadi hamda ijobiy farq summasini nazorat-kassa mashinasi xotirasiga kiritilishini kuzatib boradi. |
Aniqlangan vaqtning oʻzida | |||
|
8-bosqich |
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari |
Xronometraj koʻzdan kechirish yakuni bilan davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish natijalari boʻyicha ikki nusxada maʼlumotnoma tuzadi. Maʼlumotnomaning bir nusxasi soliq toʻlovchiga topshiriladi. |
Xronometraj koʻzdan kechirish yakunida | |||
|
9-bosqich |
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari |
Soliq toʻlovchining boshqa hududlardagi obyektlarida oʻtkazilgan xronometraj koʻzdan kechirish natijasi boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotlar koʻzdan kechirish yakunlangandan keyin soliq toʻlovchi roʻyxatdan oʻtgan davlat soliq xizmati organiga 3 (uch) ish kuni ichida yuboriladi. |
3 kun muddatda | |||
|
10-bosqich |
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari |
Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari xronometraj koʻzdan kechirish natijasiga koʻra tuzilgan maʼlumotnoma boʻyicha xronometraj koʻzdan kechirish yakunlangandan keyin 1 (bir) ish kuni ichida rahbariyatga bildirishnoma kiritadi. |
Xronometraj koʻzdan kechirish yakuni bilan 1 kun | |||
|
11-bosqich |
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari |
Xronometraj koʻzdan kechirish yakuni boʻyicha rasmiylashtirilgan maʼlumotnomalar asosida soliq toʻlovchi tomonidan xronometraj koʻzdan kechirish davri uchun soliq hisoboti taqdim etilgandan soʻng aniqlangan tafovut yuzasidan Soliq kodeksining 70-moddasiga muvofiq talabnoma yuboradi. |
Hisobot taqdim qilingandan keyin | |||
|
12-bosqich |
Davlat soliq xizmati organi mansabdor shaxslari |
Soliq toʻlovchida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda, bu harakatlar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlaganlik sifatida tasniflanadi va qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻriladi. |
Tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda | |||