Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2019 06.01.1995 yildagi 8-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.12.2019
Hujjat 07.07.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi biometrik pasport tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida pasport tizimi toʻgʻrisidagi Nizom”ni amalga kiritish haqida” 1994-yil 23-dekabrdagi Farmonini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini yanada soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlarining tartibi toʻgʻrisida” 1994-yil 17-martdagi 141-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilar tasdiqlansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi tartibi 1-ilovaga muvofiq;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizom va diplomatik pasport beriladigan shaxslar roʻyxati 2, 3-ilovalarga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet elga borishlari maxsus rozilikni talab etadigan mansabdor shaxslar roʻyxati (4-ilova).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, ushbu qarorga 4-ilovada koʻrsatilgan mansabdor shaxslarning xalqaro xarakterdagi rasmiy tadbirlarda qatnashishini kelishib olish belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 25-noyabrdagi 255-sonli qarori asosida beshinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 48-son, 475-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati oʻzlarining yoʻriqnoma hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1995-yil 6-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga chiqishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARTIBI
(1-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilangan cheklashlardan tashqari, chet elga erkin chiqish va ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasiga kelish huquqiga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Tartib Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy mamlakatlarga chiqishlariga tatbiq etiladi, kirish uchun kirish vizalari rasmiylashtirilishi talab qilinmaydigan MDH mamlakatlari bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet elga vaqtincha chiqayotganda fuqarolarga chet elga borish uchun 2 yil mobaynida amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri (keyingi oʻrinlarda stiker deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi. Fuqarolar koʻrsatilgan muddat mobaynida bir necha marta chet elga chiqishi mumkin. Stikerning amal qilish muddati pasportning amal qilish muddatidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy yashash uchun chet elga chiqishda fuqarolarga amal qilish muddatisiz stiker rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining chet elga chiqishi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladi. Harbiy xizmatchilarga stiker harbiy qism (muassasa) joylashgan joy boʻyicha rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Diplomatik pasportlar boʻyicha chet elga chiqish Oʻzbekiston Respublikasining Diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan rasmiylashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xodimni xorijiy xizmat safariga yuborish toʻgʻrisida taqdim etilgan hujjatlarning ishonchliligi yuzasidan javobgarlik, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, xizmat safariga yuborish haqida qaror qabul qilgan tashkilotlar va muassasalar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Chet elga chiqish uchun ruxsatnoma yozuvi stikeri fuqarolarning doimiy roʻyxatda turgan joylari (harbiy xizmatchilar uchun — harbiy qism (muassasa) joylashgan joy) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, shuningdek Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining tuman boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda KChFR boʻlinmalari deb yuritiladi) tomonidan, shuningdek ushbu Tartibda nazarda tutilgan hollarda chet eldagi Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari bilan kelishgan holda rasmiylashtiriladi.
(I-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlarini rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chet elga bormoqchi boʻlgan fuqarolar pasportini, belgilangan namunadagi anketa-arizani, davlat boji toʻlanganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyani, 35 x 45 mm oʻlchamli 4 ta fotosuratni, harbiy guvohnomani (harbiy guvohnoma mavjud boʻlmagan taqdirda chaqiruv yoshidagi shaxslar uchun mudofaa ishlari boʻyicha boʻlimning belgilangan namunadagi maʼlumotnomasini) taqdim etgan holda doimiy roʻyxatda turgan joydagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga (harbiy xizmatchilar uchun harbiy qism (muassasa) joylashgan joy boʻyicha) murojaat qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari fuqaroning murojaatini 15 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va chet elga chiqish huquqiga cheklovlar uchun asos boʻlmagan taqdirda uning pasportiga stiker yopishtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur tarzda rasmiylashtirilgan hujjatlar kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga berilgan kun murojaat qilingan sana deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Amal qiladigan stiker haqiqiy boʻlmagan pasportdan yangi pasportga koʻchirilgan hollarda, ushbu stikerni rasmiylashtirish muddati 7 ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elga xizmat safariga borayotgan fuqarolarga, ular ishlaydigan tashkilotlarning mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, chet elga chiqish huquqini cheklashlar uchun asos boʻlmagan taqdirda, stikerni rasmiylashtirish uchun hujjatlarni koʻrib chiqish muddati 10 ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqishni talab qiladigan shoshilinch davolanish zaruriyatini, ogʻir kasallik holatlarini yoki yaqin qarindoshi vafot etganligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda fuqaroga va unga hamrohlik qiluvchi shaxslarga stikerni rasmiylashtirish muddati, chet elga chiqish huquqini cheklash uchun asos boʻlmagan taqdirda, 5 ish kunidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elda doimiy yashash uchun chiqish hujjatlarini rasmiylashtirishda fuqarolarning doimiy roʻyxatda turgan joylaridagi kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari arizachilarning murojaatini 15 ish kuni mobaynida koʻrib chiqadi va fuqaroning chet elga chiqishiga toʻsqinlik qiluvchi holatlar boʻlmagan taqdirda, uning pasportiga doimiy yashash uchun stikerni yopishtiradi. Qoʻshimcha tekshirishlar oʻtkazish zarur boʻlganda hujjatlarni koʻrib chiqish muddati 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy yashash uchun chet elga chiqishda fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan oʻz ota-onasining va turmush oʻrtogʻining (birgalikda chiqish holatlari bundan mustasno), shuningdek agar birgalikdagi nikohdan bolalar boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan sobiq turmush oʻrtogʻining notarial tasdiqlangan roziligini, ular vafot etgan yoki bedarak yoʻqolgan hollarda esa — vafot etganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaning yoki sudning shaxsni bedarak yoʻqolgan deb eʼtirof etish haqidagi qarorining notarial tasdiqlangan nusxasini kirish-chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalariga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari xorijiy davlat hududiga kirish vizasini olish uchun tegishli xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalariga yoki konsullik muassasalariga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Xususiy kontraktlar boʻyicha mehnat faoliyati bilan shugʻullanish uchun chet elga chiqishni rasmiylashtirish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chet elga ketayotgan va davlat siri boʻlgan maʼlumotlardan xabardor boʻlgan shaxsga nisbatan ketayotgan shaxsning ish joyi boʻyicha tashkiloti tegishli organlarga davlat siri boʻlgan maʼlumotlardan xabardorlik darajasi toʻgʻrisidagi xulosani yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chet elga vaqtincha yashashga ketgan (xizmat safariga, oʻqishga, kontrakt boʻyicha ishlashga va shu kabilar) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari muayyan yoshga toʻlganligi hamda pasportida belgilar va vizalar qoʻyish uchun varaqlar tugaganligi, shuningdek chet elga borish uchun stikerni rasmiylashtirish munosabati bilan pasport almashtirilgan hollarda Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasalariga pasport berish va chet elga chiqish uchun stikerni rasmiylashtirish toʻgʻrisida belgilangan shakldagi ariza bilan murojaat qiladilar. Fuqarolarning arizalari belgilangan tartibda konsullik muassasalari tomonidan rasmiylashtiriladi hamda pasport va stikerni rasmiylashtirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi orqali Ichki ishlar vazirligiga joʻnatiladi. Rasmiylashtirilgan pasport egasiga berish uchun Tashqi ishlar vazirligi orqali Oʻzbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga yuboriladi. Pasportni rasmiylashtirishning toʻliq davriy muddati 30 ish kunidan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vaqtincha yashash uchun chet elga ketgan, u yerga oshkora kelgan va chet elda doimiy yashashga qaror qilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirish uchun belgilangan shakldagi hujjatlar bilan Oʻzbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga murojaat qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konsullik muassasasi fuqarolarning chet elda doimiy yashash uchun qoldirish boʻyicha hujjatlarini rasmiylashtiradi va masalani belgilangan tartibda kelishish uchun hujjatlarni Tashqi ishlar vazirligi orqali Ichki ishlar vazirligiga yuboradi.
(II-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Chet elga borish huquqidagi cheklashlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi sabablar chet elga borish huquqini cheklash uchun asos boʻlib xizmat qilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar shaxs davlat siri hisoblangan maʼlumotlardan voqif boʻlsa yoki uning chet elga borishiga monelik qiluvchi boshqa shartnoma, kontrakt majburiyatlari amalda boʻlsa — bu holatlarning amal qilishi tugagunga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) agar shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish boʻyicha yakuniy qaror qabul qilingunga qadar;
(III-boʻlimning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) agar shaxs sudning hukmi bilan alohida xavfli retsidivist deb tan olingan yoki ichki ishlar organlarining maʼmuriy nazorati ostida boʻlsa — sudlanganlik bekor qilinmagun (olib tashlanmagun)ga qadar yoki nazorat qilish toʻxtatilgungacha;
(III-boʻlimning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) agar shaxsda sud tomonidan yuklangan ijro etilmagan majburiyatlar boʻlsa — majburiyatlar ijro etilgunga qadar;
(III-boʻlimning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) agar shaxs oʻzi toʻgʻrisida qasddan soxta maʼlumotlarni bergan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) agar sudda shaxsga nisbatan fuqarolik daʼvosi qoʻzgʻatilgan boʻlsa — ish koʻrib chiqilgunga qadar;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) agar shaxs chaqiriq uchastkasida roʻyxatga olingan va haqiqiy muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi kerak boʻlsa — haqiqiy muddatli xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi zaxirasidagi xizmatni oʻtagunga qadar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq undan ozod qilingunga qadar;
(III-boʻlimning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) agar shaxsga nisbatan Ichki ishlar vazirligida yoki Tashqi ishlar vazirligida vakolatli organlarning ushbu shaxsning chet elda boʻlgan vaqtda kelgan mamlakati qonunlarini buzganligi (qonun buzilishlari roʻyxati tegishli organlar tomonidan belgilanadi) toʻgʻrisidagi axboroti, shuningdek borishi maqsadga muvofiq emasligini koʻrsatadigan axboroti mavjud boʻlsa — axborot hisobga olingan kundan boshlab ikki yil oʻtgunga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elga chiqish huquqini cheklash uchun asoslar roʻyxatiga kengaytirilgan izoh berilmaydi.
(III-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Chet elga borish huquqi rad etilganligi ustidan shikoyat qilish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Tartibning III boʻlimida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha chet elga borishga ruxsat berishning rad etilishi, javob berishning belgilangan muddatdan ortiqcha kechiktirilishi ustidan fuqaro yuqori organga shikoyat qilishi mumkin, bu organ bir oydan koʻp boʻlmagan muddatda javob berishi kerak, fuqaro uning qaroridan norozi boʻlganda sudga shikoyat qilishi mumkin. Mazkur Tartibning III boʻlimning “a”, “b”, “j” va “z” kichik bandlarida koʻrsatilgan sabablar boʻyicha chet elga borish huquqini cheklash ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
(IV-boʻlimning xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Fuqarolarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Chet elda vaqtincha yoki doimiy yashovchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining amaldagi pasporti yoki Oʻzbekiston Respublikasiga qaytib kelishga sertifikat mavjud boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi hududiga erkin kirish huquqiga egadir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Pasportning amal qilish muddati chet elda tugagan, u yaroqsizlangan yoki yoʻqolgan hollarda, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda (familiyasi, ismi va otasining ismi, tugʻilgan sanasi oʻzgargan, yozuvlarda noaniqliklar va xatolar aniqlangan, varaqlar ishlatib boʻlingan va boshqa hollarda) chet elda doimiy yashaydigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi yangi pasportni rasmiylashtirish uchun oʻzi turgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqaro turgan mamlakatda Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi boʻlmasa, fuqaro oʻzi turgan mamlakat konsullik okrugiga kiradigan Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Chet elda vaqtincha turgan va oʻzi turgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasida konsullik hisobida turmagan fuqaro, ushbu boʻlimning 2-bandida koʻrsatilgan hollarda, Oʻzbekiston Respublikasiga qaytishga sertifikat olish uchun Oʻzbekiston Respublikasining tegishli konsullik muassasasiga murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chet elda doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasiga vaqtincha kelgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan vaqtda pasportning amal qilish muddati tugagan yoki u yoʻqolgan hollarda, shuningdek mazkur boʻlimning 2-bandida koʻrsatilgan boshqa hollarda pasport berish yoki almashtirish hamda ruxsatnoma yozuvi stikerini rasmiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Chet elda doimiy yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasiga doimiy yashash uchun qaytishni niyat qilgan fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik muassasasidagi konsullik hisobidan chiqishlari lozim. Fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan taqdirda, ular konsullik hisobidan chiqarish uchun Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qiladilar.
(V-boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-iyuldagi 200-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2011-y., 29-son, 301-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga chiqilganda, u yerda boʻlinganda va vaqtincha yashab turilganda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiligini, uning egasining shaxsini va maqomini tasdiqlovchi hujjat boʻlib hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Diplomatik pasport roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan mansabdor shaxslarga, shuningdek, chet elga doimiy ish joyiga ketayotgan diplomatik pasportga ega boʻlgan shaxslarning erlari (xotinlari)ga va ularning qaramogʻida boʻlgan bolalarga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik pasportni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan xorijiy davlatlarning barcha vakolatli organlaridan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasportini koʻrsatuvchilarni erkin va toʻsiqsiz oʻtkazib yuborishlari va zarur boʻlgan xollarda ularga har qanday yordamni berishlari va himoya qilishlari toʻgʻrisida iltimos qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarosi uchun yagona boʻlgan namunadagi oʻzbek, rus va ingliz tillarida tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasportiga quyidagi maʼlumotlar oʻzbek, rus va ingliz tillarida kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
familiyasi, ismi, otasining ismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilgan yili, kuni, oyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tugʻilgan joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
millat/fuqaroligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jinsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasport berilgan muddat va uning amalda boʻlish muddatining tugashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pasportni bergan organning nomi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasportidagi yozuvlar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti besh yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Diplomatik pasport chet elda yoʻqotib qoʻyilgan taqdirda pasport egasi oʻzi turgan mamlakatdagi Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonasiga yoki konsullik muassasasiga, pasport respublika hududida yoʻqotib qoʻyilganda esa — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga tezlik bilan bu haqda xabar berishga majburdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻqotib qoʻyilgan pasport oʻrniga yangi diplomatik pasport Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan tartibda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan quyidagi hollarda almashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgarganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozuvlarda noaniqliklar aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vizalar uchun belgilangan varaqlar toʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalda boʻlish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanish uchun yaroqsiz holda boʻlib qolganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasportini almashtirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasporti bepul beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Diplomatik pasport Oʻzbekiston Respublikasining mulki hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Diplomatik pasportning blanklari qatʼiy hisobda turuvchi hujjat boʻlib hisoblanadi. Ular Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining talabnomasiga koʻra tayyorlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik pasportlarni hisobga olish, saqlash, yoʻq qilish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Diplomatik pasport respublikadan tashqariga chiqib ketish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportining oʻrniga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar chet el safarlaridan qaytib kelganlarida diplomatik pasportlar bir hafta muddatda pasportlarni saqlash va belgilangan tartibda foydalanish javobgarligi yuklanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportiga almashtirib berilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Mazkur Nizomning 2-bandida koʻrsatilgan roʻyxatga kiritilgan mansabdor shaxs ish joyini oʻzgartirgan va uning yangi lavozimi ushbu roʻyxatga kiritilmay qolgan hollarda, mazkur shaxs diplomatik pasportdan foydalanish huquqini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Diplomatik pasportni garovga qabul qilish va berish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizom qoidalarini buzish Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining diplomatik pasportidan foydalanish huquqidan mahrum qiladi. Diplomatik pasportdan foydalanish huquqidan mahrum qilish toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi diplomatik pasportining namunalarini xalqaro hamjamiyatga taqdim etishni taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti beriladigan mansabdor shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. ROʻYXAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti va uning oila aʼzolari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari va ularning oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi va uning oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining Ishlar Boshqaruvchisi va uning oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi va uning oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Kanselyariyasi mudiri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Protokol xizmati Rahbari va xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti boshchiligidagi rasmiy delegatsiyani kuzatib boradigan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti xavfsizlik xizmatining boshligʻi va xodimlari
(3-ilovaning I roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. ROʻYXAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining oʻrinbosarlari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining qoʻmitalari va komissiyalari raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman);
(II roʻyxatning beshinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 27-oktabrdagi 283-sonli qarori tahririda— OʻR QHT, 2009-y., 44-son, 467-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining xalqaro aloqalar boʻlimi mudiri
(2-roʻyxat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 135-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 21-son, 154-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. ROʻYXAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Birinchi oʻrinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qoʻmitalari, milliy korporatsiyalarining raislari, ularning birinchi oʻrinbosarlari hamda xizmat maqomiga koʻra ularga tenglashtirilgan mansabdor shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Prezidenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Boshqaruvining raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boʻyicha davlat komissiyasining raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank huzuridagi Goznak davlat ishlab chiqarish birlashmasining bosh direktori
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi
(3-roʻyxat oʻn birinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 11-fevraldagi 59-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan — OʻR QHT, 2005-y., 5-6-son, 34-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. ROʻYXAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining raisi va uning birinchi oʻrinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning birinchi oʻrinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudining raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sudining raisi va uning birinchi oʻrinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Xoʻjalik Sudining raisi va uning birinchi oʻrinbosari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. ROʻYXAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. ROʻYXAT
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro tashkilotlardagi diplomatik lavozimga tenglashtiriladigan lavozimlarda ishlayotgan Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonalarining xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining diplomatik kurʼyerlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Milliy xavfsizlik xizmati Raisining oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mudofaa vazirining oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki ishlar vazirining oʻrinbosarlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining oʻrinbosarlari
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Harbiy attashe, harbiy-havo kuchlari attashesi va ularning yordamchilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining savdo vakillari, Oʻzbekiston Respublikasi savdo vakolatxonalarining maslahatchilari va attashelari
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti, Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va Senati Raisi yoki Bosh vaziri boshchilik qiladigan rasmiy davlat va hukumat delegatsiyalarining aʼzolari
(6-roʻyxatning oʻninchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-maydagi 135-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 21-son, 154-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlari liniyasi boʻyicha xalqaro tashkilotlarga diplomatik lavozimlarga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash uchun yuborilgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolari — Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qaroriga koʻra
(6-roʻyxat oʻn birinchi xatboshi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 2-iyuldagi 311-sonli qaroriga muvofiq toʻldirilgan — OʻR QHT, 2004-y., 26-son, 302-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisining oʻrinbosarlari, shuningdek tijorat faoliyatini amalga oshirmaydigan xorijdagi uning vakolatxonasi boshligʻi
(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 9-avgustdagi 189-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 32-33-son, 246-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh: Isteʼfoga chiqqan (ishdan boʻshagan) taqdirda quyidagi shaxslar diplomatik pasportdan foydalanish huquqini saqlab qoladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi martabasiga ega boʻlgan diplomatik xodimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining
1995-yil 6-yanvardagi 8-son qaroriga
4-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet elga borishlari maxsus kelishuvni talab qiluvchi mansabdor shaxslarning
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
roʻyxati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r‎

Chet elga boruvchi mansabdor shaxslar‎

Safarga yoʻllash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qiluvchi mansabdor shaxs yoki instansiya‎

1‎

2‎

3‎

1.‎

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining Ishlar Boshqaruvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining boshqa mustaqil boʻlinmalari rahbarlari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti‎

2.‎

Vazirlar, davlat qoʻmitalari, idoralari va davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari‎ Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri‎

3.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Senat Raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati aʼzolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, parlament delegatsiyalari tarkibidagi Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi deputatlari‎ Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Kengashi, Senati Kengashi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining Joʻqorgʻi Kengesi Kengashi(tegishli ravishda)‎

31‎.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning oʻrinbosari‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni‎‎‎

4.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining maʼsul xodimlari‎ Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti bilan kelishgan holda Davlat maslahatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparati Ishlar Boshqaruvchisi‎

5.‎

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati,Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi apparatining masʼul xodimlari‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri, Senati Raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi‎

51‎.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyati mudiri va boshqa masʼul xodimlari‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)‎‎

6.‎

Vazirlar Mahkamasi apparatining m�sʼul xodimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi apparatining masʼul xodimlari‎ Bosh vazir bilan kelishilgan holda Bosh vazirning tegishli oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi‎

7.‎

Vazirlarning oʻrinbosarlari, davlat qoʻmitalari, idoralar va davlat hamda xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari rahbarlarining oʻrinbosarlari‎ Bosh vazirning tegishli oʻrinbosarlari bilan kelishilgan holda vazirliklar, idoralar, muassasalar rahbarlari‎
71.‎‎ Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda xoʻjalik va davlat boshqaruvi boshqa organlarining xodimlari‎‎ Vazirliklar, idoralar, muassasalar rahbarlari‎‎
72‎. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xavfsizlik va mudofaa organlari xodimlari xalqaro tusdagi rasmiy tadbirlarda ishtirok etish uchun ‎ Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, xavfsizlik va mudofaa organlari rahbarlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devonining tegishli xizmati bilan kelishuv boʻyicha)‎

8.‎

Viloyatlar hokimliklarining oʻrinbosarlari va Toshkent shahar hokimining oʻrinbosarlari‎ Viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari‎

9.‎

Shaharlar va tumanlarning hokimlari va Toshkent shahar tumanlarining hokimlari‎ Viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi‎

10.‎

Viloyat, shahar va tuman Kengashlari deputatlari, bu tuzilmalar apparatlari xodimlari (shu jumladan viloyatlar hokimliklari), shaharlar va tumanlar hokimliklarining oʻrinbosarlari‎ Viloyatlar hokimlari yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi‎

11.‎

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining deputatlari, Toshkent shahar tumanlari hokimlari oʻrinbosarlari, hokimliklar apparatining xodimlari‎ Toshkent shahar hokimligi‎
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 1-son, 1-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 7-son, 36-modda; 2002-y., 10-son, 80-modda; 2004-y., 26-son, 302-modda; 2005-y., 5-6-son, 34-modda, 21-son, 154-modda, 32-33-son, 246-modda; 2008-y., 48-son, 475-modda; 2009-y., 44-son, 467-modda; 2011-y., 25-son, 259-modda, 29-son, 301-modda; 2013-y., 42-son, 557-modda; 2014-y., 10-son, 103-modda; 2015-y., 42-son, 539-modda; 2017-y., 25-son, 551-modda, 34-son, 893-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.12.2017-y., 10/17/1001/0447-son)