Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (1-son RXMS) “Rieltorlik xizmatlari sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar”ga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2244-1]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2011-yil 13-iyundagi 01/19-18/03-son qarori (roʻyxat raqami 2244, 2011-yil 12-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 28-son, 297-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Rieltorlik xizmatlarining milliy standarti (1-son RXMS) “Rieltorlik xizmatlari sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qoʻyiladigan umumiy talablar”ning 11-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“11. Ichki qoidalar rietorlik tashkiloti rahbari tomonidan tasdiqlanadi.”.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor N. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-fevral,
01/10-10/50-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/2244-1/2870-son)