Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining
buyrugʻi
Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 2-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1394-9]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 18-sentabrdagi 22-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3677, 22.09.2025-y.) asosan 2025-yil 24-dekabrdan davlat reyestridan chiqariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab quvvatlash davlat qoʻmitasining 2004-yil 21-iyuldagi 01/06-15-son qarori (roʻyxat raqami 1394, 2004-yil 30-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 30-son, 351-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Direktor N. JOʻRAYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 19-mart,
01/10-10/55-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining 2019-yil 19-martdagi 01/10-10/55-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 2-banddagi “Oʻzbekiston Respublikasi xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb yuritiladi)” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 3-banddagi “Markaz” degan soʻz “Agentlik” degan soʻz bilan almashtirilsin.
3. 5-bandda:
birinchi xatboshidagi “Markazga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin;
oʻn birinchi xatboshidagi “muhr qoʻyilishi kerak” degan soʻzlar “muhr qoʻyilishi kerak (muhr iziga boʻlgan talab tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilmaydi)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 6 — 8-bandlardagi “Markazga” degan soʻz “Agentlikka” degan soʻz bilan almashtirilsin.
6. 4-ilovaning 11-bandidagi “Davlat aktivlarini boshqarish markazi” soʻzlar “Davlat aktivlarini boshqarish agentligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Davlat ulushlarini boshqarish boʻyicha ishonchli boshqaruvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-A-ILOVA
1-A-ILOVA
Ustav fondlaridagi davlat ulushlari davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvchilariga ishonchli boshqaruvga berilgan xoʻjalik jamiyatlari
ROʻYXATI
|
№ t/r |
Xoʻjalik jamiyatining nomi |
Jamiyatning identifikatsion raqamlari |
Ustav fondi haqida maʼlumot |
Jamiyat joylashgan hudud |
Ishonchli boshqaruvchisi toʻgʻrisida maʼlumotnoma |
|||||||
|
STIR |
Depo hisobraqami |
Ustav fondining miqdori (ming soʻm) |
Ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushi miqdori |
Ishonchli boshqaruvchining nomi |
Ishonchli boshqaruvga berilishiga asos Vazirlar Mahkamasi, Komissiya yigʻilishi bayoni yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hayʼati qarorlari |
Vazirlar Mahkamasi, Komissiya yigʻilishi bayoni yoki Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Hayʼati qarori sanasi va raqami |
Shartnoma sanasi va raqami |
|||||
|
ming soʻm |
% |
|||||||||||
|
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
6 |
7 |
8 |
9 |
10 |
11 |
12 |
” |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.04.2019-y., 10/19/1394-9/2864-son)