30.03.2019 yildagi 262-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 02.02.2026 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablagʻlarni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ijrosini taʼminlash, shuningdek, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatining moliyaviy asoslarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fuqarolar yigʻinlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablagʻlarni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika kengashi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda fuqarolar yigʻinlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablagʻlarni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish borasidagi bilimlarni oshirishga qaratilgan oʻquv seminarlarini oʻtkazish rejasini ishlab chiqsin va uning amalga oshirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-martdagi 262-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablagʻlarni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom fuqarolar yigʻinlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablagʻlarni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablagʻlar (keyingi oʻrinlarda jalb etilgan mablagʻlar deb ataladi) — fuqarolar yigʻinining qaroriga asosan ixtiyoriylik asosida jismoniy va yuridik shaxslardan (shartnoma asosida) yigʻib olingan pul mablagʻlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik xayriyalari — homiylik maqsadlariga yoʻnaltiriladigan mol-mulk, shu jumladan pul mablagʻlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari shaklidagi yordamni qonunchilik hujjatlariga muvofiq ixtiyoriy va begʻaraz amalga oshiradilar.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Homiylik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qonunga zid boʻlgan har qanday faoliyatni homiylik vositasida qoʻllab-quvvatlash taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fuqarolar yigʻinlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida va homiylik xayriyalari shaklidagi mablagʻlarni jalb etish, ulardan foydalanish va nazorat qilish ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Jalb etilgan mablagʻlarni va homiylik xayriyalarini shakllantirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Jalb etilgan mablagʻlarni va homiylik xayriyalarini shakllantirish quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinining maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal etishga doir tadbirlarni amalga oshirish uchun fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qaroriga asosan jalb etiladigan mablagʻlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolar yigʻinlari va yuridik shaxslar oʻrtasida xayriya yordami koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga asosan tegishli hududda ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va boshqacha shaklda qoʻllab-quvvatlash ifodalanadigan ixtiyoriy begʻaraz yordamlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Fuqarolar yigʻinlari tomonidan jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalari Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining filiallarida ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlarida belgilangan tartibda jamlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Fuqarolar yigʻinlari tomonidan jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanish fuqarolar yigʻini kengashining qarori asosida ushbu mablagʻlar va homiylik xayriyalarining maqsadidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablagʻlar jalb etish va ulardan foydalanish fuqarolar yigʻinlari va yuridik shaxslar oʻrtasida xayriya yordami koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalarini boshqarish hamda taqsimlash fuqarolar yigʻini raisi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalari, agar boshqa maqsadlarga qaratilgan boʻlmasa yoki xayriya yordami koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, quyidagi maqsadlarga sarflanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzosi boʻlgan yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek, birinchi navbatdagi hayotiy ehtiyojini taʼminlay olmaydigan kam daromadli, ikki va undan ortiq voyaga yetmagan bolalari bor, boquvchisi nogironligi boʻlgan shaxs yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha yoʻqotgan, surunkali kasalni parvarish qilayotgan oilalarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish uchun quyidagicha yoʻnaltiriladi:
(9-band “a” kichik bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uy va kvartiralarni taʼmirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq yoqilgʻi (koʻmir va oʻtin) mahsulotlari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nogironligi boʻlgan shaxslarni reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻligʻini tiklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kommunal xizmatlar haqini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nikoh va sunnat toʻylarini oʻtkazish.
(9-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mahallada tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli talofat koʻrgan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) mahalla hududini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash hamda kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Hisob, hisobot va nazorat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Fuqarolar yigʻini tomonidan jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning hisobini yuritish, shuningdek, undan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarni tuzish va taqdim etish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Fuqarolar yigʻini huzuridagi Taftish komissiyasi fuqarolar yigʻini raisi tomonidan jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanilishini, shuningdek, ushbu mablagʻlardan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarda maʼlumotlarning toʻgʻriligini muntazam nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻini huzuridagi Taftish komissiyasi jismoniy va yuridik shaxslarning yozma soʻrovlari boʻyicha, jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning istalgan bosqichida ularning maqsadli sarflanishini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fuqarolar yigʻini raisi jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalarining maqsadli ishlatilishi toʻgʻrisida har chorakda fuqarolar yigʻiniga (fuqarolar vakillarining yigʻilishiga) hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Fuqarolar yigʻini raisi qonunchilik hujjatlariga muvofiq jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan maqsadli foydalanishi va buxgalteriya hisobi toʻgʻri yuritilishi, shuningdek, jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarning tuzilishi va taqdim etilishi uchun javob beradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida jalb etilgan mablagʻlarni va homiylik xayriyalarini shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar yigʻinlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida va homiylik xayriyalari shaklidagi mablagʻlarni jalb etish, ulardan foydalanish va nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqich

Subyekt

Tadbirlar

Muddat


I. Jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida va homiylik xayriyalari shaklidagi mablagʻlarni jalb etish

1-bosqich

Fuqarolar
yigʻini




Fuqarolar yigʻini raisi, Jismoniy
va yuridik shaxslar

Fuqarolar
yigʻini kengashi

1. Fuqarolar yigʻinining maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun hududdagi jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablagʻ yigʻish boʻyicha fuqarolar yigʻini qarorini qabul qiladi.

Fuqarolar yigʻini qaroriga asosan hududdagi jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablagʻlar jalb etadi, homiylik xayriyalarini qabul qiladi.

2. Jismoniy va yuridik shaxslar bilan aniq maqsadlarga yoʻnaltirilgan homiylik xayriyalari boʻyicha shartnoma tuzadi.

3. Tegishli hududda muayyan ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va boshqacha shaklda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ixtiyoriy begʻaraz yordamlar koʻrsatish haqida jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzadi.

4. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalari Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining filiallarida ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlarida jamlaydi.

5. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalarini hisobini yuritadi.

zaruratga qarab



qaror qabul qilinganidan soʻng

zaruratga qarab


zaruratga qarab



mablagʻlar va homiylik xayriyalari kelib tushganidan soʻng

II. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanish

2-bosqich

Fuqarolar yigʻini raisi

1. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashining qarorini qabul qiladi.

2. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan belgilangan maqsadlarda foydalanadi.

3. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalarini boshqarish hamda taqsimlashni amalga oshiradi.

4. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalari, agar boshqa maqsadlarga qaratilgan boʻlmasa yoki xayriya yordami koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, quyidagi:

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning aʼzosi boʻlgan yolgʻiz keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, shuningdek, birinchi navbatdagi hayotiy ehtiyojini taʼminlay olmaydigan kam daromadli, ikki va undan ortiq voyaga yetmagan bolalari bor, boquvchisi nogironligi boʻlgan shaxs yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha yoʻqotgan, surunkali kasalni parvarish qilayotgan oilalarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatishga;

mahalla hududini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash hamda kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishga;

ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadlariga sarflashni amalga oshiradi.

zaruratga koʻra


qaror qabul qilinganidan soʻng



qaror qabul qilinganidan soʻng

III. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanishni nazorat qilish

3-bosqich

Fuqarolar yigʻini raisi

Fuqarolar yigʻini huzuridagi Taftish komissiyasi

1. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalari maqsadli ishlatilishi toʻgʻrisida fuqarolar yigʻiniga (fuqarolar vakillarining yigʻilishiga) hisobot berib boradi.

2. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan fuqarolar yigʻini raisi tomonidan maqsadli foydalanilishini hamda tayyorlangan hisobot va maʼlumotlarning toʻgʻriligini nazorat qiladi.

3. Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma soʻrovlari boʻyicha, jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning istalgan bosqichida ularning maqsadli sarflanishini tekshiradi

har chorakda


muntazam



yozma soʻrovga asosan

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-yanvardagi 35-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/262/2855-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 02.02.2026-y., 09/26/35/0101-son)