ILOVA
ILOVA
|
Subyekt |
Tadbirlar |
Muddat | ||||
|
I. Jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida va homiylik xayriyalari shaklidagi mablagʻlarni jalb etish | ||||||
|
1-bosqich |
Fuqarolar
Fuqarolar |
1. Fuqarolar yigʻinining maqsadlariga mos keladigan vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun hududdagi jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablagʻ yigʻish boʻyicha fuqarolar yigʻini qarorini qabul qiladi. Fuqarolar yigʻini qaroriga asosan hududdagi jismoniy va yuridik shaxslardan ixtiyoriylik asosida mablagʻlar jalb etadi, homiylik xayriyalarini qabul qiladi. 2. Jismoniy va yuridik shaxslar bilan aniq maqsadlarga yoʻnaltirilgan homiylik xayriyalari boʻyicha shartnoma tuzadi. 3. Tegishli hududda muayyan ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish va boshqacha shaklda qoʻllab-quvvatlash boʻyicha ixtiyoriy begʻaraz yordamlar koʻrsatish haqida jismoniy va yuridik shaxslar bilan shartnoma tuzadi. 4. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalari Oʻzbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankining filiallarida ochilgan talab qilib olinguncha depozit hisobraqamlarida jamlaydi. 5. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalarini hisobini yuritadi. |
zaruratga qarab
zaruratga qarab
| |||
|
II. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanish | ||||||
|
2-bosqich |
Fuqarolar yigʻini raisi |
1. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanish boʻyicha fuqarolar yigʻini kengashining qarorini qabul qiladi. 2. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan belgilangan maqsadlarda foydalanadi. 3. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalarini boshqarish hamda taqsimlashni amalga oshiradi. 4. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalari, agar boshqa maqsadlarga qaratilgan boʻlmasa yoki xayriya yordami koʻrsatish toʻgʻrisida tuzilgan shartnomalarda boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, quyidagi: kam taʼminlangan va ehtiyojmand boʻlgan yolgʻiz keksalar, nogironlar, shuningdek, birinchi navbatdagi hayotiy ehtiyojini taʼminlay olmaydigan kam daromadli, ikki va undan ortiq voyaga yetmagan bolalari bor, boquvchisi nogiron yoki mehnat qobiliyatini vaqtincha yoʻqotgan, surunkali kasalni parvarish qilayotgan oilalarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatishga; mahallada tabiiy, texnogen va ekologik xususiyatli talofat koʻrgan oilalarga moddiy yordam koʻrsatishga; mahalla hududini obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va sanitariya jihatdan tozalash hamda kommunal xizmatlar uchun toʻlovlarni amalga oshirishga; ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish maqsadlariga sarflashni amalga oshiradi. |
zaruratga koʻra
| |||
|
III. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanishni nazorat qilish | ||||||
|
3-bosqich |
Fuqarolar yigʻini raisi Fuqarolar yigʻini huzuridagi Taftish komissiyasi |
1. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalari maqsadli ishlatilishi toʻgʻrisida fuqarolar yigʻiniga (fuqarolar vakillarining yigʻilishiga) hisobot berib boradi. 2. Jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan fuqarolar yigʻini raisi tomonidan maqsadli foydalanilishini hamda tayyorlangan hisobot va maʼlumotlarning toʻgʻriligini nazorat qiladi. 3. Jismoniy va yuridik shaxslarning yozma soʻrovlari boʻyicha, jalb etilgan mablagʻlar va homiylik xayriyalaridan foydalanishning istalgan bosqichida ularning maqsadli sarflanishini tekshiradi |
har chorakda
| |||