1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirning nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Amalga oshirish muddatlari |
Masʼul vazirlik va idoralar |
|
1. |
Oliy Majlis palatalari Kengashlarining Qoʻshma qarori bilan taʼsis etilgan “Yoʻl xaritasi”ning ijrosi yuzasidan monitoring oʻtkazuvchi ishchi guruhning Toshkentda akkreditatsiya qilingan diplomatik korpus vakillari ishtirokidagi yigʻilishini oʻtkazish |
1. “Yoʻl xaritasi” ijrosi yuzasidan monitoring oʻtkazuvchi ishchi guruhning yigʻilishini oʻtkazish. |
2019-yil yanvar |
Qonunchilik palatasi, IHMM, Adliya vazirligi, TIV, Din ishlari boʻyicha qoʻmita |
|
2. Mamlakatimizda din va eʼtiqod erkinligi sohasida oʻtkazilayotgan islohotlar toʻgʻrisidagi tarqatma materiallarni keyinchalik BMT, EXHT, IHTga aʼzo mamlakatlar oʻrtasida tarqatish uchun tayyorlash va TIVga taqdim etish. |
2019-yil fevral |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, IHMM, Adliya vazirligi, TIV, Xalqaro islom akademiyasi | ||
|
3. OAV da keng yoritish. |
Doimiy |
MTRK, OʻzA, “Dunyo” AA, EOAVMA | ||
|
2. |
BMT Bosh Assambleyasining “Maʼrifat va diniy bagʻrikenglik” boʻyicha rezolyutsiyasiga bagʻishlangan xalqaro konferensiya oʻtkazish |
1. Konferensiya konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. |
2019-yil fevral |
TIV, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, IHMM, Adliya vazirligi, aloqador vazirlik va idoralar |
|
2. Xorijiy ishtirokchilarni taklif etish. |
2019-yil fevral– mart | |||
|
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi loyihasini tayyorlash va kiritish. |
2019-yil mart | |||
|
4. Konferensiyani tashkiliy jihatdan yuksak darajada oʻtkazish. |
2019-yil aprel | |||
|
3. |
Oʻzbekistonda dinlararo bagʻrikenglik toʻgʻrisidagi konsepsiya loyihasini ishlab chiqish |
1. Konsepsiya loyihasini tayyorlash va kelishib olish. |
2019-yil fevral — may |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalar boʻyicha qoʻmita, Xalqaro islom akademiyasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
|
2. Konsepsiya loyihasini diniy tashkilotlarning vakillari ishtirokida muhokama qilish boʻyicha davra suhbati oʻtkazish. |
2019-yil iyun | |||
|
3. Konsepsiya loyihasini kelib tushgan takliflar va mulohazalarni hisobga olgan holda maromiga yetkazish. |
2019-yil avgust–sentyabr | |||
|
4. Konsepsiya loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun yuborish. |
2019-yil sentyabr–oktyabr | |||
|
4. |
Vashington shahrida “Diniy bagʻrikenglik: Oʻzbekiston va AQSh tajribasi” mavzusida Oʻzbekiston-Amerika seminarini oʻtkazish |
1. Tadbir konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish. |
2019-yil iyun — avgust |
TIV, IHMM, Adliya vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, aloqador vazirlik va idoralar |
|
2. Oʻzbekiston tomonidan ishtirokchilar tarkibini belgilash. |
2019-yil sentyabr | |||
|
3. Seminarni tashkiliy jihatdan yuksak darajada oʻtkazish. |
2019-yil oktyabr | |||
|
5. |
Davlat organlarining vakillari uchun din va eʼtiqod erkinligi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi masalalari boʻyicha seminar-treninglar turkumini oʻtkazish |
1. Davlat organlarining vakillari uchun seminar-treninglar tashkil etish. |
2019-yil iyun — avgust |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, IIV, Oliy sud, Oliy taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, DBA, Xalqaro islom akademiyasi |
|
2. Din va eʼtiqod erkinligi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi masalalari boʻyicha oʻquv uslubiyotini takomillashtirish, oʻquv dasturlari va qoʻllanmalari tayyorlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish. |
2019-yil sentyabr | |||
|
6. |
Diniy tashkilotlarning vakillari uchun diniy taʼlim masalalari boʻyicha seminar-kengashlar turkumini oʻtkazish |
1. Diniy tashkilotlarning vakillari ishtirokida seminar-kengashlar tashkil etish. |
2019-yil |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Adliya vazirligi, Xalqaro islom akademiyasi |
|
2. Diniy taʼlim amaliyotini takomillashtirish boʻyicha tahliliy axborot tayyorlash. |
2019-yil oktyabr |
Xalqaro islom akademiyasi | ||
|
7. |
EXHT DIIHBning hamda IIHOKBning din va eʼtiqod erkinligi masalalariga doir maqolalarini oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish |
1. Quyidagi hujjatlar matnlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish: Bayrut deklaratsiyasi va uning “Huquqlarga boʻlgan eʼtiqod” nomli 18 ta majburiyati; Diniy jamoalarning va muayyan eʼtiqodlarga amal qiluvchi jamoalarning subyekt sifatidagi huquqlariga doir asosiy prinsiplar; Potomak deklaratsiyasi va Harakatlar rejasi. |
2019-yil fevral |
IHMM |
|
2. Oʻzbek tilida maqolalar nashr etish. |
2019-yil mart–aprel |
IHMM, OʻzAPI, Adliya vazirligi | ||
|
3. Davlat organlari va diniy tashkilotlarning va�illari ishtirokida taqdimotlar oʻtkazish. |
2019-yil davomida |
IHMM, Adliya vazirligi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita | ||
|
8. |
Kam sonli diniy guruhlarning faoliyati masalalarini oʻrganish |
1. Mamlakatimiz aholisi oʻrtasida kam sonli diniy guruhlarning faoliyati toʻgʻrisida ijtimoiy soʻrov oʻtkazish. |
2019-yil fevral — may |
“Ijtimoiy fikr” markazi, MTRK, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Din ishlari boʻyicha qoʻmita, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona aloqalar boʻyicha qoʻmita |
|
2. Kam sonli diniy guruhlarning faoliyatini idrok etishni keng jamoatchilik oʻrtasida, shu jumladan OAV imkoniyatlari va ijtimoiy mediadan foydalangan holda muhokama qilish. |
2019-yil iyun — avgust | |||
|
3. Keng jamoatchilik oʻrtasida oʻtkazilgan ijtimoiy soʻrov va muhokamalar natijalarini umumlashtirish. |
2019-yil sentyabr | |||
|
4. Kam sonli diniy guruhlarning faoliyati masalalari yuzasidan tahliliy axborot tayyorlash. |
2019-yil oktyabr | |||
|
9. |
Islom dinining maʼrifatparvarlik eʼtiqodi gʻoyasini yanada ilgari surish |
1. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi delegatsiyasining Ramazon roʻzasi vaqtida AQShga tashrifi. |
2019-yil may |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, TIV |
|
2. “Deklaratsiyalar muloqoti” (Marokash va Jakarta) mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazish |
2019-yil sentyabr |
Din ishlari boʻyicha qoʻmita, IIV, Xalqaro islom akademiyasi |
2-ILOVA
|
Saidov Akmal Xolmatovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori, ishchi guruh rahbari |
|
Matmuratov Batir Djoldasovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari |
|
Xakimov Rahim Rasuljonovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti direktori |
|
Yunusova Aliya Tuygunovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi aʼzosi |
|
Saidaxmetova Nilufar Zakirjonovna |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Budjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi |
|
Nazarov Rahmatulla Djurabayevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi aʼzosi |
|
Muhammadiyev Ulugʻbek Nasriddinovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) |
|
Tashkulov Akbar Djurabayevich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining oʻrinbosari |
|
Akramov Jasur Kasimovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisi |
|
Kurbanov Rustambek Djavdatovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi raisi |
|
Pirimqulov Gʻulomjon Shodmonqulovich |
— |
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Xalqaro-gumanitar tashkilotlar boshqarmasi boʻlimi boshligʻi |