O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda ma’qullangan
Senat tomonidan 2019-yil 28-fevralda ma’qullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431-moddalar, № 10, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 275-modda sakkizinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “hal qiluv qaroriga” degan so‘zlar “qarorga” degan so‘z bilan almashtirilsin;
2) 316-moddaning birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror xususida shu qarorning nusxasi olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida shikoyat berilishi mumkin, bundan sud qarori mustasno”;
3) 317-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “hal qiluv” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 321-modda o‘zbekcha matnining:
nomidagi “hal qiluv” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining birinchi xatboshisidagi “hal qiluv qarorlaridan” degan so‘zlar “qarorlardan” degan so‘z bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “hal qiluv qarorida” degan so‘zlar “qarorda” degan so‘z bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “hal qiluv qarorining” degan so‘zlar “qarorning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 3247-modda:
nomining o‘zbekcha matnidagi “hal qiluv” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
birinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “hal qiluv qarorlaridan” degan so‘zlar “qarorlardan” degan so‘z bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudning ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qarori ustidan berilgan shikoyat (protest) yuzasidan kassatsiya instansiyasi sudi qaror chiqaradi va bu qaror chiqarilgan paytdan e’tiboran kuchga kiradi”;
7) 32423-modda 4-bandining o‘zbekcha matnidagi “ish yuritishni to‘xtatishga” degan so‘zlar “ish yuritishni tugatishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 21-dekabrda qabul qilingan 163-I-sonli va 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan 256-I-sonli qonunlari bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, 2-songa ilova, № 11-12; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda, № 9, 494, 498-moddalar; 2007-yil, № 1, 3, 5-moddalar, № 4, 156, 164-moddalar, № 8, 367-modda, № 9, 416-modda, № 12, 598, 608-moddalar; 2008-yil, № 4, 192-modda, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 9, 337-modda; 2010-yil, № 9, 335, 337, 340-moddalar; 2011-yil, № 12/2, 363, 364, 365-moddalar; 2012-yil, № 4, 106, 109-moddalar, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda, № 12, 343-modda; 2015-yil, № 8, 310, 312-moddalar; 2016-yil, № 4, 125-modda; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 9, 510-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 433-modda, № 10, 673-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 151-moddaning birinchi qismidagi “qonunlarda” degan so‘z “qonun hujjatlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 156-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 6-band bilan to‘ldirilsin:
“6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilgan taqdirda”;
3) 163-moddaning oltinchi xatboshisidagi “shu jumladan egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan buzishlarni (ushbu Kodeksning 231-moddasi)” degan so‘zlar “garchi bu buzishlar egalik qilishdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmasa ham (ushbu Kodeksning 231-moddasi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 480-moddaning birinchi qismidagi “va notarial tartibda tasdiqlanishi lozim” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
5) 488-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Uyni, kvartirani, uyning yoki kvartiraning bir qismini sotish shartnomasi notarial tartibda tasdiqlanishi va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim”.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 223-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 6-mayda qabul qilingan O‘RQ-370-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 5, 128-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 4, 224-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning oltinchi qismidagi “bo‘lishi lozim” degan so‘zlar “bo‘lishga haqli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 10-moddaning:
beshinchi qismi chiqarib tashlansin;
oltinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha beshinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
3) 17-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori jamiyat ustavida belgilanadi.
Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) jamiyat ustavida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirishning eng ko‘p muddati jamiyat davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak.
Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin”;
4) 19-moddaning:
uchinchi qismi chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
5) 32-moddaning:
yettinchi qismi chiqarib tashlansin;
sakkizinchi qismi yettinchi qism deb hisoblansin;
6) 35-modda:
birinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamiyat tomonidan aksiyalarni va aksiyalarga ayirboshlanadigan, haqi pul mablag‘lari bilan to‘lanadigan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirishda ovoz beruvchi aksiyalarning egalari bo‘lgan aksiyadorlar ularni imtiyozli ravishda olish huquqiga ega”;
ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;
uchinchi va to‘rtinchi qismlari tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin;
7) 59-moddaning birinchi qismi:
quyidagi mazmundagi yigirma to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini belgilash, ushbu tashkilotning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish”;
yigirma to‘rtinchi xatboshisi yigirma beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
8) 62-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabar aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkaziladigan sanadan kamida yigirma bir kundan kechiktirmay, lekin uzog‘i bilan o‘ttiz kun oldin Korporativ axborotning yagona portalida, jamiyatning rasmiy veb-saytida va ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi, shuningdek aksiyadorlarga elektron pochta orqali yuboriladi”;
9) 74-modda quyidagi mazmundagi to‘rtinchi — oltinchi qismlari bilan to‘ldirilsin:
“Eng muhim masalalarni ko‘rib chiqish va jamiyatning kuzatuv kengashiga tavsiyalar tayyorlash uchun kuzatuv kengashi a’zolari orasidan qo‘mitalar tashkil etilishi mumkin.
Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyat faqat mazkur jamiyat kuzatuv kengashining a’zolaridan tarkib topgan audit qo‘mitasini tashkil etishi shart. Jamiyatning ichki audit xizmati, agar bunday xizmat mavjud bo‘lsa, o‘z faoliyatida audit qo‘mitasiga hisobdordir.
Qo‘mitalarni shakllantirish va ularning ishlash tartibi, soni va tarkibi jamiyatning kuzatuv kengashi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadi”;
10) 75-modda birinchi qismining o‘n to‘rtinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“auditorlik tekshiruvini o‘tkazish (majburiy auditorlik tekshiruvi bundan mustasno), auditorlik tashkilotini belgilash, uning xizmatlariga to‘lanadigan eng ko‘p haq miqdori va u bilan shartnoma tuzish (shartnomani bekor qilish) to‘g‘risida qaror qabul qilish”;
11) 76-modda:
quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyat kuzatuv kengashi tarkibiga kamida bir nafar mustaqil a’zo kiritilishi kerak, ushbu a’zo har yili qayta saylanishi mumkin. Bunda davlat va (yoki) xo‘jalik birlashmasining ulushi ustun bo‘lgan jamiyatlarda nomzod ko‘rsatish hamda kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi bo‘yicha ovoz berish davlat va (yoki) xo‘jalik birlashmasining vakillari tomonidan amalga oshiriladi.
Quyidagi shaxs kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi deb e’tirof etiladi:
so‘nggi uch yil mobaynida jamiyatda va (yoki) uning affillangan shaxslarida ishlamagan shaxs;
jamiyatning aksiyadori va (yoki) uning affillangan shaxsining ta’sischisi (aksiyadori, ishtirokchisi) bo‘lmagan shaxs;
jamiyatning va (yoki) uning affillangan shaxsining yirik mijozi va (yoki) yirik yetkazib beruvchisi bilan fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bo‘lmagan shaxs. Bunda qaysi mijoz va yetkazib beruvchi bilan eng kam ish haqining ikki ming baravaridan ko‘p bo‘lgan summaga teng amaldagi shartnoma mavjud bo‘lsa, o‘shalar yirik mijoz va yirik yetkazib beruvchi deb e’tirof etiladi;
jamiyat va (yoki) uning affillangan shaxslari bilan biror-bir kelishuvga ega bo‘lmagan shaxs, bundan kuzatuv kengashi a’zosining vazifalari va funksiyalari bajarilishini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan hollar mustasno;
jamiyatning boshqaruv va ichki nazorat organlarining va (yoki) uning affillangan shaxslarining a’zosi bo‘lgan shaxsning yoki so‘nggi uch yil ichida ularga a’zo bo‘lgan shaxsning eri (xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchisi), farzandi (farzandlikka olingan bolasi), tug‘ishgan va o‘gay akasi (ukasi) hamda opasi (singlisi) bo‘lmagan shaxs;
davlat boshqaruvi organining yoki davlat korxonasining xodimi bo‘lmagan shaxs”;
beshinchi — o‘n birinchi qismlari tegishincha yettinchi — o‘n uchinchi qismlar deb hisoblansin;
12) 81-modda quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Sud jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosini, direktorini yoki boshqaruvi a’zosini jamiyatga mulkiy zarar yetkazganlikda aybdor deb topgan taqdirda, ushbu a’zoning, direktorning yoki boshqaruv a’zosining vakolatlari sudning qaroriga ko‘ra, ularning xo‘jalik jamiyatlarida rahbarlik lavozimini egallashi taqiqlangan holda, bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tugatilishi mumkin.
Jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruvi a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi jamiyatga chalg‘ituvchi axborot yoki bila turib yolg‘on axborot taqdim etganligi yoxud o‘zlari yoki o‘z affillangan shaxslari tomonidan foyda (daromad) olish maqsadida yirik bitim tuzishni va (yoki) yirik bitim tuzish va (yoki) affillangan shaxslar bilan bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilishni taklif etganligi natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgarlikka tortilishi mumkin”;
13) 104-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Aksiyador (aksiyadorlar) yirik bitimni yoki affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi da’vo arizasini sudda ko‘rib chiqish chog‘ida jamiyatdan va guvohlardan sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan ishga taalluqli bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha hujjatlarni olishga haqli, bundan davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi hujjatlar mustasno”;
14) 106-modda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Aksiyalari fond birjasining birja kotirovkasi varag‘iga kiritilgan jamiyat Korporativ axborotning yagona portalida va jamiyatning rasmiy veb-saytida boshqa yuridik shaxslarning 5 va undan ortiq foiz aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egalik qilishi to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilishi shart. Bunda mazkur axborot aksiyalar (ulushlar, paylar) olingan paytdan e’tiboran 72 soat ichida e’lon qilinishi kerak”;
to‘rtinchi qismi beshinchi qism deb hisoblansin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda, № 12, 415-modda; 2006-yil, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 474-modda; 2010-yil, № 9, 336-modda; 2012-yil, № 4, 105-modda; 2014-yil, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda; 2017-yil, № 6, 300-modda, № 12, 773-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 5-moddalar) 5-moddasining birinchi qismiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilsin:
8-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“8) soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilingan yoki soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilgan hollarda, banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish yuzasidan sud tartibida choralar ko‘rish (bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirish aniqlangan hollar mustasno)”;
quyidagi mazmundagi 82-band bilan to‘ldirilsin:
“82) soliq to‘lovchi qayd etilgan manzilda bo‘lmagan, shuningdek soliq to‘lovchi tomonidan soliq hisoboti va (yoki) moliyaviy hisobot, kameral nazorat natijalari bo‘yicha tafovutlarning asoslari yoxud aniqlashtirilgan soliq hisoboti belgilangan muddatda taqdim etilmagan hollarda banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish. Soliq to‘lovchining banklardagi hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qaror vujudga kelguniga qadar banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatilgan shart-sharoitlarni o‘z ichiga olishi kerak”.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuniga asosan 6-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 12-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-mayda qabul qilingan O‘RQ-328-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 5, 133-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 8, 312-modda, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 12, 384, 385-moddalar; 2018-yil, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) 34-moddasining uchinchi qismiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tadbirkorlik subyektlaridan hujjatlarga muhr bosishni talab qilish yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash to‘g‘risida talab qo‘yish”;
uchinchi xatboshi to‘rtinchi xatboshi deb hisoblansin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi 171-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 19-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 1, 1-modda; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ko‘chmas mulk bo‘lgan kadastr obyektlariga doir huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha bitimni insofli ravishda tuzgan taraflar Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi noto‘g‘ri axborot oqibatida ko‘rgan zararlar uchun javobgar bo‘ladi. Zararning o‘rni sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida qoplanishi lozim”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 6-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik shirkatlari to‘g‘risida”gi 308-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 7, 325-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda) 3-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
to‘qqizinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xo‘jalik shirkati o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xo‘jalik shirkatining joylashgan yeri ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Xo‘jalik shirkatining muhrida uning firma nomi xo‘jalik shirkatining tanloviga ko‘ra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin”;
o‘ninchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil 21-apreldagi O‘RQ-1137-sonli Qonuniga asosan 10-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2026-yil 22-iyul — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi 558-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda) 6-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xususiy korxona o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va xususiy korxonaning joylashgan yeri ko‘rsatilgan muhrga ega bo‘lishga haqli. Muhrda bir vaqtning o‘zida uning firma nomi boshqa tilda ham ko‘rsatilishi mumkin”.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 16-oktabrda qabul qilingan “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-64-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 541-modda; 2014-yil, № 5, 130-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 5-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartish kiritilsin:
1) quyidagi mazmundagi 371-modda bilan to‘ldirilsin:
“371-modda. Hakamlik muhokamasida mediatsiyaning qo‘llanilishi
Hakamlik muhokamasida mediatsiya nizoni ko‘rib chiqish jarayonida hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qo‘llanilishi mumkin.
Hakamlik muhokamasining taraflari tomonidan mediatsiya tartib-taomillarini amalga oshirish haqida kelishuv tuzilgan taqdirda, hakamlik sudi mediatsiya tartib-taomili tugaguniga qadar hakamlik muhokamasini qoldirish to‘g‘risida ajrim chiqaradi.
Agar taraflar mediativ kelishuvni tuzsa, hakamlik sudi hakamlik muhokamasini tugatadi”;
2) 44-moddaning:
birinchi qismi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“hakamlik muhokamasining taraflari mediativ kelishuv tuzgan bo‘lsa”;
oltinchi — sakkizinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 22-iyulda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi O‘RQ-163-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 3-iyunda qabul qilingan O‘RQ-387-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 6, 227-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda; 2019-yil, № 1, 5-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 40-modda beshinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“qimmatli qog‘ozlar egalarining reyestrlaridagi mavjud axborotning maxfiyligini ta’minlashi;
bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari ko‘rib chiqilgan taqdirda, tijorat banklari tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar egalarining shakllantirilgan reyestridagi mavjud axborotni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining yozma so‘roviga ko‘ra taqdim etishi shart”;
2) 44-modda:
to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“boshqa yuridik shaxslarning 5 va undan ortiq foiz aksiyalariga (ulushlariga, paylariga) egaligi to‘g‘risidagi axborot, agar emitentning aksiyalari fond birjasining birja kotirovkalash varag‘iga kiritilgan bo‘lsa”;
oltinchi qismining “b” kichik bandi:
birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) Korporativ axborotning yagona portaliga va o‘zining rasmiy veb-saytiga”;
beshinchi xatboshisi “bundan muhim fakt yuzaga kelgan paytdan e’tiboran 72 soat ichida oshkor etiladigan, affillangan shaxslar bilan bitim tuzish to‘g‘risidagi xabar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
3) 53-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“chiqarilishi ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan yoxud to‘xtatib qo‘yilgan emissiyaviy qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish va ularning muomalasi”.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 4-oktabrda qabul qilingan “Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida”gi O‘RQ-301-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 10, 271-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, 8-son, 312-modda) 7-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Kichik tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan kredit byurosi o‘zining firma nomi davlat tilida to‘liq yozilgan hamda joylashgan yeri ko‘rsatilgan yumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Muhrda bir vaqtning o‘zida firmaning nomi boshqa istalgan tilda ham ko‘rsatilishi mumkin”;
beshinchi qismning ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-aprelda qabul qilingan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 4, 111-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 385-modda) 11-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oilaviy korxona ustav fondining eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin”.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 1-ilova, № 10, 672-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 44-moddaning to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Da’vo ishini yuritishda taraflar sud protsessining har qanday bosqichida ishni kelishuv bitimi tuzish yoki birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar mediativ kelishuv tuzish orqali tugallashga haqli”;
2) 49-moddaning uchinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan so‘zlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 51-moddaning birinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan so‘zlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 56-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida — fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ish bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo‘yicha himoyachilar, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha advokatlar, mediatorlar”;
5) 69-moddaning ikkinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan so‘zlar “kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 70-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41) shu nizo bilan bog‘liq mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirishda mediator sifatida ishtirok etganlar, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o‘zaro rozilik bo‘lgan hollar mustasno”;
7) 116-modda quyidagi mazmundagi 6-band bilan to‘ldirilsin:
“6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilganda”;
8) 118-modda quyidagi mazmundagi 41-band bilan to‘ldirilsin:
“41) ushbu Kodeks 116-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq bo‘lmagan muddatda”;
9) 122-modda quyidagi mazmundagi 101, 102 va 103-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“101) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
102) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan so‘ng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
103) taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa”;
10) 17-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17-bob. Yarashtirish tartib-taomillari”;
11) 166-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“166-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar ko‘radi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga ko‘maklashadi.
Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni o‘zaro talablarning to‘liq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da’vo tartibida yuritiladigan har qanday ish bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini, mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi.
Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi”;
12) 195-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 9-band bilan to‘ldirilsin:
“9) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa”;
13) 203-modda ikkinchi qismining 3-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) taraflardan kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish ehtimolini aniqlaydi va ularning huquqiy oqibatlarini tushuntiradi”;
14) 226-modda:
nomidagi “javobgarning da’vogar talablarini tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi” degan so‘zlar “javobgarning da’vogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuvi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Mediativ kelishuv sudga alohida hujjat tarzida taqdim etiladi va ishga qo‘shib qo‘yiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida ko‘rsatiladi”;
ikkinchi — beshinchi qismlari tegishincha uchinchi — oltinchi qismlar deb hisoblansin;
15) 278-moddaning uchinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan so‘zlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan O‘RQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, 1-songa 2-ilova, № 7, 433-modda, № 10, 672-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 11-modda quyidagi mazmundagi oltinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari sudning rasmiy veb-saytida taraflarning roziligi bilan yoki shaxsi ko‘rsatilmagan tarzda e’lon qilinadi, bundan sudning yopiq majlisida qabul qilingan sud hujjatlari mustasno”;
2) 48-moddaning ikkinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan so‘zlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 49-moddaning oltinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan so‘zlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 50-moddaning birinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan so‘zlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 53-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fuqarolik, iqtisodiy, ma’muriy ish bo‘yicha vakillar yoki jinoyat ishi bo‘yicha himoyachilar, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish bo‘yicha advokatlar, mediatorlar — vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan holatlar to‘g‘risida”;
6) 63-moddaning birinchi qismidagi “kelishuv bitimini” degan so‘zlar “kelishuv bitimi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuv yoki mediativ kelishuvni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 65-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish chog‘ida ayni shu nizo bilan bog‘liq holda mediator sifatida ishtirok etgan shaxslar vakil bo‘lishi mumkin emas, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan va mediatorning ishtiroki yuzasidan o‘zaro rozilik bo‘lgan hollar mustasno”;
8) 101-modda quyidagi mazmundagi 6-band bilan to‘ldirilsin:
“6) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to‘g‘risida kelishuv tuzilganda”;
9) 103-modda quyidagi mazmundagi 31-band bilan to‘ldirilsin:
“31) ushbu Kodeks 101-moddasining 6-bandida nazarda tutilgan hollarda — mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tugaguniga qadar, biroq oltmish kundan ortiq bo‘lmagan muddatda”;
10) 107-modda quyidagi mazmundagi 51, 52 va 53-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“51) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa;
52) mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish haqida iltimosnoma bilan arz qilgan taraflar uni amalga oshirish muddati tugaganidan so‘ng sud majlisiga uzrli sabablarsiz kelmasa;
53) taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa”;
11) 16-bobning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16-bob. Yarashtirish tartib-taomillari”;
12) 131-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“131-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish
Taraflar nizoni kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib hal etishi mumkin.
Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv da’vo tartibidagi har qanday ish bo‘yicha tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi iqtisodiy sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi u sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi”;
13) 155-modda birinchi qismi:
5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5) javobgarga va uchinchi shaxslarga da’vo arizasining hamda unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini, soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilayotgan ishlar bo‘yicha esa — javobgarga da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari topshirilganligini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmagan bo‘lsa”;
quyidagi mazmundagi 71-band bilan to‘ldirilsin:
“71) da’vogar nizoni javobgar bilan mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish orqali hal qilish tartibiga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa, basharti bu mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa”;
14) 156-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxs da’vo arizasi yuzasidan da’voga qarshi e’tirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining hamda ularda mavjud bo‘lmagan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish ko‘riladigan kungacha yetib borishini ta’minlaydigan muddatda, ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli”;
15) 165-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Ish bo‘yicha birinchi sud majlisi ishni sud muhokamasiga tayyorlash to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak”;
ikkinchi — to‘rtinchi qismlari tegishincha uchinchi — beshinchi qismlar deb hisoblansin;
16) quyidagi mazmundagi 231-bob bilan to‘ldirilsin:
“231-bob. Soddalashtirilgan tartibda ish yuritish
2031-modda. Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish ushbu Kodeksda nazarda tutilgan da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha, mazkur bobda belgilangan xususiyatlar inobatga olingan holda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi.
2032-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ishlar
Agar da’voning bahosi yuridik shaxslarga nisbatan — eng kam oylik ish haqining yigirma baravaridan, yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan esa — besh baravaridan oshmasa, da’vo arizalari bo‘yicha ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi lozim.
Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan holatlar mavjud bo‘lmasa, da’vogarning iltimosnomasiga ko‘ra, javobgarning roziligi bilan boshqa ishlar ham soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Korporativ nizolar bo‘yicha ishlar, huquqiy ta’sir choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi ishlar soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilmaydi.
Agar ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish chog‘ida uchinchi shaxsning ishga kirishish to‘g‘risidagi iltimosnomasi qanoatlantirilgan, ushbu bobda belgilangan qoidalar bo‘yicha ko‘rib chiqilishi mumkin bo‘lmagan qarshi da’vo qabul qilingan bo‘lsa yoxud agar sud quyidagilar xususida, shu jumladan taraflardan birining iltimosnomasiga ko‘ra quyidagilar xususida xulosaga kelsa, sud ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rish haqida ajrim chiqaradi:
1) ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish davlat sirining, tijorat sirining yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning oshkor qilinishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
2) qo‘shimcha holatlarni aniqlash yoki qo‘shimcha dalillarni tekshirish, shuningdek dalillarni ular turgan joyda ko‘zdan kechirish va tekshirish, ekspertiza tayinlash yoki guvohlarning ko‘rsatuvlarini eshitish zarur bo‘lsa;
3) bildirilgan talab boshqa talablar bilan bog‘liq bo‘lsa, shu jumladan uchinchi shaxslarga taalluqli bo‘lsa yoki mazkur ish bo‘yicha qabul qilingan sud hujjati bilan uchinchi shaxslarning huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishi mumkin bo‘lsa.
Ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rish to‘g‘risidagi ajrimda ishda ishtirok etuvchi shaxslar bajarishi lozim bo‘lgan harakatlar va ushbu harakatlarni bajarish muddatlari ko‘rsatiladi. Ajrim chiqarilgandan so‘ng ishni ko‘rish boshidan boshlanadi.
O‘zaro bog‘liq bo‘lgan bir nechta talab bildirilgan bo‘lib, ulardan biri ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan talablarga taalluqli bo‘lgan, boshqalari esa ularga taalluqli bo‘lmagan taqdirda, barcha talablar da’vo ishini yuritishning ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rilishi lozim.
Ishni ko‘rish muddati ishni da’vo ishini yuritishning umumiy qoidalari bo‘yicha ko‘rib chiqish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran hisoblanadi.
2033-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ish bo‘yicha da’vo arizasiga doir talablar
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ish bo‘yicha da’vo arizasi ushbu Kodeksning 149-moddasida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqiladigan ish bo‘yicha da’vo arizasiga ushbu Kodeksning 151-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar, shuningdek da’vo arizasining va unga ilova qilingan hujjatlarning ko‘chirma nusxalari javobgarga topshirilganligi haqidagi dalillar ilova qilinadi.
2034-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni ko‘rib chiqish xususiyatlari
Da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida sud ajrim chiqaradi, ajrimda ish soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rilishini hamda ish ko‘rib chiqiladigan sanani ko‘rsatadi.
Javobgar da’vo arizasi yuzasidan yozma fikrini da’vo arizasining ko‘chirma nusxasi o‘ziga topshirilgan paytdan e’tiboran o‘n besh kunlik muddatda sudga o‘zi asoslanayotgan hujjatlar va dalillarni ilova qilgan holda taqdim etishga haqli. Yozma fikrga uning ko‘chirma nusxasi da’vogarga yuborilganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
Da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr javobgar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi.
Da’vo arizasining sudga yuborilishi haqida tegishli tarzda xabardor qilingan javobgar tomonidan da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr taqdim etilmaganligi da’vo arizasini soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Belgilangan muddat o‘tganidan keyin sudga kelib tushgan da’vo arizasi yuzasidan yozma fikr, dalillar va boshqa hujjatlar, agar ularni belgilangan muddatda taqdim etishning imkoni bo‘lmaganligi taraf tomonidan asoslantirilgan va ular sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar kelib tushgan bo‘lsa, qabul qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ish da’vo arizasini ish yuritishga qabul qilish va ish qo‘zg‘atish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan oshmagan muddatda da’vo arizasi yuzasidan yozma fikrni, dalillarni hamda boshqa hujjatlarni taqdim etish uchun belgilangan muddat o‘tganidan keyin sudya tomonidan yakka tartibda ko‘rib chiqiladi.
Ishni soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqish muddati uzaytirilmaydi.
Sud soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi ishni sud muhokamasini o‘tkazmasdan, taraflarni chaqirtirmasdan va ularning tushuntirishlarini eshitmasdan ko‘rib chiqadi.
Sud taraflar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda bayon qilingan tushuntirishlarni, e’tirozlarni va (yoki) vajlarni tekshiradi, dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni ko‘zdan kechiradi va hal qiluv qarorini qabul qiladi.
2035-modda. Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ushbu Kodeksning 21-bobida nazarda tutilgan umumiy qoidalarga ko‘ra, ushbu bobda belgilangan xususiyatlar hisobga olingan holda sud tomonidan qabul qilinadi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori ixtiyoriy tartibda ijro etiladi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha hal qiluv qarori, agar apellyatsiya shikoyati (protesti) berilmagan bo‘lsa, qabul qilinganidan keyin o‘n kun o‘tgach qonuniy kuchga kiradi.
Soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ish bo‘yicha qaysi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga qadar ixtiyoriy tartibda ijro etilmagan bo‘lsa, o‘sha hal qiluv qarori taraflarning iltimosnomasi bo‘yicha sud tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida ushbu Kodeks V bo‘limining qoidalariga binoan, sud xarajatlarini undirishga taalluqli qismi esa sudning tashabbusi bilan majburiy ijro etilishi lozim.
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmagan bo‘lsa, apellyatsiya instansiyasi sudining qarori qabul qilingan kundan e’tiboran qonuniy kuchga kiradi”;
17) 219-moddaning uchinchi bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risidagi arizaga — soliq tekshiruvini o‘tkazishga soliq to‘lovchi tomonidan to‘sqinlik qilinganligini yoki soliq to‘lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish obyektini saqlash bilan bog‘liq hududlarni, binolarni, shu jumladan joylarni ko‘zdan kechirish uchun davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslarini kiritish rad etilganligini tasdiqlovchi dalil”;
18) 221-moddaning to‘rtinchi qismidagi “kelishuv bitimi” degan so‘zlar “kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
19) 262-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibidagi, huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin o‘n kun ichida beriladi”;
20) 270-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yozma fikrining ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni apellyatsiya shikoyati (protesti) ko‘rib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini ta’minlaydigan muddatda, apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli”;
21) 274-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Apellyatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha birinchi sud majlisi apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
22) 277-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Sudning soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan, huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi ish bo‘yicha hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati (protesti) sudga kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida ko‘rib chiqiladi”;
23) 293-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) ko‘chirma nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ushbu yozma fikrning ko‘chirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) ko‘rib chiqiladigan kunga qadar yetib borishini ta’minlaydigan muddatda, kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay sudga yuborishga haqli”;
24) 297-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Kassatsiya shikoyati (protesti) bo‘yicha birinchi sud majlisi kassatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
25) 319-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Nazorat tartibidagi ish bo‘yicha birinchi sud majlisi nazorat shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish va uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atiga o‘tkazish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak”;
uchinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;
26) 332-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar bo‘yicha qayta ko‘rish to‘g‘risidagi ariza yuzasidan birinchi sud majlisi arizani ish yuritishga qabul qilish haqida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak”;
27) 334-moddaning ikkinchi qismi “chet davlat sudining yoki arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risidagi ajrim” degan so‘zlardan keyin “shuningdek soddalashtirilgan ish yuritish tartibida ko‘rib chiqilgan ishlar bo‘yicha hal qiluv qarorlari” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
20-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-mart,
O‘RQ-531-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son; 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y., 03/22/763/0306-son; 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son; 21.04.2026-y., 03/26/1137/0396-son)