Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash hamda Xiva shahrida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabini tashkil etish toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Oʻzbek mumtoz adabiyoti, milliy madaniyati, maʼnaviyati va maʼrifati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ shoir, tarixnavis, tarjimon, davlat arbobi Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiyning 210 yilligini keng nishonlash hamda ijodini targʻib qilish, izdoshlarini kashf etish va ular oʻz isteʼdodlarini namoyon qilishlariga shart-sharoit yaratib berish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xorazm viloyati hokimligi, Madaniyat vazirligi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va keng jamoatchilikning 2019-yil dekabr oyida Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy (keyingi oʻrinlarda Ogahiy deb ataladi) tavalludining 210 yilligini mamlakat miqyosida keng nishonlash toʻgʻrisidagi taklifi qoʻllab-quvvatlansin.
2. Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Tashkiliy qoʻmitaga Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarni yuksak saviyada tashkil etish, belgilangan chora-tadbirlar sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirib borish, yuzaga keladigan masalalarni oʻz vaqtida hal etish vazifalari yuklatilsin.
3. Xorazm viloyati hokimligi Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlar doirasida:
a) Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda 2019-yil 1-avgustga qadar Xiva shahridagi Ogahiy nomidagi majmua tarkibiga kirgan inshootlarni, jumladan, shoir maqbarasini taʼmirlash hamda unga tutash hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish;
b) Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2019 — 2021-yillarda Ogahiyning asarlar toʻplamini nashr etish;
v) 2019-yil dekabr oyida:
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda “Ogahiy — shoir, tarixnavis, tarjimon va davlat arbobi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda Ogahiy ijodiga bagʻishlangan “Nazm va navo” kechasini oʻtkazish choralarini koʻrsin.
Belgilansinki, Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash bilan bogʻliq tadbirlar Xorazm viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda 2019-yil dekabr oyida respublikaning barcha taʼlim muassasalarida Ogahiy hayoti va ijodiga bagʻishlangan adabiy-badiiy tadbirlar, davra suhbatlari, ijodiy uchrashuvlarning yuqori saviyada oʻtkazilishini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Xiva shahrida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabi (keyingi oʻrinlarda — ijod maktabi) tashkil etilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Belgilab qoʻyilsinki:
ijod maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi davlat umumtaʼlim muassasasi hisoblanadi, shaxsiy gʻazna hisobraqamiga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shtampga, blankalarga ega boʻladi;
ijod maktabida har bir sinfdagi oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil qiladi, 7-sinflarga esa ijodiy tanlovlar, test va boshqa sinovlar asosida qabul qilinadi;
ijod maktabida oʻqituvchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari mehnatiga umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻqituvchilari mehnatiga soatbay haq toʻlashga muvofiq haq toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligiga ijod maktabining moddiy-texnik bazasi, imkoniyatlari, pedagog kadrlar salohiyatidan hamda mavjud talab va ehtiyojdan kelib chiqqan holda, keyingi yillarda oʻquvchilarni qabul qilish kvotalariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi beriladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-dekabrdagi 797-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
a) bir oy muddatda:
Ijod maktabining ustavi tasdiqlanishini va belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
b) 2019-yil 1-avgustga qadar:
Ijod maktabiga oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan iqtidorli pedagog kadrlar jalb etilishini taʼminlasin;
Ijod maktabini jihozlash uchun mebel, kompyuter texnikasi, oʻquv-laboratoriya asbob-uskunalari va sport anjomlarining texnik parametrlarini ishlab chiqsin va buyurtmachiga taqdim etsin;
v) 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab:
Ijod maktabini darsliklar, oʻquv-metodik qoʻllanmalar va badiiy adabiyotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin;
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan birgalikda Ijod maktabiga iqtidorli oʻquvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va adabiyot, xorijiy tillar boʻyicha test hamda ijodiy tanlov oʻtkazsin.
8. Xorazm viloyati hokimligi:
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qurilish vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Ijod maktabi uchun Xiva shahrida 220 oʻringa moʻljallangan oʻquv binosi, 100 oʻringa moʻljallangan yotoqxona, 100 oʻringa moʻljallangan oshxona qurilishi uchun yer maydonini ajratish choralarini koʻrsin;
Ijod maktabining qurilish ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini jihozlarning texnik parametrlarini qoʻllagan holda ishlab chiqilishini va vakolatli ekspertiza organlari tomonidan belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlasin;
2019-yil 1-sentabrga qadar Ijod maktabi binolarini foydalanishga topshirish choralarini koʻrsin.
9. Ijod maktabida amalga oshiriladigan qurilish-montaj va jihozlash ishlari boʻyicha:
Xorazm viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Xorazm viloyati mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar — moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi qurilish-montaj ishlarining sifatli bajarilishi ustidan belgilangan tartibda davlat arxitektura-qurilish nazoratini oʻrnatsin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taʼlim sohasiga ajratilgan mablagʻlar doirasida 2019-2020 oʻquv yilidan boshlab Ijod maktabini joriy saqlash uchun zarur mablagʻlarni ajratsin.
12. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va boshqa ommaviy axborot vositalariga ushbu qaror ijrosi bilan bogʻliq tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari A.A. Abduhakimov, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vaziri Sh.X. Shermatov va Xorazm viloyati hokimi F.U. Ermanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 20-mart,
238-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-martdagi 238-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy tavalludining 210 yilligini nishonlash boʻyicha tashkiliy qoʻmita
TARKIBI
|
1. |
A.A. Abduhakimov |
― |
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlanish masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Tashkiliy qoʻmita raisi |
|
2. |
F.Oʻ. Ermanov |
― |
Xorazm viloyati hokimi, Tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari |
|
3. |
B.S. Sayfullayev |
― |
madaniyat vaziri |
|
4. |
Sh.X. Shermatov |
― |
xalq taʼlimi vaziri |
|
5. |
I.U. Madjidov |
― |
oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri |
|
6. |
A.Ya. Haydarov |
― |
moliya vazirining birinchi oʻrinbosari |
|
7. |
A.X. Toʻxtayev |
― |
qurilish vaziri |
|
8. |
B.S. Yuldashev |
― |
Fanlar akademiyasi prezidenti |
|
9. |
S.S. Saidov |
― |
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
|
10. |
A.D. Xadjayev |
― |
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi |
|
11. |
A. Koʻchimov |
― |
Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori |
Izoh. Tashkiliy qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yukla ngan shaxslar kiritiladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 09/19/238/2804-son; 19.12.2025-y., 09/25/797/1181-son)