Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishida tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini joriy qilish, paxta xomashyosini qayta ishlash hamda toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish tarmoqlarining integratsiyalashuvini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, toʻqimachilik sanoati tashkilotlari — zamonaviy paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlar tashkil etish tashabbuskorlarining (keyingi oʻrinlarda paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari deb ataladi) 2019-yil paxta xomashyosi hosilidan boshlab, respublika hududlarida paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shaklida 1-ilovaga* muvofiq tashkil etish hamda kengaytirish toʻgʻrisidagi takliflari qabul qilinsin.
1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari ularga ajratiladigan imtiyozli kredit mablagʻlarini agrotexnologik xaritalar doirasida erkin tasarruf etish huquqiga ega boʻladi.
3. Belgilab qoʻyilsinki, paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari tashkilotchilari tomonidan fermer xoʻjaliklariga beriladigan yoqilgʻi-moylash materiallari, mineral oʻgʻitlar, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, oʻsimliklar rivojlanishining regulyatorlari, defoliantlar va boshqa kimyoviy vositalar soliq solinadigan obyekt hisoblanmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. “Peshkuteks” MChJ QK, “Namimpekstekstil”, MChJ, “Daka Tex” MChJ XK, “Sherobod tekstil invest” MChJ, “Surxonteks” MChJ, “Nortex Style” MChJ XK va “Baht Invest Namkor Tex” MChJ tomonidan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini tashkil etishning klaster shakllari tugatilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini moliyalashtirish mexanizmini joriy etishga doir asoslangan takliflar kiritsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.
7. Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha maslahatchisi A.D. Vahobov, “Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi A.I. Maqsudov va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.U. Haydarov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 18-mart,
230-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-martdagi 230-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishini tashkil etishning zamonaviy shakllarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 25-yanvardagi 53-son qarorida:
a) 2-bandda:
beshinchi xatboshidagi “toʻgʻridan toʻgʻri kontraktlar yoki” soʻzlari chiqarib tashlansin;
oltinchi xatboshidagi “mahsulotni qaytarish asosida yogʻ-moy korxonalariga” soʻzlari “yogʻ-moy korxonalariga birja savdolari yoki mahsulotni qaytarish asosida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 1-ilovada:
9-pozitsiyaning “Yer maydoni, (ga)” ustunidagi “7 000” raqami “10 717” raqami bilan almashtirilsin;
10-pozitsiya chiqarib tashlansin;
Jami pozitsiyasining “Yer maydoni, (ga)” ustunidagi “140 901” raqami “132 808” raqami bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlari va klasterlari faoliyatini tashkil etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 31-martdagi 253-son qaroriga 1-ilovada:
a) 11-pozitsiya chiqarib tashlansin;
b) “Paxta tozalash korxonalari” ustunidagi “13” raqami “12” raqami bilan almashtirilsin;
v) “Paxta tayyorlash punktlari*” ustunidagi “68” raqami “63” raqami bilan almashtirilsin;
3. Vazirlar Mahkamasining “Paxta-toʻqimachilik ishlab chiqarishlarini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 19-sentabrdagi 744-son qaroriga oʻzgartirishlar rus tilidagi matnda berilgan.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2019-y., 09/19/230/2785-son, 30.09.2019-y., 09/19/829/3832-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.08.2022-y., 09/22/471/0767-son)