Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.04.1992 yildagi 188-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 14.04.1992 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI VAZIRLAR MAHKAMASINING
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
KARTOShKA, MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI VA QURUQ MEVANING XARID NARXLARINI OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirishdan jamoa xoʻjaliklarining, davlat xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjalik korxonalarining moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Kartoshka, meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy turlari va quruq mevaning cheklangan xarid narxlari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida yuqorida koʻrsatilgan ilovaga muvofiq yangi xarid narxlari preyskurantlarini manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 23-son qarori bilan tasdiqlangan qishloq xoʻjalik mahsulotlarini respublikadan tashqariga olib chiqib ketish tartibi asosan saqlab qolinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yilning 20-aprelidan boshlab korxonalar, xoʻjaliklar, tayyorlov tashkilotlari, kooperativlar, dehqon (fermer) xoʻjaliklari, ijarachilar, shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning egalari va fuqarolar tomonidan respublikadan tashqariga olib chiqib ketiladigan qishloq xoʻjalik mahsulotlari uchun 2-ilovaga muvofiq poshlina olish joriy qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, hukumatlararo bitimlarga va bevosita oʻrnatilgan xoʻjalik aloqalariga muvofiq respublikadan tashqariga meva-sabzavot mahsulotlari yetkazib beruvchi korxonalar, xoʻjaliklar va tashkilotlar poshlina toʻlashdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq bosh boshqarmasi bir hafta muddat ichida respublikadan tashqariga olib chiqib ketiladigan meva-sabzavot mahsulotlari uchun poshlina olish miqdorlarini hisoblab chiqarish hamda toʻlash tartibini banklar va soliq inspeksiyalariga yetkazsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 21-yanvardagi 23-son qarorining 3-bandi (2-ilova — meva-sabzavot mahsulotlari qismi; 3-ilova), 8 va 9-bandlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-apreldagi 188-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlarining cheklangan
XARID NARXLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kartoshka
1-maydan 20-iyungacha 3750‎
21-iyundan mavsum oxirigacha 3000‎
Piyoz
21-iyundan mavsum oxirigacha 3000‎
Karam
21-iyuldan mavsum oxirigacha 1600‎
Palagi qirqilgan yangi xoʻraki sabzi
21-iyuldan 30-sentabrgacha 2250‎
1-oktabrdan mavsum oxirigacha 1500‎
Yangi qizil pomidor
26-iyundan 20-iyulgacha 2500‎
21-iyuldan 30-sentabrgacha 1500‎
1-oktabrdan mavsum oxirigacha 2500‎
Sanoatda qayta ishlash uchun yangi qizil pomidorlar
16-iyundan 31-iyulgacha 1600‎
1-avgustdan 16-noyabrgacha 1400‎
Yangi bodring
1-iyundan 31-iyulgacha 2000‎
1-avgustdan 16-noyabrgacha 2400‎
Ertapishar yangi olmalar 3750*
Kechpishar yangi olmalar 3000*‎
Ertapishar noklar 6000*‎
Kechpishar noklar 7000*
Xoʻraki uzum navlari 4500*‎
Quruq mevalar 30000*
Mayiz 34000*‎

(tonnasi uchun soʻm hisobida)‎

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Qishloq xoʻjaligi mahsulotining mazkur turi boʻyicha oʻrta hisobda. Aniq mahsulot turlari boʻyicha cheklangan xarid narxlari preyskurantda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 14-apreldagi 188-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikadan tashqariga olib chiqib ketiladigan dehqonchilik mahsulotlari uchun olinadigan
POShLINA MIQDORLARI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahsulotlar nomi‎‎‎ I davr yanvar — aprel II davr may III davr iyun - iyul IV davr avgust - sentyabr V davr oktyabr — dekabr

1‎‎‎

2‎ 3‎ 4‎ 5‎ 6‎
Ovqatbop kartoshka —‎ 2250‎ 1125‎ 600‎ 900‎
Piyoz 1500‎ 2000‎ 900‎ 600‎ 900‎
Karam 1350‎ 1250‎ 600‎ 320‎ 480‎
Palagi qirqilgan yangi sabzi 1125‎ 1200‎ 750‎ 450‎ 450‎
Qizil, nim rang va dumbul pomidorlar
‎9000‎

‎4000‎

‎750‎

‎300‎

‎675‎
Koʻk pomidorlar —‎ —‎ —‎ —‎ 405‎
Yangi bodring 8225‎ 2000‎ 600‎ 480‎ 780‎
Yangi qalampir 2000‎ 1600‎ 540‎ 360‎ 660‎
Baqlajon —‎ 1400‎ 450‎ 300‎ 600‎
Sholgʻom va turp 1500‎ 600‎ 300‎ 160‎ 450‎
Qovun 1300‎ 1200‎ 450‎ 240‎ 675‎
Tarvuz 1000‎ 1000‎ 300‎ 180‎ 450‎
Olma 7500‎ 4000‎ 1125‎ 800‎ 1200‎
Nok 12000‎ 6000‎ 1800‎ 1400‎ 2100‎
Behi 1800‎ —‎ —‎ 720‎ 1080‎
Shaftoli va oʻrik —‎ 3200‎ 1200‎ 800‎ —‎
Olxoʻri —‎ 2240‎ 840‎ 560‎ 1500‎
Togʻolcha —‎ 2240‎ 840‎ 560‎ —‎
Anor 5000‎ —‎ 3000‎ 2000‎ 3000‎
Uzum 4000‎ —‎ 1500‎ 800‎ 1800‎
Qovun qoqi 10500‎ 8400‎ 6300‎ 4200‎ 6300‎
Yongʻoq 15000‎ —‎ —‎ 6000‎ 9000‎
Shirin bodom 15750‎ —‎ 9450‎ 6300‎ 9450‎
Sotiladigan yeryongʻoq 14250‎ —‎ 8550‎ 5700‎ 8550‎
Limon‎‎‎ 15000‎ 12000‎ 9000‎ 6000‎ 9000‎
Xurmo —‎ —‎ —‎ 4500‎ 4500‎
Gul (soʻm, dona) 2,0‎ 1,5‎ 1,0‎ 2,0‎ 2,0‎
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eslatma: mazkur poshlina miqdorlari 10 tonnagacha mahsulotni bir marta olib chiqib ketish chogʻida belgilanadi; mahsulot 10,1 tonnadan 20 tonnagacha boʻlganida poshlina miqdori 1,5 baravar, 20 tonnadan koʻp boʻlganida — 3 baravar oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.