Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining
buyrugʻi
Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisida nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1245-4]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2020-yil 28-maydagi 23-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3278, 01.07.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2003-yil 7-maydagi 62-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1245, 2003-yil 27-may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlar axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son) bilan tasdiqlangan Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisida nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 4-mart,
28-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 4-martdagi 28-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Tovar-moddiy boyliklarni olishga ishonchnomalar berish va ularni ishonchnomalar boʻyicha berish tartibi toʻgʻrisida nizomga kiritilayotgan
oʻzgartirishlar
1. 5-bandda:
ikkinchi xatboshidan “va muhr bilan (muhr mavjud boʻlgan taqdirda) tasdiqlanadi” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshidan “va muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 1 va 2-ilovalardan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2019-y., 10/19/1245-4/2752-son)