1-ILOVA
|
| Amalga oshiriladigan tadbirlar | Amalga oshirish mexanizmi | Bajarish muddatlari | Masʼul ijrochilar |
| 1. Gʻilon va Koʻl qishloqlarida etnoturizm yoʻnalishi | ||||
| 1. | Gʻilon va Koʻl qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarni takomillashtirish. | 1. Qarshi, Shahrisabz va Kitob shaharlaridan boshlab, Gʻilon va Koʻl qishloqlarigacha boʻlgan yoʻnalishda oʻzbek va ingliz tillarida yoʻl koʻrsatkichlarini joylashtirish. | 2019-yil | Qashqadaryo viloyati, Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Kitob va Shahrisabz tumanlari hokimliklari |
| 2. Mazkur qishloqlarga olib boradigan avtomobil yoʻllarining holatini yaxshilash va togʻ hududlarida piyoda yoʻllarini tashkil etish. | 2019-yil | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari | ||
| 2. | Gʻilon va Koʻl qishloqlarida turistlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etish. | 1. Turizm xizmatlarini tashkil etish maqsadida: oilaviy mehmon uylarini tashkil etish imkoniyati mavjud boʻlgan salohiyatli xonadonlarning; mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar aʼlo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlarning; mavjud hunarmandlarning; saqlanib qolgan anʼanaviy chorvachilik, polizchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining; qishloqlarni va ular bilan bogʻliq tarix va qiziqarli maʼlumotlarga ega mahalliy aholi vakillarining roʻyxatini shakllantirish. 2. Har bir qishloqda 5 tadan oilaviy mehmon uylarini tayyorlash va ularni roʻyxatga olishni tashkil etish. 3. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar aʼlo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlarni turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash (taʼmirlash, sanitariya-gigiyenik holatlarini yaxshilash, xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish). 4. Mavjud hunarmandlar ustaxonasi va xonadonlarini turistlarni qabul qilish va mahorat darslarini oʻtkazish uchun tayyorlash hamda hunarmandchilik mahsulotlarining namoyishi va savdosini tashkil etish. 5. Saqlanib qolgan anʼanaviy chorvachilik, polizchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining xonadonlari, polizlari va bogʻlarini turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash. | 2019-yil
2019-yil
| Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari,
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 3. | Gʻilon va Koʻl qishloqlari mahalliy aholi vakillarining turistlarga xizmat koʻrsatish koʻnikmasini oshirish. | 1. Oilaviy mehmon uylari tashkil etiladigan va tashkil etilgan xonadon vakillarini turistlarga xizmat koʻrsatishga tayyorlash uchun bepul maxsus oʻquv kurslari tashkil etish. 2. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar aʼlo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlar egalari va xizmat koʻrsatuvchi masʼullarning turistlarga xizmat koʻrsatish koʻnikmasini oshirish. 3. Hunarmandlar mahorat darslarini oʻtkazish xizmatini tashkil etish va oʻz hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish qilish va sotish koʻnikmasini shakllantirish. 4. Anʼanaviy chorvachilik, polizchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarini turistlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tayyorlash. | 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi,
Savdo-sanoat palatasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 4. | Gʻilon va Koʻl qishloqlari boʻylab va ularning atrofidagi tabiat obyektlarida ekskursiya va trekinglar tashkil etish. | 1. Qishloqlarning ichki yoʻllarini va qishloqlarning atrofidagi asosiy tabiat obyektlariga olib boruvchi yoʻl va daralarni xavfsizlik choralarini koʻrgan holda taʼmirlash hamda har xil ob-havo sharoitlarida ham piyoda sayr qilish uchun qulayligini taʼminlash. 2. Qishloqlarda tungi yoritish tizimini takomillashtirish, kechki sayr uchun sharoit yaratish. 3. Har bir qishloqda kamida 4 tadan namunaviy tipdagi sanitariya-gigiyena shoxobchasini tashkil etish. 4. Gʻilon va Koʻl qishloqlarini, ular bilan bogʻliq tarix va qiziqarli maʼlumotlarga ega hamda qishloq atrofidagi tabiat obyektlariga olib boruvchi yoʻllarni biluvchi mahalliy aholi vakillarini ekskursiya, gid va yoʻriqchi-kuzatuvchi sifatida tayyorlash, qisqa oʻquv kurslarini tashkil etish. | 2019-yil | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari
|
| 5. | Gʻilon va Koʻl etno-qishloqlari brendini shakllantirish va keng targʻib qilish choralarini koʻrish. | 1. Gʻilon va Koʻl qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni fotosurat va videoroliklar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda, turizm portallarida muntazam yoritib borish. 2. Gʻilon va Koʻl qishloqlari hamda ularning atrofida joylashgan tarixiy va tabiat obyektlari toʻgʻrisidagi tarixiy dalillar va osori atiqalarni jamlash, oʻrganish va turli shakldagi risola, buklet va toʻplam koʻrinishlarida tayyorlash. 3. Gʻilon va Koʻl qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi buklet, broshyura, fotoalbom va videoroliklarni tayyorlash, ularni mahalliy va xorijiy turoperatorlarga taqdim qilib borish, turli turizm koʻrgazma va forumlarida tarqatish. 4. Gʻilon va Koʻl qishloqlariga mahalliy va xorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish. | doimiy
| Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qarshi davlat universiteti
Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari
|
| 2. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlarida agroturizm yoʻnalishi | ||||
| 1. | Varganza va Hazrati Bashir qishloqlariga olib boruvchi yoʻlni takomillashtirish. | 1. Shahrisabz shahridan Varganza qishlogʻi orqali Hazrati Bashir maqbarasigacha olib boruvchi yoʻlni taʼmirlash (20 km.). 2. Shahrisabz shahridan Varganza va Hazrati Bashir qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarda yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish. | 2019-yil avgust | Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi |
| 2. | Varganza va Hazrati Bashir qishloqlarida turistlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etish. | 1. Turizm xizmatlarini tashkil etish maqsadida: oilaviy mehmon uylarini tashkil etish imkoniyati mavjud boʻlgan salohiyatli xonadonlarning; mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar aʼlo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlarning; mavjud hunarmandlarning; saqlanib qolgan anʼanaviy chorvachilik, polizchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining; qishloqlarni va ular bilan bogʻliq tarix va qiziqarli maʼlumotlarga ega mahalliy aholi vakillarining roʻyxatini shakllantirish. 2. Har bir qishloqda 5 tadan oilaviy mehmon uylarini tayyorlash va ularni roʻyxatga olishni tashkil etish. 3. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar aʼlo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlarni turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash (taʼmirlash, sanitariya-gigiyenik holatlarini yaxshilash, xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish). 4. Mavjud hunarmandlar ustaxonasi va xonadonlarini turistlarni qabul qilish va mahorat darslarini oʻtkazish uchun tayyorlash hamda hunarmandchilik mahsulotlarining namoyishi va savdosini tashkil etish. 5. Saqlanib qolgan anʼanaviy chorvachilik, polizchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining xonadonlari, polizlari va bogʻlarini turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash. | 2019-yil
| Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari,
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi
“Hunarmand” uyushmasi
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 3. | Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari mahalliy aholi vakillarining turistlarga xizmat koʻrsatish koʻnikmasini oshirish. | 1. Oilaviy mehmon uylari tashkil etiladigan va tashkil etilgan xonadon vakillarini turistlarga xizmat koʻrsatishga tayyorlash boʻyicha bepul maxsus oʻquv kurslarini tashkil etish. 2. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar aʼlo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlar egalari va xizmat koʻrsatuvchi masʼullarning turistlarga xizmat koʻrsatish koʻnikmasini oshirish. 3. Hunarmandlarda mahorat darslarini oʻtkazish xizmatini tashkil etish va oʻz hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish qilish va sotish koʻnikmasini shakllantirish. 4. Anʼanaviy chorvachilik, polizchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarini turistlarga xizmat koʻrsatish boʻyicha tayyorlash. | 2019-yil | Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi
Savdo-sanoat palatasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 4. | Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari boʻylab va ularning atrofidagi tabiat obyektlarida ekskursiya va treninglar tashkil etish. | 1. Qishloqlarning ichki yoʻllarini va qishloqlarning atrofidagi asosiy tabiat obyektlariga olib boruvchi yoʻl va daralarni xavfsizlik choralarini koʻrgan holda taʼmirlash hamda har xil ob-havo sharoitlarida ham piyoda sayr qilish uchun qulayligini taʼminlash. 2. Qishloqlarda tungi yoritish tizimini takomillashtirish, kechki sayr uchun sharoit yaratish. 3. Har bir qishloqda kamida 4 tadan namunaviy tipdagi sanitariya-gigiyena shoxobchasini tashkil etish. 4. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari bilan bogʻliq tarix va qiziqarli maʼlumotlarga ega hamda qishloq atrofidagi tabiat obyektlariga olib boruvchi yoʻllarni biluvchi mahalliy aholi vakillarini ekskursiya, gid va yoʻriqchi-kuzatuvchi koʻnikmalariga tayyorlash, qisqa oʻquv kurslarini tashkil etish. | 2019-yil | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 5. | Qishloqlarda agroturizm xizmatlarini tashkil etish va madaniy koʻngilochar tadbirlarni oʻtkazish. | 1. Varganza qishlogʻida anor yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari va dehqon xoʻjaliklarini turistlar kelishi uchun moslashtirish (dam olish shiyponlari, yetishtirilgan hosildan tatib koʻrish uchun degustatsiya xonalarini tashkil etish va boshqalar). 2. Anor festivali oʻtkazish uchun eng namunali fermer xoʻjaligi yoki dehqon xoʻjaligini tanlab olish. 3. Festivalga turistlar va mehmonlarni jalb etish boʻyicha eʼlon va targʻibot materiallarini tarqatish.
5. Varganza qishlogʻining anori toʻgʻrisida foto, video materiallar tayyorlash (anorning jahon miqyosida yuqori sifat va narxlarda baholanishini koʻrsatish, xususan, Yevropa mamlakatlarida yuqori qadrlanishi, uni yetishtirish va saqlashning oʻziga xos texnologiyalarini namoyish etish). 6. Tayyorlangan foto, video materiallarni targʻib qilish choralarini koʻrish. | 2019-yil iyun
sentyabr 2019-yil avgust — oktyabr 2019-yil oktyabr 2019-yil avgustdan boshlab | Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi, Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari
|
| 6. | Varganza va Hazrati Bashir turizm marshrutini targʻib etish. | 1. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlariga mahalliy va xorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish. 2. Marshrutlarni turoperatorlar faoliyatiga joriy etish. | doimiy | Kitob tumani hokimligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 7. | Varganza va Hazrati Bashir etno-qishloqlari brendini shakllantirish. | 1. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni fotosurat va videoroliklar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda, xalqaro va milliy turizm portallarida muntazam yoritib borish. 2. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari hamda ularning atrofida joylashgan tarixiy va tabiat obyektlari toʻgʻrisidagi tarixiy dalillar va osori atiqalarni jamlash, oʻrganish va turli shakldagi risola, buklet va toʻplam koʻrinishlarida tayyorlash. 3. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi buklet, broshyura, fotoalbom va videoroliklarni tayyorlash, ularni mahalliy va xorijiy turoperatorlarga bepul taqdim qilib borish. | 2019-yil
| Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Qarshi davlat universiteti
|
| 3. Tatar, Zarmast va Vari qishloqlarida ekstremal turizm yoʻnalishi | ||||
| 1. | Tatar, Zarmast va Vari qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarni takomillashtirish. | 1. Shahrisabz shahridan Tatar qishlogʻi orqali Zarmast va Vari qishloqlariga olib boruvchi yoʻlni taʼmirlash 2. Shahrisabz shahridan Tatar qishlogʻi orqali Zarmast va Vari qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarda yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish (5 ta). 3. Amir Temur gʻorigacha boruvchi piyoda yoʻlaklarini obodonlashtirish, taʼmirlash va xavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish. | 2019-yil aprel | Qashqadaryo viloyati va Yakkabogʻ tumani hokimliklari, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati va Yakkabogʻ tumani hokimliklari |
| 2. | Tatar qishlogʻida ekologik hordiq chiqarish maskanlarini tashkil etish. | 1. Qishloqda joylashgan sharshara va koʻllarga olib boruvchi yoʻlaklarni xavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish. 2. Qishloqda dam olish maskanlari, shu jumladan 5 ta mehmon uyi, 5 ta kemping va 10 ta oʻtov tashkil etish. 3. Qishloqda zamonaviy sanitar-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish. | 2019-yil may | Qashqadaryo viloyati va Yakkabogʻ tumani hokimliklari
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 3. | Zarmast va Vari qishloqlarida tarixiy turizm va speleoturizm mahsulotlarini shakllantirish. | 1. Etnoqishloq — Amir Temur jangchilarining harbiy tayyorgarlik lagerini tashkil etish. 2. Dam olish maskanlarini (mehmon uylari va kempinglar) tashkil etish. 3. Amir Temur gʻori atrofida gʻorga ekskursiya tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik punktini tashkil etish. | 2019-yil may | Qashqadaryo viloyati va Yakkabogʻ tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 4. | Tatar, Zarmast va Vari qishloqlari yoʻnalishidagi turizm marshrutlarini targʻib etish. | 1. Tatar, Zarmast va Vari qishloqlariga mahalliy va xorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun info turlar tashkil etish. 2. Marshrutlarni turoperatorlar faoliyatiga joriy etish | 2019-yil | Qashqadaryo viloyati va Yakkabogʻ tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 4. Sarchashma va Suvtushar qishloqlarida ekologik turizm yoʻnalishi | ||||
| 1. | Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarni takomillashtirish. | 1. Shahrisabz shahridan Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarni taʼmirlash (50 km). 2. Shahrisabz shahridan Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga olib boruvchi yoʻllarda yoʻl koʻrsatkichlarini oʻrnatish (5 ta). 3. Suvtushar qishlogʻidagi sharsharaga olib boruvchi piyoda yoʻlaklarini obodonlashtirish, taʼmirlash va xavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish. | 2019-yil aprel | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari |
| 2. | Sarchashma va Suvtushar qishloqlarida turistlarga xizmat koʻrsatishni tashkil etish. | 1. Turizm xizmatlarini tashkil etish maqsadida: oilaviy mehmon uylarini tashkil etish imkoniyati mavjud boʻlgan salohiyatli xonadonlarning; mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar aʼlo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlani� nuqtalari va xonadonlarning; mavjud hunarmandlarning; saqlanib qolgan anʼanaviy chorvachilik, polizchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining; qishloqlarni va ular bilan bogʻliq tarix va qiziqarli maʼlumotlarga ega mahalliy aholi vakillarining roʻyxatini shakllantirish. 2. Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va ularni roʻyxatga olish. 3. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar aʼlo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlarni turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash. 4. Saqlanib qolgan anʼanaviy chorvachilik, polizchilik va bogʻdorchilik bilan shugʻullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining xonadonlari, poliz maydonlari | 2019-yil | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari,
Oʻzbekiston Oshpazlar uyushmasi Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 3 | Suvtushar qishlogʻida sharshara atrofida ekologik dam olish maskanlarini tashkil etish. | 1. Qishloqda joylashgan sharsharaga olib boruvchi yoʻlaklarni xavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish. 2. Qishloqda dam olish maskanlari, shu jumladan 5 ta mehmon uyi, 5 ta kemping va 10 ta oʻtov tashkil etish. 3. Qishloqda zamonaviy sanitar-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish. | 2019-yil sentyabr | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 4 | Sarchashma va Suvtushar marshrutini targʻib etish | 1. Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga mahalliy va xorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish. 2. Marshrutlarni turoperatorlar faoliyatiga joriy etish. | doimiy | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 5. Kitob kenglik stansiyasi hududida astronomik turizm yoʻnalishi | ||||
| 1. | Kitob kenglik stansiyasiga olib boruvchi yoʻllarni takomillashtirish. | 1. Shahrisabz shahridan boshlab kompleksgacha boʻlgan yoʻnalishda oʻzbek va ingliz tillarida yoʻl koʻrsatkichlarini joylashtirish. 2. Rasadxonaga olib boradigan avtomobil yoʻllari va piyoda yoʻllarining holatini yaxshilash. | 2019-yil | Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari |
| 2. | Kitob kenglik stansiyasini sayyohlar tashrifi uchun tayyorlash. | 1. Rasadxonalardagi ekskursiya orqali namoyish etiladigan obyektlar holatini yaxshilash. 2. Kechki yoritish tizimlarini yaxshilash. 3. Rasadxonaning masʼul xodimini belgilagan holda turistlar va ularning guruhlari uchun ekskursiya tashkil etiladigan kun va soatlarni belgilash va ochiq manbalarda joylashtirish. 4. Rasadxonalar hududlarida kamida 2 tadan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish. | 2019-yil | Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi |
| 3. | Kitob kenglik stansiyasida qoʻshimcha xizmatlarni tashkil etish. | 1. Yulduzlar tomoshasi xizmatini tashkil etish uchun qoʻshimcha mobil professional va havaskorlar teleskoplarini xarid qilish va oʻrnatish. 2. Yulduzlar tomoshasi xizmatidan foydalanish uchun qolgan turistlarga palatkali joy tayyorlash uchun sharoit yaratish. 3. Observatoriyada kichik xonani jihozlagan holda muzey va savdo nuqtasi tashkil etish hamda unda astronomiya va rasadxonalarga tegishli turli nashrlar, “39.08 kenglikda yulduzlar bilan sayr” brendi, Maydanak va Kitob kenglik rasadxonalarining nomlari tushirilgan hunarmandchilik, zargarlik va toʻqimachilik mahsulotlari savdosini yoʻlga qoʻyish. 4. Astronomiya va astrofizikaga qiziquvchilar uchun rasadxonada astronomiya boʻyicha ilmiy anjuman va seminarlar oʻtkazish uchun jihozlangan maxsus xonani tashkil etish. | 2019-yil | Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari,
tashabbuskorlar |
| 4. | Kitob kenglik stansiyasining keng targʻibot ishlarini tashkil etish. | 1. Rasadxona toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni fotosurat va videoroliklar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda, turizm portallarida muntazam yoritib borish. 2. Rasadxona toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni jamlash, oʻrganish va turli shakldagi risola, buklet va toʻplam koʻrinishlarida tayyorlash. 3. Rasadxona toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi buklet, broshyura, fotoalbom va videoroliklarni tayyorlash, ularni mahalliy va xorijiy turoperatorlarga taqdim qilib borish, turli turizm koʻrgazma va forumlarida tarqatish. 4. Rasadxonada mahalliy va xorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish. | doimiy
| Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari |
| 6. “Festivallar shahri” brendi ostida MICE turizm yoʻnalishi | ||||
| 1. | Amir Temur merosi va Keshlik allomalar tarixiga bagʻishlangan seminarlarni oʻtkazish. | 1. Amir Temur merosi va bunyodkorlik sanʼatiga 2. Xalqaro konferensiyani keng targʻib qilish ishlarini amalga oshirish. 3. Xalqaro va mahalliy miqyosda Amir Temur tarixini oʻrganayotgan yoki ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlarni konferensiyalar va oʻquv-seminarlarga taklif qilish. 4. Oʻquv-seminarlar va xalqaro konferensiyalar yakuni doirasida ilmiy-amaliy qoʻllanma ishlab chiqish. 5. Konferensiyalar va seminarlarning OAVda keng yoritilishini taʼminlash. 6. “Keshlik allomalarning islom madaniyati va ilm-fan rivojidagi oʻrni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazish. 7. Ilmiy-amaliy konferensiyani keng targʻib qilish ishlarini olib borish. 8. Ilmiy-amaliy kanferensiyaga jahonga mashhur boʻlgan islomshunos olimlar va tadqiqotchilarni taklif qilish. 9. Konferensiyani yuqori saviyada tashkil etish. 10. Konferensiya yakunida ilmiy-amaliy qoʻllanma ishlab chiqish. | 2019-yil iyul
avgust | Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi, Qashqadaryo viloyati �a Shahrisabz shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 2. | Milliy toʻy-hashamlarda turistlar ishtirokini taʼminlash. | 1. Shahrisabz tumani va ?ahrida mahalliy aholi tomonidan oʻtkaziladigan toʻy-hashamlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Sayyohlarni keng jalb qilish maqsadida turoperatorlarga toʻy-hashamlar boʻlib oʻtadigan sanalar roʻyxatini taqdim qilib borish. 3. Turoperatorlarga mahalliy masʼullar ichidan hamroh biriktirish. | yil davomida | Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumani hokimliklari |
| 3. | Navruz bayrami doirasida Shahrisabz shahrida “Xalqaro milliy liboslar festivali”ni oʻtkazish. | 1. “Navroʻz” umumxalq bayrami munosabati bilan bayram dasturlarini tayyorlash hamda joylarda madaniy-maʼrifiy, ommaviy tadbirlar va xalq sayillarini tashkil etish. 2. “Navroʻz” umumxalq bayramini keng targʻibot qilish ishlarini olib borish. 3. “Navroʻz” umumxalq bayrami doirasida milliy xalq oʻyinlari, folklor-etnografik jamoalar va baxshi-shoirlar festivallarini oʻtkazish. 4. “Navroʻz” umumxalq bayrami doirasida Qashqadaryo milliy taomlar festivalini tashkil etish. 5. “Xalqaro milliy liboslar festivali”ni tashkil etish. 6. Festivalni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida respublikada faoliyat yuritayotgan dizaynerlar, libos ustalarini, jumladan, xorijiy va mahalliy yosh dizaynerlarni taklif qilish. 7. Mashhur dizayner ustalar tomonidan festival doirasida mahorat darslarini tashkillashtirish. 8. Dizaynerlik mahsulotlarini sotib olish imkoniyatini yaratish. 9.”Navroʻz” umumxalq bayramining OAVda keng yo�itilishini taʼminlash. | 2019-yil mart | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 4. | Milliy kurash musobaqalarini tashkil etish. | 1. Shahrisabz shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash boʻyicha Amir Temur xalqaro xotira turnirini oʻtkazish. 2. Xalqaro xotira turnirini keng targʻib qilish ishlarini tashkil etish. 3. Sovrindorlarni taqdirlash uchun homiylik va boshqa mablagʻlarni jalb qilish ishlarini tashkil etish. 4. Xalqaro turnirni yuqori saviyada tashkil etish uchun milliy kurash musobaqalarining tuman va shahar bosqichlarini tashkil qilish. 5. Shahrisabz shahrida yakuniy (final) bosqichini tashkil qilish. 6. Yakuniy bosqich gʻoliblarining xalqaro kurash musobaqasida ishtirok etishini taʼminlash. 7. Kurash musobaqalari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlash. | 2019-yil sentyabr-oktyabr | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 5. | “Shahrisabz hunarmandlar maskani” festivalini tashkil etish. | 1. Respublikadagi barcha hunarmandlar roʻyxatini shakllantirish. 2. Ushbu roʻyxat asosida ularni festivalda ishtirok etishi uchun taklif qilish. 3. Hunarmandlar oʻz mahsulotlarini namoyish qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish. 4. Hunarmandchilik festivalini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻib qilish ishlarini olib borish. 5. Hunarmandchilik mahsulotlarining savdosini yoʻlga qoʻyish. Xususan, ularni onlayn sotib olish imkoniyatini yaratish. | 2019-yil may | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Respublika “Hunarmand” uyushmasi, Savdo sanoat palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 6. | Shahrisabz tumanida “Hisor togʻlari” ekofestivalini oʻtkazish. | 1. Ekofestivalni tashkil qilish uchun ishchi guruh tuzish. 2. Ekofestival oʻtkaziladigan joy, taklif etiladiganlar roʻyxati, festival ishtirokchilari roʻyxatini shakllantirish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻibot ishlar�ni olib borish. 3. Ekofestival doirasida folklor ansambllar va baxshilar chiqishlari, milliy xalq oʻyinlari, milliy taomlar koʻrgazmasi va mahalliy hunarmandlarning milliy hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasini tashkil etish. | 2019-yil iyun | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 7. | Shahrisabz shahrida “Zafarli yurish” nomli teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlarini tashkil etish. | 1. Amir Temurning Shahrisabz shahrining tarixiy markazi hududiga kirib kelishiga bagʻishlangan teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlarini tashkil etish. 2. Shahrisabz shahrining tarixiy markazi hududida tasdiqlangan ssenariy asosida haftaning juma va shanba kunlari teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlarini tashkil etish. 3. Teatrlashtirilgan sahna koʻrinishlarini namoyish etuvchi teatr ustalari, aktyor va aktrisalarni keng jalb qilish ishlarini olib borish. 4. Ushbu namoyishlarning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilishini taʼminlash. 5. Ushbu davr davomida milliy raqs dastalarining chiqishlarini tashkil etish. | 2019-yil iyun — avgust | Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi |
| 8. | Maqom sanʼatini xalq orasida keng ommalashtirish maqsadida xalqaro maqom festivalini oʻtkazish. | 1. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan sanʼat va boshqa kasb egalari oʻrtasida maqom sanʼati ijrochilik mahoratini namoyish etish. 2. Festivalga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, targʻibot ishlarini olib borish, unga turli kasb egalarini jalb etish. 3. Festival doirasida yetuk maqom ustalari tomonidan mahorat darslari tashkil etilishini taʼm�nlash. 4. Festivalni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlash. | 2020-yil | Madaniyat vazirligi, Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 9. | “Xorijiy kinofilmlar kuni”ni tadbirini tashkil etish. | 1. Xorijiy mamlakatlarda suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishini tashkil etish. 2. “Xorijiy kinofilmlar kun”lari doirasida seminarlar, mahorat darslari tashkil etish. 3. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini taʼminlash. | yil davomida | “Oʻzbekkino” Milliy agentligi, Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
| 10. | “Koʻpkari” milliy oʻyinlarini tashkil qilish. | 1. Bahor va kuz oylarida “Koʻpkari” milliy oʻyinini tashkil etish. 2. Koʻpkari oʻyinini keng targʻib qilish ishlarini tashkil etish. 3. Respublika va xorijiy davlatlardagi koʻpkari oʻyiniga qiziquvchilarni musobaqada ishtirok etish uchun taklif qilish. Bunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng targʻibot ishlarini olib borish. 4. Koʻpkari oʻyinini Kitob tumanining “Qaynar” qishlogʻida tashkil qilish. 5. Koʻpkari oʻyini jarayonini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish. 6. “Koʻpkari” oʻyinini mavsumdan tashqari vaqtlarda turoperatorlar va sayyohlarning talabi asosida ham tashkil etish. | yil davomida | Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2-ILOVA