08.03.2019 yildagi 198-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, turistlarni noyob tarixiy-madaniy va me’moriy meros obyektlari bilan keng tanishtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, manzilli turizm xizmatlarini ko‘rsatish uchun turizm infratuzilmasini rivojlantirish, viloyatni turli madaniy-ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazish markaziga aylantirish orqali hududga turistlar oqimini yanada ko‘paytirish hamda ularning hududda bo‘lish davomiyligini uzaytirish, shuningdek, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mahalliy aholi sonini ko‘paytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qashqadaryo viloyatida yangi turizm yunalishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi (keyingi o‘rinlarda — Reja) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilansinki, Rejaga kiritilgan chora-tadbirlar mahalliy budjet parametrlarida nazarda tutilgan mablag‘lar va ijrochilar mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejada belgilangan vazifalar o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishini muvofiqlashtirsin hamda unda belgilangan hududlarga turistlarni jalb qilish choralarini ko‘rsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan Rejaning bajarilishini nazorat qilsin hamda bajarilish holati bo‘yicha ma’lumotlarni har chorak yakuni bilan keyingi oyning 10 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori bilan tashkil etilgan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga (keyingi o‘rinlarda — Muvofiqlashtiruvchi kengash) taqdim etib borsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rejada belgilangan turizm yo‘nalishlaridagi qishloqlar va turizm obyektlariga olib boruvchi maxsus turizm xaritalarini uch oy muddatda ishlab chiqsin hamda barcha joylashtirish vositalari va turizm faoliyati subyektlariga bepul tarqatish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qashqadaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shahrisabz shahrida yil davomida tashkil etiladigan ommaviy, madaniy- ko‘ngilochar tadbirlar ro‘yxatini (keyingi o‘rinlarda tadbirlar ro‘yxati deb ataladi) shakllantirsin va belgilangan tartibda tasdiqlanishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirlar ro‘yxatida folklor guruhlarining chiqishlari, baxshi-shoirlar va hunarmandlar festivallari, milliy sport o‘yinlari, turli madaniy- ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazishni nazarda tutsin va har bir tadbirni tashkil etish muddatlarini aniq belgilasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tadbirlar ro‘yxati asosida o‘tkaziladigan tadbirlarga xorijiy va mahalliy turistlarning tashrifini tashkil etish maqsadida keng targ‘ibot ishlarini doimiy ravishda amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Qashqadaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Qashqadaryo viloyatida turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha 2019-2020-yillarda amalga oshiriladigan qo‘shimcha investitsiya loyihalarining manzilli ro‘yxatini ikki oy muddatda shakllantirsin va Muvofiqlashtiruvchi kengashga tasdiqlash uchun kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga “O‘zbekkino” milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda viloyat tumanlarining turizm salohiyati haqida o‘zbek, rus va ingliz tillaridagi videoroliklarni, shuningdek, “Qashqadaryo taomlari” to‘g‘risida qisqa metrajli film ssenariysini ikki oy muddatda ishlab chiqib, suratga olish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda doimiy ravishda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyati bilan tanishtirish maqsadida infoturlarni tashkil etish va turli targ‘ibot materiallarini tayyorlash choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “Hisor” davlat qo‘riqxonasi hududidan Amir Temur g‘ori, dinozavr izlari, Hazrati Sulton ota ziyoratgohi va Suvtushar qishlog‘i yaqinidagi sharshara obyektlarini qo‘riqxonaning qo‘riqlanma (bufer) zonasiga o‘tkazish va ushbu zonaning aniq chegaralarini belgilash bo‘yicha Vazirlar Mahamasiga ikki oy muddatda asoslangan taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xorijiy va mahalliy turistlarga zamonaviy xizmat turlarini ko‘rsatuvchi avtoshohbekat — “PIT STOP M-39” loyihasini (keyingi o‘rinlarda loyiha deb ataladi) amalga oshirish maqsadida “Shahrisabz avtoshohbekat” davlat unitar korxonasining bino inshootlarini “Abdizafar Namkor” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi o‘rinlarda “Abdizafar Namkor” MChJ deb ataladi) quyidagi investitsiya majburiyatlarini yuklagan holda “nol” qiymatda sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihani amalga oshirish uchun “Abdizafar Namkor” MChJ tomonidan kamida 20,0 mlrd. so‘m miqdorida investitsiya mablag‘larini kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jadval asosida harakatlanadigan avtotransport vositalari, shu jumladan turistik toifaga mansub avtobuslarni qabul qilish imkoniyatini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
loyihaning 2020-yil yakuniga qadar to‘liq ishga tushirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60 dan kam bo‘lmagan yangi ish o‘rinlari yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi “Abdizafar Namkor” MChJ bilan o‘zaro majburiyatlar bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi tuzilishini hamda uning belgilangan tartibda bajarilishi yuzasidan monitoring olib borilishini ta’minlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11..Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Abduxakimov va Qashqadaryo viloyati hokimi Z.Sh. Ro‘ziyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 8-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 198-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qashqadaryo viloyatida yangi turizm yo‘nalishlarini tashkil etish bo‘yicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш


T/r

Amalga oshiriladigan tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Bajarish muddatlari

Mas’ul ijrochilar

1. G‘ilon va Ko‘l qishloqlarida etnoturizm yo‘nalishi

1.

G‘ilon va Ko‘l qishloqlariga olib boruvchi yo‘llarni takomillashtirish.

1. Qarshi, Shahrisabz va Kitob shaharlaridan boshlab, G‘ilon va Ko‘l qishloqlarigacha bo‘lgan yo‘nalishda o‘zbek va ingliz tillarida yo‘l ko‘rsatkichlarini joylashtirish.

2019-yil
avgust

Qashqadaryo viloyati,

Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Kitob va Shahrisabz tumanlari hokimliklari

2. Mazkur qishloqlarga olib boradigan avtomobil yo‘llarining holatini yaxshilash va tog‘ hududlarida piyoda yo‘llarini tashkil etish.

2019-yil
avgust

Qashqadaryo viloyati va

Shahrisabz tumani hokimliklari

2.

G‘ilon va Ko‘l qishloqlarida turistlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

1. Turizm xizmatlarini tashkil etish maqsadida:

oilaviy mehmon uylarini tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘lgan salohiyatli xonadonlarning;

mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlarning;

mavjud hunarmandlarning;

saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining;

qishloqlarni va ular bilan bog‘liq tarix va qiziqarli ma’lumotlarga ega mahalliy aholi vakillarining ro‘yxatini shakllantirish.

2. Har bir qishloqda 5 tadan oilaviy mehmon uylarini tayyorlash va ularni ro‘yxatga olishni tashkil etish.

3. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlarni turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash (ta’mirlash, sanitariya-gigiyenik holatlarini yaxshilash, xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish).

4. Mavjud hunarmandlar ustaxonasi va xonadonlarini turistlarni qabul qilish va mahorat darslarini o‘tkazish uchun tayyorlash hamda hunarmandchilik mahsulotlarining namoyishi va savdosini tashkil etish.

5. Saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining xonadonlari, polizlari va bog‘larini turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash.

2019-yil
aprel












2019-yil
aprel

2019-yil
aprel




2019-yil
aprel



2019-yil
aprel

Qashqadaryo viloyati va

Shahrisabz tumani hokimliklari,












Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi





Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

3.

G‘ilon va Ko‘l qishloqlari mahalliy aholi vakillarining turistlarga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmasini oshirish.

1. Oilaviy mehmon uylari tashkil etiladigan va tashkil etilgan xonadon vakillarini turistlarga xizmat ko‘rsatishga tayyorlash uchun bepul maxsus o‘quv kurslari tashkil etish.

2. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlar egalari va xizmat ko‘rsatuvchi mas’ullarning turistlarga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmasini oshirish.

3. Hunarmandlar mahorat darslarini o‘tkazish xizmatini tashkil etish va o‘z hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish qilish va sotish ko‘nikmasini shakllantirish.

4. An’anaviy chorvachilik, polizchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarini turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tayyorlash.

2019-yil
aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,
Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi


O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi




Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz �umani hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

4.

G‘ilon va Ko‘l qishloqlari bo‘ylab va ularning atrofidagi tabiat obyektlarida ekskursiya va trekinglar tashkil etish.

1. Qishloqlarning ichki yo‘llarini va qishloqlarning atrofidagi asosiy tabiat obyektlariga olib boruvchi yo‘l va daralarni xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda ta’mirlash hamda har xil ob-havo sharoitlarida ham piyoda sayr qilish uchun qulayligini ta’minlash.

2. Qishloqlarda tungi yoritish tizimini takomillashtirish, kechki sayr uchun sharoit yaratish.

3. Har bir qishloqda kamida 4 tadan namunaviy tipdagi sanitariya-gigiyena shoxobchasini tashkil etish.

4. G‘ilon va Ko‘l qishloqlarini, ular bilan bog‘liq tarix va qiziqarli ma’lumotlarga ega hamda qishloq atrofidagi tabiat obyektlariga olib boruvchi yo‘llarni biluvchi mahalliy aholi vakillarini ekskursiya, gid va yo‘riqchi-kuzatuvchi sifatida tayyorlash, qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish.

2019-yil
may

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari








Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

5.

G‘ilon va Ko‘l etno-qishloqlari brendini shakllantirish va keng targ‘ib qilish choralarini ko‘rish.

1. G‘ilon va Ko‘l qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fotosurat va videoroliklar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda, turizm portallarida muntazam yoritib borish.

2. G‘ilon va Ko‘l qishloqlari hamda ularning atrofida joylashgan tarixiy va tabiat obyektlari to‘g‘risidagi tarixiy dalillar va osori atiqalarni jamlash, o‘rganish va turli shakldagi risola, buklet va to‘plam ko‘rinishlarida tayyorlash.

3. G‘ilon va Ko‘l qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi buklet, broshyura, fotoalbom va videoroliklarni tayyorlash, ularni mahalliy va xorijiy turoperatorlarga taqdim qilib borish, turli turizm ko‘rgazma va forumlarida tarqatish.

4. G‘ilon va Ko‘l qishloqlariga mahalliy va xorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish.

doimiy




2019-yil avgust




2019-yil
aprel oyidan boshlab
doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Xususiy turizm tashkilotlari uyushmasi



O‘zbekiston Fanlar akademiyasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qarshi davlat universiteti


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari



Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

2. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlarida agroturizm yo‘nalishi

1.

Varganza va Hazrati Bashir qishloqlariga olib boruvchi yo‘lni takomillashtirish.

1. Shahrisabz shahridan Varganza qishlog‘i orqali Hazrati Bashir maqbarasigacha olib boruvchi yo‘lni ta’mirlash (20 km.).

2. Shahrisabz shahridan Varganza va Hazrati Bashir qishloqlariga olib boruvchi yo‘llarda yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish.

2019-yil

avgust

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

2.

Varganza va Hazrati Bashir qishloqlarida turistlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

1. Turizm xizmatlarini tashkil etish maqsadida:

oilaviy mehmon uylarini tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘lgan salohiyatli xonadonlarning;

mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlarning;

mavjud hunarmandlarning;

saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining;

qishloqlarni va ular bilan bog‘liq tarix va qiziqarli ma’lumotlarga ega mahalliy aholi vakillarining ro‘yxatini shakllantirish.

2. Har bir qishloqda 5 tadan oilaviy mehmon uylarini tayyorlash va ularni ro‘yxatga olishni tashkil etish.

3. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlarni turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash (ta’mirlash, sanitariya-gigiyenik holatlarini yaxshilash, xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish).

4. Mavjud hunarmandlar ustaxonasi va xonadonlarini turistlarni qabul qilish va mahorat darslarini o‘tkazish uchun tayyorlash hamda hunarmandchilik mahsulotlarining namoyishi va savdosini tashkil etish.

5. Saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining xonadonlari, polizlari va bog‘larini turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash.

2019-yil
aprel












2019-yil
aprel






2019-yil
aprel



2019-yil
aprel

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari,
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi











Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi






Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari,

“Hunarmand” uyushmasi


Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

3.

Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari mahalliy aholi vakillarining turistlarga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmasini oshirish.

1. Oilaviy mehmon uylari tashkil etiladigan va tashkil etilgan xonadon vakillarini turistlarga xizmat ko‘rsatishga tayyorlash bo‘yicha bepul maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish.

2. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlar egalari va xizmat ko‘rsatuvchi mas’ullarning turistlarga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmasini oshirish.

3. Hunarmandlarda mahorat darslarini o‘tkazish xizmatini tashkil etish va o‘z hunarmandchilik mahsulotlarini namoyish qilish va sotish ko‘nikmasini shakllantirish.

4. An’anaviy chorvachilik, polizchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarini turistlarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tayyorlash.

2019-yil
aprel

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi






Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, “Hunarmand” uyushmasi,

Savdo-sanoat palatasi

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

4.

Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari bo‘ylab va ularning atrofidagi tabiat obyektlarida ekskursiya va treninglar tashkil etish.

1. Qishloqlarning ichki yo‘llarini va qishloqlarning atrofidagi asosiy tabiat obyektlariga olib boruvchi yo‘l va daralarni xavfsizlik choralarini ko‘rgan holda ta’mirlash hamda har xil ob-havo sharoitlarida ham piyoda sayr qilish uchun qulayligini ta’minlash.

2. Qishloqlarda tungi yoritish tizimini takomillashtirish, kechki sayr uchun sharoit yaratish.

3. Har bir qishloqda kamida 4 tadan namunaviy tipdagi sanitariya-gigiyena shoxobchasini tashkil etish.

4. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari bilan bog‘liq tarix va qiziqarli ma’lumotlarga ega hamda qishloq atrofidagi tabiat obyektlariga olib boruvchi yo‘llarni biluvchi mahalliy aholi vakillarini ekskursiya, gid va yo‘riqchi-kuzatuvchi ko‘nikmalariga tayyorlash, qisqa o‘quv kurslarini tashkil etish.

2019-yil
may

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari





Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

5.

Qishloqlarda agroturizm xizmatlarini tashkil etish va madaniy ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish.

1. Varganza qishlog‘ida anor yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari va dehqon xo‘jaliklarini turistlar kelishi uchun moslashtirish (dam olish shiyponlari, yetishtirilgan hosildan tatib ko‘rish uchun degustatsiya xonalarini tashkil etish va boshqalar).

2. Anor festivali o‘tkazish uchun eng namunali fermer xo‘jaligi yoki dehqon xo‘jaligini tanlab olish.

3. Festivalga turistlar va mehmonlarni jalb etish bo‘yicha e’lon va targ‘ibot materiallarini tarqatish.


4. Festivalni yuqori saviyada tashkil etish hamda respublika va xalqaro miqyosda keng yoritish.

5. Varganza qishlog‘ining anori to‘g‘risida foto, video materiallar tayyorlash (anorning jahon miqyosida yuqori sifat va narxlarda baholanishini ko‘rsatish, xususan, Yevropa mamlakatlarida yuqori qadrlanishi, uni yetishtirish va saqlashning o‘ziga xos texnologiyalarini namoyish etish).

6. Tayyorlangan foto, video materiallarni targ‘ib qilish choralarini ko‘rish.

2019-yil

iyun



2019-yil

sentyabr

2019-yil

avgust — oktyabr

2019-yil

oktyabr

2019-yil avgustdan boshlab

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi









O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

6.

Varganza va Hazrati Bashir turizm marshrutini targ‘ib etish.

1. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlariga mahalliy va xorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish.

2. Marshrutlarni turoperatorlar faoliyatiga joriy etish.

doimiy

Kitob tumani hokimligi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

7.

Varganza va Hazrati Bashir etno-qishloqlari brendini shakllantirish.

1. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fotosurat va videoroliklar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda, xalqaro va milliy turizm portallarida muntazam yoritib borish.

2. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari hamda ularning atrofida joylashgan tarixiy va tabiat obyektlari to‘g‘risidagi tarixiy dalillar va osori atiqalarni jamlash, o‘rganish va turli shakldagi risola, buklet va to‘plam ko‘rinishlarida tayyorlash.

3. Varganza va Hazrati Bashir qishloqlari va ularda mavjud turizm salohiyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi buklet, broshyura, fotoalbom va videoroliklarni tayyorlash, ularni mahalliy va xorijiy turoperatorlarga bepul taqdim qilib borish.

2019-yil
aprel oyidan boshlab doimiy


2019-yil
avgust




2019-yil
aprel oyidan boshlab doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qarshi davlat universiteti



Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari

3. Tatar, Zarmast va Vari qishloqlarida ekstremal turizm yo‘nalishi

1.

Tatar, Zarmast va Vari qishloqlariga olib boruvchi yo‘llarni takomillashtirish.

1. Shahrisabz shahridan Tatar qishlog‘i orqali Zarmast va Vari qishloqlariga olib boruvchi yo‘lni ta’mirlash
(30 km).

2. Shahrisabz shahridan Tatar qishlog‘i orqali Zarmast va Vari qishloqlariga olib boruvchi yo‘llarda yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish (5 ta).

3. Amir Temur g‘origacha boruvchi piyoda yo‘laklarini obodonlashtirish, ta’mirlash va xavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish.

2019-yil

aprel

Qashqadaryo viloyati va Yakkabog‘ tumani hokimliklari, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi

Qashqadaryo viloyati va Yakkabog‘ tumani hokimliklari

2.

Tatar qishlog‘ida ekologik hordiq chiqarish maskanlarini tashkil etish.

1. Qishloqda joylashgan sharshara va ko‘llarga olib boruvchi yo‘laklarni xavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish.

2. Qishloqda dam olish maskanlari, shu jumladan 5 ta mehmon uyi, 5 ta kemping va 10 ta o‘tov tashkil etish.

3. Qishloqda zamonaviy sanitar-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

2019-yil

may

Qashqadaryo viloyati va Yakkabog‘ tumani hokimliklari


Qashqadaryo viloyati va Yakkabog‘ tumani hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

3.

Zarmast va Vari qishloqlarida tarixiy turizm va speleoturizm mahsulotlarini shakllantirish.

1. Etnoqishloq — Amir Temur jangchilarining harbiy tayyorgarlik lagerini tashkil etish.

2. Dam olish maskanlarini (mehmon uylari va kempinglar) tashkil etish.

3. Amir Temur g‘ori atrofida g‘orga ekskursiya tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik punktini tashkil etish.

2019-yil

may

Qashqadaryo viloyati va Yakkabog‘ tumani hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

4.

Tatar, Zarmast va Vari qishloqlari yo‘nalishidagi turizm marshrutlarini targ‘ib etish.

1. Tatar, Zarmast va Vari qishloqlariga mahalliy va xorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun info turlar tashkil etish.

2. Marshrutlarni turoperatorlar faoliyatiga joriy etish

2019-yil
aprel oyidan doimiy

Qashqadaryo viloyati va Yakkabog‘ tumani hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

4. Sarchashma va Suvtushar qishloqlarida ekologik turizm yo‘nalishi

1.

Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga olib boruvchi yo‘llarni takomillashtirish.

1. Shahrisabz shahridan Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga olib boruvchi yo‘llarni ta’mirlash (50 km).

2. Shahrisabz shahridan Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga olib boruvchi yo‘llarda yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish (5 ta).

3. Suvtushar qishlog‘idagi sharsharaga olib boruvchi piyoda yo‘laklarini obodonlashtirish, ta’mirlash va xavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish.

2019-yil aprel

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari

2.

Sarchashma va Suvtushar qishloqlarida turistlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

1. Turizm xizmatlarini tashkil etish maqsadida:

oilaviy mehmon uylarini tashkil etish imkoniyati mavjud bo‘lgan salohiyatli xonadonlarning;

mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlani� nuqtalari va xonadonlarning;

mavjud hunarmandlarning;

saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining;

qishloqlarni va ular bilan bog‘liq tarix va qiziqarli ma’lumotlarga ega mahalliy aholi vakillarining ro‘yxatini shakllantirish.

2. Oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va ularni ro‘yxatga olish.

3. Mahalliy taomnomaga muvofiq taomlar a’lo darajada tayyorlanadigan umumiy ovqatlanish nuqtalari va xonadonlarni turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash.

4. Saqlanib qolgan an’anaviy chorvachilik, polizchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanuvchi namunaviy mahalliy aholi vakillarining xonadonlari, poliz maydonlari
va bog‘larini turistlarni qabul qilish uchun tayyorlash.

2019-yil
aprel

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari,












Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi


Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi



Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston Oshpazlar uyushmasi

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

3

Suvtushar qishlog‘ida sharshara atrofida ekologik dam olish maskanlarini tashkil etish.

1. Qishloqda joylashgan sharsharaga olib boruvchi yo‘laklarni xavfsizlik talabiga javob beruvchi holatga keltirish.

2. Qishloqda dam olish maskanlari, shu jumladan 5 ta mehmon uyi, 5 ta kemping va 10 ta o‘tov tashkil etish.

3. Qishloqda zamonaviy sanitar-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

2019-yil

sentyabr

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

4

Sarchashma va Suvtushar marshrutini targ‘ib etish

1. Sarchashma va Suvtushar qishloqlariga mahalliy va xorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish.

2. Marshrutlarni turoperatorlar faoliyatiga joriy etish.

doimiy

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

5. Kitob kenglik stansiyasi hududida astronomik turizm yo‘nalishi

1.

Kitob kenglik stansiyasiga olib boruvchi yo‘llarni takomillashtirish.

1. Shahrisabz shahridan boshlab kompleksgacha bo‘lgan yo‘nalishda o‘zbek va ingliz tillarida yo‘l ko‘rsatkichlarini joylashtirish.

2. Rasadxonaga olib boradigan avtomobil yo‘llari va piyoda yo‘llarining holatini yaxshilash.

2019-yil
iyun

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari

2.

Kitob kenglik stansiyasini sayyohlar tashrifi uchun tayyorlash.

1. Rasadxonalardagi ekskursiya orqali namoyish etiladigan obyektlar holatini yaxshilash.

2. Kechki yoritish tizimlarini yaxshilash.

3. Rasadxonaning mas’ul xodimini belgilagan holda turistlar va ularning guruhlari uchun ekskursiya tashkil etiladigan kun va soatlarni belgilash va ochiq manbalarda joylashtirish.

4. Rasadxonalar hududlarida kamida 2 tadan sanitariya-gigiyena shoxobchalarini tashkil etish.

2019-yil
iyun

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari,

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi

3.

Kitob kenglik stansiyasida qo‘shimcha xizmatlarni tashkil etish.

1. Yulduzlar tomoshasi xizmatini tashkil etish uchun qo‘shimcha mobil professional va havaskorlar teleskoplarini xarid qilish va o‘rnatish.

2. Yulduzlar tomoshasi xizmatidan foydalanish uchun qolgan turistlarga palatkali joy tayyorlash uchun sharoit yaratish.

3. Observatoriyada kichik xonani jihozlagan holda muzey va savdo nuqtasi tashkil etish hamda unda astronomiya va rasadxonalarga tegishli turli nashrlar, “39.08 kenglikda yulduzlar bilan sayr” brendi, Maydanak va Kitob kenglik rasadxonalarining nomlari tushirilgan hunarmandchilik, zargarlik va to‘qimachilik mahsulotlari savdosini yo‘lga qo‘yish.

4. Astronomiya va astrofizikaga qiziquvchilar uchun rasadxonada astronomiya bo‘yicha ilmiy anjuman va seminarlar o‘tkazish uchun jihozlangan maxsus xonani tashkil etish.

2019-yil
iyun

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari,


O‘zbekiston Fanlar akademiyasi,

tashabbuskorlar

4.

Kitob kenglik stansiyasining keng targ‘ibot ishlarini tashkil etish.

1. Rasadxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni fotosurat va videoroliklar bilan birgalikda ijtimoiy tarmoqlarda, turizm portallarida muntazam yoritib borish.

2. Rasadxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni jamlash, o‘rganish va turli shakldagi risola, buklet va to‘plam ko‘rinishlarida tayyorlash.

3. Rasadxona to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi buklet, broshyura, fotoalbom va videoroliklarni tayyorlash, ularni mahalliy va xorijiy turoperatorlarga taqdim qilib borish, turli turizm ko‘rgazma va forumlarida tarqatish.

4. Rasadxonada mahalliy va xorijiy turoperatorlar, OAV vakillari uchun infoturlar tashkil etish.

doimiy



2019-yil may



2019-yil
maydan oyidan boshlab doimiy

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi,

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari

6. “Festivallar shahri” brendi ostida MICE turizm yo‘nalishi

1.

Amir Temur merosi va Keshlik allomalar tarixiga bag‘ishlangan seminarlarni o‘tkazish.

1. Amir Temur merosi va bunyodkorlik san’atiga
bag‘ishlangan ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlarni tashkil etish yuzasidan ishchi guruh tuzish.

2. Xalqaro konferensiyani keng targ‘ib qilish ishlarini amalga oshirish.

3. Xalqaro va mahalliy miqyosda Amir Temur tarixini o‘rganayotgan yoki ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan olimlarni konferensiyalar va o‘quv-seminarlarga taklif qilish.

4. O‘quv-seminarlar va xalqaro konferensiyalar yakuni doirasida ilmiy-amaliy qo‘llanma ishlab chiqish.

5. Konferensiyalar va seminarlarning OAVda keng yoritilishini ta’minlash.

6. “Keshlik allomalarning islom madaniyati va ilm-fan rivojidagi o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

7. Ilmiy-amaliy konferensiyani keng targ‘ib qilish ishlarini olib borish.

8. Ilmiy-amaliy kanferensiyaga jahonga mashhur bo‘lgan islomshunos olimlar va tadqiqotchilarni taklif qilish.

9. Konferensiyani yuqori saviyada tashkil etish.

10. Konferensiya yakunida ilmiy-amaliy qo‘llanma ishlab chiqish.

2019-yil

iyul











2019-yil

avgust

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi,

Qashqadaryo viloyati �a Shahrisabz shahri hokimliklari,
Madaniyat vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Milliy to‘y-hashamlarda turistlar ishtirokini ta’minlash.

1. Shahrisabz tumani va ?ahrida mahalliy aholi tomonidan o‘tkaziladigan to‘y-hashamlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Sayyohlarni keng jalb qilish maqsadida turoperatorlarga to‘y-hashamlar bo‘lib o‘tadigan sanalar ro‘yxatini taqdim qilib borish.

3. Turoperatorlarga mahalliy mas’ullar ichidan hamroh biriktirish.

yil davomida

Qashqadaryo viloyati, Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumani hokimliklari

3.

Navruz bayrami doirasida Shahrisabz shahrida “Xalqaro milliy liboslar festivali”ni o‘tkazish.

1. “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan bayram dasturlarini tayyorlash hamda joylarda madaniy-ma’rifiy, ommaviy tadbirlar va xalq sayillarini tashkil etish.

2. “Navro‘z” umumxalq bayramini keng targ‘ibot qilish ishlarini olib borish.

3. “Navro‘z” umumxalq bayrami doirasida milliy xalq o‘yinlari, folklor-etnografik jamoalar va baxshi-shoirlar festivallarini o‘tkazish.

4. “Navro‘z” umumxalq bayrami doirasida Qashqadaryo milliy taomlar festivalini tashkil etish.

5. “Xalqaro milliy liboslar festivali”ni tashkil etish.

6. Festivalni yuqori saviyada tashkil etish maqsadida respublikada faoliyat yuritayotgan dizaynerlar, libos ustalarini, jumladan, xorijiy va mahalliy yosh dizaynerlarni taklif qilish.

7. Mashhur dizayner ustalar tomonidan festival doirasida mahorat darslarini tashkillashtirish.

8. Dizaynerlik mahsulotlarini sotib olish imkoniyatini yaratish.

9.”Navro‘z” umumxalq bayramining OAVda keng yo�itilishini ta’minlash.

2019-yil mart

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari,
Madaniyat vazirligi,
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

4.

Milliy kurash musobaqalarini tashkil etish.

1. Shahrisabz shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun kurash bo‘yicha Amir Temur xalqaro xotira turnirini o‘tkazish.

2. Xalqaro xotira turnirini keng targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish.

3. Sovrindorlarni taqdirlash uchun homiylik va boshqa mablag‘larni jalb qilish ishlarini tashkil etish.

4. Xalqaro turnirni yuqori saviyada tashkil etish uchun milliy kurash musobaqalarining tuman va shahar bosqichlarini tashkil qilish.

5. Shahrisabz shahrida yakuniy (final) bosqichini tashkil qilish.

6. Yakuniy bosqich g‘oliblarining xalqaro kurash musobaqasida ishtirok etishini ta’minlash.

7. Kurash musobaqalari OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini ta’minlash.

2019-yil

sentyabr-oktyabr

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

5.

“Shahrisabz hunarmandlar maskani” festivalini tashkil etish.

1. Respublikadagi barcha hunarmandlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Ushbu ro‘yxat asosida ularni festivalda ishtirok etishi uchun taklif qilish.

3. Hunarmandlar o‘z mahsulotlarini namoyish qilishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.

4. Hunarmandchilik festivalini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib qilish ishlarini olib borish.

5. Hunarmandchilik mahsulotlarining savdosini yo‘lga qo‘yish. Xususan, ularni onlayn sotib olish imkoniyatini yaratish.

2019-yil may

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Respublika “Hunarmand” uyushmasi, Savdo sanoat palatasi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

6.

Shahrisabz tumanida “Hisor tog‘lari” ekofestivalini o‘tkazish.

1. Ekofestivalni tashkil qilish uchun ishchi guruh tuzish.

2. Ekofestival o‘tkaziladigan joy, taklif etiladiganlar ro‘yxati, festival ishtirokchilari ro‘yxatini shakllantirish va OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ibot ishlar�ni olib borish.

3. Ekofestival doirasida folklor ansambllar va baxshilar chiqishlari, milliy xalq o‘yinlari, milliy taomlar ko‘rgazmasi va mahalliy hunarmandlarning milliy hunarmandchilik mahsulotlari yarmarkasini tashkil etish.

2019-yil iyun

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

7.

Shahrisabz shahrida “Zafarli yurish” nomli teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarini tashkil etish.

1. Amir Temurning Shahrisabz shahrining tarixiy markazi hududiga kirib kelishiga bag‘ishlangan teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarini tashkil etish.

2. Shahrisabz shahrining tarixiy markazi hududida tasdiqlangan ssenariy asosida haftaning juma va shanba kunlari teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarini tashkil etish.

3. Teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlarini namoyish etuvchi teatr ustalari, aktyor va aktrisalarni keng jalb qilish ishlarini olib borish.

4. Ushbu namoyishlarning OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borilishini ta’minlash.

5. Ushbu davr davomida milliy raqs dastalarining chiqishlarini tashkil etish.

2019-yil iyun — avgust

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi

8.

Maqom san’atini xalq orasida keng ommalashtirish maqsadida xalqaro maqom festivalini o‘tkazish.

1. Respublikamizda faoliyat yuritayotgan san’at va boshqa kasb egalari o‘rtasida maqom san’ati ijrochilik mahoratini namoyish etish.

2. Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish, targ‘ibot ishlarini olib borish, unga turli kasb egalarini jalb etish.

3. Festival doirasida yetuk maqom ustalari tomonidan mahorat darslari tashkil etilishini ta’m�nlash.

4. Festivalni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini ta’minlash.

2020-yil

Madaniyat vazirligi,

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari,

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi,

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

9.

“Xorijiy kinofilmlar kuni”ni tadbirini tashkil etish.

1. Xorijiy mamlakatlarda suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishini tashkil etish.

2. “Xorijiy kinofilmlar kun”lari doirasida seminarlar, mahorat darslari tashkil etish.

3. Tadbirlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilishini ta’minlash.

yil davomida

“O‘zbekkino” Milliy agentligi,

Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz shahri hokimliklari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

10.

“Ko‘pkari” milliy o‘yinlarini tashkil qilish.

1. Bahor va kuz oylarida “Ko‘pkari” milliy o‘yinini tashkil etish.

2. Ko‘pkari o‘yinini keng targ‘ib qilish ishlarini tashkil etish.

3. Respublika va xorijiy davlatlardagi ko‘pkari o‘yiniga qiziquvchilarni musobaqada ishtirok etish uchun taklif qilish. Bunda internet va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ibot ishlarini olib borish.

4. Ko‘pkari o‘yinini Kitob tumanining “Qaynar” qishlog‘ida tashkil qilish.

5. Ko‘pkari o‘yini jarayonini OAV va ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib borish.

6. “Ko‘pkari” o‘yinini mavsumdan tashqari vaqtlarda turoperatorlar va sayyohlarning talabi asosida ham tashkil etish.

yil davomida

Qashqadaryo viloyati va Kitob tumani hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi,

manfaatdor vazirlik va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 8-martdagi 198-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlatga tegishli obyektlarni va aktivlarni xususiy mulk qilib sotishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 19-maydagi 295-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 21-son, 392-modda) 2-ilovaning 93-pozitsiyasi chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.03.2019-y., 09/19/198/2728-son, Qonunchilik hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)