Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Valyuta operatsiyalarini tartibga solishning bozor mexanizmlarini joriy qilishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
[Koʻchirma]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-5177-son Farmoniga muvofiq:
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Qoʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi raisi M.B. Nurmuratov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2019-yil 7-mart,
PQ-4233-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi PQ-4233-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 16-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-350-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 4-bandda:
a) uchinchi xatboshidagi “vakolatli banklarni” soʻzlari “tijorat banklarni” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Jamgʻarma hisobvaragʻiga tushgan milliy valyutadagi mablagʻlar ular tushgan sanadagi Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining savdo sessiyalarida oʻrnatilgan joriy kurs boʻyicha chet el valyutasiga konvertatsiya qilinadi va Jamgʻarmaning valyuta hisobvaragʻiga oʻtkaziladi”.
2. 2-ilovada:
a) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “vakolatli banklarning” soʻzlari “tijorat banklarning” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 20-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamgʻarma hisobvaragʻiga tushgan milliy valyutadagi mablagʻlarni ular tushgan sanadagi Oʻzbekiston respublika valyuta birjasining savdo sessiyalarida oʻrnatilgan joriy kurs boʻyicha chet el valyutasiga konvertatsiya qiladi va Jamgʻarmaning valyuta hisobvaragʻiga oʻtkazadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 07/19/4233/2725-son)