Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining
buyrugʻi
Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1401-4]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2025-yil 30-yanvardagi 230-sonli ““Asosiy vositalarni balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1401-5, 07.02.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2004-yil 16-avgustdagi 101-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1401, 2004-y., 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonuni hujjatlari toʻplami, 2004-yil, 34-35-son, 398-modda) bilan tasdiqlangan Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir D. KUCHKAROV
Toshkent sh.,
2019-yil 27-fevral,
21-son
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2019-yil 27-fevraldagi 21-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Asosiy vositalar qiymatini balansdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1 va 2-ilovalardan “M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. 3-ilovada:
“Bosh buxgalter (buxgalter)” degan soʻzlar “Buxgalteriya hisobi hamda moliyaviy boshqarish vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs (buxgalter)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
“M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/1401-4/2716-son)