Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 6-martda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2868-1]
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-apreldagi PF-5414-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 8-fevraldagi 01-02/8-4-son qarori (roʻyxat raqami 2868, 2017-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 11-son, 176-modda) bilan tasdiqlangan Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Rais M. AZIMOV
Toshkent sh.,
2019-yil 8-fevral,
01-02/8-14-son
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 8-fevraldagi 01-02/8-14-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandda:
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga BQDni oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BQDni toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;”;
toʻrtinchi xatboshidagi “mutaxassisning” degan soʻz “deklaratsiyalovchi shaxsning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. 2-bandda:
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“ikkinchi nusxa — deklaratsiyalovchi shaxs uchun;”;
yettinchi xatboshidagi “mutaxassis” degan soʻz “deklaratsiyalovchi shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
3. 8-bandning ikkinchi xatboshisidagi “mutaxassisni” degan soʻz “deklaratsiyalovchi shaxsni” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 9-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. BQD qogʻoz shaklda taqdim etilganda, BQDning biror bir grafasida bayon etilayotgan maʼlumotlarni koʻrsatish uchun joy yetarli boʻlmasa, ushbu maʼlumotlar BQDning orqa tomonida yoki qoʻshimcha ilova qilinadigan, BQDning ajralmas qismi boʻlgan varaqlarda koʻrsatilishi mumkin. Bunday yozuv deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi, tegishli grafada esa “BQDning orqa tomoniga qarang” yoki “qoʻshimcha varaqqa qarang” yozuvi qayd etiladi.”.
5. 12-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“12. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2a, 2b, 3, 4, 5, 6, 7a, 7b, 8a, 8b, 9a, 9b, 10a, 10b, “Tovar №”, “Tovar kodi”, 11a, 11b, 12, 13a, 13b, 14, 15, 16, 17a, 17b, 17v, 18, 19, 20, 21, 22, 23a, 23b, 24 “Qoʻshimcha maʼlumotlar”, “Imzo”.”.
6. 14-bandda:
a) birinchi xatboshidagi “Mutaxassis” degan soʻz “Deklaratsiyalovchi shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) 3-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3) 2b-grafa. “Deklaratsiyalovchi shaxs”.
Grafada BQD-1ni toʻldirgan va bojxona organiga taqdim etayotgan deklaratsiyalovchi shaxsning qisqacha nomi koʻrsatiladi.”;
v) 15-kichik bandda:
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Grafada 2b-grafada koʻrsatilgan shaxs nomidan BQD-1ni taqdim etayotgan joy va sana, shuningdek deklaratsiyalovchi shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar koʻrsatiladi (rekvizitlarning har biri yangi satrdan boshlanadi va har birining oldiga ularning tartib raqami qoʻyiladi):”;
uchinchi xatboshidagi “mutaxassisning” degan soʻz “deklaratsiyalovchi shaxsning” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“BQD-1da bayon etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, elektron BQD-1 da deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qogʻoz shakldagi BQD-1da deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.”.
7. 15-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“15. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi grafalar toʻldiriladi: 1, 2a, 2b, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, “Tovar №”, “Tovar kodi”, 11, 12, 12a — 12d, 13, 13a, 13b, 14, 14a — 14d, 15, 16, 17, 17a, 17b, 18a, 18b, 19, 20, 21, 22, 23a, 23b, 24, “Qoʻshimcha maʼlumotlar”, “Imzo”.”.
8. 17-bandda:
birinchi xatboshidagi “Mutaxassis” degan soʻz “Deklaratsiyalovchi shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
10-kichik bandning ikkinchi va yettinchi xatboshilaridagi “mutaxassis” degan soʻz “deklaratsiyalovchi shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
31-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31) “Imzo” grafasi.
Maʼlumotlarning toʻgʻriligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qogʻoz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.”.
9. 18-bandda:
a) birinchi xatboshidan “, muhr” degan soʻz chiqarib tashlansin;
b) 34-kichik bandning uchinchi xatboshisidagi va 38-kichik bandning ikkinchi xatboshisidagi “mutaxassis” degan soʻz “deklaratsiyalovchi shaxs” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
v) 45-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“45) “Imzo” grafasi.
Maʼlumotlarning toʻgʻriligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qogʻoz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.”;
g) 48-kichik bandning uchinchi xatboshisidagi “5 va u asosdagi 6-usullar” degan soʻzlar “5-usul” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
d) 57-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“57) “Imzo” grafasi.
Maʼlumotlarning toʻgʻriligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qogʻoz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.”;
e) 59-kichik bandda:
beshinchi xatboshidagi “1-usulni qoʻllash uchun belgilangan talablarga” degan soʻzlar “taqdim etilgan maʼlumotlarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“B boʻlimda “Qoʻshimcha hisoblar: “A” boʻlimiga kiritilmagan, milliy valyutadagi xarajatlar” bojxona organlari ixtiyorida mavjud boʻlgan maʼlumotlari asosida bojxona qiymatini hisoblash uchun asosga qoʻshimcha hisoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi.”;
j) 60-kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“60) “Imzo” grafasi.
Maʼlumotlarning toʻgʻriligi deklaratsiyalovchi shaxsning ERIsi, qogʻoz shakli deklaratsiyalovchi shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.”.
10. 1 va 2-ilovalardan “, muhr” degan soʻz chiqarilib tashlansin.
Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlarga
ILOVA
ILOVA
“Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
3-ILOVA
3-ILOVA
Maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlarning
ROʻYXATI
1. Bojxona qiymati 1-usul boʻyicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) majburiy tartibda:
Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi tomonidan biriktirilgan tashqi savdo kontraktining (shartnoma, kelishuv) identifikatsiya raqami;
hisobvaraq-faktura (invoys).
b) tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 304 va 305-moddalariga asosan maʼlum qilingan narxga tuzatishlar kiritish lozim boʻlganda:
sugʻurta hujjatlari;
tovarning tashish va (yoki) yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga toʻkish boʻyicha shartnomasi (transport ekspeditsiya shartnomasi), tovarni tashishga, yuklash, tushirish, qayta yuklash, boshqa joyga toʻkishga hisobvaraq-faktura (invoys), bank hujjatlari (agar hisobvaraq-faktura (invoys) toʻlangan boʻlsa), transport tariflari toʻgʻrisidagi hujjatlar (maʼlumotlar) yoki tashish qiymatini aks ettiruvchi buxgalterlik hujjatlari (agar sotib oluvchi oʻzining transportida tovarni tashishni amalga oshirgan boʻlsa);
vositachilik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma (vositachilik shartnomasi, brokerlik xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma), vositachilik xizmatlarini koʻrsatish uchun hisobvaraq-faktura (invoys), bank toʻlov hujjatlari;
litsenzion va (yoki) mualliflik kelishuvi, hisobvaraq-faktura (invoys), bank toʻlov hujjatlari, olib kelinayotgan (olib kelingan) tovarga taalluqli boʻlgan intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun toʻlovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik va boshqa hujjatlar;
olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan sotuvchiga bevosita yoki bilvosita oʻtadigan tushumning istalgan qismi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjat (shu jumladan, buxgalterlik) va maʼlumotlar;
konteyner va (yoki koʻp marta ishlatiladigan boshqa idishlarning, oʻrov-joylov materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining, agar mazkur xarajatlar sotib oluvchi tomonidan amalga oshirilgan, biroq olib kiriladigan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxga qoʻshilmagan qiymati toʻgʻrisidagi shartnomalar, hisobvaraqlar, bank toʻlov hujjatlari;
sotuvchi tomonidan sotib oluvchiga muayyan tovar turkumi uchun chegirma berish asosini, ularning miqdorini koʻrsatuvchi maʼlumotlar.
v) bojxona organlari qoʻllaydigan xavfni boshqarish tizimi tomonidan oʻrta yoki yuqori koʻrsatkichga ega xavf darajasi aniqlangan hollarda:
joʻnatuvchi mamlakat bojxona deklaratsiyasi*;
baholanayotgan tovarni yetkazib berilishiga aloqador boʻlgan uchinchi shaxslar bilan kontraktlar;
baholanayotgan tovarni yetkazib berilishiga aloqador boʻlgan uchinchi shaxslar uchun toʻlov hisoblari;
baholanayotgan tovar Oʻzbekiston Respublikasiga reeksport qilinayotgan hollarda, erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan bojxona deklaratsiyasi.
* Agar joʻnatuvchi mamlakat bojxona yuk deklaratsiyasida tovarning bojxona qiymati koʻrsatilmagan boʻlsa yoki ushbu mamlakatning qonun hujjatlarida tovarni olib chiqishda bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish nazarda tutilmagan boʻlsa, u holda bojxona yuk deklaratsiyasi oʻrniga joʻnatuvchi mamlakatning bojxona organlari tomonidan tasdiqlangan tovarning qiymatini aks ettiruvchi boshqa hujjat taqdim etilishi mumkin.
2. Bojxona qiymati 2 yoki 3 usul boʻyicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) majburiy tartibda bojxona organi tomonidan qabul qilingan va bojxona qiymati 1-usul boʻyicha aniqlangan holda chiqarilgan aynan bir xil va oʻxshash tovarlarga tegishli boʻlgan bojxona deklaratsiyasi;
b) qiymatga tuzatishlar kiritish amalga oshirilishi lozim boʻlgan hollarda:
tashqi savdo kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) va unga qoʻshimcha kelishuvlar;
hisobvaraq-faktura (invoys).
tovarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjat va maʼlumotlar.
3. Bojxona qiymati 4-usul boʻyicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida baholanayotgan, aynan bir xil va oʻxshash tovarlarni sotilganligi toʻgʻrisidagi shartnomalar;
b) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududida oʻsha klassdagi va turdagi tovarlarni sotishda qoʻyilgan hisobvaraq-faktura (invoys);
v) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarni olib kirish va sotish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarni aks ettiruvchi hisobvaraq-faktura, bank hujjatlari (agar hisobvaraq-fakturalar toʻlangan boʻlsa), buxgalterlik hujjatlari (vositachi haqlari toʻgʻrisida, tijorat xarajatlari, tashish xarajatlari, sugʻurta, yuklash va tushirish ishlari, olinadigan daromad);
g) baholanayotgan tovarga ishlov berish natijasida qoʻshilgan qiymat toʻgʻrisidagi hujjat va maʼlumotlar, agar bunday tovar unga keyinchalik ishlov berilgandan keyin sotilayotgan boʻlsa: ishlov berish boʻyicha pullik xizmat koʻrsatish shartnomasi, buyurtmachiga ijrochi tomonidan qoʻyilgan hisobvaraq-faktura (invoys), ushbu shartnomani toʻlash boʻyicha bank hujjatlari, ishlov berish qiymati toʻgʻrisida buxgalterlik hujjatlari (kalkulatsiya);
d) Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga tovarlarni olib kirish va (yoki) sotish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasida bojxona boji, soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni toʻlanganligi toʻgʻrisidagi hujjatlar.
4. Bojxona qiymati 5-usul boʻyicha aniqlanganda deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ishlab chiqarish uchun qilingan xarajatlar hamda materiallarni sotib olish va (yoki) baholanayotgan tovarlarni ishlab chiqarish boʻyicha ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) xarajatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari, shuningdek, baholanayotgan (olib kiriladigan) tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa operatsiyalar, shu jumladan, idish va oʻrash-joylash uchun qilingan xarajatlar, shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlari ishlab chiqaruvchi toʻlaganligi umumeʼtirof etilgan buxgalterlik hisobi tamoyillariga muvofiq tuzilgan baholanayotgan tovar ishlab chiqaruvchisining tijorat hisobvaraqlari;
b) ishlab chiqaruvchi va (yoki) eksportyorning baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan, ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni Oʻzbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda va Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 312-moddasi “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan buxgalterlik hujjatlari;
v) tashqi savdo kontraktida (shartnomasida, kelishuvida) belgilangan bitim shartlariga muvofiq sugʻurta hujjatlari;
g) tashish uchun hisobvaraq-faktura (invoys) (tashish xarajatlari kalkulatsiyasi), Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan joyiga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar.”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 10/19/2868-1/2714-son)