ILOVA
|
Bosqichlar |
Masʼul ijrochilar |
Tadbirlar |
Bajarish muddatlari | |||
|
I-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi, viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari bilan birgalikda respublika, viloyat va tuman darajasidagi davlat tibbiyot tashkilotlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, dori vositalari va tibbiyot buyumlarini taqsimot roʻyxatini shakllantirish va tasdiqlash. |
2019-yil 10-mart | |||
|
II-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan taqsimot roʻyxatiga asosan 2019-yil davlat budjeti parametrlari doirasida, shuningdek, zarur hollarda mahalliy budjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalariga dori vositalari va tibbiyot buyumlar uchun zarur mablagʻlarni ajratish. |
2019-yil 1-aprel | |||
|
III-bosqich |
“Oʼzmedimpeks” DUK |
“Oʼzmedimpeks” DUK tomonidan 26.5 mlrd soʻm foizsiz budjet ssudasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarish. |
2019-yil 1-aprel | |||
|
IV-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Va�irlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
Tasdiqlangan taqsimotga muvofiq davlat tibbiyot tashkilotlari xarajatlari smetalarida dori vositalari va tibbiyot buyumlari uchun rejalashtirilgan budjet mablagʻlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari xarajatlar smetasining tegishli satriga jamlash. |
2019-yil 20-aprel | |||
|
V-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari |
Tasdiqlangan taqsimotga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning hududiy boshqarma organlari oʻrtasida dori vositalari hamda tibbiyot buyumlarini sotish uchun toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar tuzish. |
2019-yil 1-may | |||
|
VI-bosqich |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi. Toshkent shahar sogʻliqni saqlash bosh boshqarmasi va viloyatlar sogʻlikni saqlash boshqarmalari |
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotish yuzasidan tuzilgan shartnomaga muvofiq mablagʻlarni toʻlash. |
Belgilangan muddatlarda | |||
|
VII-bosqich |
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi |
Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini sotishdan tushgan 258,5 mlrd soʻm mablagʻni jamlash va foizsiz budjet ssudasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga qaytarish. |
2019-yil 1-iyul | |||