26.02.2019 yildagi 170-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 06.05.2021 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berishni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, shuningdek, davlat uy-joy fondidagi turar joylar berishning normativ-huquqiy bazasini yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020-yil 1-yanvarga qadar davlat uy-joy fondidagi turar joylarni olish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni idoralararo elektron hamkorlik tizimi orqali olishni yoʻlga qoʻysin hamda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolar boʻyicha elektron maʼlumotlar bazasini shakllantirib, ularni oʻz rasmiy veb-saytlariga joylashtirilishini va muntazam ravishda yangilab borilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi transport vaziri A.J. Ramatov hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 26-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksiga muvofiq, uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish va Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash hamda taqdim etish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy — fuqarolarning doimiy yashashiga moʻljallangan, belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga moʻljallangan joylar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat uy-joy fondi — munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondlaridan iborat uy-joy fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
munitsipal uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joy fondi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy uy-joy fondi — davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining toʻla xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan uy-joy fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat turar joylari — xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, oʻz mehnat munosabatlari xususiyatiga koʻra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak boʻlgan fuqarolar koʻchib kirishiga moʻljallangan turar joylar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, turar joy maydonini olish uchun navbatni belgilash, shuningdek, uni taqsimlash va davlat uy-joy fondi uylarida ijara shartnomasi shartlari asosida fuqarolarga taqdim etish mahalliy davlat hokimiyati organlari va idoraviy uy-joy fondi boʻlgan davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda Tashkilotlar deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandning birinchi xatboshisidagi tadbirlarni amalga oshirish uchun mahalliy davlat hokimiyat organlari hamda tashkilotlarda sogʻliqni saqlash organi, davlat kadastr xizmati, aholini ijtimoiy muhofaza qiluvchi organ va murojaat qilgan fuqaroning yashash joyidagi fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlarining vakillaridan iborat tarkibda turar joy masalalari boʻyicha komissiya tuziladi. Komissiyaning tarkibi va ish tartibi mahalliy davlat hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyga muhtoj boʻlgan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarga turar joylar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylardan yoki vaqtincha foydalanilmayotgan, davlat mulki boʻlgan yotoqxonalardagi, uy-joylardagi hamda koʻp kvartirali uylardagi boʻsh turgan kvartiralardan beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan fuqarolarga xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondini, muhandislik uskunalarini, shu uylarga tutash, obodonlashtirish elementlari boʻlgan yer uchastkalarini lozim darajada saqlashni, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlashni hamda fuqarolarning yashashi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan boshqa faoliyatni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondini boshqarish uy-joy fondining mulkdori bilan boshqaruvchi (ijrochi direktor) yoki boshqaruvchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomaga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat uy-joy fondi mulkdori yoki uning vakolatli organi fuqarolar tomonidan turar joylardan va uy atrofidagi yerlardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi, belgilangan tartibda olingan order asosida ijaraga oluvchilar bilan mulkdor nomidan turar joyni ijaraga olish shartnomalarini tuzadi va shartnoma majburiyatlarining bajarilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish ushbu Nizomning 1 va 1a-ilovalaridagi sxemalarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Turar joy maydonining normasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylar fuqarolarga uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy maydonining ijtimoiy normasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir kishi hisobiga oʻn olti kvadrat metrdan kam boʻlmagan umumiy maydon hajmida, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun esa — yigirma uch kvadrat metrdan kam boʻlmagan hajmda belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Er-xotindan tashqari turli jinsga mansub shaxslarni bir xonaga yoki bir xonali kvartiraga joylashtirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida munitsipal, idoraviy va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan uy-joy maydonining ijtimoiy normasidan ortiqcha turar joy berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizomning 12-bandi “v” kichik bandida nazarda tutilgan ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir turlari bilan kasallangan fuqarolarga, shuningdek, bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga koʻra qoʻshimcha maydon zarur boʻlgan fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tasdiqlagan roʻyxat boʻyicha, shuningdek bajarayotgan ish sharoitlari va xususiyatiga koʻra qoʻshimcha maydon zarur boʻlgan fuqarolarga bunday maydon miqdori koʻpaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) turar joy maydoniga ega boʻlmagan yoki yashash uchun yaroqsiz uy-joylar (baraklar, vaqtinchalik uylar, avariya holatidagi uylar, yertoʻlalar)da yashovchi fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir oila aʼzosi oʻn olti kvadrat metrdan, kreslo-aravachada harakatlanadigan nogironlar uchun — yigirma uch kvadrat metrdan kam boʻlgan turar joy bilan taʼminlanganlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) yotoqxonalarda, ishlab chiqarish va xizmat xonalarida yashovchilar, bundan mavsumiy va vaqtinchalik xodimlar shuningdek, oʻqishlari sababli yotoqxonalarga koʻchib oʻtgan fuqarolar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) qarindoshlik aloqalari boʻlmagan ikki va undan koʻp oila boʻlib bir kvartirada yashovchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) alohida kvartirada yashashga muhtoj boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan ayrim surunkali kasalliklarning ogʻir shakllariga chalinganlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) uy-joy ajratilayotgan aholi punktida kamida uch yil yashayotgan va roʻyxatda turgan fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Tegishli aholi punktida doimiy yashashidan qatʼiy nazar quyidagilar uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar sifatida hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) dala sharoitlarida kamida yigirma yil ishlagan va shu tufayli doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan geologiya-qidiruv tashkilotlari va topografiya-geodeziya xizmatlari xodimlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) mazkur bandning “a” kichik bandida belgilangan muddatda, ammo boshqa aholi punktlarida yashaydigan, agar ular yashash joyi boʻyicha ish joyi joylashgan aholi punktida amalda boʻlgan uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojlar hisobiga qoʻyish shartlariga javob bergan taqdirda, shu aholi punktida joylashgan tashkilotlarda uzluksiz ishlagan xodimlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidan turar joy beriladigan fuqarolar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalminal jangchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) shartnoma boʻyicha harbiy xizmatdan zaxiraga boʻshatilgan yoki isteʼfoga chiqqan harbiy xizmatchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) quyidagi ogʻir turdagi surunkali kasalliklarga chalingan fuqarolar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
disforiya, shaxsiyatining oʻzgarishi va aqli zaiflik bilan kechadigan epilepsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez-tez takrorlanishi oqibatida muvozanatdan chiqaruvchi affektiv va vasvasa sindromi bilan kechadigan surunkali psixozlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surunkali shizofreniya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aqliy nuqson (demensiya) bilan kechadigan bosh miyaning organik kasalliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiy oʻzgarishlar bilan kechadigan bosh miya qon-tomir kasalliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruhiyatning oʻzgarishi oqibatida I va II guruh nogironligiga chalingan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axlatli va siydikli oqmalar, shuningdek axlat va siydikni tuta olmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp miqdorda suyuqlik ajratuvchi xavfli oʻsmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻp miqdorda suyuqlik ajralishi bilan kechadigan teri toshmalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oyoq gangrenasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻpka va boshqa aʼzolar silining sil mikrobakteriyalarini ajratayotganligi takroriy laborator tekshiruv natijasida tasdiqlangan faol (yuqumli) turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moxov kasalligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) koʻp bolali oilalar;
(12-banding “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 830-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) chin yetim bolalarni vasiylikka olgan oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) uch nafar va undan ziyod mehnatga layoqatsiz oila aʼzolari boʻlgan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) ishlamaydigan I va II guruh nogironlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) keksayib qolgan yolgʻiz pensionerlar — yolgʻiz yashaydigan keksalar, voyaga yetmagan bolalar yoxud qamoqda va jazoni oʻtash muassasalarida, uzoq muddat davolanishda boʻlgan shaxslar bilan birga yashaydigan oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan pensiya yoshidagi shaxslar (60 yoshga yetgan erkaklar, 55 yoshga yetgan ayollar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) bolalikdan nogiron boʻlib qolgan 16 yoshgacha yoki bolalikdan I va II guruh nogironi boʻlib qolgan bolalari boʻlgan oilalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Turar joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni yashab turgan joylari boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining hisobga olish va turar joylarni taqsimlash boʻlimlari tomonidan, bunday boʻlimlar boʻlmaganda, ushbu vazifa yuklatilgan masʼul mansabdor shaxslar tomonidan, ish joyi boʻyicha esa, tashkilotlar kasaba uyushmasi bilan kelishilib tayinlangan mansabdor shaxslar tomonidan hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tashkilotlarda ishlayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish ularning ish joyida yoki istagiga koʻra yashash joyida fuqaro tomonidan tegishli tuman (shahar) hokimi nomiga (idoraviy uy-joy fondida mazkur tashkilotning rahbari nomiga) ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kelib tushgan ariza fuqarolarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga olish toʻgʻrisidagi arizalarini roʻyxatga olish kitobiga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Fuqarolarni hisobga qoʻyish uchun uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqaro yoki notarial tasdiqlangan ishonchnomaga ega boʻlgan uning vakili tomonidan ariza topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Fuqarolarni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga qoʻyish haqidagi arizasi va zarur boʻlgan hujjatlar joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlarning tegishli komissiyasi tomonidan koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiya ariza beruvchining turar joy sharoitlarini koʻrib chiqqandan keyin tegishli dalolatnoma tuzadi hamda hisobga qoʻyish yoki rad etish haqida taklif kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni yashash joyida hisobga qoʻyish yoki rad etish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, ish joyida esa — tashkilot maʼmuriyatining qarori (buyrugʻi) bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi arizalar ular kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun mobaynida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritilgan fuqaro bu haqda uni hisobga qoʻygan mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlarning tegishli komissiyasi tomonidan ikki ish kuni mobaynida yozma ravishda xabardor etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritish rad etilgan fuqarolar xuddi shu tartibda, rad etishning aniq sabablari koʻrsatilgan holda xabardor etiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojligi toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etganligi, boshqa fuqarolarning uy-joyga boʻlgan huquqlari buzilganligi va uy-joyni taqdim etish boʻyicha masalani hal etishda mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari aniqlanganligi uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritishni rad etishga asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritish rad etilganligidan norozi boʻlgan taqdirda tegishli mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlarning yuqori turuvchi organlariga, shuningdek, sudga shikoyat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hisobga kiritilgan shaxslar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga qoʻyish kitobiga qayd qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sharoitlarini yaxshilash kitobi qatʼiy hisobdagi hujjat sifatida saqlanadi. Bunda tuzatishlar, oʻchirib yozishlar yoki toʻgʻrilashlarga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning ushbu kitobga kiritilgan har bir arizasi boʻyicha alohida ish yuritilib, unda zarur hujjatlar saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritilgan fuqarolarning roʻyxatiga bir yilda kamida bir marotaba aniqlik kiritilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Hisobda turgan fuqaro vafot etgan yoki boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan hollarda, uning oʻrniga, agar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar sifatida tan olish uchun asoslar yoʻqolmagan boʻlsa, toʻgʻridan-toʻgʻri oila aʼzolaridan biri qabul qiladi. Bunda oila aʼzosi oʻzining ish joyi boʻyicha uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxs sifatida faqat agar u ushbu tashkilotda ishlagan taqdirdagina kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobda turgan fuqaro ishlab chiqarishda baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi tufayli vafot etgan taqdirda esa, uning oila aʼzosi ushbu idorada ishlash yoki ishlamasligidan qatʼiy nazar uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobiga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Tashkilotlarning uy joylarni yaxshilashga muhtojlar boʻlgan fuqarolarni hisobiga qoʻyish kitobida navbatda turgan fuqarolar, quyidagi hollarda yangi ish joyi boʻyicha hisobga kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) yuqori turuvchi tashkilotning qarori bilan mazkur shaxs boshqa ishga oʻtkazilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tashkilot qayta tashkil etilganda (qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish, oʻzgartirish).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Fuqarolar quyidagi hollarda uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobidan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) oʻz mablagʻlari hisobidan turar joyda yashash sharoitini yaxshilovchi oʻzgartirishlar qilish, uy-joyni rekonstruksiya qilish, kengaytirish ishlarini amalga oshirish yoʻli bilan uy-joy sharoitlarining yaxshilanishi va shu munosabat bilan hisobda turish uchun asoslarning yoʻqolishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun koʻchib ketishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) oʻzi ishlayotgan tashkilot bilan mehnat shartnomasining bekor qilinishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) fuqaro tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojligi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlarning taqdim etilishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Fuqarolarni uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobidan chiqarish hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va bu haqda fuqaro yozma ravishda xabardor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Davlat uy-joy fondidagi turar joyni ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar vaqtincha boʻlmaganida, turar joy olti oy muddat davomida ularning hisobida saqlanib turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarning turar joyi vaqtincha boʻlmaganida quyidagi hollarda olti oydan ortiq muddatga saqlanib turadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) harbiy xizmatga chaqirilganda — chaqiruv boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kontrakt boʻyicha harbiy xizmatga kirilganda — kontrakt boʻyicha harbiy xizmatni oʻtashning butun davri mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ish sharoitlari va xususiyati boʻyicha (kema ekipaji, geologiya, qidiruv xizmatlari, ekspeditsiyalarining xodimlari va boshqalar), chet elda xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishi munosabati bilan (talabalar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va boshqalar) doimiy yashash joyidan vaqtincha joʻnab ketilganda — ushbu ishni bajarish, xizmat safarida boʻlish yoki taʼlim olishning butun davri mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bolalar tarbiyalash uchun bolalar muassasasiga, qarindoshlarga yoki homiylarga, vasiylarga topshirilganda — ular ushbu muassasada, qarindoshlar yoki homiylar, vasiylar qaramogʻida boʻladigan butun davr mobaynida, agar bolalar chiqib ketgan turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar bolalar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, ushbu xona bolalarning muassasada boʻlish muddati tugaguncha yoki qarindoshlar yoxud homiylar, vasiylar qaramogʻidan qaytib kelgan bolalar voyaga yetguncha, shuningdek, tegishli hollarda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalarida oʻqish tugaguncha yoxud mamlakat Qurolli Kuchlaridagi harbiy xizmat muddati tamom boʻlguncha, ushbu turar joy ijara shartnomasi asosida boshqa fuqarolarga berib turilishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) homiy, vasiy vazifasini bajarish munosabati bilan joʻnab ketilganda — ushbu vazifalarni bajarishning butun davri mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) davolanish uchun davolash-profilaktika muassasalariga joʻnab ketilganda — davolanishda boʻlgan butun davr mobaynida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) qamoqqa olinganda yoki ushbu turar joyda yashash imkoniyatini istisno etuvchi ozodlikdan mahrum etish yoki boshqa jazo chorasiga mahkum etilganda — qamoqda boʻlishning yoki jazoni oʻtashning butun davri mobaynida, agar turar joyda oilaning boshqa aʼzolari yashash uchun qolgan boʻlsa. Agar koʻrsatilgan fuqarolar chiqib ketgan turar joyda ularning oila aʼzolari yashash uchun qolmagan boʻlsa, bunday fuqarolar qamoqdan ozod boʻlguncha yoki jazoni oʻtab kelguncha boʻlgan muddatga ushbu xona ijara shartnomasi asosida boshqa shaxslarga berib turilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha boʻlmaganida shaxsning turar joydan foydalanish huquqi ushbu bandning ikkinchi xatboshi “a” — “j” kichik bandlarida koʻrsatilgan muddatlar tugagan kundan boshlab olti oy mobaynida saqlab qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar uzrli sabablarga koʻra turar joyda olti oydan ortiq muddat boʻlmasa, bu muddat shaxslarning arizasiga binoan ijaraga beruvchi tomonidan, nizoli hollarda esa, sud tomonidan uzaytirib berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Fuqarolarga uy-joyni taqdim etish navbati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlganlar hisobida turgan fuqarolarga uy-joylarni hisobga qoʻyish vaqti va ushbu aholi punktida foydalanishga topshirilayotgan va boʻshayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda, roʻyxatda belgilangan navbat tartibida taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni taqdim etish navbatini belgilashda fuqarolarning hisobga qoʻyilish vaqti asosiy mezon hisoblansa, fuqarolarning teng sharoitlarida esa — ularning uy-joy bilan taʼminlanganlik darajasi va ushbu idoradagi ish staji hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joy yashash uchun yaroqli holatga keltirilganidan soʻng ikki ish kuni mobaynida aholi punktida foydalanishga topshirilayotgan va boʻshayotgan uy-joylarning maydonidan kelib chiqqan holda roʻyxatda belgilangan navbat tartibida davlat uy-joy fondidagi turar joyni taqdim etish toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlarning qarori (buyruq) qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Fuqarolarga uy-joyni taqdim etish navbati quyidagilar uchun qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan yashash joyi boʻyicha hisobga qoʻyilgan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ish joyi boʻyicha hisobga kiritilgan fuqarolar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Navbatdan tashqari uy-joy quyidagilar uchun beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uy-joyi tabiiy ofat oqibatida yashash uchun yaroqsiz holga kelgan fuqarolar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) davlat bolalar muassasalaridan, qarindoshlaridan, vasiylardan qaytgan fuqarolar, agar qonun boʻyicha ilgari egallab turgan uy-joy uchun huquqi saqlanib qolingan boʻlsa, biroq ushbu uy-joyga koʻchib kirish imkoni boʻlmasa. Ushbu hollarda bolalar joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan uy-joylar bilan taʼminlanadilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) noqonuniy javobgarlikka tortilgan va keyinchalik reabilitatsiya etilgan fuqarolar, agar ular avval egallab turgan uy-joyini qaytarib olish imkoniga ega boʻlmasa. Reabilitatsiya qilingan fuqarolar sud hukmi ijro etilgunga qadar yashagan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan uy-joy bilan taʼminlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) boshqa aholi punktlaridan oʻtkazilgan yoki taklif qilingan rahbarlar va mutaxassislar, shuningdek lavozimga saylangan shaxslar, agar bu boshqa joyga koʻchib oʻtish bilan bogʻliq boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Uy-joylarni taqsimlash va taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Foydalanishga topshirilgan, yashash uchun yaroqli boʻlgan va ijaraga oluvchilarning chiqib ketishi munosabati bilan boʻshagan davlat uy-joy fondidagi turar joylarning hisobi tegishliligi boʻyicha turar joylarni balansda saqlovchi tashkilot tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda boʻsh turgan munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uy-joylar roʻyxati har chorakda respublika, viloyat, tuman va shahar davriy nashrlarida hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari veb-saytlarida joylashtiriladi. Mazkur maʼlumotlar mahalliy davlat hokimiyat organlari tomonidan hududiyligi boʻyicha tegishli tuman (shahar)da joylashgan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Uy-joy fondiga ega boʻlgan tashkilotlar ularning kasaba uyushmasi bilan birgalikda uy-joylarni taqsimlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Fuqarolarga yashash uchun taqdim etiladigan uy-joy belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob berishi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni boʻshagan uy-joy sifatida avariya holatidagi va nuragan uylar, yertoʻlalar, barak va yashash uchun mos boʻlmagan boshqa binolarga, shuningdek buzish, kapital taʼmirlash yoki noturar uylar toifasiga kiritilishi lozim boʻlgan turar joylarga joylashtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Turar joylarni taqdim etishda er va xotindan tashqari bitta xonaga yoki bir xonali kvartiraga turli jinsdagi shaxslarni joylashtirish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nogironlar, qariyalar, yurak-qon tomir va boshqa ogʻir kasalliklar bilan xastalangan fuqarolarga turar joy ularning istagiga koʻra koʻp qavatli uylarning birinchi qavatidan yoki lift bilan jihozlangan uylardagi kvartira beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etiladigan uy-joyning oʻlchamini belgilashda, oilada homilador ayolning borligi eʼtiborga olinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Agar ikki va undan ortiq ijaraga oluvchilar yashayotgan kvartirada boshqa yashash xonasidan ajratilmagan va unga qoʻshni boʻlgan xona boʻshagan taqdirda, ushbu xona qoʻshni xonaning ijaraga oluvchisiga berilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kvartirada alohida ajratilgan xona boʻshagan taqdirda, u belgilangan norma boʻyicha yashash maydoni bilan taʼminlanmagan ijaraga oluvchiga taqdim etiladi. Agar kvartirada belgilangan norma boʻyicha yashash maydoni bilan taʼminlanmagan bir nechta ijaraga oluvchi mavjud boʻlsa, oilasi uy-joy sharoitini yaxshilashga koʻproq muhtoj boʻlgan fuqaro ushbu boʻshagan xonani olishda ustunlik huquqiga ega boʻladi. Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolar boʻlmagan taqdirda, boʻshagan alohida xona umumiy tartibda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Turar joyga joylashish uchun order berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat uy-joy fondiga qarashli turar joyni taqdim etish toʻgʻrisidagi qaror (buyruq)ga asosan mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan fuqaroga mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan namunadagi order beriladi va u taqdim etilgan turar joyga kirish uchun yagona asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organining davlat uy-joy fondidan turar joy ajratish toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab uch ishi kuni mobaynida turar joy orderi fuqaroga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy uy-joy fondiga qarashli turar joyni taqdim etish toʻgʻrisidagi buyruq qabul qilinganidan soʻng ikki ishi kuni mobaynida uning nusxasi uni qabul qilgan tashkilot tomonidan tegishli mahalliy davlat hokimiyati organiga yuboriladi. Bunda order buyruq nusxasi kelib tushgan vaqtdan eʼtiboran uch ish kunida tegishli mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan turar joy ajratilishi nazarda tutilgan fuqaroga taqdim etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Xizmat turar joylariga berilgan orderga “xizmat turar joyi”, aniq maqsadli kommunal turar joylariga berilgan orderga “aniq maqsadli kommunal turar joyi” degan qayd kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Order qatʼiy hisobdagi hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Order faqat alohida boʻsh turgan turar joy uchungina berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36. Orderga turar joy taqdim etilgan fuqaro va uning oila aʼzolarining familiyasi, ismi va sharifi yoziladi, ularning tugʻilgan yili va qarindoshlik aloqasi koʻrsatiladi. Ushbu maʼlumotlar barcha oila aʼzolarining orderga kiritilishi lozim boʻlgan pasportlari, tugʻilganlik haqidagi guvohnomalari taqdim etilgan taqdirdagina yoziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37. Turar joy uchun orderning berilishi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan quyidagi hollarda toʻxtalishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fuqarolar oldin egallagan turar joyni ijara shartnomasida koʻzda tutilgan shartlarni bajarmaganligi uchun topshirsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) turar joy taqdim etilayotgan oila aʼzolarining haqiqiy tarkibi taqdim etilgan maʼlumotlarga toʻgʻri kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ushbu fuqaroga turar joyni taqdim etish toʻgʻrisidagi masalaning hal etilishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan, biroq avval tashkilot yoki mahalliy davlat hokimiyati organiga maʼlum boʻlmagan boshqa holatlar aniqlangan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38. Fuqaro va uning oila aʼzolari order berilgan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida turar joyga koʻchib kirishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39. Order rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn kun muddat ichida orderni olgan shaxs bilan ushbu turar joyning balansda saqlovchi tashkilot yoki uning vakolatli organi oʻrtasida mazkur uy-joyning ijara shartnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40. Turar joy uchun berilgan order fuqarolarning uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtojligi toʻgʻrisidagi notoʻgʻri maʼlumotlarni taqdim etgan, orderda koʻrsatilgan turar joyga boʻlgan boshqa fuqaro yoki tashkilotlarning huquqlari buzilgan, turar joyni taqdim etish boʻyicha masalani hal etishda mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek, turar joylarni taqdim etishning tartib va shartlari buzilgan boshqa holatlarda sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orderni haqiqiy emas deb topilishi toʻgʻrisidagi talab orderning berilgan kunidan boshlab uch yil davomida qoʻyilishi mumkin. Bunday talab agar order uni olgan shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida olingan boʻlsa, order berilgan kundan boshlab 3 yildan soʻng ham qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41. Order quyidagilarga berilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) ijaraga oluvchini oʻzaro kelishuv boʻyicha almashtirgan oila aʼzolariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bitta kvartirada yashayotgan alohida ijaraga oluvchilarning bitta oilaga birlashgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ijaraga oluvchi yangi doimiy yashash joyiga koʻchib ketgan taqdirda ushbu ijaraga oluvchining oila aʼzolariga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Turar joylarni almashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Bir yoki bir necha xonadan iborat turar joy turar joyni almashtirish predmeti hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43. Turar joylarni almashtirish uning ishtirokchilari soni cheklanmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joylarni almashtirish huquq va majburiyatlarni oʻzaro oʻtkazish tarzida mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlar qaroriga (buyruq) binoan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joylarni almashtirish aynan bir uydagi yoki turli uylardagi turar joylarda, shu jumladan turli aholi punktlarida joylashgan turar joylarda yashayotgan fuqarolar oʻrtasida ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy uy-joy fondidagi turar joylarni faqat balansda saqlovchi tashkilotning roziligi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi. Almashtirishga rozilik berilmaganligi yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi uylaridagi turar joyning ijaraga oluvchisi egallab turgan turar joyni faqat shu uy-joy fondining turar joyida yashovchi ijaraga oluvchi bilan almashtirishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44. Bir aholi punkti chegarasi doirasidagi davlat uy-joy fondidagi turar joylarini almashtirish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar turar joylar turli aholi punktlarida boʻlsa, almashtirish almashtirilayotgan turar joylardan biri joylashgan hududdagi (almashtirish ishtirokchilarining xohishiga koʻra) mahalliy davlat hokimiyati organlarida rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45. Turar joylarni almashtirish istagida boʻlgan fuqarolar tegishli tuman (shahar) hokimi (idoraviy uy-joy fondida mazkur tashkilotning rahbari) nomiga belgilangan shaklda ariza topshiradilar. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjat yoki turar joy orderi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyda yashayotgan shaxslar koʻrsatilgan holda yashash joyidan maʼlumotnoma;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy uy-joy fondining uyidagi turar joyni almashtirishda — shu fond egasining turar joyni almashtirishga roziligini tasdiqlovchi hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oilaning barcha voyaga yetgan, shu jumladan vaqtincha boʻlmagan aʼzolarining, davlat uy-joy fondi uylarida esa, ijaraga oluvchi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning yozma roziligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
homiylik yoki vasiylikka olingan shaxsning foydalanishidagi turar joy almashtirilayotganida homiylik va vasiylik organining roziligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab qabul qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46. Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma turar joylarni almashtirish rasmiylashtirilgan mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan beriladigan almashtiruv hujjatlari (orderlari) olingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar fuqarolar bir oilaga birlashish maqsadida almashtirish natijasida bir kvartirada xonalarni olsalar, ularga bitta order beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Orderlar turar joylarni almashtirishda ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan yoxud ishonchnoma boʻyicha boshqa shaxslar tomonidan bir vaqtda olinishi lozim, majburiy almashtirilayotgan hollar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqaroga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni munitsipal yoki idoraviy uy-joy fondidagi turar joylarga almashtirish almashtiruv hujjati (orderi) va turar joylarni almashtirish shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Almashtirish shartnomasida almashtirilayotgan turar joyning tavsifi (manzili, umumiy va yashash maydoni, xonalar soni, inventarizatsiya qiymati), turar joyga mulk huquqining vujudga kelish asoslari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joyni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnoma almashtirish rasmiylashtirilayotgan joydagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joylarni almashtirish toʻgʻrisidagi shartnomani tasdiqlash va almashtiruv orderini (orderlarini) berish bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joylarning almashtirilishini rasmiylashtirish hujjatlar berilgan kundan boshlab oʻn kun muddat ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47. Turar joylar almashtirilishini rasmiylashtirish rad etilishi ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Turar joyni qayta rejalashtirish, buzib qaytadan qurish va mukammal taʼmirlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48. Turar joyni va yordamchi xonalarni buzib qaytadan qurish hamda qayta rejalashtirish kvartirani yanada obod qilish maqsadida amalga oshirilishi mumkin va bu ishga ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari, davlat uy-joy fondini balansda saqlovchi tashkilot va tegishli mahalliy davlat hokimiyat organlarining roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49. Ijaraga oluvchi egallab turgan turar joyni mukammal taʼmirlash zarur boʻlgan taqdirda, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini taʼmirlash davrida ijaraga beruvchi tomonidan beriladigan boshqa turar joyga koʻchishini talab qilishga haqlidir. Bunda turar joyni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinmaydi, lekin ijaraga oluvchi unga taʼmirlash davriga berilgan turar joy uchungina saqlash, tuzatish va foydalanish uchun haqini toʻlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼmirlash tugallangandan keyin ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga u ilgari egallab kelgan turar joyni berishni rad etgan taqdirda ijaraga oluvchi ushbu masala boʻyicha sudga murojaat qilishga haqlidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50. Davlat uy-joy fondidagi xizmat yuzasidan beriladigan turar joylar mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq oʻz mehnat majburiyatlarining turiga koʻra ish joyida yoki xizmat binosida yashash zarur boʻlgan fuqarolarga ijara haqini toʻlash majburiyati yuklatilmagan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51. Xizmat uy-joylari tashkilot maʼmuriyatining qaroriga asosan mazkur idora tomonidan yoxud ish beruvchining iltimosnomasi bilan joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan taqdim etiladi. Iltimosnomaga mehnat shartnomasining ishga qabul qilish haqidagi buyruq nusxasi va ushbu uy-joyning huquqiy tegishliligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalar ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori asosida ijara shartnomasi boʻyicha taqdim etilgan xizmat uy-joyiga kiritish uchun yagona asos boʻlgan order beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52. Xodimga ish sharoitlari munosabati bilan mehnat shartnomasi boʻyicha xizmat yuzasidan beriladigan turar joydan foydalanish huquqi mehnat shartnomasi bekor qilinishi bilan bir vaqtda bekor boʻladi. Bunda, xizmat turar joyidan foydalanuvchi xodimning ish beruvchisi mehnat shartnomasi bekor qilinganligi toʻgʻrisida balansda saqlovchiga xabarnoma taqdim qiladi. Shunga asosan, mazkur uy-joy xodim tomonidan uzogʻi bilan bir oy ichida boʻshatib qoʻyilishi lozim. Balansda saqlovchi tomonidan uy-joyni boʻshatib qoʻyish haqida qisqartirilgan muddat koʻrsatilishi mumkin, lekin yetti kundan kam boʻlmasligi lozim. Mazkur qoida davlat uy-joy fondlarining barcha shakllariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53. Xodim oʻzi egallab turgan turar joyni boʻshatishni rad etgan taqdirda, oʻzi bilan birga yashovchi barcha shaxslar bilan birgalikda boshqa turar joy berilmasdan sud tartibida koʻchirib yuboriladi, mazkur Nizomning 55-bandi birinchi qismida koʻrsatilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54. Boshqa turar joy berilgan holda, xizmat turar joylaridan quyidagilar koʻchiriladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) I va II guruh nogironlari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 1941 — 1945-yillardagi urush faxriylari va baynalminal jangchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) harbiy xizmatni oʻtayotganida halok boʻlgan yoki bedarak yoʻqolgan harbiy xizmatchilarning oilalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) nogiron farzandlari boʻlgan oilalar;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) tarbiyachi-ota-onalar, oilaviy bolalar uyi tugatilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) xizmat turar joyi bergan tashkilotlarda kamida oʻn yil ishlagan (xizmat qilgan) shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) egallab turgan lavozimi munosabati bilan turar joy berilgan boʻlib, lavozimidan boʻshagan, lekin turar joyni bergan idora bilan mehnat munosabatlarini uzmagan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining oʻzgarishi yoxud korxona, muassasa, tashkilot tugatilishi munosabati bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) oʻzi ishlagan korxona, muassasa, tashkilotdan pensiyaga chiqqan xodimlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) xizmat turar joyi berilgan shaxs vafot etganda uning oila aʼzolari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) voyaga yetmagan farzandlari bilan birga yashayotgan yolgʻiz shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrsatib oʻtilgan fuqarolarga mazkur Nizomning 32-bandida belgilangan talablarga javob beradigan hamda ushbu aholi punkti chegarasi doirasida boʻlgan turar joy beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55. Xizmat uy-joylarining xizmat toifasidan chiqarilishi mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar xizmat uy-joyiga boʻlgan zarurat yoʻqolgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) xizmat uy-joyi belgilangan tartibda yashash uchun yaroqsiz deb topilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) xizmat uy-joyi biriktirilgan tashkilot tugatilgan boʻlsa va ushbu tashkilotning huquqiy vorisi boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56. Mazkur Nizomda belgilangan tartibdan kelib chiqib tashkilotlar tomonidan turar joylarni taqsimlash hamda taqdim etish tartibi belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57. Mazkur nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Munitsipal va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1a-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Idoraviy uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan fuqarolarni hisobga olish, davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat turar joylari olish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TOIFALARI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Toifalarning nomlanishi

1.

Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalari (nogironlar, faxriylar, yolgʻiz keksalar uchun internat-uylar)ning bugʻ qozon qurilmalari operatorlari

2.

Nasos stansiyalari, yirik gidrouzellar va toʻgʻonlarga xizmat koʻrsatuvchi navbatchi texniklar, mashinistlar, elektr texniklar

3.

Kommunal xizmat koʻrsatishning suv oqizish-kanalizatsiya va gaz xoʻjaligi avariya-dispetcherlik xizmatlari ustalari, chilangarlari

4.

Yoʻl oraliqlari ustalari, tuzatuvchilari

5.

Gazdan taʼminoti korxonalari xodimlari

6.

Suv xoʻjaligining foydalanish uchastkalari boshliqlari, gidroinshootlarning tartibga soluvchilari va gidropostlarning kuzatuvchilari, uchastka gidrotexniklari va gidrooʻlchovchilari

7.

Kabelli (radiorele) kuchaytirish punktlariga xizmat koʻrsatuvchi navbatchi texniklar, radio va televizion stansiyalarga, shuningdek, qishloq joylardagi maxsus obyektlarga xizmat koʻrsatuvchi elektr mexaniklar

8.

Elektr tarmoqlari va yordamchi stansiyalarning navbatchi muhandislari, kabelli taqsimlash tarmoqlarining navbatchi muhandislari va texniklari

9.

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining qishloq joylardagi davolash-profilaktika muassasalarining uchastka vrach-terapevtlari, pediatrlari;

Nogironlar va qariyalar uylarining hamda aqlan zaif bolalar uchun nogiron bolalar uylarining direktorlari, vrach, (feldsher)lari, katta tibbiyot hamshiralari, shuningdek, ushbu bolalar uylarining tarbiyachilari, sanatoriylar va dam olish uylarining bosh vrachlari, vrach (feldsher)lari, xoʻjalik ishlari bilan shugʻullanuvchi hamshiralari

10.

Oilaviy bolalar uyining tarbiyalash uchun ularga berilgan bolalar bilan birga yashovchi ota-ona tarbiyachilari

11.

Oʻrmon, qoʻriqxona, zakaznik (daxlsiz oʻrmon qoʻriqxonasi), ovchilik xoʻjaliklarining direktorlari, oʻrmon xoʻjaligi xodimlari, oʻrmon kesuvchilari, yollangan ovchilari

12.

Boshqa joylardan vaqtinchalik taklif etilgan oliy toifali trenerlar va sport ustalari

13.

Harbiylashtirilgan qoʻriqlash va yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari

14.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining kazarma — uy-joy fondiga hamda kommunal inshootlarga xizmat koʻrsatish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq ishchi va xizmatchilari, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining ofitserlar tarkibidagi shaxslar va belgilangan muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilari

15.

Ichki ishlar organlarining xodimlari

16.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar va tuman, shahar hamda harbiy sudlarning sudyalari

17.

Prokuratura organlarining xodimlari

18.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi, Oliy Majlis palatalari devonlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Kotibiyatining, Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari, vazirliklar, idoralar va ularning hududiy boʻlinmalari apparatlarining boshqa hududlardan ishga taklif etilgan masʼul xodimlari

19.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari, Toshkent shahrida turar joyga ega boʻlmagan Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) va uning oʻrinbosari

20.

Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil va uning oʻrinbosari

21.

Qishloq joylardagi aloqa boʻlimlarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari

22.

Olis hududlarda joylashgan budjet tashkilotlarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan oliy maʼlumotli mutaxassislar va (yoki) tibbiyot xodimlari

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-son Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilanmagan boʻlsa, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ham mazkur Nizom qoidalari tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom talablari maxsus uylarga (yotoqxonalar, vaqtinchalik yashash uchun beriladigan uy-joy fondining uylari, nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun uy internatlari, shuningdek, mehribonlik uylari va boshqa maxsus maqsaddagi uylar) hamda Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi davlat uy-joy fondiga nisbatan qoʻllanilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat uy-joy fondi — munitsipal uy-joy fondi, idoraviy uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
munitsipal uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjetga tushgan soliqlar, yigʻimlar va boshqa toʻlovlar, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha boshqa tushumlar hisobidan barpo etilgan uy-joy fondi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy uy-joy fondi — davlat korxonalari, muassasalari va tashkilotlarning toʻliq xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida boʻlgan uy-joy fondi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq maqsadli kommunal uy-joy fondi — mahalliy davlat hokimiyati organlari ixtiyorida boʻlgan, mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan barpo etilgan, shuningdek, xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondidan olib ularning balansiga berilgan, fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanmagan, kam taʼminlangan toifalari uchun xususiylashtirish huquqisiz ijara shartlari asosida foydalanish uchun berilgan uy-joy fondi;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmat turar joylari — xususiy, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi yoki aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylarida joylashgan, oʻz mehnat munosabatlari xususiyatiga koʻra ish joyiga bevosita yaqin yerda yashashi kerak boʻlgan fuqarolar koʻchib kirishiga moʻljallangan turar joylar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga beruvchi — balansida ijaraga beriladigan davlat uy-joy fondi hisobga olingan yuridik shaxs yoki uning vakolatli organi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi — mazkur Nizomda belgilangan tartibda va shartlarda turar joyning ijara shartnomasini tuzgan, voyaga yetgan jismoniy shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomalarini hisobga oluvchi organ — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy organlari (Toshkent shahrida — “Toshkent shahar uy-joylarga davlat orderlari va maʼlumotnomalar berish markazi” Davlat unitar korxonasi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ijaraga berilgan turar joy garovga qoʻyilishi yoki oʻzgacha tarzda uchinchi shaxslarga oʻtkazilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ijaraga oluvchi mulkni soz holatda saqlash, oʻz hisobidan joriy taʼmirlashni amalga oshirish va uni saqlashga ketadigan xarajatlarni qoplashga majbur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Turar joyni ijaraga olish shartnomasi besh yildan ortiq boʻlmagan muddatga tuziladi. Agar shartnomada muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, u besh yilga tuzilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzish uchun ustunlik huquqiga ega boʻladi. Turar joyni ijaraga beruvchi, agar u turar joyni ijaraga bermaslikka qaror qilgan boʻlsa, bu haqda ijaraga oluvchini uch oy oldin ogohlantirgan holda yangi muddatga shartnoma tuzishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish ushbu Nizomning 1-ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Turar joyni ijaraga berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Turar joyni ajratish haqidagi qaror va ajratilayotgan turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻlgan order asosida, ijaraga beruvchi order berilgan sanadan boshlab oʻn kun muddatda ijaraga oluvchi bilan mazkur Nizomning 2-ilovasida belgilangan namunadagi shaklda ijara shartnomasini tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avval foydalanishga berilgan turar joylar boʻyicha, asosiy ijaraga oluvchi boʻlmagan taqdirda, belgilangan tartibdagi taqdim etilgan uy daftarining nusxasi boʻyicha yangi asosiy ijaraga oluvchi bilan ijara shartnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda ijaraga beriladigan turar joy belgilangan sanitariya, yongʻinga qarshi va texnik talablarga javob beradigan boʻlishi hamda kommunal xizmatlardan qarzi mavjud boʻlmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchining roziligi bilan oʻzi ijaraga olgan binoning bir qismini yoki hammasini muayyan muddatga ikkilamchi ijaraga oluvchiga beradi (aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi uylar bundan mustasno). Ikkilamchi ijaraga oluvchi uy-joydan mustaqil foydalanish huquqiga ega boʻlmaydi. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasiga binoan ijaraga oluvchi ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi qonun hujjatlarining jon boshiga toʻgʻri keladigan uy-joy maydoni ijtimoiy normasi haqidagi talablariga rioya etilgan taqdirdagina tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi haq evaziga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasining muddati uy-joyni ijaraga berish shartnomasining muddatidan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, bir vaqtning oʻzida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasi ham bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi muddatga shartnoma tuzishga boʻlgan imtiyozli huquq toʻgʻrisidagi qoida uy-joyni ikkilamchi ijaraga berish shartnomasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Turar joyning ijara shartnomasini tuzish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Turar joyning ijara shartnomasiga koʻra ijaraga beruvchi ijaraga oluvchiga toʻlov evaziga vaqtinchalik foydalanish va yashash uchun turar joyni berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. Ijara shartnomasida tomonlarning huquq va majburiyatlari, shuningdek, fuqarolik va uy-joy kodekslarida nazarda tutilgan boshqa shartlar belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Koʻp kvartirali uyda turar joyni ijaraga oluvchi turar joydan foydalanish bilan bir qatorda ushbu uyning umumiy foydalanishdagi mulkidan belgilangan tartibda foydalanish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Turar joyning ijara shartnomasi turar joyning balansda saqlovchisi yoki vakolatli organlari tomonidan turar joyni olayotgan fuqarolar bilan Fuqarolik kodeksi va Uy-joy kodeksida belgilangan tartibda yozma shaklda tuziladi. Shartnomaning yozma shaklda tuzilishiga rioya qilinmasligi va uning hisobga olinmasligi shartnomaning haqiqiy emasligiga olib keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ijara shartnomasi boʻyicha egallab turilgan turar joyga boʻlgan mulk huquqining boshqa mulkdorga oʻtishi shartnomaning oʻzgartirilishi yoki bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi. Bunda yangi mulkdor avval tuzilgan turar joyning ijara shartnomasi shartlari asosida ijaraga beruvchiga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Shartnomada quyidagilar koʻrsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilayotgan turar joyning tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara muddati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara uchun toʻlov, uning shartlari va toʻlash muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara haqi miqdorini qayta koʻrib chiqish muddatlari va shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi tomonidan turar joydan foydalanish, shu jumladan kommunal va boshqa foydalanish toʻlovlarini toʻlash shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma tugagandan soʻng turar joyni qaytarish shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga olingan turar joyni tiklash va taʼmirlash boʻyicha majburiyatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasini bekor qilish shartlari, shu jumladan ijara haqini toʻlash muddatlarining buzilishi munosabati bilan tomonlarning javobgarligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa shartlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Turar joyning ijaraga oluvchisi oila aʼzolari va oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolarning ijara shartnomasi shartlarini buzganligi uchun ijaraga beruvchi oldida javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ijaraga oluvchining oila aʼzolari va u bilan birga doimiy yashayotgan fuqarolar turar joydan foydalanish boʻyicha ijaraga oluvchi bilan teng huquqlarga egadirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Turar joyning ijara shartnomasi tomonlarning kelishuviga koʻra, tomonlar kelishuvga erishmagan taqdirda esa — sud tomonidan oʻzgartirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joyni ijaraga oluvchi oila aʼzolarining hamda oʻzi bilan doimiy yashayotgan fuqarolar roziligi bilan istalgan vaqtda ijaraga beruvchini uch oy oldin yozma ravishda ogohlantirib, ijara shartnomasini bekor qilishi mumkin. Bunda ijaraga oluvchi keyingi uch oy uchun turar-joy ijara haqini toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Ijaraga oluvchi, uning oila aʼzolari va u bilan doimiy yashayotgan fuqarolar boshqa aholi punktiga doimiy yashash uchun joʻnab ketgan yoki shu aholi punktining boshqa joyiga koʻchib oʻtganlarida turar joyni ijaraga berish shartnomasi joʻnab ketgan yoki koʻchib oʻtgan kundan boshlab bekor qilingan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Turar joyning ijara shartnomasi istalgan taraflarning talabi boʻyicha sud tartibida bekor qilinishi mumkin, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy doimiy yashash uchun yaroqsiz yoki avariya holatiga kelgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joy joylashgan uy buzilishi lozim boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa holatlarda.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Turar joy ijaraga oluvchi tomonidan sotib olingan taqdirda, shartnoma balansda saqlovchi yoki uning vakolatli organi tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab bekor qilingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ijara shartnomasi quyidagi hollarda ijaraga beruvchining talabi bilan sud tartibida bekor qilinishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi tomonidan shartnomada belgilangan toʻlov muddati tugagandan soʻng olti oydan ortiq muddat uchun ijara haqi toʻlanmagan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi yoki ularning harakatlari uchun u javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar tomonidan turar joy buzilgan yoki unga zarar yetkazilgan taqdirda. Agar turar joy ijarachisi yoki ularning harakatlari uchun ijaraga oluvchi javobgar boʻlgan boshqa fuqarolar turar joydan maqsadga muvofiq boʻlmagan tarzda foydalanayotgan boʻlsa, yoxud turar joydan foydalanish qoidalarini doimiy buzayotgan boʻlsa, ijaraga beruvchi ijaraga oluvchini ogohlantirishi va ushbu talablar bajarilmagan taqdirda esa turar joyning ijara shartnomasini sud tartibida bekor qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Ijara haqi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Davlat uy-joyidan foydalanganlik uchun ijara haqi turar joyning umumiy maydonidan kelib chiqib, turar joyning 1 kv.m. uchun Toshkent shahrida bir yilga bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi, boshqa viloyatlarda 1 foizi miqdorida belgilanadi va bu miqdor ushbu kalendar yilida oʻzgarmay qoladi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xizmat turar joyini ijaraga oluvchilar uchun ijara haqi “0” qiymatda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-bob. Turar joyning ijara shartnomasi boʻyicha hisob-kitob qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Uy-joy uchun haq ijaraga oluvchi tomonidan uy-joyni ijaraga olish shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda toʻlab turilishi lozim. Agar shartnomada bunday muddatlar nazarda tutilgan boʻlmasa, haq ijaraga oluvchi tomonidan har oyda toʻlab turilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Ijara uchun toʻlov balansda saqlovchining hisob raqamiga kelib tushadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara haqining oʻz vaqtida va toʻliq kelib tushishi ustidan nazoratni balansda saqlovchi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Kommunal va foydalanish xizmatlari uchun toʻlovlarni kiritishning miqdori, tartibi va muddatlari ijaraga oluvchi va ushbu xizmatlarni koʻrsatuvchi tashkilot oʻrtasida tuzilgan bitim bilan tartibga solinadi. Zarur boʻlgan elektroenergiya, suv va gazni hisoblash asboblarini oʻrnatish ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Balansda saqlovchi kommunal va foydalanish xizmatlarini koʻrsatish uchun tuzilgan bitimlarga muvofiq ijaraga oluvchi tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun oʻz vaqtida toʻlovlarning amalga oshirilishini nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-bob. Turar-joyni topshirish va qaytarib olish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Ijara shartnomasiga muvofiq holda balansda saqlovchi yoki uning vakolatli shaxsi ijaraga oluvchi ishtirokida unga turar joyni berish, ijaraga oluvchi esa ijara muddati tugagandan soʻng yoki muddatidan oldin bekor qilingan, ijara shartnomasi haqiqiy emas deb topilgan taqdirda balansda saqlovchiga yoki vakolatli organga turar joyni shartnoma shartlari va uyning foydalanish maqsadiga muvofiq boʻlgan soz holatda qaytarib berish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Turar joyni berish va uni qaytarib olish tomonlarning vakolatli shaxsi ishtirokida, mazkur Nizomning 3-ilovasida belgilangan namunadagi shaklida, ikki tomonlama topshirish dalolatnomasi tuzilgan holda amalga oshirilib, ushbu dalolatnomada quyidagilar qayd etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dalolatnoma tuzilgan joy va sana;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasining rekvizitlari (tuzilgan sana, raqami);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turar joyning texnik holati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Topshirish dalolatnomasi tomonlarning vakolatli shaxslari tomonidan imzolanadi va tomonlarning muhrlari bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud boʻlgan taqdirda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-bob. Ijaraga berilayotgan turar joyni hisobini yuritish va uni nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Ijaraga berilayotgan davlat mulkining maʼlumotlar bazasining yuritilishi va hisobga olinishi hisobga oluvchi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga oluvchi organ tomonidan ijara shartnomasi, uning bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va qoʻshimcha kiritilishi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasini hisobga olish uchun joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ijara shartnomasi tuzilgan sanadan boshlab besh ish kuni davomida hisobga oluvchi organga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilova xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tomonlar oʻrtasida imzolangan ijara shartnomasining va topshirish-qabul qilish dalolatnomasining uchtadan asl nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchi pasportining nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
koʻchib kirish uchun asos boʻlgan order yoki uy daftarining nusxasi (kvartiralar boʻyicha kartochkaning nusxasining (17-shakl) nusxasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasining bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va unga qoʻshimcha kiritilishini hisobga olish hisobga oluvchi organ tomonidan joylardagi davlat hokimiyati organlari, davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning yozma murojaati asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisobga oluvchi organ uch ish kuni mobaynida yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar asosida ijara shartnomasi, uning bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va qoʻshimcha kiritilishini hisobga qoʻyadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ijara shartnomasini hisobga qoʻyish uchun hisobga oluvchi organ tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining yarmi miqdorida yigʻim undiriladi. Bunda toʻlov ijaraga oluvchi hisobidan amalga oshiriladi. Ijara shartnomasining bekor qilinishi, oʻzgartirilishi va unga qoʻshimcha kiritilishini hisobga olish bepul amalga oshiriladi.
(29-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Ijaraga berilayotgan turar joyni hisobga qoʻyish maqsadida hisobga oluvchi organ tuzilgan ijara shartnomalarini hisobga qoʻyadi, roʻyxatga tegishli qaydni kiritadi va shartnomaning har bir nusxasida hisobga olish sanasi va raqamini koʻrsatadi. Hisobga olinganlik haqidagi qaydni kiritadi va muhr bilan tasdiqlaydi. Uch nusxada rasmiylashtirilgan ijara shartnomasi balansda saqlovchi, ijaraga oluvchi va hisobga oluvchi organga bir nusxadan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Ijaraga berilishi lozim boʻlgan turar joy reyestri balansda saqlovchi tomonidan shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Ijara shartnomasining amal qilishi davomida balansda saqlovchi yoki uning vakolatli organi ijaraga oluvchi tomonidan ijara shartnomasi boʻyicha zimmasiga olingan majburiyatlarning tegishlicha bajarilishi ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi. Shu maqsadda ijaraga beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga oluvchidan ijara shartnomasida nazarda tutilgan hajmlarda maʼlumotlarni soʻrash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur boʻlgan taqdirda, ijaraga oluvchining hayotiga aralashmagan holda ijara mulkining jismoniy holatini koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijaraga berilgan turar joydan qanday foydalanilayotganini oʻrganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik va shartnomada belgilangan boshqa harakatlarni amalga oshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joyda ijara shartnomasi asosida yashayotgan ijaraga oluvchi, u bilan birga yashayotgan barcha voyaga yetgan oila aʼzolari va yashash maydoniga huquqi boʻlgan boshqa shaxslarning roziligi bilan, aniq maqsadli kommunal uy-joy fondidagi turar-joydan tashqari, ushbu turar joyni sotib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turar joyni xususiylashtirish belgilangan namunadagi ijara shartnomasi tuzilgan va hisobga oluvchi organda hisobga qoʻyilgan taqdirdagina, qonunchilikda Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi Qonunga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Turar joyning ijara shartnomasini rasmiylashtirish, tuzish, bekor qilish, qoʻshimcha kiritish va oʻzgartirish vaqtida qonunchilik talablariga rioya qilinishi uchun shaxsiy javobgarlik balansda saqlovchi va uning vakolatli organi zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Balansda saqlovchi har chorakda kamida bir marta uning ixtiyorida boʻlgan davlat uy-joy fondining xatlovini amalga oshirishi va turar joydan ijara shartnomasiz foydalanilayotgani aniqlangan taqdirda, oʻn kun muddatda ijara shartnomasini tuzish boʻyicha choralar koʻrishi va ijara haqi miqdorini ushbu Nizom tasdiqlangan sanadan belgilashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan maʼlumotlarni yashirish, oʻz vaqtida taqdim qilmaganlik, shuningdek ularni notoʻgʻri koʻrsatganlik uchun balansda saqlovchi va boshqa aybdor shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Davlat mulkini ijaraga berish munosabati boʻyicha vujudga kelgan nizolar qonunchilik va shartnomada belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35. Ijaraga berilgan turar joy uchun ijara haqining oʻz vaqtida va tegishlicha hisoblanishi, toʻlanishi ustidan nazorat balansda saqlovchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Davlat uy-joy fondidagi turar joyni ijaraga olishning
‎NAMUNAVIY SHARTNOMASI

‎‎______________-son

‎‎“_____” _____________ 20 ___ y.

‎‎Bundan soʻng matnda “Ijaraga beruvchi” deb ataluvchi nomidan (balansda saqlovchi nomi) harakat qiluvchi bir tarafdan, (lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi) va “______”_____yilda berilgan ___- sonli turar joy orderi asosida harakat qiluvchi va bundan soʻng matnda “Ijaraga oluvchi” deb ataluvchi fuqaro ikkinchi tarafdan, birgalikda esa tomonlar (lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi) oʻrtasida ushbu shartnoma quyidagilar haqida tuzildi:
‎1. Ijaraga beruvchi ijara shartnomasi boʻyicha ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolariga umumiy maydoni ___ kv.m, shu jumladan yashash maydoni kv. m., xonalar soni, manzilida joylashgan alohida turar joyni taqdim etadi.
‎Taqdim etilayotgan turar joyning xususiyatlari va texnik koʻrsatkichlari, uning sanitar-texnik va boshqa jihozlari topshirish dalolatnomasida koʻrsatilgan.
‎2. Ijara haqi bir oy uchun ________soʻmni tashkil qiladi.
‎Mazkur shartnoma “____”______20 __ y. dan “____”______ 20 __ y.gacha boʻlgan muddat uchun tuzilgan.
‎3. Ijaraga oluvchi quyidagilarga majbur:
‎a) turar joydan foydalanish, turar joy va unga tutash hududni saqlash Qoidalariga rioya qilish;
‎b) turar joyni uning maqsadi boʻyicha foydalanish;
‎v) turar joy va undagi sanitar-texnik va boshqa jihozlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanish. Kvartirada nosozliklar aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf qilish boʻyicha tezkor choralarni koʻrish va agar zarur boʻlsa, bu haqida ijaraga beruvchi yoki tegishli avariya xizmatiga xabar qilish;
‎g) uy-joy, obodonlashtirish obyektlari va yashil koʻchatlarni asrab-avaylash;
‎d) turar joy va qoʻshimcha xonalar, balkon va lodjiyalarni ozodalikda saqlash, yoʻlaklar, lift kabinalari, zinalar va umumiy foydalanishdagi boshqa joylarni tozalik va tartibda saqlash, maishiy chiqindilarni turar joydan foydalanish tashkiloti tomonidan belgilangan maxsus joyga olib chiqish va tashlash.
‎Sanitariya maqsaddagi tarmoqqa (kanalizatsiya) uning tiqilishiga olib keluvchi turli chiqindilar, suyuq oziq-ovqat chiqindilarini tashlashga yoʻl qoʻyilmaydi;
‎e) elektr, gaz va boshqa asboblardan foydalanish davomida yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal qilish, qoʻlda yasalgan elektr moslamalarning oʻrnatilishi, yoʻlaklar, zinalar, koridorlar, yongʻin xavfsizligi uchun qoʻshimcha chiqish eshiklarini turli buyumlar bilan toʻsib qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi va yongʻin xavfsizligining boshqa talablariga rioya etilishi lozim;
‎j) suv, gaz, elektr energiyasi va issiqlik energiyasini tejamli ishlatish;
‎z) oʻz vaqtida va har besh yilda bir martadan kam boʻlmagan marta yashayotgan kvartiradagi yashash va umumiy foydalanishdagi xonalarning joriy taʼmirlash.
‎Ijaraga oluvchi tomonidan amalga oshiriladigan joriy taʼmirga quyidagilar kiradi: devor va shiftlarni ohaklash, boʻyash yoki gul qogʻoz yopishtirish, pol, eshik, deraza va uning tokchasini ichki tomondan, ularning moslamalarini boʻyash, isitish radiatorlarini boʻyash, kvartira ichidagi elektr oʻtkazish tizimini taʼmirlash;
‎i) oʻz hisobidan turar joydagi nosozliklarni bartaraf qilish, shuningdek, agar yetkazilgan shikastlar ijaraga oluvchi yoki u bilan birga yashayotgan boshqa shaxslarning aybi bilan sodir boʻlgan boʻlsa, buzilgan sanitar-texnik yoki boshqa qurilmalarni almashtirish;
‎k) turar joy xonalaridan foydalanish, uy-joy va uy oldi hududlarini saqlash Qoidalarida nazarda tutilgan tegishli ruxsatnomasiz yashash va boshqa yordamchi xonalar, shuningdek balkon va lodjiyalarni buzib qayta qurish va rejasiga oʻzgartirish kiritmaslik;
‎l) har oyda, keyingi oyning birinchi sanasidan kech boʻlmagan muddatda ijara haqi, shuningdek belgilangan muddatda va tartibda tasdiqlangan tariflar boʻyicha kommunal xizmatlar (suv, gaz, elektr, issiqlik taʼminoti, maishiy chiqindilarni olib chiqish) uchun majburiy toʻlovlarni amalga oshirish;
‎m) televizor, radiopriyomnik, musiqa markazlari va boshqa ovozi baland qurilmalardan foydalanish uyda yashovchi boshqa odamlar tinchi buzilmagan taqdirdagina yoʻl qoʻyiladi. Soat 23-00 dan 06-00 gacha toʻliq tinchlikka rioya qilish;
‎n) oʻzi yashayotgan xonadonga undagi sanitar — texnik va boshqa uskunalar, turar joyning texnik va sanitariya holatiga baho berish va tekshirish uchun balansda saqlovchi, uy-joy ekspluatatsiyasi tashkiloti va uy-joy mulkdorlari shirkati, kommunal xizmatlar koʻrsatuvchi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakillariga kirish uchun ruxsat berish;
‎o) ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari kvartirada vaqtincha boʻlmagan hollarda, ijaraga oluvchi uy-joyning saqlanishini taʼminlash maqsadida turar joyda zarur haroratni taʼminlash uchun uni isitish;
‎p) zina maydonchalari va yoʻlaklarni har kuni tozalab turish;
‎r) jami oila aʼzolari bilan turar joydan boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan taqdirda, uni va uning yashash, yordamchi xonalari, sanitar-texnik va boshqa uskunalarini dalolatnoma boʻyicha ijaraga beruvchiga tegishli holatda topshirish.
‎Ijaraga oluvchi tomonidan turar joyni topshirish dalolatnomasi ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi tomonidan tuziladi va imzolanadi.
‎4. Ijaraga oluvchining huquqlari:
‎a) yashaydigan turar joyga turmush oʻrtogʻi, farzandlari, ota-onasi, boshqa qarindoshlari, mehnatga layoqatsiz va boshqa shaxslarni oila aʼzolarining barcha voyaga yetgan aʼzolaridan yozma ruxsat olgan holda kiritish. Ota-onasining yashash joyiga voyaga yetmagan farzandlarni kiritish uchun oila aʼzolarining ruxsati talab qilinmaydi;
‎b) oilasining voyaga yetgan aʼzolarining oʻzaro roziligi bilan oʻzlarining foydalanishida boʻlgan turar joyda boshqa fuqarolarning (vaqtinchalik yashovchilar) vaqtinchalik yashashi uchun ruxsat berish;
‎v) qonunda belgilangan hollarda, oila aʼzolarining roziligi bilan yashayotgan turar joyni ijaraga olish shartnomasini oʻzgartirishni talab qilish;
‎g) oila aʼzolarining roziligi bilan istalgan vaqtda ijara shartnomasini bekor qilish;
‎d) Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan turar joydan foydalanish boʻyicha boshqa huquqlarni amalga oshirish.
‎5. Ijaraga oluvchi bilan birga yashayotgan oila aʼzolari ijaraga oluvchi bilan teng holda barcha huquqlardan foydalanadi va mazkur turar joyni ijaraga olish shartnomasidan kelib chiquvchi barcha majburiyatlarni zimmalariga oladi. Oilaning voyaga yetgan aʼzolari ushbu shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatlar boʻyicha ijaraga oluvchi bilan solidar mulkiy javobgarlikka ega boʻladi.
‎6. Ijaraga beruvchi quyidagi majburiyatlarga ega:
‎a) ijaraga oluvchiga turar joyni tegishli holda topshirish;
‎b) uy-joy fondining ekspluatatsiya, taʼmirlash meʼyor, qoidalariga muvofiqligi;
‎v) turar joy uylari va yashash xonalarini tizimli ravishda tekshirib borish va ulardagi sanitar-texnik va boshqa uskunalarga profilaktik xizmat koʻrsatish;
‎g) uy-joyni oʻz vaqtida taʼmirlab turish, undagi sanitariya-texnik va boshqa uskunalarning nuqsonsiz va meʼyorda ishlashini taʼminlash;
‎d) sanitar-texnik va boshqa uskunalarni taʼmirlash;
‎e) ijaraga oluvchining kvartirasidagi sanitariya-texnik va boshqa uskunalardagi nuqson va nosozliklarni ijaraga oluvchidan kelib tushgan buyurtma olingan sanadan boshlab uch kun muddatda, avariya yuz bergan taqdirda esa — darhol tuzatib berish;
‎j) turar-joy uylari, undagi sanitar-texnik va boshqa uskunalarni qish mavsumiga oʻz vaqtida tayyorlash.
‎7. Ijaraga beruvchi Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom va Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksida belgilangan huquqlarga ega boʻlib, qonunda belgilangan hollarni inobatga olgan holda ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolarining roziligisiz ijara shartnomasiga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega emas.
‎Agar dastlabki ijaraga oluvchining oʻrniga avval tuzilgan ijara shartnomasi boʻyicha uning voyaga yetgan oila aʼzosi ijaraga oluvchi deb tan olingan boʻlsa, ijaraga beruvchi u bilan turar joyni ijaraga olish shartnomasini tuzadi.
‎8. Ijaraga oluvchi va uning oila aʼzolari boshqa joyga doimiy yashash uchun chiqib ketgan taqdirda, ijara shartnomasi ular chiqib ketgan kundan eʼtiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
‎9. Mazkur shartnoma buzilish xavfi boʻlgan uylardan koʻchirish holatlaridan tashqari, ijaraga beruvchining talabi bilan faqat qonunda belgilangan asoslar boʻyicha va faqat sud tartibida bekor qilinishi mumkin.
‎10. Ushbu shartnoma boʻyicha tomonlar oʻrtasida vujudga keladigan kelishmovchiliklar sud yoki boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan ularning vakolat doirasida hal etiladi.
‎11. Mazkur shartnoma uch nusxada tuzilgan boʻlib, bittadan nusxa ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchiga beriladi, uchinchi nusxasi hisobga oluvchi organda qoladi.
‎12. Mazkur shartnomada belgilangan talablarni taraflar bajarmagan taqdirda, qonun h?jjatlariga muvofiq javobgarlik belgilanadi.
‎13. Agarda yengib boʻlmas kuch bilan bogʻliq vaziyatlar (fors-major), masalan: suv toshqini, yongʻin, zilzila, epidemiya, harbiy mojarolar, tomonlar tarafidan mazkur shartnoma shartlarini bajarishiga taʼsir koʻrsatuvchi hukumat yoki mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan farmoyish, buyruq yoki boshqa majburiy qarorlar, hukumatning normativ-huquqiy hujjatlar va boshqalar yuzaga kelish hollari bevosita yoki bilvosita namoyon boʻlgan taqdirda, shartnoma shartlarini bajarish ushbu holat tugash muddatigacha uzaytiriladi.
‎Fors-major holati mavjud boʻlgan tomon uch kun ichida boshqa tomonlarni fors-major holatining boshlanish va tugash muddatlarini koʻrsatgan holda yozma ravishda ogohlantirishi lozim.
‎Agar fors-major holati ijara shartnomasining shartlarini bajarishga uch oydan koʻp muddat talab qilsa, tomonlarning har biri shartnomani bekor qilish huquqiga ega.
‎14. Tomonlarning rekvizitlari va imzolari.

‎‎Ijaraga beruvchi _____________________________________
‎(nomi va yuridik manzili) _____________________________________
‎(bank hisob raqami, bank nomi) _____________________________________ _____________________________________
‎(F.I.O. imzo)

‎M.Oʻ.

‎‎Ijaraga oluvchi
‎_____________________________________
‎(F.I.O. va manzili)
‎_____________________________________
‎_____________________________________
‎_____________________________________
‎(imzo)

‎M.Oʻ.

‎‎Hisobga olindi
‎(Vakolatli organ)
‎______________
‎____________________

‎‎M.Oʻ.______________ (imzo)

Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni ijaraga berish va hisobini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Turar joyni ijaraga oluvchiga topshirish
‎DALOLATNOMASI

‎‎20___ y. “____” _________________

‎‎___________________________________
‎(aholi joyining nomi)

‎‎Bizkim, Ijaraga beruvchining topshirigʻiga koʻra uning nomidan ish yurituvchi ___________________________________ va ____________________ ning “___”_________20__ y. dagi ______-son qaroriga muvofiq Seriya_______________ № _____________ order asosida harakat qiluvchi ijaraga oluvchi fuqaro _____________________________________________________ tomonidan ushbu dalolatnoma tuzildi shu haqdaki, Ijaraga beruvchining vakili va Ijaraga oluvchi oʻrtasida ____________________________________________ manzilida joylashgan ____ uyning _____qavatidagi _______ kvartirani topshirish va qabul qilish amalga oshirildi.
‎Turar joy umumiy maydoni _________ kv.m. boʻlgan __________ ta yashash xonasidan iborat.
‎Turar joyning tarkibi:

‎‎Oshxona
‎vanna xonasi
‎hojatxona
‎dahliz (xoll)
‎omborxona
‎balkon
‎lodjiya
‎yashash xonasi
‎‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;
‎__________________;

‎‎Turar joy suv taʼminoti (sovuq va issiq suv), kanalizatsiya va issiqlik tarmogʻi (markaziy va mahalliy isitish tizimi), elektr tizimi, telefon aloqasi bilan taʼminlangan (yoʻq boʻlgani oʻchirib tashlansin).
‎Turar joyning qoʻshimcha xonalarida uskunalar oʻrnatilgan.
‎________________________________________________________________________________________________
‎Xonalarning texnik holati
‎________________________________________________________________________________________________

‎‎(xonalarning texnik holati koʻrsatiladi)

‎‎Ijaraga beruvchi vakili
‎_______________________________________
‎(F.I.Sh. imzo, muhr)

‎‎Ijaraga oluvchi
‎_______________________________________
‎(F.I.Sh. imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan baʼzi qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat uy-joy fondi xususiylashtirilishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1994-yil 28-iyundagi 325-son qarorining uchinchi xatboshi va unga 1-ilova.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Xizmat turar joylari berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) 1-bandi va unga 1 — 4-ilovalar.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2019-y., 09/19/170/2672-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 31.12.2020-y., 09/20/830/1696-son; 12.01.2021-y., 07/21/4940/0018-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son, 24.07.2021-y., 06/21/6269/0704-son, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son, Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.12.2021-y., 09/21/737/1132-son, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 12.03.2024-y., 09/24/124/0203-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)