1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.09.00 Qishloq xoʻjaligi tarmoqlari / 09.14.09.05 Sabzavotchilik;
2.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.04.00 Eksport va import / 10.01.04.01 Eksport]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi;
2.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Eksport va import]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“ 2018-yil 17-oktabrdagi PQ-3978-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi maʼlumotlari asosida oʻn kun muddatda nohalol eksport qiluvchilar reyestrini shakllantirib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirsinlar.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Ganiyev, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.U. Umurzakov va Davlat bojxona qoʻmitasi raisi M.B. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 23-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
meva-sabzavot mahsulotlari — sabzavotlar, mevalar, dukkakli, yongʻoq, uzum va poliz mahsulotlari, muzlatilgan, quritilgan sabzavot va mevalar (TIF TN boʻyicha tovar kodi 07, 08, 0904, 1202);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchilar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlari bilan eksport kontraktlari tuzgan yoki eksport kontrakti tuzmasdan invoys asosida eksport qiluvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar – Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
invoys — meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun hisobvaraq-faktura;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontrakti — eksport qiluvchi va Oʻzbekiston Respublikasi norezidenti oʻrtasida meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish uchun tuzilgan xoʻjalik shartnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nohalol eksport qiluvchilar reyestri — Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritilgan eksport kontraktlari boʻyicha muddati oʻtgan debitor qarzdorligi mavjud boʻlgan, real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadigan eksport qiluvchilar roʻyxati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Meva-sabzavot mahsulotlari eksporti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tadbirkorlik subyektlari ulgurji savdo qilish litsenziyasiga ega boʻlmasdan meva-sabzavot mahsulotlari eksportini amalga oshirish huquqiga egadirlar. Bunda yakka tartibdagi tadbirkorlarning meva-sabzavot mahsulotlari eksport tushumlariga yagona soliq toʻlovi toʻlanishini nazarda tutuvchi soliqqa tortish tartibi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Eksport qiluvchi yuridik shaxslar meva-sabzavot mahsulotlari eksportini dastlabki toʻlovsiz, akkreditiv ochmasdan, bank kafolatini rasmiylashtirmasdan hamda eksport kontraktini tijorat xavflaridan sugʻurta polisisiz amalga oshirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarga meva-sabzavot mahsulotlarini dastlabki toʻlov, akkreditiv ochish yoki xaridor banklarning kafolati mavjudligi kabi shartlardan biri boʻlgandagina eksport qilish huquqi beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qonun hujjatlari buzilishi xavfining belgilari aniqlanmagan holatlarda, meva-sabzavot mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi eksport qiluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida bojxona koʻrigi oʻtkazilmasdan amalga oshiriladi va bunday mahsulotlar yuklangan transport vositasiga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan bojxona organi tomonidan identifikatsiya vositalari oʻrnatiladi. Bunda hujjatlardagi mavjud maʼlumotlarning ishonchliligi, shuningdek, mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan noqonuniy olib oʻtish holatlari uchun eksport qiluvchi javobgar hisoblanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qaroriga asosan 2020-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Eksport qiluvchilar eksport kontrakti tuzmasdan invoys asosida meva-sabzavot mahsulotlarini Oʻzbekiston Respublikasining tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlaridan xorijiy valyutada bank oʻtkazmalari, shuningdek, xorijiy yoki milliy valyutadagi naqd pul mablagʻlarini belgilangan tartibda bank kassalariga kiritish orqali 100 foiz oldindan toʻlov olish sharti bilan eksport qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Eksport qiluvchi yuridik shaxslar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Eksport kontraktlari boʻyicha eksport qilingan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini belgilangan joygacha transportda tashish paytida ushbu Nizomning ilovasiga muvofiq faktura qiymatiga tuzatishlar kiritish uchun qoʻllanadigan Eksport qilingan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlarining tabiiy yoʻqolish normativlari doirasida tabiiy yoʻqolishlar boʻlgan holatlarda, eksport qiluvchi bu haqda Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga (TSOYAEAT) axborot kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining tabiiy yoʻqolishlari mavjud boʻlganda, yoʻqolish summasi debitor qarzdorlik sifatida hisobga olinmaydi, balki eksport qiluvchi balansining xarajat qismida hisobga olinadi. Yoʻqotish summasi oldindan toʻlov sifatida eʼtirof etilganda, tabiiy yoʻqotishlar summasiga teng meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchi tomonidan TSOYAEATga kiritilgan maʼlumotlar asosida yuklab joʻnatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiiy yoʻqotishlar summasi xizmat koʻrsatuvchi bank tomonidan eksport qiluvchining tabiiy yoʻqotishlar summasi toʻgʻrisida TSOYAEATga kiritilgan maʼlumotlar asosida eksportga yuklangan mahsulotlar summasidan kamaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarini yetkazib berish natijasida paydo boʻlgan yoʻqotish summasi xorijiy sherikka qaytarilishi lozim yoki keyingi yetkazib berishlar uchun oldindan toʻlov deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda eksport bojxona yuk deklaratsiyasida qayd etilgan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlarining faktura qiymatiga tuzatishlar kiritilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Ushbu Nizomda nazarda tutilmagan talablar eksport kontraktlari va ularni bajarishga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-sentabrdagi 416-son qarori bilan tasdiqlangan Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoring olib borish tartibi toʻgʻrisida Nizom va boshqa qonun hujjatlari talablari qoʻllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Eksport bojxona yuk deklaratsiyasida meva-sabzavot mahsulotlarining faktura qiymati invoys valyutasida koʻrsatiladi. Tijorat banklari tomonidan TSOYAEATga milliy valyutadagi naqd mablagʻlar toʻgʻrisida maʼlumotlar kiritilgan taqdirda, meva-sabzavot mahsulotlarining milliy valyuta ekvivalentidagi umumiy faktura qiymati bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilingan kunda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bank kursi boʻyicha TSOYAEATda bojxona rasmiylashtiruvi uchun qayd etilgan summadan oshmasligi zarur.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Meva-sabzavot mahsulotlarini nohalol eksport qiluvchilar reyestrini shakllantirish va yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. TSOYAEATga kiritilgan eksport kontrakti boʻyicha toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorligi mavjud boʻlgan eksport qiluvchi real vaqt rejimida avtomatik ravishda shakllanadigan nohalol eksport qiluvchilar reyestriga (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorlik mavjud kontraktlar doirasida ushbu qarzdorlik summasidan kam boʻlmagan miqdordagi xorijiy valyuta tushumlari toʻgʻrisida maʼlumot TSOYAEATga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki tomonidan kiritilgandan soʻng nohalol eksport qiluvchi real vaqt rejimida shakllanadigan Reyestrdan chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Reyestrga kiritilgan nohalol eksport qiluvchiga keyingi eksportini faqat 100 foizli oldindan toʻlov sharti asosida amalga oshirishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Reyestr tijorat banklari va bojxona organlari tomonidan TSOYAEATga kiritilgan maʼlumotlar asosida avtomatik ravishda elektron tarzda shakllantiriladi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr xizmat koʻrsatuvchi bankning va eksport qiluvchining nomlari, eksport qiluvchining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR), kontraktning raqami, sanasi va identifikatsiya raqami, toʻlov muddati oʻtgan debitor qarzdorlik summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reyestr Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining veb-saytlari bilan integratsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport qiluvchi toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan debitor qarzdorligi mavjud kontraktlari boʻyicha maʼlumotlarni oʻzining elektron kalitidan foydalangan holda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasining veb-saytlaridan olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilarining eksport operatsiyalariga xizmat koʻrsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Eksport operatsiyalariga tijorat banklari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xizmat koʻrsatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat banklari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport qiluvchi zarur hujjatlarni qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etgan paytdan boshlab bir ish kuni davomida unga xorijiy valyutada talab qilib olinadigan depozit hisobvaraq ochishga;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 5-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport kontrakti yoki invoys boʻyicha eksport qiluvchining bank hisobvaragʻiga kelib tushgan pul mablagʻlari haqidagi maʼlumotlarni TSOYAEATga kiritish uchun masʼuldirlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mablagʻlar kelib tushganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar TSOYAEATga tijorat banklari tomonidan toʻlov valyutasida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ushbu Nizom qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Faktura qiymatiga tuzatishlar kiritish uchun qoʻllanadigan eksport qilingan yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlarining tabiiy yoʻqolishlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
normativlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(yukning sof vazni (netto)ga nisbatan % hisobida)
Tashish masofasi, km.
Mahsulot nomi
bodringlar
pomidorlar
shirin va achchiq qalampir, baqlajon, kabachki
karam, piyoz
koʻkat
boshqa sabzavotlar
poliz mahsulotlari
uzum
danakli mevalar va anor
olma va nok
poʻchoqli mevalar va xurmo
sitrus mevalar
100 km. gacha
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
0,3
0,3
250 km. gacha
1,9
1,1
1,2
1,1
0,5
0,7
1
1,1
1,3
0,7
1,1
-
500 km. gacha
2,4
1,7
1,5
1,7
0,6
1
1,6
1,4
1,6
1
1,9
-
501 — 550
2,5
1,8
1,6
1,8
0,7
1
1,7
1,5
1,7
1
2,0
-
551 — 600
2,6
1,9
1,7
1,9
0,8
1,1
1,8
1,6
1,7
1,1
2,1
-
601 — 700
2,8
2,1
1,8
2,2
1
1,3
2
1,7
1,8
1,3
2,3
-
701 — 800
3
2,3
1,9
2,5
1,1
1,5
2,1
1,8
1,9
1,5
2,5
-
801 — 900
3,2
2,5
2
2,8
1,2
1,7
2,3
1,9
2,0
1,7
2,7
-
901 — 1000
3,4
2,7
2
3,1
1,3
1,9
2,8
2,0
2,1
1,9
2,9
-
1000 km. dan uzoq masofaga tashishda belgilangan meʼyor keyingi har 100 km. da oshiriladi
0,1
0,1
0,1
0,3
0,1
0,1
0,2
0,1
0,1
0,1
0,1
-
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izohlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlarining tashuvi tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotlarini xalqaro tashuv va mazkur tashuvlarni amalga oshirish uchun moʻljallangan maxsus transport vositalari toʻgʻrisidagi Kelishuvga asosan tasdiqlangan normalar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum va poliz mahsulotlarini temir yoʻl transportida tashishda yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi va temir yoʻl kompaniyalarining javobgarligi, shuningdek, yuklarni tashishda vujudga kelgan ziddiyatli vaziyatlarni koʻrib chiqish tartibi Yuklarni temir yoʻlda tashish xalqaro Kelishuvida, Oʻzbekiston Respublikasi temir yoʻl Ustavida, yuklarni tashish Qoidalarida hamda boshqa tegishli normativ hujjatlarda belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sitrus mevalarni 100 km. masofadan uzoqqa tashishda norma keyingi har bir 50 km. uchun 0,1%ga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-son qaroriga 2-ILOVA
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.03.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ROʻYXATI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining “Meva-sabzavot mahsulotlari, kartoshka, poliz mahsulotlari va uzumni eksport qilishni tartibga solish mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 28-avgustdagi 249-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 8-son, 75-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2016-yil 15-iyundagi 207-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 56-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzagroeksport” AJ tomonidan oldindan toʻlovsiz meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin boʻlgan yetakchi chet el import qiluvchi tashkilotlar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2017-yil 10-avgustdagi 609-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Vazirlar Mahkamasining “Yangi uzilgan, quritilgan va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2017-yil 14-dekabrdagi 984-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 287-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Investstroy” AJ faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 7-iyundagi 430-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 12-son, 287-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2018-yil 8-yanvardagi 16-son qarori ilovasining 10-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 56-modda).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlar Mahkamasining ““Oʻzagroeksport” AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi oldindan toʻlovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochilmasdan yoki birinchi darajali xorijiy bank kafolati rasmiylashtirilmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi mumkin boʻlgan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlar roʻyxatiga qoʻshimchalar kiritish haqida” 2018-yil 9-oktabrdagi 814-son qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 27-noyabrdagi 963-son qarori ilovasining 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 287-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.02.2019-y., 09/19/163/2663-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; 15.04.2021-y., 09/21/216/0337-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son; 09.11.2022-y., 07/22/417/1004-son; 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son; 01.09.2026-y., 06/26/174/0881-son)