Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2019 21.02.2019 yildagi 150-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 23.11.2019
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-noyabrdagi 943-sonli “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 29-sentabrdagi PQ-3300-son hamda “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-iyundagi PQ-3802-son qarorlariga muvofiq, shuningdek, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirish toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatishni taʼminlovchi nazorat-kassa mashinalarini qoʻllashni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Innovatsion loyihalarni amalga oshirish va idoraviy axborot tizimlarini jadal integratsiyalashuvining tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 18-apreldagi PQ-3673-son qarorida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga Toshkent shahrida onlayn nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash boʻyicha tajriba loyihasini (keyingi oʻrinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) ishga tushirish nazarda tutilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tajriba loyihasini amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi ““Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi” DUK sotilgan mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) boʻyicha realizatsiya vaqti va joyini koʻrsatgan holda maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga onlayn rejimida uzatishni taʼminlovchi zamonaviy nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash orqali savdo va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi tushumlarni avtomatlashtirilgan nazorat qilish tizimining fiskal maʼlumotlar operatori (keyingi oʻrinlarda fiskal maʼlumotlar operatori deb ataladi) etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblar haqidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida uzatishni taʼminlovchi onlayn nazorat-kassa mashinalarida foydalaniladigan fiskal modulga qoʻyiladigan texnik talablar 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va fiskal maʼlumotlar operatori 2019-yil 1-martga qadar quyidagilarni taʼminlasinlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy kriptografik algoritmlar bazasi asosida axborot xavfsizligini taʼminlashning kriptografik usullaridan foydalangan holda fiskal maʼlumotlarni qayta ishlash va uzatish operatsiyalarini amalga oshiradigan ixtisoslashtirilgan dasturiy taʼminotni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektlari uchun sarf-xarajatlarini maksimal darajada kamaytirgan holda fiskal modulni texnik jihatdan mos keladigan nazorat-kassa mashinalari va hisob-kitob terminallari bilan integratsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat-kassa mashinalarining onlayn rejimida uzluksiz ishlashini taʼminlash maqsadida zarur server va telekommunikatsiya uskunalarini hamda dasturiy taʼminotni belgilangan tartibda xarid qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda olingan dastlabki maʼlumotlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi maʼlumotlar bazasiga onlayn rejimida uzatish va qabul qilish hamda ularning toʻliq hajmda saqlanishini tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotilgan mahsulotlar hamda koʻrsatilgan ishlar va xizmatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni viloyatlar, shaharlar va tumanlar boʻyicha tahlil qilish, shuningdek, soliqlar toʻlashdan boʻyin tovlash ehtimoli boʻlgan holatlarni avtomatik ravishda aniqlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba loyihasini amalga oshirishni, shuningdek, loyihani uslubiy qoʻllab-quvvatlashni va tajriba loyihasining barcha ishtirokchilari oʻrtasida hamkorlikni tashkil qilishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn nazorat-kassa mashinalari tizimini tatbiq etish va ishlatish toʻgʻrisida tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida, shuningdek, ommaviy axborot vositalarida keng tushuntirish va konsultatsiya ishlari oʻtkazilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, tadbirkorlik subyektlarining tajriba loyihasining amalga oshirilishida ixtiyoriy ishtiroki ularni nazorat-kassa mashinalari qoʻllashning qonunchilikda belgilangan tartibiga rioya etishdan ozod qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tajriba loyihasi natijasi boʻyicha axborotni, shuningdek, onlayn nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash tartibiga bosqichma-bosqich oʻtish boʻyicha aniq takliflarni 2019-yil 1-iyulga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — moliya vaziri J.A. Koʻchqorov va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 21-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-fevraldagi 150-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtinchalik nizom
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Vaqtinchalik nizom hisob-kitoblar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni onlayn rejimida uzatishni taʼminlovchi onlayn nazorat kassa mashinalarini qoʻllash boʻyicha tajriba loyihasini (keyingi oʻrinlarda tajriba loyihasi deb ataladi) amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tajriba loyihasida ishtirok etish ixtiyoriy hisoblanadi. Savdo va xizmat koʻrsatish faoliyati bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari fiskal modulni, mazkur Vaqtinchalik nizomda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazganidan soʻng, tajriba loyihasida ishtirok etishlari mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Vaqtinchalik nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn nazorat-kassa mashinalari (keyingi oʻrinlarda NKM deb ataladi) — fiskal modulga bogʻlanish imkoniyatiga ega boʻlgan, fiskal hujjatlarni hosil qiluvchi, fiskal hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda DSQ deb ataladi) onlayn rejimida uzatishni taʼminlovchi va qogʻozga chop etuvchi elektron hisoblash mashinalari, boshqa qurilmalar va ularning komplekslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fiskal maʼlumotlar operatori (keyingi oʻrinlarda operator deb ataladi) — onlayn rejimida qabul qilingan fiskal maʼlumotlarni mustaqil va doimiy ravishda qabul qilish, qayta ishlash va saqlash ishlarini bajaruvchi DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi DUK. Tajriba loyihasini amalga oshirish uchun operator boshqa xoʻjalik subyektlarini pudrat va subpudrat ishlariga jalb qilishga haqli;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti (keyingi oʻrinlarda shaxsiy kabinet deb ataladi) — soliq toʻlovchilar va davlat soliq xizmati organlarining (DSXO) soliq qonunchiligida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan oʻzaro munosabatlarini elektron tarzda amalga oshirishni taʼminlaydigan hamda DSQning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan axborot resursi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilar — tadbirkorlik subyektlari — savdo va xizmat koʻrsatish faoliyatida NKM foydalanuvchilari boʻlgan tajriba loyihasi ishtirokchilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchilar — NKMlarni, ularning butlovchi qismlarini va (yoki) dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqarish, sotish bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba loyihasi ishtirokchilari — DSQ, operator, NKMdan foydalanuvchilar va ularni ishlab chiqaruvchilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fiskal modul (keyin oʻrinlarda FM deb ataladi) — oʻzi ulangan qurilmaning hisoblash quvvatini va dasturiy mahsulotini ishlatmagan holda fiskal maʼlumotlarni qonunchilikda belgilangan tartibda milliy standartlar asosida kriptografik himoyasini taʼminlovchi fiskal xotira vazifasini bajaruvchi ixtisoslashtirilgan fizik qurilma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tajriba loyihasi ishtirokchilarining majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Operator quyidagilarni taʼminlashga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlarini jalb qilmagan holda, oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NKM foydalanuvchilariga fiskal modulni zarur dasturiy va texnik resurslar bilan birga begʻaraz taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NKMdan olingan dastlabki maʼlumotlarni toʻliq hajmda DSQga onlayn rejimida uzatilishini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
onlayn rejimida qabul qilingan fiskal maʼlumotlarni, shuningdek, elektron fiskal hujjatlarni kechayu kunduz avtomatlashtirilgan rejimda va doimiy qabul qilish, qayta ishlash va toʻgʻrilab boʻlmaydigan saqlashni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
DSQga fiskal maʼlumotlardan onlayn rejimda foydalanish huquqini berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FM foydalanuvchilarining shaxsiy maʼlumotlarini himoyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NKM kassa chekining haqqoniyligini QR-kod orqali tekshirish imkoninini beradigan hamda FM va NKM orasida maʼlumotlarni almashish protokoli joylashtirilgan butunjahon internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
plastik kartalar orqali toʻlovlarni qabul qilishda NKMlardan foydalanish imkoniyatini yaratish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. DSQ quyidagilarni taʼminlashga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NKMdan kiruvchi maʼlumotlarni onlayn rejimida qabul qilish va dastlabki maʼlumotlarni toʻliq hajmda saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchilarni mazkur Vaqtinchalik nizomda belgilangan tartibda roʻyxatga olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzining rasmiy veb-saytida tajriba loyihasi ishtirokchilari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NKM kassa chekining haqqoniyligini QR-kod orqali kechayu kunduz avtomatlashtirilgan rejimda tekshirish imkonini beradigan butunjahon internet tarmogʻidagi rasmiy veb-saytini ishlatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba loyihasi ishtirokchilari tomonidan berilgan savollarga javoblarni oʻz vaqtida va qonunchilikda belgilangan muddatlarda joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Foydalanuvchilar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalaniladigan FMni foydalanuvchining shaxsiy kabinetida roʻyxatdan oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tajriba loyihasi davrida savdo va xizmat koʻrsatish sohasida pulli hisob-kitoblarni shu jumladan NKM orqali ham amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NKM ishdan chiqqanda va (yoki) foydalanishdan olinganda bu haqda operatorga va DSXOlariga bir sutka ichida xabar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NKMning internet tarmogʻiga uzluksiz ulanishini taʼminlash boʻyicha oʻzi tomonidan barcha choralarni koʻrish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ishlab chiqaruvchilar quyidagilarga majbur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fiskal maʼlumotlarni modifikatsiyalash (korrektirovka qilish), shaxsini koʻrsatmaslik, toʻsish, oʻchirish va yoʻq qilish imkoniyatini beruvchi dasturiy taʼminotdan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) NKM bilan ishlashda oʻz vaqtida texnik xizmat koʻrsatish va yuzaga keladigan muammolarni zudlik bilan bartaraf etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kassa chekining alohida ajratilgan maydonida tekshiruvi kodlangan shakldagi rekvizitlarini oʻz ichiga olgan kassa cheki (hisob-kitob amalga oshirilgan sana va vaqt, fiskal hujjatning tartib raqami, hisoblash belgisi, hisob-kitob miqdori, FM zavod ishlab chiqarish raqami) kamida 20x20 mm oʻlchamdagi QR-kodi yordamida kassa cheki haqiqiyligini tekshirish imkoniyatini beradigan, butunjahon internet tarmogʻidagi veb-sayti belgisi koʻrsatilgan yoki boshqa vositalar (masalan, mobil applikatsiya) orqali QR-kod shakllanishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) kassa cheklarida va avtomatlashtirilgan holda uzatishda quyidagi maʼlumotlar aks etishini taʼminlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chekning tartib raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyektining indentifikatsiya raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
pulli hisob-kitoblar amalga oshiriladigan manzil;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar/xizmat nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar/xizmatning qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar/xizmatning qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov shakli: naqd yoki plastik karta yordamida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovning jami summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov sanasi va vaqti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fiskal modulning unikal raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
berilgan kassa chekining haqiqiyligini tekshirish uchun QR-kod.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. FMni shaxsiy kabinet orqali roʻyxatdan oʻtkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. DSQ tomonidan yuritiladigan FM yagona reyestriga kiritilgan FMlar roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan FMni roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizalar DSXOlar tomonidan shaxsiy kabinet orqali qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. FMni roʻyxatga olish ushbu Vaqtinchalik nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. FMni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti Vaqtinchalik nizomning 2-ilovasiga muvofiq FMni roʻyxatga olish arizasini toʻldiradi va shaxsiy kabineti orqali yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FMni roʻyxatdan oʻtkazish arizasini koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tadbirkorlik subyektiga besh ish kunidan kechiktirmagan holda shaxsiy kabinetiga ushbu Vaqtinchalik nizomning 3-ilovasiga muvofiq FMni roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. FM yagona reyestrida FMning mavjud emasligi roʻyxatdan oʻtkazishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tadbirkorlik subyekti mazkur Vaqtinchalik nizomning 4 va 5-bandlaridagi xizmatlarni oʻz vaqtida koʻrsatmaslik yoki masʼul mansabdor shaxslarning harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur Vaqtinchalik nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fiskal modulni olish, roʻyxatdan oʻtkazish, oʻrnatish va undan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Fiskal modulni roʻyxatdan oʻtkazish uchun soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali belgilangan shakl boʻyicha arizani yuborish.

Murojaatchining xohishiga koʻra

2-bosqich

Davlat soliq xizmati organlari

Tadbirkorlik subyektiga shaxsiy kabineti orqali fiskal modulni roʻyxatdan oʻtganligi haqida belgilangan shakldagi xabarnomani yuborish.

Bir ish kuni ichida

3-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Roʻyxatdan oʻtgan joydagi davlat soliq xizmati organlaridan fiskal modulni bepul olish.

Besh ish kuni ichida

4-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Fiskal modulni elektron hisoblash mashinalariga, boshqa qurilmalarga oʻrnatish va FMOga bogʻlanishni sozlash (zarurat boʻlganda, FMOning texnik koʻmagi bilan)

Uch ish kuni ichida

5-bosqich

Tadbirkorlik subyekti

Fiskal maʼlumotlarni davlat soliq xizmati organlariga yuborishni taʼminlash.

Doimo

(tajriba loyihasini amalga oshirish davrida)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎________________________ DSI boshligʻiga
‎_____________________________________
‎(Tadbirkorlik subyektining nomi)
‎_____________________________tomonidan

‎‎(tadbirkorlik subyekti
‎rahbari, F.I.O.)

‎‎Fiskal modulni roʻyxatdan oʻtkazish toʻgʻrisida
‎ARIZA

‎‎__________-son

‎‎___________________ sanadagi

‎‎Onlayn nazorat-kassa mashinasi tarkibida kelgusida foydalanish uchun quyidagi maʼlumotlar asosida fiskal modulni roʻyxatdan oʻtkazishingizni soʻrayman:

‎Ariza beruvchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

‎‎Tadbirkorlik subyekti toʻgʻrisidagi maʼlumotlar:

‎‎Tadbirkorlik subyektining nomi:
‎STIR:
‎Asosiy hisob raqami ochilgan bank MFOsi:
‎Tadbirkorlik subyektining rahbari F.I.O.:
‎Onlayn nazorat-kassa mashinasi oʻrnatilgan obyektning turi:

‎‎_______________________________________________‎‎
‎_______________________________________________‎‎
‎_______________________________________________
‎‎‎_______________________________________________‎‎

‎_______________________________________________‎‎

‎‎Onlayn nazorat-kassa mashinasi oʻrnatilgan joy haqidagi maʼlumotlar:

‎‎Viloyat (shahar):
‎Tuman:
‎Koʻcha:
‎Uy:
‎Xonadon:
‎Oʻrnatilgan joy:
‎Savdo kompleksi /bozor:
‎Savdo shaxobchasining nomi /xizmatlar koʻrsatish shaxobchasi:
‎Faoliyat yoʻnalishi:
‎Faoliyat turi:

‎‎_______________________________________________
‎_______________________________________________
‎_______________________________________________
‎_______________________________________________
‎_______________________________________________
‎_______________________________________________
‎_______________________________________________

‎‎_______________________________________________
‎‎_______________________________________________
‎_______________________________________________

‎‎Xizmat koʻrsatuvchi bank bilan naqd pul tushumlarini inkassatsiya qilish shartnomasi haqidagi yoki xizmat koʻrsatuvchi bankda hisobvaraq mavjudligi hamda shartnomasi haqidagi maʼlumotlar:

‎‎Raqami:
‎Sana:
‎Bank MFOsi:
‎‎_______________________________________________
‎‎‎_______________________________________________‎‎
‎_______________________________________________

‎‎Fiskal modul haqidagi maʼlumotlar:

‎‎Fiskal modulning ID raqami:
‎‎_______________________________________________
‎‎Arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tasdiqlayman

‎‎___________________________
‎(F.I.O.)

________
‎(imzo)

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Onlayn nazorat-kassa mashinalarini qoʻllash boʻyicha tajriba loyihasini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida Vaqtinchalik nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

‎‎Fiskal modulning roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida
‎XABARNOMA

‎‎Ushbu xabarnoma _________________________________________________________________ga shu haqda berildiki,
‎(tadbirkorlik subyekti nomi)

‎‎mazkur fiskal modul _______________________________________________________________ faoliyatini amalga oshirish maqsadida __________________________________________________________________________ manzili boʻyicha “___”_________ 20__ yilda _________________ raqam bilan roʻyxatga olingan.

‎‎




‎____________ tumani (shahar) DSI boshligʻi






‎‎‎______________________

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-fevraldagi 150-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob-kitoblar haqidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida uzatishni taʼminlovchi onlayn nazorat-kassa mashinalarida foydalaniladigan fiskal modulga qoʻyiladigan texnik talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Fiskal modul zavodda ishlab chiqarilgan holatda xarid qilinadi, yaʼni bunda identifikatsiya qilinadigan maʼlumotlarning ham ichki, ham vizual koʻrinishda boʻlmasligini anglatadi. Tegishli kelishuvlarga koʻra qurilmaga dasturiy taʼminot ishlab chiqaruvchilar tomonidan yozilgan boʻlishi yoki fiskal modul operatori (keyingi oʻrinlarda FMO deb ataladi) tomonidan fiskal modulni ishga tayyorlash jarayonida oʻrnatilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fiskal modullarni ishlab chiqarish jarayoni mos infratuzilmadan foydalangan holda quyidagi harakatlarni amalga oshirishni koʻzda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fiskal maʼlumotlarni qayta ishlash va uzatish ishlarini amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan dasturiy taʼminot (applet)ni yozish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) unikal raqam berish, ochiq va yopiq kalitlarni yaratish va ochiq kalitni maʼlumot tashuvchiga uzatish (tajriba loyihasi vaqtida — maʼlumotlar bazasiga, toʻliq loyiha vaqtida — NSM xavfsizligi moduliga). Yopiq kalit faqat fiskal modulda saqlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) vizual maʼlumotlarni yozish — modul identifikatsiya raqami, mos shtrix kodi, logotiplar va boshqa zarur vizual maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qayta ishlangan fiskal modul oʻzining unikal identifikatoriga ega boʻladi, bu haqdagi maʼlumotlar FMO tizimida va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasida (keyingi oʻrinlarda Qoʻmita deb ataladi) saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Fiskal modulning fizik parametrlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Fiskal modul sifatida smart-karta yoki USB-kaliti koʻrinishidagi qurilmalardan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Fiskal modul Infineon SLE77CLFX2400PM kontrolleri bilan taʼminlangan boʻlishi yoki nisbatan yangi versiyasi bilan mos kelishi lozim. Bundan tashqari, karta T=0 va T=1 aloqa protokollarini hamda GOST 28147-89, UZDST1106-2009, UZDST1092-2009, 3DES, AES, RSA, SNA-1, SNA-224, SNA-256, ECC over GF(p) va Random number generation kriptografik algoritmlar va shifrlash funksiyalarini qoʻllab-quvvatlashi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tajriba loyihasini amalga oshirish davrida Java Card 2.2.2 va Global Platform 2.1.1 sanoat standartlarini yoki uning nisbatan yangi talqinlaridan foydalanish nazarda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Fiskal modul dasturiy taʼminotiga qoʻyiladigan funksional talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Buyruqlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fiskal modulning dasturiy taʼminoti quyidagi buyruqlarning bajarilishini taʼminlashi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Buyruq

Izoh

REQUEST CARD ACTIVATE

Bu buyruq fiskal modulni faollashtirishning birinchi bosqichi boʻlib, kriptogrammalar hosil qilishni nazarda tutadi. Mazkur kriptogramma nazorat-kassa mashinasiga (NKMga) uzatilishi, u esa, oʻz navbatida, FMO axborot tizimiga yuborishi lozim.

ACTIVATE CARD

Fiskal modulni faollashtirishning ikkinchi bosqichi NKMga FMO axborot tizimidan javob olish va uni ACTIVATE CARD buyrugʻi parametrlaridan biri sifatida foydalanish uchun fiskal modul appletiga uzatish. Buyruq bajarilishi natijasida serverdan olingan kalitlar va fiskal modulda saqlangan kalitlar solishtiriladi hamda bir-biriga mos kelgan taqdirda fiskal modul faol holatga oʻtadi.

DEACTIVATE CARD

Ushbu buyruq fiskal modulni bekor qilishda foydalaniladi. Bekor qilish jarayoni qator cheklovlarga ega, ulardan biri appletda saqlanadigan barcha majburiy joʻnatma va FMOga yuborilmagan “Z-hisobot”lar hisoblanadi.

GET MODULE INFO

Buyruq soʻrov amalga oshirilganda barcha oʻzgaruvchilar holatini qaytaradi.

GET BATCN

Buyruq aniq bir “Z-hisobot” mazmunini qaytaradi.

REGISTER

TRANSACTION

NKM qurilmasining dasturiy taʼminoti umumiy narxni oladi. Mazkur parametr oʻzgaruvchan boʻlib, soliq qonunchiligi talablariga bogʻliq.

NKM fiskal modulda REGISTER TRANSACTION funksiyasini chaqiradi va quyidagilarni uzatadi: oʻtkazma turi, summasi va sanasi/vaqti. Fiskal modul oʻtkazma muvaffaqiyatli oʻtgan taqdirda quyidagilarni qaytaradi: oʻzining (modulning) unikal raqami, oʻtkazmaning oshuvchi unikal raqami (fiskal modul holati oʻzgarishig� olib keladigan ixtiyoriy oʻtkazmada raqam oshib boradi), mazkur oʻtkazma turining oshib boruvchi raqami, oʻtkazma oʻtadigan “Z-hisobot” raqami, boshqa qoʻshimcha axborotlar
va raqamli imzo.

Soliq toʻlovchining xoʻjalikni boshqarish shakliga koʻra, roʻyxat tuzilmasi imkoniyatlari va parametrlar zaruriyatidan kelib chiqib amalga oshirilishi kerak.

GET LAST

TRANSACTION

Buyruq FMO axborot tizimida oxirgi roʻyxatga olingan oʻtkazma maʼlumotlarini qaytaradi.

Ushbu buyruqdan texnik sabablarga koʻra oʻtkazma muvaffaqiyatli amalga oshganligi haqidagi javob boʻlmagan taqdirda foydalaniladi.

CLOSE BATCN

Buyruq fiskal modul appletida “Z-hisobot” yopilishini taʼminlaydi.

“Z-hisobot” yopilishi vaqtida fiskal modulga tegishli davr mobaynida amalga oshirilgan barcha amallar haqidagi maʼlumotlar yoziladi. Axborotlar raqamli imzo bilan tasdiqlanadi.

GET BATCN

Qoʻmitaga keyingi joʻnat�alar uchun fiskal modul appletida “Z-hisobot” maʼlumotlarini tasdiqlangan kalit bilan olish uchun NKMga joʻnatiladigan buyruq.

BATCN REGISTERED

FMOga “Z-hisobot” joʻnatilgandan soʻng NKMga roʻyxatga olinganlik haqidagi xabar qaytariladi. Bu xabar koʻrib chiqilayotgan buyruq parametri sifatida “Z-hisobot” muvaffaqiyatli roʻyxatga olinganligini tekshirish uchun NKMdan fiskal modul appletiga uzatiladi. Fiskal modul raqamli imzoning haqiqiyligini tekshirishni taʼminlaydi, natijada markaziy xavfsizlik modulida muvaffaqiyatli yuborilganlikni qayd etadi, bu hisobotni oʻz xotirasidan oʻchiradi va yuborilmagan hisobotlarning sonini kamaytiradi.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Saqlanadigan maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foydalanish muddati mobaynida (fiskal modulning faol holati saqlab turilganda) fiskal modulda quyidagi axborotlar saqlanishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) global miqyosda fiskal modulning barcha faol davrlarida oʻtkazmaning har bir turi boʻyicha jami qancha oʻtkazma amalga oshirilganligi va bu oʻtkazmalar boʻyicha tegishli miqdorlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) har bir aniq “Z-hisobot” boʻyicha qancha oʻtkazma, qanday turdagi va qancha summa hisobiga amalga oshirilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) uzatilmagan “Z-hisobot”larning cheklangan soni. Bu parametr mos talablardan kelib chiqib shakllanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har bir oʻtkazma haqidagi batafsil maʼlumot fiskal modulda, FMOdan oʻtkazma qabul qilinganligi toʻgʻrisidagi xabar olingunga qadar saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻtkazmalarni raqamlash mexanizmi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fiskal modul appletida oʻtkazmalarning qayta ishlanishi natijasida oʻtkazmaning ikkita raqami berilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) uning turidan qatʼi nazar oʻtkazmaning doimiy oshuvchi raqami;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) aniq turdagi (debet, kredit, naqdsiz debet, naqdsiz kredit) oʻtkazmaning doimiy oshuvchi raqami.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazmani raqamlash mexanizmi, barcha oʻtkazmalar nazorati Qoʻmita tomonidan amalga oshiriladi. Qoʻmita markaziy xavfsizlik moduliga uzatiladigan oʻtkazmalar soni oʻzgargan taqdirda, bunday ruxsat etilmagan harakatlarni raqamlash mexanizmidan foydalangan holda osongina aniqlash mumkin. Serverda “Z-hisobot” maʼlumotlariga mos keluvchi raqamlangan oʻtkazmalar, jami miqdor va summa saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Z-hisobot” boʻyicha cheklovlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FMO har bir soliq toʻlovchi uchun bitta “Z-hisobot”dagi oʻtkazmalarning maksimal soni va umumiy summasi boʻyicha cheklovlarni belgilaydi. Maksimal son va umumiy summaga yetganda fiskal modul “Z-hisobot”ni yopish talabiga binoan keyingi oʻtkazmalarni roʻyxatga olishni rad etishi va navbatdagi amallarni bajarmasligi lozim. Biroq “Z-hisobot”ning yopilishi uning markaziy xavfsizlik moduliga darhol joʻnatilishini anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuborilmagan “Z-hisobot”lar soni FMO tomonidan ham tartibga solinadi. Maksimal miqdorga erishilganda soliq toʻlovchi barcha toʻplangan hisobotlarni markaziy xavfsizlik moduliga joʻnatishi lozim, fiskal modul oʻtkazmani roʻyxatga olishni va imzolashni hisobotlar yuborilgunga qadar hamda kun yopilishigacha toʻxtatishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Dasturiy taʼminotga qoʻyiladigan operatsion talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitta “Z-hisobot”da oʻtkazmalar soni, FMO joʻnatiladigan “Z-hisobot”lar soni va davriyligi, qayta ishlananadigan oʻtkazmalar va shu kabilar boʻyicha talablar Qoʻmita talablariga binoan shakllantirilishi va ularga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xavfsizlik tizimiga qoʻyiladigan talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fiskal modulni ishlab chiqarish jarayoni Oʻzbekiston Respublikasi hududida tasdiqlangan Oʻz DSt ISO/IEC 27001:2009 standartiga mos keluvchi axborot xavfsizligi siyosatini ishlab chiqishni talab etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Fiskal modulni ishga tushirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Fiskal modulni ishga tushirish jarayonining umumiy tavsifi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fiskal modulni ishga tushirishning zaruriy sharti mos amallarni bajarishni taʼminlovchi ixtisoslashtirilgan dasturiy taʼminot — applet oʻrnatilgan boʻlishidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishga tushirish jarayoni quyidagilarni nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) raqamli imzo kalitlarini yaratish va ochiq kalitni CSMga uzatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) soʻrovlarga qabul qilingan javoblar keyingi identifikatsiya uchun kalitlarni CSM serveriga yozish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ishga tushirilgan fiskal modullar hisobi va soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti bilan maʼlumotlarni almashish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xavfsizlik tizimiga qoʻyiladigan talablar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fiskal modulni ishga tushirish jarayoni xavfsizligini taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasida tasdiqlangan maʼlumotlarni himoyalash usul va vositalari qoʻllanilishi yordamida amalga oshirilishi, shuningdek, fizik himoyani tartibga soladigan vositalar (videokuzatuv kamerasi, fizik ruxsatning cheklanganligi va shu kabilar) qoʻllanilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha vositalar va harakatlarni qoʻllash quyidagilarning oldini olish uchun zarur:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) fiskal modul dasturiy taʼminotining (appletining) soxtalashtirilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan shaxsiy kalitlarning tarqalishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) fiskal modulni aktivlashtirish jarayonining buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan fiskal modul haqidagi maʼlumotlarning yoʻqotilishi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.02.2019-y., 09/19/150/2646-son)