Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PQ-4142-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek, energetika tarmogʻini jadal rivojlantirish va boshqaruvning samarali tizimini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vaziri A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 9-fevral,
108-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-fevraldagi 108-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining (keyingi oʻrinlarda Vazirlik deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligini, faoliyati va hisobotini tashkil etish tartibini, shuningdek, funksional vazifalarini va uning rahbarlari javobgarligini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirlik:
energetika sohasida davlat boshqaruvi organi hisoblanadi hamda oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi;
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirishni taʼminlash, barcha toifadagi isteʼmolchilarda energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatli organ hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni muvofiqlashtirish va boshqarish, shuningdek, ularni amalga oshirish davrida monitoring va hisobotlarni yuritish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ sifatida ishtirok etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha Respublika komissiyasining ishchi organi hisoblanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari boʻyicha xalqaro agentlikda (IRENA) Oʻzbekiston Respublikasining milliy muvofiqlashtiruvchi organi hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
4. Vazirlik oʻz faoliyatini davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, shuningdek, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
6. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, budjet va boshqa bank hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, shuningdek, oʻz faoliyatini bajarish uchun zarur boʻlgan, Vazirlikning nomi yozilgan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan blankalarga ega boʻladi.
7. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi;
qisqachasi — Energetika vazirligi;
b) ingliz tilida:
toʻliq — Ministry of energy of the Republic of Uzbekistan;
qisqachasi — Ministry of energy;
v) rus tilida:
toʻliq — Ministerstvo energetiki Respubliki Uzbekistan;
qisqachasi — Ministerstvo energetiki, Minenergo.
8. Vazirlikning joylashgan joyi (pochta manzili): Toshkent shahri, Istiqbol koʻchasi, 21-uy.
2-bob. Vazirlikning tuzilmasi
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi;
Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi;
Atom energetikasini rivojlantirish agentligi;
Keyingi tahrirga qarang.
Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi kelishuvlarni amalga oshirish notijorat tashkiloti;
Vazirlikka boʻysunuvchi boshqa tashkilotlar.
3-bob. Vazirlikning vazifa va funksiyalari
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini taʼminlashga, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlashga, tiklanadigan energiya manbalarini keng taraqqiy ettirish va rivojlantirishga qaratilgan yoqilgʻi-energetika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
elektr va issiqlik energiyasi, koʻmirni ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, neft, gaz va ularni qayta ishlash mahsulotlarini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va foydalanishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish;
respublikada energetika sohasini yagona normativ-huquqiy va texnikaviy tartibga solish;
yoqilgʻi-energetika kompleksini strategik rejalashtirish va rivojlantirishning muvozanatlangan tizimini yaratish va rivojlantirish, energiya resurslari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va diversifikatsiyalash, ishlab chiqarishning oʻzaro bogʻliq qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlarini, barcha turdagi energiya resurslarini yetkazib berish va isteʼmol qilish, shuningdek, energetika tarmogʻini kompleks rivojlantirishning maqsadli dasturlarni ishlab chiqish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, energiya resurslari bozorida qulay raqobat va ishchanlik muhiti shakllanishini ragʻbatlantiruvchi tarif siyosatini takomillashtirish hisobiga yoqilgʻi-energetika tarmogʻida investitsion jozibadorlikni oshirish;
yoqilgʻi-energetika sohasida investitsion loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya resurslarini qazib chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlariga xususiy kapitalni faol jalb qilish, xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar, banklar va boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikni yoʻlga quyish;
energetika sohasida zamonaviy korporativ boshqaruvni, ilgʻor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, boshqaruvning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish uchun hisob va nazoratni, energetika tarmogʻi tashkilotlari moliyaviy-xoʻjalik faoliyatining shaffofligini joriy etishga koʻmaklashish:
neft-gaz va elektr energetika sohasi tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalar joriy qilinishini ragʻbatlantirish, energiya samaradorligi va energiya resurslarini tejash darajasini oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
energetika sohasida muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha tizimli ishlarni tashkillashtirish;
Vazirlikning faoliyati va asosiy yoʻnalishlari bilan bogʻliq masalalar boʻyicha mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi kelishuvlarni amalga oshirish;
energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
atom energetikasini rivojlantirish va undan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini hamda strategik yoʻnalishlarni ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlarida zamonaviy energiya tejaydigan, undan samarali foydalanadigan texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, energiya resurslaridan samarali foydalanish monitoringini yuritish;
atom elektr stansiyalarini qurish bilan birga atomdan tinchlik yoʻlida foydalanishni rivojlantirish, energetika va respublika isteʼmolchilarining energiya taʼminoti sohasida davlat siyosatini amalga oshirish (tabiiy gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, koʻmir, elektr energiyasi va boshqalar).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, iqtisodiyotning energiya sarfi hajmini pasaytirish sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, energiya tejovchi ilgʻor texnologiyalar faol joriy etilishini ragʻbatlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
energiya samaradorligini oshirish maqsadida, shu jumladan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish va oʻtkazish orqali investitsiya loyihalari boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlarida, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlari tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy energiya samarador va energiya tejovchi texnologiyalar joriy etilishini ragʻbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish, shuningdek, energiya resurslarini sarflash samaradorligi monitoringini amalga oshirish;
xalqaro tajribani hisobga olib va zarur boʻlganda, xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda, energetika auditi sohasidagi mutaxassislar va energetika xizmatlarini yetkazib beruvchilar malakasini oshirish uchun treninglar tashkil etish;
energiya auditorlari faoliyatini tashkil etish tartibini belgilash, yoqilgʻi-energetika resurslari isteʼmolchilari majburiy energetik tekshiruvdan oʻtkazilishi va tegishli tavsiyalar bajarilishining monitoringini, shuningdek, energiya servis kompaniyalari faoliyati monitoringini amalga oshirish.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻn oltinchi — yigirmanchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni bajaradi:
a) Oʻzbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini taʼminlashga, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlashga, tiklanadigan energiya manbalarini keng taraqqiy ettirish va rivojlantirishga qaratilgan yoqilgʻi-energetika sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:
yoqilgʻi-energetika kompleksini, energiya va gaz taʼminotini rivojlantirish siyosatini ishlab chiqadi va shakllantiradi, ijtimoiy-iqtisodiy omillar va energetik va ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olgan holda energetika maqsadlariga moʻljallangan obyektlarni joylashtirish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
energetika siyosatining asosiy yoʻnalishlari va ularning amalga oshirilishini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi energetika xavfsizligi darajasini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqilishini tashkillashtiradi;
yuksak texnologiyalar va boshqaruv usullarini joriy qilib koʻmir sanoati rivojlanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
b) elektr va issiqlik energiyasi, koʻmirni ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash va isteʼmol qilish, shuningdek, neft, gaz va ularni qayta ishlash mahsulotlarini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va foydalanishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish sohasida:
neft, gaz, gaz kondensati va ularni qayta ishlash mahsulotlarini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, sotish va ishlatish, shuningdek, elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, tashish, taqsimlash yuzasidan davlat nazorati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
neft mahsulotlari va gazdan foydalanish yuzasidan nazorat sohasida inspeksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi, neft, gaz va gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash qurilmalarini montaj qilish (oʻrnatish) va ulardan foydalanishda, shuningdek, elektr energiyasini ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish va isteʼmol qilishda, koʻmirni qazib chiqarishda texnologik talablarga rioya etilishini taʼminlaydi;
Vazirlikka idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning obyektlarida texnologik va ekologik xavfsizlikni, mehnat muhofazasini, favqulodda holatlarning oldini olish va tugatishni taʼminlash boʻyicha choralar koʻradi;
energetika sohasidagi mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi kelishuvlarni amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan ishtirok etadi;
v) respublikada energetika sohasining yagona normativ-huquqiy va texnikaviy tartibga solinishini amalga oshirish sohasida:
qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini, belgilangan faoliyat sohasiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarori talab etiladigan boshqa hujjatlarni, shuningdek, Vazirlik faoliyatining ish rejasi va prognoz koʻrsatkichlarining loyihasini ishlab chiqadi;
yoqilgʻi-energetika kompleksidagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalari tayyorlanishini amalga oshiradi, ushbu hujjatlarni qoʻllanish amaliyotini tahlil qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi isteʼmolchilarini energiya va gaz bilan taʼminlash sohasida texnikaviy normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda tasdiqlanishini tashkillashtiradi;
idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar faoliyatiga taalluqli standartlar, norma va qoidalarning loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha ularning ishini tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;
respublikaga yoqilgʻi-energetika resurslarini yetkazib berish masalalarini tartibga solish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi;
oʻz vakolati doirasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
oʻrganish natijalari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar beradi;
qonunchilikda belgilangan tartibda energetika sohasida ayrim faoliyat turlarini amalga oshirishga litsenziyalar beradi;
berilgan litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish, toʻxtatish, litsenziyalarni bekor qilish va chaqirib olish boʻyicha belgilangan tartibda choralar koʻradi;
litsenziatlar tarafidan litsenziyaviy talablar va shartlarga rioya etilishi toʻgʻrisida toʻldirib boriladigan markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini yaratadi;
energiya resurslari (elektr energiyasi, tabiiy gaz va b.)ni yetkazib berishga namunaviy shartnomalarni kelishadi;
Oldingi tahrirga qarang.
qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va dasturlar loyihalarini kelishadi;
(11-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan oʻn uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
g) yoqilgʻi-energetika kompleksini strategik rejalashtirish va rivojlantirishning muvozanatlangan tizimini yaratish va rivojlantirish, energiya resurslari ishlab chiqarishni koʻpaytirish va diversifikatsiyalash, ishlab chiqarishning oʻzaro bogʻliq qisqa, oʻrta va uzoq muddatli prognozlarini ishlab chiqish, barcha turdagi energiya resurslarini yetkazib berish va isteʼmol qilish, shuningdek, energetika tarmogʻini kompleks rivojlantirishning maqsadli dasturlari sohasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasining yoqilgʻi-energetika balansini, jumladan, tabiiy va suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi va koʻmir, polietilen, polipropilen, oltingugurt va yuqori likvidli mahsulotning boshqa turlari balanslarini ishlab chiqadi;
yoqilgʻi-energetika resurslari (suyuq uglevodorodlar, neft mahsulotlari, tabiiy va suyultirilgan gaz, polietilen, polipropilen, elektr energiyasi)ning har yilgi va oʻrta muddatli balanslarini ularning ijrosini davriy va sifatli tahlil qilgan holda ishlab chiqadi;
yoqilgʻi-energetika kompleksini rivojlantirishning respublikadagi maqsadli va tarmoq dasturlarini ishlab chiqadi, kelishadi va bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
oʻz vakolati doirasida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
d) davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, energiya resurslari bozorida qulay raqobat va ishchanlik muhiti shakllanishini ragʻbatlantiruvchi tarif siyosatini takomillashtirish hisobiga yoqilgʻi-energetika tarmogʻida investitsion jozibadorlikni oshirish sohasida:
yoqilgʻi-energetika sohasida har yillik maqsadli dasturlar va investitsion loyihalarning amalga oshirilishi jadvallarini ishlab chiqish va kelishishda ishtirok etadi;
neft, gaz, elektr energetikasi, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish va koʻmir sanoatida xorijiy kapital ishtirokida investitsion loyihalar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlik vakolatiga kiritilgan masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini amalga oshirish boʻyicha choralar koʻradi;
e) yoqilgʻi-energetika tarmogʻida investitsion loyihalar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya resurslarini qazib chiqarish va ishlab chiqarish jarayonlariga xususiy kapitalni faol jalb qilish, xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar, banklar va boshqa tuzilmalar bilan oʻzaro hamkorlikni yoʻlga quyish sohasida:
oʻz vakolati doirasida tashkilotlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtiradi, Vazirlikning faoliyat sohasiga tegishli xalqaro shartnomalarning loyihalarini tayyorlashda ishtirok etadi, qonunchilikka muvofiq xalqaro energetika tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini ifodalaydi;
yoqilgʻi-energetika kompleksiga jalb qilingan, jumladan, xorijiy investitsiyalarning hajmini oʻrganadi va tahlil qiladi;
isteʼmolchilarni tabiiy gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi va koʻmir bilan taʼminlash masalalarida Oʻzbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy sheriklari hisoblangan xorijiy davlatlarning tegishli organlari va tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
j) energetika sohasida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, ilgʻor axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini, boshqaruvning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish chiqimlarini kamaytirish uchun hisob va nazoratni, energetika tarmogʻi tashkilotlari moliya-xoʻjalik faoliyatining shaffofligini joriy qilish sohasida:
idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ularning faoliyatini iqtisodiy tahlil qiladi, ushbu tashkilotlarning rahbarlari bilan ularning samarali faoliyat yuritishini taʼminlaydi;
tarmoqlararo munosabatlarni tubdan takomillashtirishni, tarmoqlarning daromad bazasini har tomonlama kengaytirishni, ularning muvozanatlashuvini taʼminlashni, xalqaro moliyaviy institutlar bilan birgalikda investitsion manbalarning qoʻshimcha mablagʻlarini jalb qilish va jalb qilingan mablagʻlardan eng toʻliq va samarali foydalanish, idoraviy boʻysunuvchi iqtisodiyot tarmoqlarini monetizatsiyalash va diversifikatsiyalashni amalga oshiradi;
oʻz vakolati doirasida yoqilgʻi va energiya narxlari boʻyicha davlat siyosatini shakllantirish boʻyicha takliflarni tayyorlashda ishtirok etadi;
ushbu Nizomga muvofiq Vazirlikning davlat tartibga solishi va boshqaruvi sohasidagi iqtisodiy faoliyat turlarini amalga oshiruvchi idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarda buxgalteriya hisobi va hisobotining xususiyatlarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
Vazirlik va unga idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning mulkchiligida boʻlgan mol-mulkka egalik qilish, uni ishlatish va tasarruf etish huquqlarini amalga oshiradi, Oʻzbekiston Respublikasiga tegishli boʻlgan va Vazirlik boshqaruviga berilgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari (ustav fondlaridagi ulushlari)ni boshqaradi hamda ushbu yuridik shaxslarning boshqaruv organlarida davlat vakillarini tayinlaydi va ularning faoliyatini nazorat qiladi;
z) neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarning joriy qilinishini ragʻbatlantirish, energetika samaradorligi va energiya resurslarini tejash darajasini oshirish sohasida:
energiya resurslarini tejash va energetika samaradorligi sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
ilmiy-texnikaviy taraqqiyotni jadallashtirish, isteʼmolchilarning yoqilgʻi va energiya taʼminoti samaradorligi va ishonchliligini oshirishga qaratilgan investitsion dasturlarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini taʼminlaydi;
tashkilotlarning samarali ishlashiga, isteʼmolchilarning yoqilgʻi-energetika resurslari bilan ishonchli taʼminlanishiga qaratilgan ilmiy-texnikaviy siyosat yuritilishini taʼminlaydi;
qonunchilikka muvofiq ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish, tashkilotlardagi obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va texnikaviy qayta jihozlashning biznes-rejalarini, loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazishni tashkillashtiradi;
i) tiklanadigan, shu jumladan, noanʼanaviy energiya manbalarini rivojlantirish va joriy qilish sohasida:
tiklanadigan, shu jumladan, noanʼanaviy energiya manbalarini rivojlantirish siyosatini ishlab chiqadi va shakllantiradi;
Oʻzbekiston Respublikasida tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqadi;
respublikada tiklanadigan energiya manbalarini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha strategik vazifalarni belgilaydi;
tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishga doir ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganadi;
tiklanadigan energiya manbalari obyektlarini qurish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
k) energetika sohasidagi muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash boʻyicha tizimli ishlarni tashkillashtirish sohasida:
Vazirlikning markaziy apparatini va unga boʻysunuvchi tashkilotlarni yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qaratilgan davlat kadrlar siyosatini qonunchilikka muvofiq olib boradi;
idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish, mehnat unumdorligini oshirish va unga haq toʻlashni takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa funksiyalarni bajaradi.
12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bevosita hamda Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
4-bob. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
13. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
oʻz vakolati doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda, barcha davlat organlari va tashkilotlar, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy hisoblangan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
energetika sohasidagi buzilishlarni bartaraf etish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan topshiriqlarni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilot va fuqarolarga yuborish;
energetika maqsadlariga moʻljallangan obyektlarni qurish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi lozim boʻlgan shahar va tumanlarning bosh rejalari boʻyicha xulosalar taqdim etish;
tarmoq ilmiy-texnikaviy va ixtisoslashgan tarmoq ekspert kengashlarini tuzish;
energetika sohasida axborot-tahliliy va ekspert ishlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda shartnomaiiy asosda ilmiy-tadqiqot, texnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, oliy taʼlim muassasalarini, shuningdek, olimlar va malakali mutaxassislarni, jumladan xorijdan jalb qilish;
energetika sohasidagi qonunchilik va normativ hujjatlarning talablarini bajarmagani yoki tegishli tarzda bajarmagani uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbarlarini belgilangan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal qilish uchun zarur axborotni davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat statistika organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha zarur statistik axborotni bepul olish;
oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida tekin foydalanish huquqi bilan Vazirlik va uning idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarining davlat mulkini belgilangan tartibda bir boʻlinmadan boshqasiga oʻtkazish;
Vazirlik xodimlari va unga idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarni moddiy ragʻbatlantirishning tartibi, miqdori va shartlarini ular tomonidan faoliyatining asosiy yoʻnalishlari bajarilishini hisobga olgan holda belgilash;
Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga koʻrib chiqish uchun kiritish;
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha idoralararo tusga ega xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash;
Vazirlik vakolatiga taalluqli masalalar koʻrib chiqilganda davlat organlari va hayʼatlari majlislarida ishtirok etish;
zimmasiga yuklangan vazifalar doirasida bevosita yoki Vazirlikka idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar orqali xorijiy sohaviy idoralar, ilmiy va taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilish;
yoqilgʻi-energetika sohasidagi kadrlar, mutaxassislar malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishlari uchun belgilangan tartibda idoraviy ilmiy va oʻquv kurslari tashkil qilish;
Vazirlik vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qilish uchun, shu jumladan, xorijiy ilmiy tashkilotlar, olimlar va mutaxassislarni jalb qilish;
Vazirlik va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha choralar koʻrish.
Vazirlik qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
14. Vazirlik quyidagilar uchun javob beradi:
oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni tegishli tarzda va samarali bajarish, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish;
tegishli sohadagi faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari boʻyicha parametr va belgilangan indikatorlarga erishilishini soʻzsiz taʼminlash;
joriy etilayotgan innovatsiyalar, gʻoya va texnologiyalarning, shuningdek, Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan, shuningdek, Vazir tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarning sifati, yakuniy natijalari va amalga oshirilishining oqibatlari;
tegishli sohani rivojlantirish va hududlarning muammoli masalalarini hal qilish boʻyicha dastur, tadbirlar rejasi, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlarning samarali bajarilishi;
tegishli sohada fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi muhofaza qilinishini taʼminlash.
5-bob. Vazirlik rahbarlarining asosiy funksional vazifalari
15. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirining (keyingi oʻrinlarda Vazir deb ataladi) asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilish;
Vazirlik faoliyatiga yakkaboshchilik tamoyillari asosida umumiy rahbarlikni amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjatlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa qonun hujjatlari bilan Vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkillashtirish;
Energetika sohasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
Vazirlik va uni tarkibiy tuzilmalarining faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkchilariga soʻzsiz erishilishi boʻyicha taʼsirchan choralarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tarkibiy tuzilmalari va Vazirlar Mahkamasining kotibiyatlari, shuningdek, tegishli vazirliklar va idoralar bilan Vazirlik faoliyati sohasiga kiradigan masalalar boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish, masalalarning Vazirlar Mahkamasi va uning Prezidiumi majlislarida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari va maslahatchilarining topshiriqlarining oʻz vaqtida, toʻliq va sifatli ijro etilishini tashkillashtirish;
oʻrinbosarlarining vakolatlarini belgilash, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlash, Vazirlik boshqa mansabdor shaxslarining vakolatlarini belgilash, Vazirlik faoliyatining alohida uchastkalariga rahbarlik qilish borasida oʻrinbosarlari va boshqa mansabdor shaxslarining shaxsiy javobgarlik darajasini belgilash;
Vazirlik faoliyatini rejalashtirishni tashkil qilish, Vazirlik va oʻrinbosarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularning bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjat va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek, barcha darajadagi hokimliklarning shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va topshiriqlari ijrosini tashkillashtirish va monitoringining taʼsirchan tizimini yaratish, Vazirlik faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash borasida amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro qilinishi uchun tarkibiy tuzilmalar va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Vazirlik tizimida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish, ularning samarali faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, Vazirlikning kadrlar zaxirasini shakllantirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi nomenklaturasiga kiradigan boʻsh lavozimlarga taklif etilgan kadrlarning, shuningdek, Vazirlikka ishga qabul qilinadigan boshqa kadrlarning professionalizmi, salohiyati, amaliy tajribasi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy sifatlarining yuksak darajasi kafolatlanganligini taʼminlash;
faoliyat sohasi boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishini, ularni Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi, Qonunlarining talablari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qatʼiy muvofiq holda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini tashkillashtirish, ularni Vazirlar Mahkamasining apparatida ishlab chiqilishida, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati huzurida himoya qilinishida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida koʻrib chiqilishida ishtirok etish;
Vazirlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentida belgilangan muddatlarda kelishilishi (vizalanishi)ni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi, “Qonun loyihalarini tayyorlash va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish tartibi toʻgʻrisida”gi qonunlari va qonunchilikning boshqa hujjatlariga muvofiq Vazirlikning qonun ijodkorligi faoliyatini tashkil qilish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish, zarurat boʻlganda boshqa vazirliklar va idoralar bilan tegishli qoʻshma qarorlar qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarni xorijiy mamlakatlarga chiqishi tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga safarini tashkillashtirish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlarining talablariga toʻliq muvofiq ravishda Vazirlik rahbarlari va xodimlarining xizmat safarlarini tashkillashtirish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli va oqilona ishlatilishini taʼminlash;
oʻz oʻrinbosarlari va tarkibiy tuzilmalar rahbarlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam yuritish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
Vazirlik xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini hal qilish, oʻz oʻrinbosarlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish masalalarini, shu jumladan, kelgusida ularning egallab turgan lavozimlarida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish boʻyicha takliflar kiritish, ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etishini taʼminlash yuzasidan nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning sodir boʻlishiga olib keladigan sabab va shartlarni aniqlash va tahlil qilish;
Vazirlik va uni tarkibiy tuzilmalari ishini tashkil qilishning zamonaviy shakllari joriy etilishini taʼminlash;
aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro hamkorlikni amalga oshirishda, shu jumladan, “yagona darcha” tamoyilini joriy qilish hamda Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron hukumat toʻgʻrisidagi” Qonunini amalga oshirish doirasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yoʻli bilan davlat xizmatlari koʻrsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yoʻlga quyish boʻyicha samarali ishlarni tashkillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarda belgilangan muddatlar va tartibda muntazam ravishda shaxsiy qabullarni, shu jumladan, joylarga borgan holda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillari qabulini oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkillashtirish, Vazirlik rahbarlarining ularning faoliyatida faol ishtirokini yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
xodimlarning belgilangan cheklangan soni doirasida Vazirlik markaziy apparatining shtatlar jadvalini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining budjet mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilayotgan markaziy apparatning va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarning xarajatlari smetasini tasdiqlash;
Oʻzbekiston Respublikasining energetika xavfsizligi, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilgʻi-energetika resurslari bilan barqaror taʼminlash, tiklanadigan energiya manbalarini keng taraqqiy ettirish va rivojlantirishga qaratilgan yoqilgʻi-energetika sohasidagi yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlash;
yoqilgʻi-energetika sohasidagi kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
energetika sohasida xalqaro va davlatlararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, xorijiy investitsiya va grantlarni jalb qilish boʻyicha xalqaro tadbirlarda ishtirok etish.
Vazir qonunchilikka muvofiq boshqa funksional vazifalarga ham ega boʻlishi mumkin.
16. Quyidagilar vazir oʻrinbosarlarining asosiy funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya qilish;
Vazir vaqtinchalik boʻlmagan paytda tegishli buyruq asosida uning vazifalarini bajarish;
Vazirlikning oʻzi nazorat qiladigan tarkibiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat va bevosita rahbarlik qilish, ularning xodimlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlash;
Vazirlik faoliyatining oʻzi mutasaddilik qiladigan yoʻnalishlari boʻyicha Vazirlik faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tasdiqlangan kompleks dastur va kompleks chora-tadbirlar ijrosini tanqidiy va chuqur tahlil qilish;
mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalar tomonidan prognoz koʻrsatkchilariga soʻzsiz erishilishi boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish, boʻlinma rahbarlarining hisobotlarini muntazam tinglab borish va belgilangan koʻrsatkichlarga yetishish uchun ularning shaxsiy javobgarligini oshirish;
mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining har choraklik ish rejalarini tasdiqlash, ularni bajarilishi yuzasidan nazoratni taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjat va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uni komplekslarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek, barcha darajadagi hokimliklarning shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq Vazirlikning mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash borasida amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro qilinishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlarining, Vazirning buyruq va topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash;
mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirga takliflar taqdim etish, shuningdek, ularning professionalizmi, salohiyati, amaliy tajribasi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy sifatlarining yuksak darajasi kafolatlanganligini taʼminlash, professional malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, nazorati ostidagi tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkillashtirish, Vazirning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjat loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (vizalanishi) uchun koʻrib chiqish va vizalash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qatʼiy muvofiq holda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, Vazirlik rahbariyatining topshirigʻiga binoan normativ-huquqiy hujjatlarni Vazirlar Mahkamasining apparatida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlab chiqilishida ishtirok etish;
Vazirlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarni xorijiy mamlakatlarga chiqishi tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga safarini tashkillashtirish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlarining talablariga toʻliq muvofiq ravishda xizmat safarlarini bajarish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli va oqilona ishlatilishini taʼminlash;
mutasaddiligidagi tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam yuritish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
energetika sohasiga taalluqli masalalar boʻyicha Vazirlik faoliyatini takomillashtirish boʻyicha amaliy choralar koʻrish, ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirga kiritish;
mutasaddiligidagi tarkibiy boʻlinmalarning rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish boʻyicha takliflarni, shu jumladan, ularning egallab turgan lavozimlarida kelgusida qolishining maqsadga muvofiqligi masalalarini koʻrib chiqish uchun Vazirga kiritish, funksional majburiyatlarini va yuklangan vazifalarni bajarishi yuzasidan ularning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha tizimli choralarni amalga oshirish;
Vazirlik xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlashni nazorat qilish;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq Vazirlik tizimida korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning sodir boʻlishiga olib keladigan sabab va shartlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari koʻrsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yoʻlga quyish boʻyicha samarali ishlarni tashkillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar bilan belgilangan muddatda va tartibda muntazam ravishda shaxsiy qabullarni, jumladan, joylarga borgan holda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarining qabulini oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkillashtirish, ularning faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilish;
yoqilgʻi-energetika sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning ishlab chiqilishini tashkillashtirish;
bozor munosabatlari joriy etilishini nazarda tutadigan xalqaro standartlarga muvofiq yoqilgʻi-energetika sohasidagi normativ bazaning tizimli asosda qayta koʻrib chiqilishini tashkillashtirish;
texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning davlat fondini shakllantirishda ishtirok etish;
energetika sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash;
uzoq va oʻrta muddatga moʻljallangan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarini, tarmoq va mintaqaviy dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
yoqilgʻi-energetika sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, tarmoq taʼlim muassasalarida taʼlim jarayonining darajasi va sifatini tubdan oshirishda koʻmaklashish, tarmoqdagi mutaxassislarni, jumladan, xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida qayta tayyorgarlikdan oʻtishini va malakasini oshirishni tashkil etish;
xorijiy davlatlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan yoqilgʻi-energetika sohasidagi masalalar boʻyicha hamkorlikni amalga oshirish.
17. Quyidagilar Vazirlik markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari rahbarlarining funksional vazifalari hisoblanadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning talablariga rioya qilish;
tarkibiy tuzilmalarning faoliyatiga bevosita rahbarlik qilish, ushbu boʻlinmalarga yuklangan vazifa va funksiyalarning bajarilishini tashkillashtirish;
oʻz vakolatlari doirasida Vazirlikning idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini tizimli tahlil qilish hamda Vazirning mutasaddilik qiluvchi oʻrinbosarlariga tarkibiy tuzilmalar tomonidan ushbu koʻrsatkichlarga soʻzsiz erishilishiga qaratilgan qoʻshimcha choralarni qabul qilish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjat va topshiriqlarini samarali va natijali ijro etish, shuningdek, ijro intizomini mustahkamlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchilari, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslarining, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining, shuningdek, barcha darajadagi hokimliklarning shaxsiy javobgarligi toʻgʻrisida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son hamda “Davlat organlari va tashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 5-oktabrdagi PQ-3962-son qarorlari, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash toʻgʻrisida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qarori talablariga muvofiq Vazirlikning mutasaddiligidagi tarkibiy tuzilmalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlari ijrosini taʼminlash, ijro intizomini mustahkamlash borasida amaliy chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish, shuningdek, topshiriqlarning oʻz vaqtida va sifatli ijro qilinishi uchun tarkibiy tuzilmalar rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha choralar koʻrish;
Vazirlik hayʼati qarorlari, buyruqlar, Vazir va uning oʻrinbosarlari topshiriqlarining oʻz vaqtida va sifatli ijrosini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarning ish rejalari ishlab chiqilishini, tasdiqlash uchun kiritilishini taʼminlash, ularda koʻrsatilgan vazifalar va tadbirlarning sifatli bajarilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarga yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
tarkibiy boʻlinmalar faoliyati masalalari boʻyicha qonunchilikni takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish va ularni koʻrib chiqish uchun Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
tarkibiy tuzilmalarda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish boʻyicha Vazirlik rahbariyatiga koʻrib chiqish uchun takliflar taqdim etish, ularning professionalizmi, salohiyati, amaliy tajribasi, ishchanlik va maʼnaviy-axloqiy sifatlarining yuksak darajasi kafolatlanganligini taʼminlash, professional malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrish, tarkibiy tuzilmalarda kadrlar zaxirasini shakllantirish;
tarkibiy tuzilmalar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning sifatli ishlab chiqilishini tashkillashtirish, Vazirlikning tarkibiy tuzilmalarida tayyorlangan hujjat loyihalarini keyinchalik Vazirlik rahbariyati tomonidan koʻrib chiqilishi, imzolanishi (vizalanishi) uchun koʻrib chiqish va vizalash, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga qatʼiy muvofiq holda oʻz vaqtida Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini taʼminlash, Vazirlik rahbariyatining topshirigʻiga binoan normativ-huquqiy hujjatlarni Vazirlar Mahkamasining apparatida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlab chiqilishida ishtirok etish;
Vazirlikka kiritilgan takliflar va taqdim etilgan normativ-huquqiy hujjatlarning loyihalarini toʻliq va har tomonlama koʻrib chiqish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mansabdor shaxslarni xorijiy mamlakatlarga chiqishi tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2014-yil 5-martdagi PQ-2142-son va “Xorijiy xizmat safarlarida boʻlishning samaradorligi va xorijiy delegatsiyalarning Oʻzbekiston Respublikasiga safarini tashkillashtirish uchun mansabdor shaxslarning shaxsiy javobgarligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 3-avgustdagi PQ-3170-son qarorlarining talablariga toʻliq muvofiq ravishda xizmat safarlarini bajarish, xizmat safarlarining asoslanganligi, samaradorligi va natijadorligini, xizmat safarlariga ajratiladigan mablagʻlarning maqsadli va oqilona ishlatilishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalarning xodimlari faoliyatining samaradorligi va natijadorligining tanqidiy tahlilini muntazam yuritish, Vazirlik hayʼati majlislarida ularning shaxsiy hisobotlarini eshitish, muhokama yakunlari boʻyicha zarur choralar koʻrish;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari tomonidan Vazirlik xodimlarining odob-axloq qoidalari talablariga rioya etilishini taʼminlash;
Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonuni talablariga muvofiq tarkibiy boʻlinmalarda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar koʻrish, shuningdek, huquqni qoʻllash amaliyoti va qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha choralarni ishlab chiqish va amalga oshirish yoʻli bilan ularning sodir boʻlishiga olib keladigan sabab va shartlarni aniqlash, tahlil qilish, bartaraf etish;
davlat xizmatlari koʻrsatishning samaradorligi, sifati va ochiqligini oshirish boʻyicha takliflarni Vazirlik rahbariyatiga kiritish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish, aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni yoʻlga quyish, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonunida hamda Vazirlikda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlar bilan belgilangan muddatda va tartibda muntazam ravishda shaxsiy qabullarni, jumladan, joylarga borgan holda jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarining qabulini oʻtkazish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari bilan oʻzaro samarali hamkorlikni tashkillashtirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4904-son Farmoniga muvofiq ularning faoliyatida faol ishtirok etish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasidan kelib tushayotgan jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining oʻz vaqtida va toʻlaqonli koʻrib chiqilishini taʼminlash;
davlat siri toifasiga kiritilgan va maxfiy axborot bilan ishlashda qonunchilik talablariga rioya qilinishini taʼminlash;
tarkibiy boʻlinmalar xodimlari faoliyatini tasdiqlangan lavozim vazifalariga muvofiq tashkil etish;
Vazirlik rahbariyatiga tarkibiy boʻlinmalar vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlash;
Vazirlik tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini oʻrganishni tashkil etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, ularga amaliy yordam koʻrsatish.
6-bob. Vazirlik rahbarlarining javobgarligi
18. Vazir quyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan Vazirlik vazifalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi.
19. Vazir oʻrinbosarlari quyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
Vazirlikning oʻzlariga biriktirilgan tarkibiy boʻlinmalarida Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi;
mutasaddiligidagi masalalar boʻyicha ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan Vazirlik vazifalari boʻyicha;
ushbu Nizomning 16-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun.
20. Markaziy apparat tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari ushbu Nizomning 17-bandida koʻrsatilgan oʻz funksional vazifalarining sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
7-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
§ 1. Vazirlik rahbariyati
Oldingi tahrirga qarang.
21. Vazirlikni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshqaradi.
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
Vazir oʻz maqomi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining aʼzosi hisoblanadi.
22. Vazirning uch nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
23. Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
Vazirning birinchi oʻrinbosari maqomiga koʻra Vazirga, Vazir oʻrinbosarlari — Vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
24. Vazir boʻlmagan paytda uning vakolatlarini vazifalar taqsimotiga muvofiq oʻrinbosarlaridan biri bajaradi.
25. Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshliqlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar hamda maqomi boʻyicha Vazirning birinchi oʻrinbosariga tenglashtiriladilar.
Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshliqlarining oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Administratsiyasi bilan kelishilgan holda Vazirning taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar hamda maqomi boʻyicha Vazirning oʻrinbosariga tenglashtiriladilar.
26. Vazirlikning Davlat tomonidan tartibga solish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻz maqomi boʻyicha Vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
27. Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi xodimlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Vazirlik xodimlariga tenglashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Elektr energetika va neft-gaz tarmogʻida islohotlarni amalga oshirish uchun Energetika vazirligi qoshida tashkil etilgan Loyiha ofisi xodimlari maqomi va mehnatga haq toʻlash shartlari boʻyicha Vazirlik xodimlariga tenglashtiriladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
Keyingi tahrirga qarang.
§ 2. Vazirlikning hayʼati, boshqa maslahat, konsultativ, ekspert organlari
28. Vazirlikda Vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshliqlari, shuningdek, Vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy tuzilmalarning rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼatning son va shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan Vazirning taqdimnomasiga koʻra tasdiqlanadi.
29. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlik faoliyatining ushbu Nizomda belgilangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarida belgilanib, oʻziga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash borasida Vazirlik tizimidagi xodim va rahbarlarning shaxsiy javobgarligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrgan holda tarkibiy tuzilma va idoraviy boʻysunuvchi tashkilotlar rahbarlari hisobotlarining muntazam ravishda tinglanishini tashkil qilish;
Vazirlik faoliyat sohasining hududiy va tarmoq dasturlari amalga oshirilishining natijadorligini har chorakda va tizimli koʻrib chiqish;
Vazirlik faoliyat sohasiga taalluqli dolzarb masalalarning joylarda muhokama etilishini taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan sayyor majlislari oʻtkazilishini tashkillashtirish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Vazirlikning markaziy apparati va uning tizimiga kiruvchi lavozimlar nomenklaturasini koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Vazirlikning markaziy apparati nomenklaturasiga kiruvchi lavozimlarga kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qaror va topshiriqlarida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlik rahbarlari va xodimlarining ijro intizomini mustahkamlash va shaxsiy javobgarligini oshirish.
Kollegiya, shuningdek, Vazirlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalarni ham koʻrib chiqishga haqli.
30. Hayʼat majlisiga davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining, boshqa tashkilotlarning rahbarlari oʻzlarining vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha taklif etilishi mumkin.
31. Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi hozir boʻlsa vakolatli hisoblanadi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
32. Hayʼat qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
33. Vazir va kollegiya aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda Vazir, yuzaga kelgan kelishmovchiliklar xususida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Prezident Administratsiyasiga axborot berib, mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hayʼat aʼzolari ham oʻz fikrini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga va Prezident Administratsiyasiga bildirishlari mumkin.
34. Hayʼatning faoliyati tartibi hayʼatda tasdiqlanadigan uning reglamenti bilan belgilanadi.
35. Vazirlikda maslahat, konsultativ, ekspert organlari tashkil etilishi mumkin.
36. Vazirlik huzurida tuziladigan maslahat, konsultativ, ekspert organlarining tarkiblari va ular toʻgʻrisidagi Nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi, ularning tarkibi va nizomlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tasdiqlanadigan holatlar bundan mustasno.
8-bob. Davlat boshqaruvi organi faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
37. Vazirlikning samaradorligi muntazam baholanishi lozim.
38. Vazirlikning samaradorligi va natijadorligini baholash Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
39. Faoliyatning samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha quyidagi chora-tadbirlar koʻriladi:
Vazirlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlik choralari;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha.
40. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubi qonunchilik bilan belgilanadi.
9-bob. Vazirlikning moliyalashtirilishi va moddiy-texnika taʼminoti, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish
41. Vazirlikni moddiy-texnika taʼminoti, xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish boʻyicha xarajatlarni moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalarning mablagʻlari va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
42. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofot, qoʻshimcha toʻlov, ustama va qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
43. Vazirlik xodimlariga, shuningdek, Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi va Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi xodimlariga:
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan uzoq muddat ishlagan yillari uchun belgilangan tartibda quyidagi miqdorlarda (lavozim maoshiga belgilangan koeffitsiyentlarda) har choraklik mukofot toʻlanadi:
3 yildan 5 yilgacha — 0,15;
5 yildan 10 yilgacha — 0,30;
10 yildan 15 yilgacha — 0,45;
15 yildan 20 yilgacha — 0,60;
20 yildan ortiq — 0,75.
Uzoq muddat ishlagan yillari uchun mukofot olish huquqini beruvchi ish staji Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida (xoʻjalik va texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha xodimlardan tashqari) avval ishlagan va Vazirlik tizimida lavozimlarga tayinlangan xodimlar uchun ularning Vazirlikdagi ish stajidan qatʼiy nazar, lavozim maoshiga nisbatan 0,75 miqdorida har choraklik mukofot toʻlanadi.
(43-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 3-iyundagi 348-sonli qaroriga asosan ikkinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son)
budjet mablagʻlari yoki qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan bayram sanalari munosabati bilan shtat jadvaliga koʻra lavozim maoshlarining 2 baravarigacha miqdorda mukofot toʻlanadi;
Vazirlikning ayrim tashabbuskor va yuksak malakali xodimlariga lavozim maoshi (tarif stavkasi)ga belgilangan tartibda shaxsiy ustamalar tayinlanadi.
44. Boshqaruv xodimlari sonining qisqarishi evaziga boʻshaydigan hamda boʻsh oʻrinlar hisobiga hosil boʻladigan mehnatga haq toʻlash fondining mablagʻlari Vazirlik xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondiga yoʻnaltiriladi.
45. Vazirlik xodimlarini budjet mablagʻlari hisobidan moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida Nizom Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
46. Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek, ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash xoʻjalik faoliyatidan tushumlar, shuningdek, qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
10-bob. Vazirlikning hisobotdorligi
47. Vazir Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oldida Vazirlik faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot beradi.
48. Vazirlar Mahkamasi Vazirlik rahbarlarining ularning zimmasiga yuklangan vazifalarni samarali bajarishi boʻyicha faoliyatini doimiy monitoring qiladi, Vazirlik faoliyatining samaradorligiga xolisona baho beradi.
49. Monitoring va baholash yakunlari boʻyicha Vazirlikning alohida namuna koʻrsatgan rahbarlari, mansabdor shaxslari va xodimlari ragʻbatlantiriladi yoki yoʻl qoʻygan jiddiy kamchiliklari uchun egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha boʻlgan javobgarlikka tortiladilar.
11-bob. Yakunlovchi qoida
50. Vazirlikni qayta tashkil qilish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.02.2019-y., 09/19/108/2629-son; 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son; 04.06.2020-y., 09/20/348/0716-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.10.2024-y., 09/24/709/0862-son; 30.12.2024-y., 09/24/894/1094-son; 27.10.2025-y., 09/25/673/0980-son)