12.02.2019 yildagi PQ-4186-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida yuqori va barqaror oʻsish surʼatlarini taʼminlash, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish va eksport qilish, modernizatsiya qilishning strategik muhim ahamiyatga ega boʻlgan loyihalarini amalga oshirish hisobiga yuqori texnologiyali yangi ish oʻrinlarini yaratish, korxonalarni texnik va texnologik yangilash, ilgʻor “klaster modeli”ni joriy etishga qaratilgan tarkibiy qayta tashkil etishni yanada chuqurlashtirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati rivojlanishining har tomonlama tahlili, raqobatning kuchayishi sharoitida jahon bozorining oʻzgaruvchan konyunkturasi sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, yanada barqaror va jadal rivojlanishi mexanizmlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni taqozo etmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, sohani jadal rivojlantirish va diversifikatsiya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, toʻqimachilikda yarim tayyor mahsulotlarni chuqur qayta ishlashga investitsiyalar hajmini va tayyor mahsulotlar eksportini oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 2019-yil 1-apreldan shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019 — 2021-yillarda ishlab chiqariladigan tayyor mahsulotning kamida 80 foizini eksport qiladigan tikuv-trikotaj korxonalariga tijorat banklarining kreditlari boʻyicha foizlarni toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi tartibda qoplanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aylanma mablagʻlarni toʻldirish (tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish uchun ip-kalava, trikotaj mato, ip gazlama va boshqalar xarid qilish) maqsadida tijorat banklari tomonidan milliy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 25 foizi miqdorida, ammo 5 foizli punktdan yuqori boʻlmagan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish (bino va asbob-uskunalarni sotib olish) maqsadida tijorat banklari tomonidan xorijiy valyutada beriladigan kreditlar boʻyicha belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) nol stavkani qoʻllash natijasida vujudga kelgan qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish zarur boʻlgan hujjatlar toʻliq taqdim etilgan kundan eʼtiboran 7 ish kuni davomida soliq toʻlovchiga tezkorlik bilan qaytariladi. Bunda davlat soliq organlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlar, shu jumladan, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha taqqoslash dalolatnomasi hamda qoʻshilgan qiymat soligʻi hisob-kitoblarini taqdim etish tartibi bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) birja savdolari orqali paxta tolasini sotishda qatʼiy talab qilinadigan bank kafolatlari bekor qilinadi. Bunda taraflar oʻrtasida majburiyatlar bajarilishini taʼminlash tartibi shartnoma asosida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tijorat banklari tomonidan tikuv-trikotaj korxonalariga berilgan kreditlar boʻyicha foizlarni qoplash uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2019 — 2021-yillar davomida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasiga ajratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, 2019-yil hosilidan boshlab respublika tashkilotlariga paxta tolasini sotishda qoʻshilgan qiymat soligʻi jahon bozorlarida shakllangan narxlardan qatʼi nazar, paxta tolasining amaldagi sotish narxidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish hamda samarasiz soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalarni bekor qilish boʻyicha ishchi komissiya (B.M. Mavlonov) Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining yangi tahririga ushbu qarorning 1-bandida nazarda tutilgan qoidalar kiritilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasidan vujudga kelgan nol stavkadagi qoʻshilgan qiymat soligʻini qaytarish toʻgʻrisida taqdim qilgan arizalarini koʻrib chiqish boʻyicha avtomatlashtirilgan dasturni ishlab chiqsin va amaliyotga tatbiq etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019 — 2025-yillarda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kompleks yondashuv asosida xom ashyoni qayta ishlash, tayyor mahsulotni, shu jumladan, sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda qoʻllab-quvvatlash asosida ishlab chiqarish va eksport qilish, toʻqimachilik mahsulotlarini sotishning ichki va tashqi bozorlarini tadqiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ichki va tashqi bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoshligini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, qoʻshimcha qiymat yaratishning yagona zanjirini tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikada ishlab chiqariladigan paxta ip-kalavalarning butun hajmini qayta ishlash hisobiga 2025-yilga borib toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmini 7 mlrd. AQSH dollariga yetkazish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019/2020 oʻquv yilidan boshlab Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida yetakchi xorijiy oliy oʻquv yurtlarining qoʻshma taʼlim dasturlarini tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda 2019-yil oxiriga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy kompaniyalarning oʻquv-ishlab chiqarish klasteri ishtirokida ishlab chiqarish obyektlarida taʼlim jarayonini bevosita amalga oshirishni tashkil etish boʻyicha taklif kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti kadrlarining buyurtmachilari bitiruvchining bazaviy kontrakt toʻlovini ikkinchi bosqichda kamida 50 foiz, uchinchi bosqichda kamida 75 foiz, toʻrtinchi bosqichda 100 foiz miqdorida toʻlab bergan taqdirda, bitiruvchining buyurtmachi korxonasida mehnat faoliyatini amalga oshirish majburiyati toʻgʻrisida shartnoma tuzilishi tartibini belgilash choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatini takomillashtirish boʻyicha “Yoʻl xarita”si loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekistonda bir yilda kamida bir marotaba toʻqimachilik tadbirlarini jahon kalendariga kiritgan holda toʻqimachilik va moda industriyasi xalqaro koʻrgazmalari oʻtkazilishi choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Xitoy va boshqa mamlakatlar bilan koʻrib chiqilayotgan kelishuvlarga milliy toʻqimachilik mahsulotlariga nisbatan bojxona toʻlovlarini kamaytirish va tartibga solishning notarif choralarini soddalashtirish masalalarini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda uch oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining yagona axborot portalini (keyingi oʻrinlarda — portal) ishlab chiqsin va ishga tushirilishini taʼminlasin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqning tender savdolari (tanlovlar), koʻrgazma va yarmarkalar, shu jumladan, xorijiy koʻrgazma va yarmarkalar roʻyxatini eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kichik tadbirkorlik subyektlarini toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini eksport qilishning toʻliq jarayoniga masofaviy oʻqitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
butun dunyo mamlakatlari boʻyicha toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini olib kirish va olib chiqish tahlili yuzasidan toʻliq hisobotlar bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash navigator choralari”ni joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati ishlab chiqaruvchilar va xizmatlar, materiallar va xom ashyo yetkazib beruvchilar joylashuvi koʻrsatilgan Oʻzbekistonning interaktiv xaritasini yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun Oʻzbekistonning qiyosiy ustunliklarini eʼlon qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan onlayn-dasturiy mahsulotlarni xorijiy analoglar bilan integratsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliya xizmatlarini, shu jumladan, lizing kontraktlari boʻyicha qarz mablagʻlarini, uskunalarni hamda sugʻurta xizmatlarini jalb qilish boʻyicha yetkazib beruvchilarni aks ettirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy toʻqimachilik korxonalari uchun ishlab chiqariladigan va talab qilinadigan xizmatlar, materiallar va xom ashyolar nomenklaturasi va hajmini joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. “Oʻzstandart” agentligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 15-fevralga qadar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlariga ularni sinovdan oʻtkazish usullariga talablarni belgilovchi standartlar boʻyicha amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazsin va xalqaro meʼyorlarni hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi lozim boʻlgan standartlarni belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-martga qadar toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlariga va ularni sinovdan oʻtkazish usullariga xalqaro standartlar roʻyxatini belgilasin va ularni bosqichma-bosqich qabul qilish jadvalini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi manfaatdor tashkilotlar va tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining amaldagi eksport shartnomalari garovi evaziga ularning mahsulotlarini eksportoldi moliyalashtirish mexanizmini tatbiq etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda respublika hududiga tayyor toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini noqonuniy olib kirishga qarshi kurashishni kuchaytirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi F-5194-son farmoyishi bilan tasdiqlangan “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasiga aʼzo toʻqimachilik ishlab chiqarish korxonalari tomonidan bojxona toʻlovlari toʻlashdan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) ozod etilgan holda import qilinadigan, respublikada ishlab chiqarilmaydigan, toʻqimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan sunʼiy va sintetik tola, jun, xom ashyo va boshqa materiallar roʻyxatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“TIF TN kodi” ustunining 128-pozitsiyasidagi “5509 31 000 0, 5509 32 000 0, 5509 61 000 0” raqamlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129-pozitsiya chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining oʻrinbosarlari B.M. Mavlonov va G.K. Saidova zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 12-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4186-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2019-y., 07/19/4186/2604-son)