OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRINING
buyrugʻi
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaning muqaddimasiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 11-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2428-3]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasining 2013-yil 21-yanvardagi 6-mh-son qarori (roʻyxat raqami 2428, 2013-yil 18-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 8-son, 107-modda) bilan tasdiqlangan Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma muqaddimasidan “, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 4-fevraldagi PQ-2293-son “Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi va “Oʻzbekiston pochtasi” AJ bilan kelishilgan.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir Sh. SADIKOV
Toshkent sh.,
2019-yil 29-yanvar,
188-mh-son
Kelishilgan:
Favqulodda vaziyatlar vaziri v.b. T. XUDAYBERGENOV
2019-yil 28-yanvar
Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
2019-yil 28-yanvar
Davlat xavfsizlik xizmati raisi I. ABDULLAYEV
2019-yil 28-yanvar
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ShADMANOV
2019-yil 28-yanvar
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2019-yil 28-yanvar
“Oʻzbekiston pochtasi” AJ bosh direktori E. BIRGER
2019-yil 28-yanvar
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.02.2019-y., 10/19/2428-3/2600-son)