Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi raisi B.F. Islamov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 11-fevral,
111-son
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-fevraldagi 111-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining “Yer osti boyliklari toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq geologik va marksheyderlik xizmatlari toʻgʻrisidagi namunali nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 1997-yil 1-apreldagi 168-son qarorida:
a) 1-ilovaning 8-bandi beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) 2-ilovaning 8-bandi beshinchi xatboshidagi “Oʻzbekiston Respublikasi “Sanoatgeokontexnazorat” Davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 22-noyabrdagi 245-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2007-y., 11-son, 66-modda) bilan tasdiqlangan Sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan foydali qazilmalar yangi konlarini ochganlik yoki ilgari maʼlum boʻlgan konlarni (konlarning uchastkalarini) tubdan qayta baholaganlik uchun pul mukofotlari toʻgʻrisidagi nizomning 5-bandidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-avgustdagi 225-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 8-son, 55-modda) 1-ilovaning rus tilidagi matnining “Organ, upolnomochenniy vidavat dokument razreshitelnogo xaraktera” ustuni VIII boʻlimining 73 — 79-pozitsiyalaridagi “GI “Sanoatgeokontexnazorat” soʻzlari “Inspeksiya po kontrolyu za gorno-geologicheskoy deyatelnostyu pri Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po geologii i mineralnim resursam” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 29-iyuldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi foydali qazilmalari zaxiralarining davlat balansini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda:
8-bandning birinchi xatboshidagi “Vazirlar Mahkamasi” soʻzlari “Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi” soʻzlari bilan almashtirilsin;
14-bandning birinchi xatboshidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda Inspeksiya deb yuritiladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
15-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilaridagi, 21-bandning toʻqqizinchi xatboshidagi, 23-bandning rus tilida matnidagi “GKZ” abbreviaturasi “Gosudarstvennoy komissii” soʻzlari bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin;
16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Hisobot balanslari uch nusxada tuziladi va yer qaʼridan foydalanuvchilar tomonidan har yili 5-fevraldan kechikmasdan Davlat geologiya qoʻmitasi tizimida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi Davlat geologiya fondiga yuborish:
noruda foydali qazilmalar boʻyicha — Inspeksiyaning hududiy boʻlinmalari;
rudali foydali qazilmalar va uglevodorodlar boʻyicha Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hisobot balanslari Davlat geologiya fondiga qabul qilingandan keyin bir nusxasi tegishli belgi bilan yer qaʼridan foydalanuvchiga qaytariladi. Ikkinchi nusxasi Inspeksiyaga taqdim qilinishi kerak”;
20-bandning ikkinchi xatboshidagi “geologiya-qidiruv ishlari” soʻzlari “mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish” soʻzlari bilan almashtirilsin;
26-banddagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
nizomga ilovada:
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bilan kelishilgan hisobot balanslari” blokidagi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi” soʻzlari “Inspeksiya” soʻzi bilan almashtirilsin;
rus tilidagi matnda “Protokol GKZ po utverjdeniyu (pereutverjdeniyu, spisaniyu) zapasov poleznix iskopayemix” blokidagi “GKZ” abbreviaturasi “Gosudarstvennoy komissii” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-avgustdagi 228-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 8-son, 85-modda) bilan tasdiqlangan Foydali qazilmalar zaxiralarini qayta hisoblash uchun ekspluatatsion konditsiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning rus tilidagi matnida:
8-banddagi “pri Kabinete Ministrov Respubliki Uzbekistan (daleye — GKZ)” soʻzlari “pri Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po geologii i mineralnim resursam (daleye — Gosudarstvennaya komissiya)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
20 — 23-bandlarning birinchi xatboshidagi, 26-banddagi “GKZ” abbreviaturasi “Gosudarstvennaya komissiya” soʻzlari bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin;
24-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“24. Rassmotreniye i utverjdeniye Gosudarstvennoy komissiyey predstavlennogo TEO ekspluatatsionnix konditsiy osushestvlyayutsya v sootvetstvii s Polojeniyem o Gosudarstvennoy komissii po zapasam poleznix iskopayemix pri Gosudarstvennom komitete Respubliki Uzbekistan po geologii i mineralnim resursam, utverjdennim postanovleniyem Kabineta Ministrov ot 23 maya 2018 g. № 388”;
2-ilovadagi “GKZ” abbreviaturasi “Gosudarstvennaya komissiya” soʻzlari bilan tegishli kelishiklarda almashtirilsin.
6. Vazirlar Mahkamasining “Yer osti suvlaridan foydalanish sohasidagi faoliyatni yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyundagi 430-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 122-modda):
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-avgustdagi 672-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.08.2019-y., 09/19/672/3568-son)
b) 2-ilovada:
18-bandning uchinchi xatboshidagi “Gidromineral resurslar geologiyasi” IICHM DK” soʻzlari “Oʻzbekgidrogeologiya” DK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
19-bandning birinchi xatboshidagi “Gidromineral resurslar geologiyasi” IICHM DK” soʻzlari “Oʻzbekgidrogeologiya” DK” soʻzlari bilan almashtirilsin;
1-ilovaning “Gidromineral resurslar geologiyasi” IICHM DK Yer osti suvlari kadastri va monitoringi markazi” blokidagi “Gidromineral resurslar geologiyasi” IICHM DK” soʻzlari “Oʻzbekgidrogeologiya” DK” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-maydagi 297-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.05.2020-y., 09/20/297/0616-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.02.2019-y., 09/19/111/2596-son, 15.08.2019-y., 09/19/672/3568-son; 20.05.2020-y., 09/20/297/0616-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2022-y., 09/22/88/0165-son; 28.07.2025-y., 09/25/467/0654-son)