07.02.2019 yildagi 105-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-toʻqimachilik klasterini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-sentabrdagi PQ-3279-son qaroriga muvofiq hamda qishloq xoʻjaligida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, ilmiy va innovatsion faoliyatga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jalb etishni ragʻbatlantirish, qishloq xoʻjaligi va oʻsimlik mahsulotlari yetishtirishning ilmiy asoslangan samarali usullarini joriy etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumanida “BEK Cluster” masʼuliyati cheklangan jamiyati muassisligida “Oʻsimlik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalari ilmiy-amaliy markazi” masʼuliyati cheklangan jamiyat (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Sirdaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani, Oqoltin SHFY, Yoshlik koʻchasida joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markaziga tegishli Mirzaobod gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji bino va inshootlarini tegishli hududi bilan birga (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida “BEK Cluster” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga (keyingi oʻrinlarda xususiy sherik deb ataladi) Markaz faoliyatini tashkil qilish uchun tekin foydalanish huquqi asosida berish taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilab qoʻyilsinki, Mirzaobod gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar mazkur kollej binosida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, xususiy sherik davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitimni amalga oshirish doirasida quyidagi majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki yil davomida kamida 2 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish orqali obyektni rekonstruksiya qilish, jihozlash va ilmiy laboratoriya asbob-uskunalarini sotib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyekt negizida oʻsimlik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash texnologiyalarini yaratishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish hamda oʻn yil davomida faoliyat turini saqlab qolish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kamida 44 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish va bir yil davomida saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududdagi ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim muassasalari xodimlari hamda talabalariga ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish uchun laboratoriya hamda tajriba yerlaridan bepul foydalanish uchun zarur sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilmiy-tadqiqotlarda faol qatnashayotgan Markaz va hududdagi ilmiy-tadqiqot hamda oliy taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yosh mutaxassislarning har yili kamida 5 nafarini besh yil mobaynida xorijiy ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalarida tajriba orttirishga yuborish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mirzaobod gidromelioratsiya kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini oʻqishni bitirganlaridan soʻng Markazda ish bilan taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sirdaryo viloyati qishloq xoʻjaligini rivojlantirish ehtiyojini inobatga olib, viloyatning yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga yoʻnaltirilgan ilgʻor texnologiyalar, shuningdek, innovatsion sugʻorish usullarini qoʻllash tizimini tashkil etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sirdaryo viloyati hokimligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻn besh kun muddatda ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan shartlar asosida belgilangan tartibda obyekt boʻyicha xususiy sherik bilan davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisida bitim tuzilishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiy sherik tomonidan ushbu qarorning 3-bandida nazarda tutilgan majburiyatlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi monitoringini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Ganiyev, Sirdaryo viloyati hokimi Gʻ.G. Mirzayev hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 7-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-son
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2019-y., 09/19/105/2587-son)