O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 645-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati a’zolari tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 31-dekabrdagi 1066-son qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati a’zolarining soni 7 (yetti) kishidan iborat bo‘lishi belgilab qo‘yilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati kuyidagi tarkibda tasdiqlansin:
|
1. |
Kudbisv Sherzod Davlyatovich |
— |
Vazir |
|
2. |
Muxitdinov Erkip Madorbekovich |
— |
Vazirning birinchi o‘rinbosari |
|
3. |
Umurzakov Baxodir Xamidovich |
— |
Vazir o‘rinbosari |
|
4. |
Yaqubov Nodirbek Gulmuradovich |
— |
Vazir o‘rinbosari v.b. |
|
5. |
Maxmudov Temur Asomidinovich |
— |
Band bo‘lmagan aholini ishga joylashtirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i |
|
6. |
Imamnazarov Ulug‘bek Adilovich |
— |
Bandlikka ko‘maklashish Davlat jamg‘armasi mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish boshqarmasi boshlig‘i |
|
7. |
Odinayev Kudratullo Asatulloyevich |
— |
Davlat mehnat inspeksiyasi boshlig‘i. |
Z.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hay’ati tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 25-avgustdagi 673-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur qaror bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri JA. Quchqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2019-yil 5-fevral,
90-son