1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.02.00.00 Fan / 13.02.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Fan va ilmiy faoliyat]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish bilan bogʻliq faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikadagi noyob ilmiy obyektlar boʻyicha takliflarni qabul qilish, tahlil etish, hisobini yuritish, moliyalashtirish va monitoringini olib borish jarayonlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi hamda noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritilgan muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda noyob ilmiy obyektlarni qayta xatlovdan oʻtkazsin, shuningdek, Noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan mezonlar asosida noyob ilmiy obyektlar roʻyxatini tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2019-yildan boshlab “Fan” sohasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritilgan obyektlarni saqlash uchun zarur mablagʻlarni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Ganiyev va Oʻzbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 6-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
94-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 94-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ilmiy faoliyatni samarali yoʻlga qoʻyish uchun alohida ahamiyatga ega, mamlakatda yagona boʻlgan, ilmiy izlanishlarda foydalanilayotgan, tegishli sohada mukammal izlanishlar olib borish imkonini beradigan hamda mazkur Nizomda belgilangan tartibda noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritilgan ilmiy asbob-uskunalar, nodir toʻplamlar va boshqa kamyob obyektlar noyob ilmiy obyekt sanaladilar.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Obyektlarni noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritish (roʻyxatdan chiqarish) hamda ularni moliyalashtirish boʻyicha takliflarni oʻz tasarrufida oliy taʼlim va ilmiy muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, tasdiqlash va ularni saqlash mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Obyektlarni noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritish uchun hujjatlarni qabul qilish, koʻrib chiqish va noyob ilmiy obyektlar roʻyxatini tasdiqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi, vazirliklar va idoralar hamda muassasalarning obyektlarni noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflarini oʻrganib chiqadi, umumlashtiradi, noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritadi (roʻyxatdan chiqaradi), roʻyxatni tasdiqlaydi, noyob ilmiy obyektlarni saqlash va ulardan samarali foydalanish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi hamda doimiy monitoringini olib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Noyob ilmiy obyekt deb hisoblashda obyektlar quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning respublikada yagona (noyob) boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning ilmiy-amaliy ahamiyatga ega boʻlishi va ilmiy tadqiqotlarda foydalanilayotgan boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli sohada ushbu obyektsiz fundamental yoki amaliy tadqiqot olib borishning imkonsizligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning moddiy jihatdan yuqori qiymatga ega boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirliklar va idoralar oʻz tasarrufidagi oliy taʼlim va ilmiy muassasalardan noyob ilmiy obyektlar roʻyxatini shakllantirish uchun takliflarni har yili 25-martga qadar qabul qiladi, bunda, tavsiya qilinayotgan har bir ilmiy obyektning fan va texnika taraqqiyoti hamda ilmiy-tadqiqot faoliyati rivojlanishi uchun ahamiyatliligi darajasi vazirliklar va idoralarning tegishli hayʼat majlislarida muhokama qilinadi va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritish uchun obyektlar roʻyxati shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi har yili 10-martga qadar Internet jahon axborot tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytida noyob ilmiy obyektlar boʻyicha ushbu vazirlikka takliflar kiritish toʻgʻrisida eʼlon beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Vazirliklar va idoralar har yili 1-aprelga qadar obyektlarni noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritish uchun takliflarni quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga kiritadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida rasmiy xat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning noyob ekanligini koʻrsatuvchi asosnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning toʻliq tavsifnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektga xizmat koʻrsatuvchi shtat birliklari toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektdan foydalangan holda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ilmiy tadqiqot ishlarining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektni noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida vazirlik va idoralar hayʼat majlisining qarori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Vazirliklar va idoralarning obyektlarni noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritish boʻyicha takliflari har yili 20-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining fan yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy-texnikaviy kengashlari tomonidan koʻrib chiqiladi va noyob ilmiy obyektlar roʻyxati shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Noyob ilmiy obyektlar roʻyxati har yili 30-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda uning Internet jahon axborot tarmogʻidagi rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Noyob ilmiy obyektlarni moliyalashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Noyob ilmiy obyektlar roʻyxatiga kiritilgan obyektlari boʻlgan vazirliklar va idoralar tomonidan kelgusi moliya yili uchun soʻralgan mablagʻlar aks ettirilgan budjet soʻrovi shakllantirilib, har yili 1-iyunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etiladi. Budjet soʻrovi noyob ilmiy obyektni saqlash, unga xizmat koʻrsatish va undan foydalanish xarajatlaridan kelib chiqib shakllantirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noyob ilmiy obyektlar boʻyicha kelgusi moliya yili uchun budjet soʻrovi bilan birgalikda, mazkur obyektning oʻtgan yildagi faoliyatining moliyalashtirilishi toʻgʻrisida va joriy yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlar ilova qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi ushbu hisobotlarni kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar miqdorini koʻpaytirish, kamaytirish yoki toʻxtatish, obyektlarni konservatsiyalash maqsadida oʻrganib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vazirliklar va idoralar tomonidan kelgusi moliya yili uchun taqdim etilgan budjet soʻrovini belgilangan tartibda koʻrib chiqadi. Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi vazirliklar va idoralardan budjet soʻroviga doir hisob-kitoblarni talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi noyob ilmiy obyektlarni saqlash boʻyicha taqdim etilgan budjet buyurtmalarini jamlash yoʻli bilan jamlanma budjet buyurtmasini shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun 1-iyulga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim etilgan jamlanma budjet buyurtmasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan budjet qonunchiligiga muvofiq koʻrib chiqiladi hamda kelgusi yil uchun shakllantiriladigan budjetnoma loyihasiga belgilangan tartibda kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Noyob ilmiy obyektlarni moliyalashtirish “Fan” sohasi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar, shuningdek, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tasarrufida noyob ilmiy obyektlari boʻlgan muassasalarni saqlash boʻyicha xarajatlar smetalarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish budjet toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Tasarrufida noyob ilmiy obyekt boʻlgan muassasa tomonidan noyob ilmiy obyektlar uchun ajratilgan budjet mablagʻlarining sarflanishi toʻgʻrisidagi yillik moliyaviy hisobot 3 nusxada tayyorlanadi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga va yuqori turuvchi tashkilotga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Noyob ilmiy obyektni saqlash, unga xizmat koʻrsatish va undan foydalanish yuzasidan hisobot
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Oʻz boʻysunuvida noyob ilmiy obyekt boʻlgan tashkilot rahbari uni ishchi holatda saqlash, unga zarur xizmatlarni koʻrsatish, undan unumli foydalanish, ajratilgan moliyaviy mablagʻning samarali va maqsadli sarflanishi, shuningdek noyob ilmiy obyekt boʻyicha ilmiy va moliyaviy hisobotlarning Innovatsion rivojlanish vazirligiga topshirilishi uchun javobgardir.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Tasarrufida noyob ilmiy obyekt boʻlgan muassasalar rahbarlari obyektdan foydalangan holda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari hamda ajratilgan moliyaviy mablagʻning maqsadli sarflanishi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga va yuqori turuvchi tashkilotga 3-ilovaga muvofiq tayyorlangan yillik hisobotni elektron va qogʻoz koʻrinishida noyob ilmiy obyektning yillik faoliyati toʻgʻrisidagi muassasa Ilmiy-texnik kengashining asoslangan xulosasi bilan birgalikda hisobot yilidan keyingi yilning 30-yanvariga qadar taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hisobotlarning oʻz vaqtida qabul qilinishini tashkil etadi va rasmiylashtiradi, fan yoʻnalishlari boʻyicha Ilmiy-texnik kengashlarning ekspert guruhlarida hisobotlarni tahlil qilib, ularning natijalari yuzasidan ekspert xulosalari tayyorlaydi. Hisobotlar Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Noyob ilmiy obyektlar faoliyatining monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Noyob ilmiy obyektlar faoliyatining monitoringi tarkibida noyob ilmiy obyekt mavjud muassasaning yuqori turuvchi tashkiloti va Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi monitoringni amalga oshirishda noyob ilmiy obyektni ish holatida saqlanayotganligini, unga zarur texnik va boshqa xizmatlarning koʻrsatilayotganligini hamda undan unumli foydalanilayotganligini, ajratilgan moliyaviy mablagʻning maqsadli sarflanayotganligini, noyob ilmiy obyekt boʻyicha ilmiy va moliyaviy hisobotlarning oʻz vaqtida topshirilayotganligini oʻrganib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi monitoring natijasida jiddiy kamchiliklar yoki moliyaviy qonunbuzarliklarni aniqlagan taqdirda noyob ilmiy obyektlarni moliyalashtirish miqdorini kamaytirishi yoki moliyalashtirishni muddatidan oldin toʻxtatishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyalashtirish miqdorining kamaytirilishi yoki toʻxtatilishi Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Hayʼati qaroriga asosan amalga oshiriladi. Hayʼat qarorining nusxalari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga, tegishli vazirliklar va idoralarga hamda tasarrufida ilmiy obyekt boʻlgan muassasaga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, tasdiqlash va ularni saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

Noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noyob ilmiy obyekt faoliyatining natijadorligi koʻrsatkichlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
Koʻrsatkichlar nomi
Soni
1.
Noyob ilmiy obyektdan foydalanuvchilar soni
2.
Tasarrufida noyob ilmiy obyekt boʻlgan tashkilot va muassasalar tomonidan obyektdan foydalangan holda bajarilgan ilmiy tadqiqot ishlari qiymati
3.
Boshqa tashkilot va muassasa tomonidan obyektdan foydalangan holda bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari qiymati
4.
Obyektdan foydalanilgan holda chiqarilgan ilmiy maqolalar soni, shu jumladan:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi roʻyxatidagi jurnallarda
“Scopus” va “Web of science” maʼlumotlar bazasiga kiritilgan impakt faktorli jurnallarda
boshqa xorijiy ilmiy nashrlarda
5.
Obyektdan foydalanilgan holda bajarilgan ilmiy ishlarga olingan patent va boshqa intellektual mulk obyektlari soni*
6.
Obyektdan foydalanilgan holda bajarilgan ilmiy ishlarga patent va boshqa intellektual mulk obyektlarini olish uchun berilgan talabnomalar soni*
7.
Obyektdan foydalanilgan holda olingan ilmiy yangiliklar boʻyicha amalga oshirilgan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSs) ishlari himoyalari soni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Tabiiy va texnika fanlari yoʻnalishlari faoliyatidagi noyob ilmiy obyektlar uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Noyob ilmiy obyektlarni aniqlash, ularni saqlash va monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisida nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yillik hisobotning namunaviy shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Titul varagʻi (unda vazirlik yoki idora, muassasa, noyob ilmiy obyektning nomi yoziladi, masʼul rahbar va ilmiy muassasa rahbarining imzosi bilan tasdiqlanib, muhr qoʻyiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Noyob ilmiy obyektga (keyingi oʻrinlarda obyekt deb ataladi) bevosita xizmat koʻrsatuvchi xodimlar roʻyxati (ularning lavozimlari koʻrsatilgan va imzolari boʻlishi kerak).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Referat (obyekt toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot, uning ilmiy-texnik faoliyatdagi ahamiyati, obyektdan foydalanish sohalari va texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mundarija.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Kirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Asosiy qism:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.1. Obyektning asosiy konstruktiv, texnologik va texnik-foydalanish koʻrsatkichlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.2. Foydalanish sohasi, uning ilmiy ahamiyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.4. Obyektdan bevosita foydalangan holda olingan eng asosiy ilmiy natijalar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot (davlat ilmiy dasturlari doirasidagi loyihalarni bajarishda foydalanilgan boʻlsa — loyihaning shifri, mavzusi va ilmiy rahbari koʻrsatiladi);
(6.4-kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.5. Obyektdan boshqa ilmiy va oliy taʼlim muassasalarining foydalanganligi va foydalanishi mumkinligi toʻgʻrisida maʼlumot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.6. Obyekt faoliyatining natijadorligi koʻrsatkichlari (bir kalendar yil davomida);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6.7. Ajratilgan moliyaviy mablagʻlarning ishlatilganligi toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Xulosa.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2019-y., 09/19/94/2582-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)