06.02.2019 yildagi 92-son
Vazirlar Mahkamasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial idoralar xodimlari mehnatiga haq to‘lashning tarif setkasini joriy etish to‘g‘risida” 1996-yil 12-apreldagi 147-son qaroriga asosan o‘z vazifalarini vijdonan, shuningdek, alohida muhim va mas’uliyatli ishlarni bajarayotgan xodimlarni mehnatga haq to‘lashning ikki oylik fondi miqdorida mukofotlash hamda yilda bir marta mehnatga haq to‘lashning oylik fondi miqdorida moddiy yordam berish tatbiq etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)