05.02.2019 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat ijtimoiy granti asosida moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 24-iyuldagi PQ-3880-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlar kinokompaniyalari ishtirokida hamkorlikda film ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat ijtimoiy granti asosida moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. “Oʻzbekkino” Milliy agentligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ular qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish “Oʻzbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Sh. Zokirov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Madaniyat, sanʼat va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-son

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 89-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat ijtimoiy granti asosida moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasida roʻyxatdan oʻtgan kinematografiya tashkilotlarining (keyingi oʻrinlarda milliy kinokompaniya deb ataladi) xorijiy mamlakatlar kinokompaniyalari va boshqa tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda xorijiy kinokompaniya deb ataladi) bilan hamkorlikda film ishlab chiqarishini davlat ijtimoiy granti asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi Milliy kinematografiyani rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi) mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ariza beruvchi — hamkorlikda film ishlab chiqarishda ishtirok etadigan milliy kinokompaniya va (yoki) xorijiy kinokompaniyalar (hamprodyuserlar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Badiiy kengash — hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun ariza beruvchining murojaatini koʻrib chiqish, saralash va davlat ijtimoiy granti asosida hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni moliyalashtirish boʻyicha xulosa beruvchi “Oʻzbekkino” Milliy agentligi huzuridagi doimiy faoliyat koʻrsatuvchi kollegial organ;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
prodyuser — filmlar ishlab chiqarish jarayoni ustidan gʻoyaviy-badiiy va tashkiliy-moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi, filmni tasvirga olish guruhi va texnik xodimlar tarkibini shakllantirishda ishtirok etadigan kinokompaniya vakili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxs — hamprodyuserlarning biri tomonidan hamkorlikda film ishlab chiqarishda ishtirok etish uchun jalb etilgan uchinchi mamlakat kinokompaniyasi yoki prodyuseri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
film — original ssenariy yoki adabiy asarni ekranlashtirish asosida tasvirga olinadigan audiovizual asar (badiiy toʻliq metrajli, badiiy qisqa metrajli, hujjatli-xronikal, ilmiy-ommabop filmlar va ijtimoiy videoroliklar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikdagi film — milliy kinokompaniyalar tomonidan xorijiy kinokompaniyalar yoki prodyuserlar bilan birgalikda ijodiy, texnik va moliyaviy hissa qoʻshish yoʻli bilan ishlab chiqarilgan film;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamprodyuserlar — hamkorlikda film ishlab chiqarish boʻyicha oʻzaro kelishuvga ega va hamkorlikda film ishlab chiqarishda ishtirok etadigan milliy kinokompaniyalar yoki kamida bir nafari xorijiy boʻlgan kinokompaniyalar yoki prodyuserlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Hamkorlikda film ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi xorijiy kinokompaniya tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 12-iyundagi 169-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy kinokompaniyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududida filmlarni kino- va videotasvirga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq beriladigan ruxsatnomani olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagi hollarda film hamkorlikda ishlab chiqarilgan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
film Oʻzbekiston Respublikasi hududida yoki uning hududidan tashqarida hamprodyuserlarning birgalikdagi ijodiy, texnik va boshqa hamkorligi natijasida ishlab chiqarilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
film ishlab chiqarishda hamprodyuserlar har birining qoʻshadigan eng kam hissasi filmni ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 20 foizidan kam boʻlmagan, eng koʻpi 80 foizidan oshmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamprodyuserlarning kelishuviga koʻra filmni hamkorlikda ishlab chiqarish uchun uchinchi davlatdan boshqa prodyuser jalb qilingan hollarda uchinchi shaxslarning hissasi filmni ishlab chiqarish umumiy xarajatlarining 30 foizidan oshmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamprodyuserlarda filmdan birgalikda foydalanish tartibini belgilovchi shartnomalarning mavjudligi, bunda kinoprokatidan tushadigan daromadlarning hamprodyuserlar va hududlar (film prokati amalga oshiriladigan mamlakatlar) oʻrtasida oʻzaro taqsimlanishi kabi qoidalar nazarda tutilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Agar hamkorlikda film ishlab chiqarish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalarda hamprodyuserlar oʻrtasidagi rasmiy kelishuvlarda nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomalar qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirishga oid hujjatlarni koʻrib chiqish ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun taqdim qilinadigan ariza va hujjatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Hamkorlikdagi filmni ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun ariza beruvchi “Oʻzbekkino” Milliy agentligiga (keyingi oʻrinlarda Agentlik deb ataladi) quyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) hamkorlikdagi filmni ishlab chiqarishni moliyalashtirish toʻgʻrisida ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) rejalashtirilayotgan film ssenariysining davlat yoki rus tilidagi bosma (elektron) varianti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ariza beruvchi tomonidan hamkorlikda film ishlab chiqarish toʻgʻrisida tuzilgan shartnoma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) filmni tasvirga olish guruhi va asosiy rollardagi aktyorlarning fuqaroligi, kasbi va (yoki) lavozimi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar aks ettirilgan roʻyxat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) hamkorlikdagi filmni tasvirga olishga sarflanadigan mablagʻlarning dastlabki hisob-kitobi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) hamkorlikdagi filmni tasvirga olish kalendar-postanovka rejasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomondan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Ariza beruvchi hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni Agentlikka bevosita berishi yoki pochta aloqasi vositalari orqali yoxud elektron shaklda yuborishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza beruvchi tomonidan Agentlikka taqdim etilgan hujjatlar qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Agentlikka taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar roʻyxat boʻyicha qabul qilinadi. Roʻyxat Agentlik tomonidan ariza qabul qilingan sana toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan holda darhol ariza beruvchiga beriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Agentlik tomonidan bir ish kunida koʻrib chiqiladi. Ariza va hujjatlarda kamchiliklar mavjudligi aniqlansa, bu haqda darhol ariza beruvchiga xabarnoma yuboriladi. Xabarnomada hujjatlardagi mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etgan holda takroran ariza bilan murojaat qilishning aniq muddati koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizani boshqa asoslarga koʻra, shu jumladan, maqsadga muvofiq emas, degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizani takroran koʻrib chiqishda Agentlik tomonidan ariza beruvchiga ilgari yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi, elektron pochta aloqasi orqali bayon qilinmagan rad etish sabablari Agentlik tomonidan keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Xabarnomada koʻrsatilgan muddat oʻtganidan keyin ariza beruvchi tomonidan topshirilgan ariza yangidan topshirilgan hisoblanadi va Agentlik tomonidan umumiy tartibda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Ariza beruvchi tomondan topshirilgan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Agentlik tomonidan qabul qilingan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar bir ish kunida koʻrib chiqish va tegishli xulosa berish uchun Badiiy kengashga yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Badiiy kengash arizani u olingan kundan boshlab 15 ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va uning natijasi boʻyicha quyidagi xulosalardan birini chiqaradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirishning maqsadga muvofiq emasligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Agentlik ariza beruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni Badiiy kengashning tegishli xulosasi asosida uch ish kunida koʻrib chiqadi va uning natijasi boʻyicha quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish yillik ishlab chiqarish hajmlari va shu maqsadlarga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan Agentlikka ajratilgan mablagʻlar doirasida yoki Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga moliyalashtirish toʻgʻrisida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirishni rad etish toʻgʻrisida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Agentlik qabul qilingan qaror haqida ariza beruvchini qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda, shu jumladan, axborot tizimi orqali elektron pochta aloqasi orqali xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Quyidagi hollarda hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirish rad etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) agar film ssenariysida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy, irqiy, etnik yoki diniy dushmanlikni targʻib etuvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning milliy mansubligi, diniy eʼtiqodlari munosabati bilan ularning qadr-qimmatini kamsituvchi, haqorat qiluvchi yoki axloq normalariga va milliy mentalitetga zid boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi xalqlarining tarixi, madaniyati, anʼanalari va urf-odatlarini haqiqatga zid tarzda yoki buzib aks ettiruvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekstremizm va terrorizm gʻoyalarini, zoʻravonlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq jinoiy yoki boshqa javobgarlikka olib keluvchi pornografik va boshqa xususiyatga ega boʻlgan lavhalar mavjud boʻlsa;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) hamkorlikdagi filmni ishlab chiqarishni moliyalashtirish xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va (yoki) Jamgʻarmadan kino mahsulotlarini ishlab chiqarishga ajratiladigan yillik hajmlardan koʻp mablagʻni talab etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Hamkorlikda film ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat buyurtmasiga muvofiq milliy kino mahsulotlarini yaratish yillik ishlab chiqarish hajmlari va shu maqsadlarga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Agentlikka ajratilgan mablagʻlar doirasida mablagʻ ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hamprodyuserlarga hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishda moddiy-texnika bazani shakllantirishga koʻmaklashish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirish bilan bogʻliq holatlar yuzasidan kelib chiqadigan nizoli masalalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlikda film ishlab chiqarishni davlat ijtimoiy granti asosida moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamkorlikda film ishlab chiqarishni moliyalashtirishga oid hujjatlarni koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI

(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/89/2574-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)