05.02.2019 yildagi 88-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 05.02.2019 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 27-iyundagi PQ-3813-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi tarkibiga “Gulzor” Qoraqalpoq davlat folklor ansambli, “Amu toʻlqini” Qoraqalpoq davlat folklor-etnografik ansambli, Xalq cholgʻu orkestri, “Muxallis” dutorchilar ansambli, Ashula va raqs ansambllarini kiritish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy filarmoniyalar deb ataladi) faoliyatini samarali tashkil etish uchun boʻsh turgan bino va inshootlarni 2019-yil yakuniga qadar ajratish choralarini koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududiy filarmoniyalar oʻzlariga ajratilgan bino va inshootlarni Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan mukammal taʼmirlash va jihozlash ishlarini amalga oshirsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda Xorazm viloyati hokimligining Oʻzbekiston davlat filarmoniyasiga biriktirilgan Xorazm viloyati, Urganch shahri, K. Otaniyozov koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan bino va inshootlarni tegishli hududi bilan Xorazm viloyati madaniyat boshqarmasiga Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazining Xorazm maqom ansamblini joylashtirish uchun operativ boshqaruv huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalari tarkibidagi ijodiy jamoalar ikki hafta muddatda tanqidiy qayta koʻrib chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalari rahbar va ijodiy xodimlarini ularga qoʻyilgan malaka toifalariga mosligi va ijodiy mahorati yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.S. Sayfullayev zimmasiga hamda Vazirlar Mahkamasining Yoshlar siyosati, madaniyat, maʼnaviyat, ommaviy axborot vositalari, ijodiy va jamoat tashkilotlari masalalari kotibiyatiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 5-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirish boʻyicha
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR DASTURI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Chora-tadbirlar nomi

Ijro etish muddati

Moliyalashtirish manbalari

Masʼul ijrochilar

I. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish

1.

Teatr-konsert tashkilotlari artistlari va badiiy xodimlari, teatr va musiqa sanʼati ijodiy kadrlarini tayyorlovchi oʻquv muassasalarining professor-oʻqituvchilari va konsertmeysterlarini uzoq muddat xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan har oylik ragʻbatlantirish tartibini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
fevral

-

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi,
vazirliklar va idoralar

2.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi rasmiy veb-saytini yaratish, musiqa va raqs sanʼatining rivojlanishi tarixi, uning yoʻnalishlari, afishalar, konsert dasturlari, musiqa va raqs jamoalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni muntazam ravishda aks ettirib borish. Shuningdek, veb-saytdagi maʼlumotlarni doimiy yangilab borish, chiptalarning onlayn buyurtma berish va xarid qilish tizimi va chiptalar hisobini yuritishning elektron dasturini yaratish.

2019-yil
fevral

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining oʻz mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi

3.

Oʻzbekiston davlat fi�armoniyasi rahbarlari va ijodiy xodimlarining malaka toifalari va lavozim yoʻriqnomalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
fevral

-

Madaniyat vazirligi,
Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi, vazirliklar va idoralar

4.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalarining namunaviy shtat jadvallarini qayta koʻrib chiqish va tasdiqlash.

2019-yil
fevral

-

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi

5.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va hududiy boʻlinmalarning ijodiy jamoalarni musiqa cholgʻu asboblari bilan taʼminlash meʼyorlarini va ularning davlat standartlarini ishlab chiqish.

2019-yil
II chorak

-

Madaniyat vazirligi,
Iqtisodiyot vazirligi,
Adliya vazirligi,
“Oʻzstandart” agentligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,
vazirliklar va idoralar

II. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlash

6.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi va viloyatlardagi hududiy boʻlinmalari faoliyatini samarali tashkil etish uchun boʻsh turgan binolarni ajratish va mukammal taʼmirlash ishlarini olib borish.

2019-yil

Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qoʻshimcha manbalari, Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining oʻz mablagʻlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi

7.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va jihozlash (musiqa asboblari, tovush-chiroqli apparatura, sahna kiyim-kechaklari, mebel, kompyuter texnikasi va boshqalar).

2019-yil
II chorak

Madaniyat vazirligiga ajratiladigan budjet mablagʻlari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, mahalliy budjet mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

8.

“Turkiston” sanʼat saroyiga tutash hududda zamonaviy texnik vositalaridan keng foydalanilgan holda reklama lavhalari, panno va bannerlar oʻrnatish.

doimiy

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Toshkent shahar hokimligi,

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi

9.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tomonidan tashkil etiladigan konsert tomoshalariga aholini jalb etish maqsadida konsert dasturlari namoyishini ikki hafta oldin quyidagilar orqali keng yoritish:

Internet veb-saytlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali zarur maʼlumotlarni (konsert tomoshalarining rejissori, xonandalari, repertuari, konsert tomoshalarga kirish narxlari va boshqa maʼlumotlarni) joylashtirish;

Viloyat va shahar (tuman)larning markaziy koʻchalarida reklama bannerlarini joylashtirish.

doimiy

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Doʻstlik klubi”ni tashkil etish, bunda tashkil etiladigan klub doirasida besh yillik aniq chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash.

2019-yil
II chorak

Yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,
vazirlik va idoralar,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

11.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida sahna liboslari, mashgʻulot liboslari va maxsus anjomlar, jihozlar (ayollar taqinchoqlari, maxsus raqs poyabzallari) tayyorlaydigan sex faoliyatini yoʻlga qoʻyish.

2019-yil
I chorak

Budjetdan ajratilgan mablagʻlar, budjetdan tashqari tushumlar, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, homiylik xayriyalari Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining oʻz mablagʻlari

Madaniyat vazirligi,
Moliya vazirligi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi

III. Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi ijodiy jamoalar faoliyatini takomillashtirish

12.

Oʻzbek milliy mumtoz va raqs sanʼatini hamda klassik sanʼatni aholi oʻrtasida keng targʻib etish maqsadida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tarkibida faoliyat yuritayotgan jamoalar har oyda
3 tadan 6 tagacha va uning hududiy boʻlinmalari 2 tadan 4 tagacha tuman (shahar)lardagi sanʼat saroylarida, madaniyat va aholi dam olish markazlarida, amfiteatrlarda va boshqa tomosha zallarida konsert dasturlari va ijodiy tomoshalarini tashkil etish.

doimiy

Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

13.

Hududlardagi musiqiy auditoriyani maqsadli kengaytirish hamda aholining musiqiy estetik talabini shakllantirish va qondirish yoʻlida har bir jamoa tomonidan yuqori badiiy saviyadagi turli janrlardagi yiliga kamida 4 ta yangi repertuarni yaratish.

Qoʻyilgan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish:

jamoalarning kadrlar salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish;

uzoq muddatli repertuar siyosatini shakllantirish;

ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish va joriy etish.

doimiy

Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

14.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalaridagi badiiy jamoalarini yangi musiqa asarlari, jumladan, milliy mumtoz va jahon klassik sanʼatiga doir asarlar bilan taʼminlash.

doimiy

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi

15.

Oʻzbek milliy mumtoz va raqs sanʼatini keng targʻib etish maqsadida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalaridagi badiiy jamoalarni xorij davlatlariga gastrol safarlariga yuborish.

doimiy, tasdiqlangan reja asosida

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari,

budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

16.

Respublikaning chekka hududlarida tasdiqlangan reja asosida Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalari tarkibidagi ansambllarning gastrol-konsert tomoshalarini tashkil etish

doimiy, tasdiqlangan reja asosida

Budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

17.

Ustoz sanʼatkorlar xizmatini qadrlash, shoir, bastakor va xonandalarning yosh ijrochi va sanʼatkorlar bilan ijodiy hamkorligini yoʻlga qoʻyish orqali “Ustoz-shogird” maktablarini tashkil etish va shu asosda:

yosh isteʼdodli sanʼatkorlarni aniqlash;

yosh ijrochi va sanʼatkorlar tomonidan yaratilgan yangi va eng yaxshi asarlar mualliflari hamda sanʼatkor ijrochilarni moddiy ragʻbatlantirish;

yosh isteʼdodlar tomonidan yaratilgan musiqiy asarlarni ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib borish;

yosh ijrochi va sanʼatkorlarning ijodiy yutuqlarini, el yurtimizga manzur boʻladigan asarlarini davlat mukofotlariga tavsiya etish ishlarini tashkil etish.

2019-yil
II chorakdan boshlab doimiy

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,
Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi,
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlar uyushmasi

18.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi tarkibidagi badiiy jamoalarning ijodiy yutuqlarini ommaviy axborot vositalarida, teleradiokanallarda keng yoritish va targʻibot qilish.

doimiy

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi,
Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi,
Oʻzbekiston kompozitorlari va bastakorlar uyushmasi

19.

Bugungi globallashuv jarayonida jamiyat hayotida oʻzbek milliy musiqa va raqs, jahon klassik sanʼatining oʻrni va taʼsirini kuchaytirish maqsadida konsert tomoshalarga tomoshabinlar tashriflarini uyushtirish boʻyicha reja ishlab chiqish.

doimiy

-

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari,
Madaniyat vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi

20.

Respublika hududlarida mashhur ijrochilar ishtirokida konsert-tomosha tadbirlari va ijodiy kechalarni tashkil qilish.

doimiy

Konsert faoliyatidan tushumlar, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

21.

Ommaviy axborot vositalarida keng yoritish orqali “Bahor nafasi” Xalqaro sanʼat festivalini oʻtkazish.

har yili

Madaniyat vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

22.

Respublikada faoliyat yuritayotgan ijodiy jamoalar (xodimlar) oʻrtasida turli yoʻnalishlarda musiqa, ashula va raqs tanlovlarini oʻtkazish

har yili, tasdiqlangan reja asosida

Madaniyat vazirligiga ushbu maqsadlar uchun ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida, mahalliy budjetlarning qoʻshimcha manbalari, Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

23.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi hududiy boʻlinmalari hamda uning tarkibida faoliyat yuritayotgan ansambllar faoliyatini monitoringini amalga oshirish va Filarmoniyaning Badiiy kengashida muhokama etish.

har chorakda

-

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi

IV. Kadrlar tayyorlash, malakasini oshirish, qayta tayyorlash va attestatsiyadan oʻtkazish, ularning faoliyatini baholash hamda ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, sohada ilmiy izlanishlarni chuqurlashtirish

24

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalaridagi rahbar xodimlar va mutaxassislar malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlarini tizimli tashkil etish.

2019-yil
II chorak

-

Madaniyat vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

25.

Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning hududiy boʻlinmalari tarkibidagi ijodiy jamoalar rahbar va xodimlarini Rossiya va Yevropa davlatlarida malaka oshirishlarini tashkil etish.

2019-yil
II chorakdan boshlab reja asosida

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi

26.

Filarmoniya yoʻnalishidagi xorijiy tajribadan jamoatchilikni xabardor qilib borish maqsadida:

boshqa mamlakatlardagi filarmoniyalar bilan hamkorlikda mahorat darslarini va “master klass”larni oʻtkazish;

xorijda t�jriba almashish va malaka oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish, xalqaro miqyosdagi turli tanlov va festivallarda sohaning yetuk mutaxassislari va jamoalarini ishtirokini taʼminlash.

2019 ― 2028-yillar

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, budjetdan ajratilgan mablagʻlar doirasida, budjetdan tashqari tushumlar, yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,
Tashqi ishlar vazirligi

27.

Filarmoniya va uning hududiy boʻlinmalarini malakali mutaxassis kadrlar bilan taʼminlanganlik holatni chuqur oʻrganish, shuningdek ularning istiqbolli talab-ehtiyojidan kelib chiqib tegishli oliy taʼlim va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida kadrlar tayyorlash yuzasidan taklif kiritish.

2019/2020 oʻquv yilidan boshlab

-

Madaniyat vazirligi,
Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi,
Iqtisodiyot va sanoat vazirligi,
manfaatdor vazirliklar va idoralar

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-fevraldagi 88-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 28-oktabrdagi 415-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 20-oktabrdagi PF-1280-son Farmoni tatbiq etiladigan Respublika teatr-konsert tashkilotlari, taʼlim va boshqa madaniy-maʼrifiy muassasalari roʻyxatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) “Qoraqalpogʻiston Respublikasi” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) “Toshkent shahri” boʻlimida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Badiiy jamoalari ijodiy birlashmasi hamda uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*”, “Oʻzbekiston orkestrlari jamoalari birlashmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*” va ““Turkiston” sanʼat saroyi” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar*” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) “Andijon viloyati” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Andijon viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) “Buxoro viloyati” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Buxoro viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) “Jizzax viloyati” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Jizzax viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) “Qashqadaryo viloyati” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Qashqadaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) “Namangan viloyati” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Namangan viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) “Samarqand viloyati” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) “Sirdaryo viloyati” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Sirdaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) “Surxondaryo viloyati” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Surxondaryo viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
l) “Fargʻona viloyati” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Fargʻona viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
m) “Xorazm viloyati” boʻlimiga “Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi Xorazm viloyati boʻlinmasi va uning tarkibiga kiruvchi jamoalar” soʻzlari qoʻshilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Vazirlar Mahkamasining “Davlat madaniyat muassasalari va davlat arxivlari xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirishning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash haqida” 2018-yil 19-iyundagi 458-son qarorining rus tilidagi matnida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 3-ilovaning “Primechaniye” qismi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 4-ilovaning “Primechaniye” matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Razmeri bazovix doljnostnix okladov artisticheskogo personala tvorcheskix kollektivov Gosudarstvennoy filarmonii Uzbekistana, ustanavlivayutsya s primeneniyem povishayuщego koeffitsiyenta — 1,17”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 6-ilovaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“RAZMERI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazovix doljnostnix okladov po oplate truda administrativno-upravlencheskogo personala gosudarstvennix muzeyev, muzeyev zapovednikov, domov-muzeyev i drugix organizatsiy muzeynogo tipa
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Naimenovaniye doljnostey

Razmeri bazovix doljnostnix okladov, sum

I gruppa

II gruppa

III gruppa

IV gruppa

1.

Generalniy direktor, direktor

2 087 964

1 828 149

1 568 718

1 426 107

2.

Glavniy xranitel fondov, zamestiteli direktora, glavniy iijener

1 898 149

1 725 590

1 426 107

1 296 461

3.

Glavniy: buxgalter, energetik

1 568 107

1 426 107

1 178 601

1 071 455

4.

Zaveduyuщiy: filialom, otdelom, bibliotekoy, sektorom, restavratsionnoy masterskoy, ucheniy sekretar

1 725 590

1 568 107

1 296 461

1 178 601

”.

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6, 7 va 8-bandlarga “arxivist, bibliotekar, fotograf” soʻzlari qoʻshilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Primechaniye” qismidagi “Gosudarstvennogo muzeya iskusstv Uzbekistana” soʻzlari “Muzei jertv repressii pri Kabinete Ministrov, Gosudarstvennogo muzeya iskusstv Uzbekistana” soʻzlari bilan almashtirilsin;
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.02.2019-y., 09/19/88/2573-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)