30.04.2018 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitim

madaniy hamkorlik toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Turkiya Respublikasi Hukumati (keyingi oʻrinlarda “Tomonlar” deb ataluvchilar),
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
teng huquqlilik va oʻzaro hurmat asosida mavjud madaniy aloqalarni mustahkamlash hamda oʻzaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitimni amalga oshirish maqsadida Tomonlar quyidagi vakolatli organlarni belgilaydilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan — Madaniyat vazirligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Turkiya Respublikasi Hukumati nomidan — Madaniyat va turizm vazirligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki mamlakatning madaniyat va sanʼat muassasalari oʻrtasida hamkorlikni rivojlantirishga intiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar madaniy taraqqiyot, ayniqsa, sanʼat, umumiy anʼanalar, kutubxonachilik, noshirlik, arxeologiya, muzeyshunoslik sohalarida hamkorlik qiladilar hamda nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish, uni qayta tiklash va ilmiy tadqiq etish boʻyicha qoʻshma loyihalarni tashkil qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar madaniy merosni asrash, qayta tiklash va identifikatsiyalash boʻyicha oʻzlarining tegishli organlari va muassasalari oʻrtasida toʻgʻridan toʻgʻri aloqa va hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar boshqa mamlakat mutaxassislarini, ayniqsa, madaniy merosni asrash sohasidagi xalqaro kongresslar, simpoziumlar va koʻrgazmalarda ishtirok etish uchun taklif etadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar madaniy boyliklarning noqonuniy oʻtkazilishiga qarshi zarur ehtiyotkorlik choralari va tadbirlarni amalga oshirish orqali hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar teatr, musiqa, xoreografiya, opera, balet va sanʼatning boshqa tarmoqlari sohasidagi aloqalarni rivojlantirishni hamda ushbu doirada anʼanaviy hunarmandchilikni rivojlantirish, qoʻshma tadbirlar hamda sanʼatkorlar va ijodiy jamoalarning oʻzaro tashriflarini tashkil etishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar, qadimiy ashyolar istisno boʻlgani holda, oʻzaro koʻrgazmalar tashkil etishni ragʻbatlantiradilar va zarur chora-tadbirlarni taʼminlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz mamlakatlarida boshqa mamlakatning adabiyotini targʻib qilishda hamkorlik qiladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar ikki mamlakat yozuvchilarining badiiy asarlarini tarjima qilish va chop etishni oʻzaro ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar bir-birlarining teleradioeshittirish korporatsiyalari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni qoʻllab-quvvatlaydilar hamda oʻz mamlakatlarida tashkil etiladigan adabiyot va nashriyotga oid xalqaro simpoziumlar, guruhlar va festivallarda ishtirok etishni ragʻbatlantiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz mamlakatlarida tashkil etiladigan kitob yarmarkalari haqida bir-birlarini xabardor qiladilar hamda ikki davlat yozuvchilari va nashriyot muassasalarining ushbu yarmarkalardagi oʻzaro ishtirokini qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar kinematografiya sohasida hamkorlik qiladilar hamda oʻz mamlakatlarida tashkil etiladigan xalqaro kino festivallarida oʻzaro ishtirok etishni qoʻllab-quvvatlaydilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlar oʻz davlatlarining tegishli milliy qonunchiligi va ular ishtirokchi hisoblangan xalqaro shartnomalarga muvofiq mazkur Bitim asosida oʻtkazilgan yoki vujudga kelgan intellektual mulk huquqlari samarali muhofaza qilinishini taʼminlaydilar. Mazkur Bitim maqsadi uchun “intellektual mulk” tushunchasi 1967-yil 14-iyulda Stokgolmda imzolangan Jahon intellektual mulk tashkilotini tashkil etish toʻgʻrisidagi Konvensiyaning 2-moddasida bayon etilgan mazmun asosida anglashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning vakolatli idoralari, zarurat boʻlganda, mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha masalahatlashuvlar oʻtkazadilar va ishchi guruhlar tuzadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim doirasida amalga oshiriladigan barcha faoliyat bilan bogʻliq moliyaviy masalalar Tomonlarning vakolatli idoralari oʻrtasida oʻzaro kelishuv asosida diplomatik kanallar orqali hal qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilish yoki qoʻllash yuzasidan kelib chiqadigan har qanday tafovut yoki kelishmovchiliklar Tomonlar oʻrtasida muzokaralar orqali hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tomonlarning oʻzaro yozma kelishuviga koʻra mazkur Bitimga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin. Ushbu oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Bitim 18-moddasining birinchi xatboshisida belgilangan bir xil yuridik tartibga muvofiq kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlarning davlatlari ishtirok etadigan boshqa xalqaro shartnomalar yuzasidan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlariga taʼsir koʻrsatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida bir-birlarini xabardor qiluvchi soʻnggi yozma xabarnoma diplomatik kanallar orqali olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim besh (5) yil davomida amalda boʻladi, basharti Tomonlardan biri boshqa Tomonni mazkur Bitimni tugatish niyati toʻgʻrisida olti oy oldin yozma xabardor qilmasa, keyingi teng va ketma-ket muddatlarga oʻz-oʻzidan uzayaveradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Bitim amal qilishining tugatilishi, basharti Tomonlar boshqacha kelishuvga erishmagan boʻlsa, Bitim doirasida amalga oshirilayotgan mavjud dasturlar va davom etayotgan faoliyatga taʼsir qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent shahrida 2018-yil 30-aprelda ikki asl nusxada, har biri oʻzbek, turk va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar teng autentikdir. Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.

(imzolar)