Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 24.01.2019 yildagi PQ-4126-son
Кучга кириш санаси
25.01.2019
Рус
Eng
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat 07.07.2023 sanasi holatiga | Joriy versiya |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining |
Qarori | Qarori |
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida | Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida |
[Koʻchirma] | [Koʻchirma] |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida: | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida: |
2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi) raisiga: | 2. Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi) raisiga: |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash va zarur hollarda unga oʻzgartirishlar kiritish; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparatining tuzilmasini tasdiqlash va zarur hollarda unga oʻzgartirishlar kiritish; |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tuzilmasini tasdiqlash; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi hududiy boshqarmalari tuzilmasini tasdiqlash; |
boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash; | boshqaruv xodimlarining belgilangan umumiy soni doirasida Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hududiy boshqarmalari boshqaruv xodimlarining cheklangan sonini tasdiqlash; |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi boshqaruv xodimlari mutaxassislarining qoʻshimcha shtat birliklarini kiritish; |
malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini belgilash; | malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilib, ularga, istisno tariqasida, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan ish haqi va boshqa toʻlovlar miqdorlarini belgilash; |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xodimlari uchun, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, ular egallagan asosiy lavozimi boʻyicha mansab maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar belgilash; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xodimlari uchun, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan qatʼi nazar, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan, ular egallagan asosiy lavozimi boʻyicha mansab maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar belgilash; |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparati, Qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida ularning biridan boshqasiga shtat birliklarini olib berish yoʻli bilan oʻzgartirishlar kiritish; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi markaziy apparati, Qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy tashkilotlarning tasdiqlangan tuzilmasiga zarur hollarda boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni doirasida ularning biridan boshqasiga shtat birliklarini olib berish yoʻli bilan oʻzgartirishlar kiritish; |
xalqaro amaliyotdan va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun kontrakt asosida jalb qilinadigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash huquqi berilsin. | xalqaro amaliyotdan va bozor sharoitlaridan kelib chiqqan holda, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun kontrakt asosida jalb qilinadigan malakali xorijiy mutaxassislar mehnatiga haq toʻlash miqdorini belgilash huquqi berilsin. |
3. Belgilab qoʻyilsinki: | 3. Belgilab qoʻyilsinki: |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat raqobat qoʻmitasi) monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash borasidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi; | Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining (keyingi oʻrinlarda — Davlat raqobat qoʻmitasi) monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish va tovar-xom ashyo birjalarini litsenziyalash borasidagi barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi; |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyat sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda u bilan kelishilishi shart; |
mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinishi shart; | mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha tashkilotlarda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tekshiruvlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish boʻyicha vakolatli organni xabardor qilish tartibida amalga oshiriladi hamda Tekshiruvlarni elektron shaklda roʻyxatga olish yagona tizimida roʻyxatga olinishi shart; |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining raisi va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi, uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi, maqomi, tibbiy va transport xizmat koʻrsatish sharoitlari boʻyicha tegishli ravishda vazir va vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi; |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2-markaziy konsultativ-diagnostika poliklinikasi tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatiladi; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasining 2-son Markaziy konsultativ-diagnostika poliklinikasi tomonidan tibbiy xizmat koʻrsatiladi, bundan boʻlim boshligʻining oʻrinbosari lavozimidan quyi boʻlgan lavozimlarda ishlovchi xodimlar mustasno; |
Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan ilgari berilgan hujjatlar va ular qabul qilgan qarorlar oʻz kuchini saqlab qoladi hamda uning qayta tashkil etilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi yoxud oʻzgartirilmaydi. | Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari tomonidan ilgari berilgan hujjatlar va ular qabul qilgan qarorlar oʻz kuchini saqlab qoladi hamda uning qayta tashkil etilishi munosabati bilan bekor qilinmaydi yoxud oʻzgartirilmaydi. |
4. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga: | 4. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga: |
raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish masalalari yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlarga iqtisodiy, moliya, soliq organlari va boshqa organlar xodimlarini jalb qilish huquqi berilsin. | raqobat muhitini rivojlantirish va tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini nazorat qilish masalalari yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlarga iqtisodiy, moliya, soliq organlari va boshqa organlar xodimlarini jalb qilish huquqi berilsin. |
5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2022-yil 1-avgustdan boshlab xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish boʻyicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda yigʻim undiriladi. | 5. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2022-yil 1-avgustdan boshlab xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (fondi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish boʻyicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun bitim taraflarining oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan tushumining (tushum mavjud boʻlmagan taqdirda — aktivlar balans qiymatining) 0,05 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravaridan kam boʻlmagan va ming baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda yigʻim undiriladi. |
6. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va uning manbalari quyidagilar etib belgilansin: | 6. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi huzurida yuridik shaxs tashkil etmagan holda budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) tashkil etilsin va uning manbalari quyidagilar etib belgilansin: |
raqobat va tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlarning summasi; | raqobat haqidagi qonunchilikni buzganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlarning summasi; |
raqobat, tabiiy monopoliyalar haqidagi qonunchilikni buzganlik va Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi koʻrsatmalarini bajarilmaganlik uchun Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan maʼmuriy jarima mablagʻlari; | raqobat haqidagi qonunchilikni buzganlik va Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi koʻrsatmalarini bajarilmaganlik uchun Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan maʼmuriy jarima mablagʻlari; |
xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (jamgʻarmasi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish boʻyicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun yigʻimlar; | xoʻjalik yurituvchi subyektlarning birlashuvi va qoʻshib olinishi boʻyicha bitimlar, shuningdek shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyekt ustav kapitali (jamgʻarmasi)dagi aksiyalar (ulushlar)ni sotib olish boʻyicha bitimlarga dastlabki rozilik berish uchun yigʻimlar; |
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi; | isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, narxlari tartibga solinishi belgilangan tovarlarning narxlarini (ustama va tariflar) oshirganlik uchun undirilgan asossiz olingan daromadlar summasining 100 foizi; |
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi taqdim etgan koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi yoki Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi kiritgan daʼvolar boʻyicha sud tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablagʻlarining 100 foizi; | isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, shuningdek, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi taqdim etgan koʻrsatmalarni bajarmaganlik uchun Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi yoki Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi kiritgan daʼvolar boʻyicha sud tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlardan va ularning mansabdor shaxslaridan qonunchilikda belgilangan tartibda undiriladigan jarima mablagʻlarining 100 foizi; |
tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yigʻim mablagʻlarining 45 foizi; | tashqi reklamani joylashtirish huquqi uchun tushadigan oylik yigʻim mablagʻlarining 45 foizi; |
“E-IJRO AUKSION” savdo maydonchasida yer uchastkalari va davlat mulki boʻlgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish natijasida tushadigan yigʻim summasining 40 foizi; davlat xaridlari boʻyicha maxsus axborot portali operatori — “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning davlat xaridlari tizimidagi xizmatlarni koʻrsatish uchun olinadigan komissiya yigʻimlaridan tushgan mablagʻlarning 20 foizi; Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,02 foiz miqdordagi vositachilik yigʻimi; | “E-AUKSION” elektron savdo platformasida yer uchastkalari va davlat mulki boʻlgan obyektlarda tashqi reklama obyektlarini (konstruksiyalarini) joylashtirish huquqini realizatsiya qilish boʻyicha elektron savdolar oʻtkazish natijasida tushadigan yigʻim summasining 40 foizi; Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ xizmatlariga 0,04 foiz miqdordagi vositachilik yigʻimi; |
raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yoʻnaltirilgan moliyaviy jarimalar summasining Jamgʻarmaga qaytariladigan 50 foizi; | raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzganlik uchun Davlat budjetiga yoʻnaltirilgan moliyaviy jarimalar summasining Jamgʻarmaga qaytariladigan 50 foizi; |
Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga qoʻyishdan olingan daromadlar; | Jamgʻarma mablagʻlarini tijorat banklari depozitlariga qoʻyishdan olingan daromadlar; |
xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari mablagʻlari va homiylik xayriyalari; | xalqaro institutlar va tashkilotlar, yuridik va jismoniy shaxslarning grantlari mablagʻlari va homiylik xayriyalari; |
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. | qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar. |
7. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari Qoʻmita raisi tomonidan boshqariladi va quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi: | 7. Belgilansinki, Jamgʻarma mablagʻlari Qoʻmita raisi tomonidan boshqariladi va quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi: |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining joriy xarajatlarini moliyalashtirishga; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining joriy xarajatlarini moliyalashtirishga; |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash, shuningdek ular tomonidan turar joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirishga; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminlash, shuningdek ular tomonidan turar joy sotib olinishini imtiyozli moliyalashtirishga; |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga; |
jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar faoliyatiga, xalqaro va xorijiy tashkilotlarga haq toʻlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga; | jalb etiladigan xorijiy mutaxassislar faoliyatiga, xalqaro va xorijiy tashkilotlarga haq toʻlash chora-tadbirlarini amalga oshirishga; |
raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy va boshqa tadqiqot va izlanishlarni moliyalashtirishga; | raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida ilmiy va boshqa tadqiqot va izlanishlarni moliyalashtirishga; |
isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirishga; | isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida nazorat xaridlarini amalga oshirishga; |
raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida oʻquv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga; | raqobatni va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida oʻquv tadbirlari, anjumanlar, seminarlar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga; |
tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga; | tashkillashtiriladigan xalqaro tadbirlar, shu jumladan davlat tadbirlari doirasida xorijiy delegatsiyalar va ekspertlar tashriflari bilan bogʻliq xarajatlarni moliyalashtirishga; |
raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlarga. | raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish bilan bogʻliq boshqa yoʻnalishlarga. |
8. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ikki oy muddatda: | 8. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi ikki oy muddatda: |
a) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; | a) Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi toʻgʻrisidagi va Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining budjetdan tashqari Raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqidagi qaror loyihasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; |
b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda: | b) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi bilan birgalikda: |
Qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; | Qonun hujjatlarining raqobatga taʼsirini baholash metodikasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin; |
qonun hujjatlariga raqobat va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, axborot bermaslik yoki bila turib notoʻgʻri axborot berish, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi taqdimnomalarini bajarmaslik, shuningdek uning xodimlari faoliyatiga aralashganlik hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda taʼsir oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar qoʻllash va maʼmuriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; | qonun hujjatlariga raqobat va tabiiy monopoliyalar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik, axborot bermaslik yoki bila turib notoʻgʻri axborot berish, Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi taqdimnomalarini bajarmaslik, shuningdek uning xodimlari faoliyatiga aralashganlik hamda ularga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni qonuniy bajarishlariga toʻsqinlik qilish maqsadida har qanday shaklda taʼsir oʻtkazganlik uchun yuridik shaxslarga jarimalar qoʻllash va maʼmuriy javobgarlik belgilashni nazarda tutuvchi oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida takliflar tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin; |
isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligini tashkil etish hamda tegishli davlat organlari va muassasalarining shtat birliklarini hamda isteʼmolchilar huquqini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlarini unga oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritsin; | isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish sohasida yagona davlat organi sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzurida Isteʼmolchilar huquqini himoya qilish agentligini tashkil etish hamda tegishli davlat organlari va muassasalarining shtat birliklarini hamda isteʼmolchilar huquqini himoya qilish sohasida nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlarini unga oʻtkazish boʻyicha takliflar kiritsin; |
v) 2019 — 2023-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda, jumladan quyidagilar nazarda tutilsin: | v) 2019 — 2023-yillarda tovar va moliya bozorlarida raqobatni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin, unda, jumladan quyidagilar nazarda tutilsin: |
raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning milliy iqtisodiyotda va jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy oʻzgarishlar va jarayonlarning yuksak talablariga javob beradigan mutlaqo yangi ilgʻor modelini yaratish; | raqobatni himoya qilish va rivojlantirish tizimini transformatsiya qilish hamda monopoliyaga qarshi tartibga solishning milliy iqtisodiyotda va jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan tarkibiy oʻzgarishlar va jarayonlarning yuksak talablariga javob beradigan mutlaqo yangi ilgʻor modelini yaratish; |
tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishning moslashuvchan, shu jumladan xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan vositalari va usullarini joriy etish; | tovar va moliya bozorlarini tahlil qilishning moslashuvchan, shu jumladan xulq-atvor iqtisodiyoti (behavioral economics) tamoyillariga asoslangan vositalari va usullarini joriy etish; |
raqobatni himoya qilish boʻyicha oldini oluvchi vositalarni, shu jumladan monopoliyaga qarshi komplayens mexanizmi — birinchi navbatda tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ichida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni taʼminlash tizimini joriy etish; | raqobatni himoya qilish boʻyicha oldini oluvchi vositalarni, shu jumladan monopoliyaga qarshi komplayens mexanizmi — birinchi navbatda tovar va moliya bozorlarida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar ichida raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablariga muvofiqlikni taʼminlash tizimini joriy etish; |
ragʻbatlantiruvchi tariflar shakllantirishning raqobatni kuchaytiruvchi taʼsir koʻrsatadigan yangi yuqori samarali usullari va ularni qoʻllashni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari (tariflari)ni davlat tomonidan tartibga solish tizimini tubdan takomillashtirish; | ragʻbatlantiruvchi tariflar shakllantirishning raqobatni kuchaytiruvchi taʼsir koʻrsatadigan yangi yuqori samarali usullari va ularni qoʻllashni nazorat qilish mexanizmlarini joriy etish hisobiga tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlari (tariflari)ni davlat tomonidan tartibga solish tizimini tubdan takomillashtirish; |
raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari transchegaraviy shakllarining oldini olish maqsadida yaratish; | raqamli iqtisodiyotni monopoliyaga qarshi tartibga solishning samarali vositalarini, shu jumladan raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishlari transchegaraviy shakllarining oldini olish maqsadida yaratish; |
raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini kuchaytirish va bir vaqtning oʻzida huquqni qoʻllashda keng ixtiyor beradigan vakolatlarni bekor qilish; | raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun huquqiy taʼsir koʻrsatish choralarini kuchaytirish va bir vaqtning oʻzida huquqni qoʻllashda keng ixtiyor beradigan vakolatlarni bekor qilish; |
“kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish maqsadida huquq-tartibot organlari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish; | “kartel” kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qoʻyish maqsadida huquq-tartibot organlari bilan oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish; |
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodikasi boʻyicha tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish indikatorlaridan foydalangan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) joriy etish; | Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti metodikasi boʻyicha tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirish indikatorlaridan foydalangan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlarini (KPI) joriy etish; |
raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ularga nisbatan taʼsir choralarini koʻrish tezkorligini oshirish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatiga innovatsion ishlanmalar va axborot texnologiyalarini joriy etish; | raqobatni cheklash holatlarini aniqlash va ularga nisbatan taʼsir choralarini koʻrish tezkorligini oshirish uchun Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatiga innovatsion ishlanmalar va axborot texnologiyalarini joriy etish; |
Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining kadrlar salohiyatini tizimli ravishda oshirish, oliy oʻquv yurtlari oʻquv dasturlariga raqobat siyosati va raqobat huquqi sohasida kadrlarni tayyorlash boʻyicha maxsus yoʻnalishlarni joriy etish; | Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining kadrlar salohiyatini tizimli ravishda oshirish, oliy oʻquv yurtlari oʻquv dasturlariga raqobat siyosati va raqobat huquqi sohasida kadrlarni tayyorlash boʻyicha maxsus yoʻnalishlarni joriy etish; |
munosib moddiy taʼminot va ijtimoiy sharoitlar borasida ijtimoiy kafolatlarni nazarda tutgan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi turli omillarning oldini olish. | munosib moddiy taʼminot va ijtimoiy sharoitlar borasida ijtimoiy kafolatlarni nazarda tutgan holda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyati samaradorligini oshirish hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi turli omillarning oldini olish. |
9. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi: | 9. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi: |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining statistik axboroti majburiy tarqatiladigan tashkilotlar roʻyxatiga; | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining statistik axboroti majburiy tarqatiladigan tashkilotlar roʻyxatiga; |
Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin. | Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarori bilan tasdiqlangan Rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish toʻgʻrisida iltimosnoma kiritishi mumkin boʻlgan davlat hokimiyati organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, respublika ahamiyatiga molik boshqa davlat tashkilotlari roʻyxatiga kiritilsin. |
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: | 10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi: |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ushbu qarorni 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xarajatlari uchun mablagʻlar ajratsin va 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin; | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlari doirasida ushbu qarorni 2019-yilda amalga oshirish boʻyicha Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi xarajatlari uchun mablagʻlar ajratsin va 2020-yildan boshlab har yili zarur budjet mablagʻlarini nazarda tutsin; |
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritsin; | Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetasiga ushbu qaror talablaridan kelib chiqib tegishli oʻzgartirishlar kiritsin; |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin va 5 ta xizmat, shu jumladan 4 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun limit belgilasin; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga xizmat avtotransport vositalarini sotib olish uchun zarur pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin va 5 ta xizmat, shu jumladan 4 ta shaxsiy biriktirilgan xizmat yengil avtomobillarini saqlash uchun limit belgilasin; |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan maʼmuriy binolarini taʼmirlash hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zarur mebel, uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish uchun zarur pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin. | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining asoslantirilgan hisob-kitoblariga binoan maʼmuriy binolarini taʼmirlash hamda moddiy-texnika bazasini shakllantirish maqsadida zarur mebel, uskunalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini sotib olish uchun zarur pul mablagʻlari ajratilishini taʼminlasin. |
12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasini telefon aloqasi, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin. | 12. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi belgilangan tartibda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasini telefon aloqasi, shu jumladan hukumat telefon aloqasi bilan taʼminlasin. |
13. Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda tegishliligi boʻyicha: | 13. Ichki ishlar vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Davlat raqobat qoʻmitasi va uning hududiy organlari qayta tashkil etilishi munosabati bilan yigʻimlar va boshqa toʻlovlarni undirmagan holda tegishliligi boʻyicha: |
Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tasarrufiga oʻtadigan avtotransport vositalarini ichki ishlar organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazishni; | Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi tasarrufiga oʻtadigan avtotransport vositalarini ichki ishlar organlarida qayta roʻyxatdan oʻtkazishni; |
koʻchmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlarni Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga qayta rasmiylashtirishni amalga oshirsin. | koʻchmas mulk obyektlariga va boshqa mol-mulkka boʻlgan huquqlarni Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga qayta rasmiylashtirishni amalga oshirsin. |
14. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarda koʻrib chiqiladigan barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin. | 14. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va uning hududiy organlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarda koʻrib chiqiladigan barcha ishlar hamda hujjatlar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin. |
15. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Toshkent shahri, Labzak koʻchasi, 3-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin. | 15. Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Toshkent shahri, Labzak koʻchasi, 3-uy manziliga operativ boshqaruv huquqi asosida joylashtirilsin. |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hududiy boshqarmalarini qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlarining hozirgi joylashgan binolarida joylashtirilishini, zarur hollarda, yangi bino ajratilishini taʼminlasin. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi hududiy boshqarmalarini qayta tashkil etilgan Davlat raqobat qoʻmitasi hududiy organlarining hozirgi joylashgan binolarida joylashtirilishini, zarur hollarda, yangi bino ajratilishini taʼminlasin. |
16. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: | 16. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda: |
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin; | qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisidagi takliflarni kiritsin; |
oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin. | oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin. |
17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. | 17. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.M. Mavlonov zimmasiga yuklansin. |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV |
Toshkent sh., | Toshkent sh., |
2019-yil 24-yanvar, | 2019-yil 24-yanvar, |
PQ-4126-son | PQ-4126-son |