Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021 11.11.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1187
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining qarori, 11.11.2002 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1187
Кучга кириш санаси
21.11.2002
Hujjat kuchini yo‘qotgan 03.12.2021
Hujjat 21.11.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 11-noyabrda 1187-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 2-dekabrdagi 21-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3340, 03.12.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarda moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining ijrosini taʼminlash maqsadida qaror qilamiz:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingandan soʻng oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qaror kuchga kirgandan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan 1998-yil 12-yanvarda 12-04-14/13-son bilan tasdiqlangan “Bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, barcha tipdagi maktab-internatlar, hunar-texnika bilim yurtlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim olayotgan toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga bir martalik nafaqalar berish haqida Nizom” oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qarorning ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamizda qoldiramiz.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalq taʼlimi vaziri R. JOʻRAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliya vaziri M. NURMURATOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri O. OBIDOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
01/30-93-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri S. GʻULOMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 21-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Oʻzbekiston Respublikasi
Xalq taʼlimi vazirligi,
Moliya vazirligi,
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi,
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining
2002-yil 21-oktabrdagi
86, 119, 01/30-93, 301-son qarori bilan
TASDIQLANGAN

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 25-yanvardagi 33-son “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga moʻljallangan dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2002-yil, 2-son, 22-modda) muvofiq ishlab chiqilgan boʻlib, toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarni va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni pul nafaqalari hamda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar, shuningdek transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksida belgilangan tartibda vasiylik va homiylik organlari tomonidan aniqlanib, tegishli taʼlim muassasalariga joylashtirilgan ota-onasi vafot etgan, ota-onalik huquqidan mahrum etilgan, ota-onalik huquqi cheklangan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan, kasal boʻlgan, uzoq muddat boʻlmagan, bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlagan, shu jumladan tarbiya, davolash, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalaridagi bolasini olishdan bosh tortgan ota-onalarning bolalari, shuningdek, boshqa hollarda ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilish maqsadida ularga barcha turdagi umumtaʼlim maktablarini bitirib chiqayotganda va ishga joylashayotganda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar 2002-yilda — eng kam oylik ish haqining 80 baravarigacha, 2003-yildan — 100 baravarigacha miqdorida beriladi, shuningdek 2002-yilda eng kam oylik ish haqi miqdorining 3 baravarigacha va 2003-yildan 5 baravarigacha miqdorda pul nafaqasi ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu nafaqalar taʼlim muassasalarining bitiruvchisiga bir marta, yaʼni taʼlim muassasasini bitirib, ishga joylashayotganida beriladi. Agar ushbu muassasalarning tarbiyalanuvchisi 9-sinfni bitirib, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejiga, 11-sinfni bitirib, oliy oʻquv yurtiga oʻqishga kirsa, unda bitiruvchi har ikki nafaqani ushbu taʼlim muassasasida oʻqishni tugatgandan soʻng, shu muassasalardan oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar barcha turdagi umumtaʼlim maktablarini bitirib chiqayotganda va ishga joylashayotganda kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olishi uchun toʻlanadigan nafaqalar va pul nafaqalari uchun qilinadigan xarajatlar miqdori ular tarbiyalanayotgan taʼlim muassasalarning yoki oʻqishni davom ettirayotgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining xarajatlar smetasida budjet xarajatlari iqtisodiy klassifikatsiyasi boʻyicha 03-4-90-modda “Uy xoʻjaliklariga boshqa transfertlar” moddasi boʻyicha koʻzda tutiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Bitiruvchiga yangi kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun toʻlanadigan nafaqa miqdoriga teng pul mablagʻi bitiruvchining bank muassasasida ochilgan omonat hisob-varagʻiga oʻtkaziladi, pul nafaqasi esa naqd pul bilan beriladi. Bitiruvchilarning shaxsiy omonat hisobvaragʻiga pul mablagʻini oʻtkazish va ularga naqd pul nafaqasini berish har yili 1-sentabrgacha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Taʼlim muassasalarining rahbarlari bitiruvchining hisobvaragʻiga oʻtkazilgan mablagʻdan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olishda ularga koʻmaklashadilar. Istisno tariqasida, ruhiy jihatdan rivojlanishida nuqsoni boʻlgan bitiruvchilarning talabi bilan taʼlim muassasalarning rahbarlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan muassasa bitiruvchisiga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun toʻlanadigan nafaqani pul bilan emas, balki shu nafaqa miqdorida muassasa tomonidan olib beriladigan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sifatida berilishini tashkil etishlari mumkin. Biroq, bu holda bitiruvchini nafaqa shaklini tanlashga majbur etish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Pul nafaqasini berishda hamda bitiruvchiga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar uchun toʻlanadigan nafaqalarni buyum sifatida berishda, muassasa rahbarining buyrugʻi bilan tarkibi muassasa maʼmuriyati va pedagogik jamoa aʼzolari, shu muassasa tarbiyalanuvchilari, oʻquvchilari yoki talabalaridan iborat boʻlgan komissiya tuziladi va pul nafaqasi hamda buyumlar shu komissiya ishtirokida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Komissiya tomonidan pul nafaqasi va buyumlarning berilgan sanasi, ularni olgan bitiruvchining familiyasi, ismi, sharifi toʻliq koʻrsatilgan, shaxsiy imzosi qoʻyilgan 2 tadan nusxada tarqatish qaydnomasi (vedomosti) va shaxsiy hisob varaqasi, bitiruvchiga pul nafaqasi berilgani hamda unga berilgan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlarni hisobdan chiqarish haqida dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlarning bir nusxasi hisobot uchun buxgalteriyaga topshiriladi. Buxgalteriya mazkur hujjatlar va bitiruvchilarga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olingan boʻlsa, tegishli savdo tashkilotlari tomonidan berilgan hujjatlar yuk varaqasi, chek hamda ishonchnoma asosida hisobot tuzib, uni amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan shaklda va muddatlarda tegishli taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlariga topshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Bitiruvchilarga beriladigan pul nafaqasi, kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar sotib olish uchun nafaqalar toʻlashga ajratilgan budjet mablagʻlarining maqsadli sarflanishi boʻyicha javobgarlik bitiruvchiga nafaqalarni berayotgan muassasa rahbari, buni nazorat qilish esa taʼlimni boshqaruv boʻyicha vakolatli davlat organlari va ularni moliyalashtiruvchi organlar zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Bitiruvchining istagiga muvofiq bitiruvchiga kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar beriladigan boʻlsa, ularni berishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 18-fevraldagi “Taʼlim muassasalari haqidagi nizomlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 59-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mehribonlik uyi toʻgʻrisida Nizom”ning 3-ilovasidagi roʻyxatdan (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-yil, 2-son, 5-modda) foydalanishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Bitiruvchining talabiga koʻra kiyim-bosh, poyabzal va anjomlarni sotib olish uchun toʻlanadigan nafaqalar unga buyum sifatida beriladigan boʻlsa, muassasalar rahbarlari ularni savdo tashkilotlariga pul oʻtkazish yoʻli bilan xarid qiladilar va bitiruvchilarga berilgan kiyim-bosh, poyabzal va anjomlar boʻyicha hisobotni tegishli savdo tashkilotlari tomonidan berilgan tasdiqlovchi hujjatlar — yuk varaqasi, chek hamda ishonchnoma asosida tuzib, amaldagi qonunchilikda koʻzda tutilgan hisobot shaklida va belgilangan muddatlarda tegishli taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlariga topshiradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mehribonlik uylari va maktab-internatlarda tarbiyalanayotgan, umumtaʼlim maktablari, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlarida oʻqiyotgan toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalar va ota-ona qarovisiz qolgan bolalar oʻqiydigan taʼlim muassasasi yashash joyidan 3 kilometrdan ziyod masofada joylashgan boʻlsa, ular jamoat transporti va oʻquvchilar uchun transportda imtiyozli yurish kartochkalari muomalada boʻlgan shahar va aholi punktlarida imtiyozli transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlanadilar, agar shaharda yoki aholi punktida bu turdagi kartochka tizimi boʻlmasa, u holda oʻquvchilarga ushbu shaharda yoki aholi punktida transportda imtiyozli yurish huquqini beruvchi boshqa turdagi kartochka beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Transportda yurish kartochkalari budjet mablagʻlaridan taʼlim muassasalari xarajatlar smetasida ularni saqlash uchun ajratilgan mablagʻlar hisobidan sotib olinadi va budjet xarajatlari hisobotlarida budjet xarajatlari iqtisodiy klassifikatsiyasi boʻyicha 03-4-90-modda “Uy xoʻjaliklariga boshqa transfertlar” moddasida aks ettiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Transportda yurish kartochkalariga haq toʻlash, taʼlim muassasalari tomonidan ushbu kartochkalarni muomalaga chiqargan tashkilot yoki oʻquvchilar qatnaydigan yoʻnalishda transport vositalari (taksidan tashqari) qatnovini yoʻlga qoʻygan avtokorxona bilan tuzilgan shartnomaga binoan naqd pulsiz, shu tashkilot yoki korxona hisobiga pul oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Transportda yurish kartochkalari har oyning yakunida, yaʼni shu oyning tugashiga 2 kun qolganida tarbiyalanuvchilarga tarqatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Transportda yurish kartochkalarini berish uchun taʼlim muassasalari rahbarlari oʻquv yili boshlanishidan oldin oʻquv muassasasi yashash joyidan uzoq masofada joylashgan bolalarning roʻyxatini tayyorlab, uni tasdiqlaydilar. Mazkur roʻyxat bolalarga bunday kartochkalarni berish uchun asos boʻladi. Transportda yurish kartochkalari faqat oʻqish davri uchun beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Agar bolaning yashash joyi yoki taʼlim muassasasining joylashgan joyi oʻzgarib, oʻquv muassasasining yashash joyidan uzoqligi 3 kilometrdan ortiq masofani tashkil etsa, bunday oʻquvchilar yangi yashash joyida ham transportda yurish kartochkalari bilan taʼminlanadilar. Avval yashagan muassasasida bu bolaga ushbu maqsad uchun sarflanishi koʻzda tutilgan mablagʻ xarajati oʻquvchi muassasadan koʻchirilgan kundan eʼtiboran toʻxtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Taʼlim muassasalarni mablagʻ bilan taʼminlovchi moliya idoralari toʻliq davlat taʼminotidagi yetim bolalarga va ota-ona qarovisiz qolgan bolalarga imtiyozli transportda yurish kartochkalari berilishi uchun budjet mablagʻlari ajratilishini taʼminlaydilar hamda ushbu maqsadda ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi ustidan qatʼiy nazorat olib boradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Transportda yurish kartochkalarini sotib olishga ajratilgan budjet mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va ularni toʻgʻri taqsimlanishi yuzasidan javobgarlik taʼlim muassasalar rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Mazkur nizomning toʻliq matni muassasaning hamma koʻrishi mumkin boʻlgan joyiga osib qoʻyilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 21-son; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 42-son, 567-modda)